Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2024 03.11.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1636
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 03.11.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1636
Кучга кириш санаси
13.11.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2024
Hujjat 13.11.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN CHIQARISH, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI
QOʻLLAB-QUVVATLASH DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvaragʻining ishlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-noyabrda 1636-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 23-noyabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3580, 25.11.2024-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 32-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 10-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvaragʻini ishlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash
davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish davlat qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 7-iyuldagi 2, 276-V-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvaragʻining ishlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida” PF-3675-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq sanatsiya qilinayotgan korxonaning bank hisobvaragʻini qoʻllash va uning ishlash mexanizmini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Milliy valyutadagi maxsus sanatsiya hisobvaragʻi unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Hayʼati (bundan keyin — Qoʻmita Hayʼati)ning qaroriga koʻra davlat madadi bilan sudgacha sanatsiya qoʻllanganda iqtisodiy nochor korxonaga ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus sanatsiya hisobvaragʻini ochish uchun sanatsiya qilinayotgan korxona uning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan bankka maxsus sanatsiya hisobvaragʻi ochishga ariza taqdim etadi. Arizaga Qoʻmita Hayʼatining korxonaga nisbatan sudgacha sanatsiyani joriy etish toʻgʻrisida qarorining Qoʻmita tomonidan tasdiqlangan nusxasi, moliyaviy sogʻlomlashtirish biznes-rejasi va barcha kreditorlar qarzlarini soʻndirishning Qoʻmita Hayʼati maʼqullagan jadvali, shuningdek imzolar namunalari va muhr izi bilan birgalikda kartochkalarning 2 nusxasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sanatsiya qilinayotgan korxonaning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bankka mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilganidan soʻng sanatsiya qilinayotgan korxonaning talab qilib olinguncha asosiy hisobvaragʻiga maxsus sanatsiya hisobvaragʻi maqomi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi bank oʻsha kuniyoq 2-kartotekaning va sanatsiya qilinayotgan korxonaning ushbu bankdagi boshqa barcha bank hisobvaraqlarining amal qilishini toʻxtatib, ulardagi mavjud mablagʻlarni sanatsiya qilinayotgan korxonaning maxsus sanatsiya hisobvaragʻiga oʻtkazadi. Bunda sanatsiya qilinayotgan korxonaning xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi avvalgi rejimda faoliyatni davom ettiradi, uni tasarruf etish huquqi sanatsiya qilinayotgan korxonaga oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari harakati bilan bogʻliq va oʻzaro hisob-kitoblarning maxsus chizmalari boʻyicha maxsus hisobvaraqlar harakatini toʻxtatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari harakati bilan bogʻliq maxsus hisobvaraqlarning ishlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini boshqarish departamenti tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus hisobvaraqlar orqali oʻzaro hisob-kitoblarning maxsus chizmalarini oʻtkazish tartibi oʻzaro hisob-kitob qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan tegishli organ tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ayni vaqtda xizmat koʻrsatuvchi bank elektron pochta orqali sanatsiya qilinayotgan korxonaga talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvaraqlari ochilgan boshqa barcha banklarga, uning raqami va qabul qilish sanasini koʻrsatgan holda Qoʻmita Hayʼatining qaroriga havola qilib, ushbu hisobvaraqlarni yopish va ulardagi mavjud mablagʻlarni sanatsiya qilinayotgan korxonaning maxsus sanatsiya hisobvaragʻiga oʻtkazish talabini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-kartotekada akseptni kutayotgan toʻlov hujjatlari mablagʻlarni oluvchilarga “__________ (korxona nomi)ga nisbatan Qoʻmita Hayʼatining 20___ yil ________ dagi ____son qarori bilan sudgacha sanatsiya joriy etilgan” belgisi bilan qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoʻmita Hayʼati tomonidan sanatsiyani dastlab belgilangan muddatdan koʻpga uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda maxsus sanatsiya hisobvaragʻi sanatsiya yakunlanishigacha amal qilishda davom etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mablagʻlarni sanatsiya hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarishga faqat sanatsiya qilinayotgan korxonaning toʻlov topshiriqnomalari asosida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maxsus sanatsiya hisobvaragʻiga quyidagilar qayd etiladi: asosiy faoliyatdan, ortiqcha mol-mulkni, tovar-moddiy boyliklarni sotishdan kelib tushayotgan mablagʻlar, valyuta tushumini sotishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek ilgari tuzilgan shartnomaviy majburiyatlar boʻyicha toʻxtatilgan hisobvaraqlarga kelib tushgan mablagʻlar va boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sanatsiyaning borishi va qarzlarni soʻndirish jadvali bajarilishining monitoringini Qoʻmita amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sanatsiya boshlanganidan soʻng olti oy mobaynida qarzni soʻndirish jadvali (jadvallari) buzilib, bu hol qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashishi bilan bogʻliq boʻlsa, Qoʻmita Hayʼatining (shu jumladan kreditorlarning) koʻrib chiqishiga sanatsiyaning samarasizligi munosabati bilan sudgacha sanatsiyani muddatidan avval tugatish toʻgʻrisida taklif kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MAXSUS SANATSIYA HISOBVARAGʻI BOʻYICHA OPERATSIYALARNI AMALGA OSHIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus sanatsiya hisobvaragʻidagi sanatsiya qilinayotgan korxonaning toʻlov topshiriqnomasi bilan Qarzni soʻndirish jadvaliga muvofiq joriy toʻlovlar va toʻlovlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy toʻlovlar deganda sudgacha sanatsiya rejimida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Joriy toʻlovlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash, alimentlar, mualliflik shartnomalari boʻyicha haqlar, fuqarolarning hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni qoplash talablari boʻyicha hisob-kitoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro muddati sanatsiya davrida boshlangan kreditlar boʻyicha joriy toʻlovlar va bank komissiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular yetkazib beradigan mahsulot va bajaradigan ishlar uchun mahsulot yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻnak hamda asosiy toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ehtiyojlari boʻyicha hisob-kitoblar, shu jumladan energiya resurslarining barcha turlari, aloqa xizmatlari, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, taʼmirlash-foydalanish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan kreditlar boʻyicha, shuningdek ijro muddati sanatsiya davrida boshlangan, hukumat kafolati bilan taʼminlangan kreditlar boʻyicha bank oldidagi majburiyatlarga doir hisob-kitoblar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy toʻlovlarga ehtiyoj boʻlmaganida sanatsiya hisobvaragʻi mablagʻlarining qoldiqlari qarzni soʻndirish jadvalini muddatidan avval ijro etishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sanatsiya qilinayotgan korxonaning xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalar Markaziy bankning ushbu hisobvaraqning amal qilishini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlari bilan belgilangan tartibda, sanatsiya qilinayotgan korxonaning topshiriqlariga koʻra oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. SANATSIYA HISOBVARAGʻINING AMAL QILISHINI TUGATISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus sanatsiya hisobvaragʻining amal qilishi belgilangan sanatsiya muddati yakunlanganda yoki Qoʻmita Hayʼati tomonidan sanatsiyani muddatidan avval tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi bankka Qoʻmita Hayʼatining sanatsiyani muddatidan avval tugatish toʻgʻrisida qarorining Qoʻmita tomonidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab maxsus sanatsiya hisobvaragʻining amal qilishi toʻxtatiladi va u talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻi sifatida amal qilishda davom etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shu kuni xizmat koʻrsatuvchi bank 2-kartotekaning amal qilishini tiklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. YAKUNIY QOIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 437-modda; 2014-y., 28-son, 349-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)