O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI QARORLARIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli “Energetika sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-avgustdagi PQ-446-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2006—2008-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 10-iyuldagi PQ-407-sonli qarorining 3-ilovasidagi 46-pozitsiyasi quyidagi mazmundagi 46-1 va 46-2-pozitsiyalarga almashtirilsin:
| 46-1 | 3-1 | “O‘zneftgazqazibchiqarish” AK | Toshkent sh. | 51,00 | - | 44,62 |
| 46-2 | 3-2 | “O‘zgeoburg‘uneftgaz” AK | Qarshi sh. | 51,00 | - | 44,62 |
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisining xizmati (F.X. Otaxonov) zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-noyabr,
PQ-506-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 45-son, 441-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)