Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MILLIY GʻOYA TARGʻIBOTI VA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA” 2006-YIL 25-AVGUSTDAGI PQ-451-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy gʻoya targʻiboti va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-avgustdagi PQ-451-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-noyabr,
230-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 8-iyundagi 288-son qarorida:
a) 1-bandning:
birinchi xatboshidagi “Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazining” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi quyi boʻlimlarining tuzilishi va shtatlar jadvali (texnik xodimlar bundan mustasno) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
ikkinchi xatboshining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-band va 6-bandning yettinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 3-ilovada:
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi quyi boʻlimlarining tuzilishi va shtatlar jadvali”;
“Markaz boshqaruvi” boʻlimi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi huzuridagi “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1996-yil 27-sentabrdagi 338-son qarorining 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 13-maydagi 203-son qaroriga 1-ilovaning 4-boʻlimi 4.9-bandidagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi Ishtirokchilar Kengashi tarkibi toʻgʻrisida” 2001-yil 30-maydagi 242-son qaroriga ilovaning 13-bandidagi “Boliyev A.O. — Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari” soʻzlari “Hojimatov M. — Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Din sohasidagi maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim ishlarini va faoliyatni yanada takomillashtirishda ijtimoiy koʻmak va imtiyozlar berish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-avgustdagi 364-son qarorida:
a) 1-ilova matnidagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi” va “Q. Aʼzamov” soʻzlari tegishlicha “Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi” va “M. Hojimatov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi “Aʼzamov Q. — Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari” soʻzlari “Hojimatov M. — Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 27-maydagi 244-son qaroriga ilovadagi “Barotov Sharif — Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining” soʻzlari “Lavozim boʻyicha — Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 16-iyuldagi 337-son qaroriga 1-ilovadagi “Aʼzamov Q.A. — Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari” soʻzlari “Hojimatov M. — Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Mustaqillik kuni va Navroʻz umumxalq bayramlariga tayyorgarlikni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 23-iyuldagi 357-son qaroriga ilovadagi “Aʼzamov Q.A. — Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari” soʻzlari “Hojimatov M. — Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 1-fevraldagi 12-son qaroriga ilovadagi “Aʼzamov Q. — Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari” soʻzlari “Hojimatov M. — Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 445-modda; 2012-y., 5-son, 46-modda; 2017-y., 38-son, 1040-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)