OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI
BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI
BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLAR TOMONIDAN DAVLAT ULUShI AKSIYALARIGA (DAVLAT PAYIGA) DIVIDENDLAR HISOBLANIShI, TOʻLANIShI VA ULARDAN MAQSADLI FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 27-oktabrda 1121-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 46, 01/22-10/56, 2019-26-sonli “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat ulushi aksiyalariga (davlat payiga) dividendlar hisoblanishi va toʻlanishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1121-5, 16.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 25-martdagi 47, 10-1-48, 2002-33-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat ulushi aksiyalariga (davlat payiga) dividendlar hisoblanishi, toʻlanishi va ulardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (2002-yil 11-aprel, roʻyxat raqami 1121 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 7-son)ga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun muddat oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-sentabr,
83-son
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-sentabr,
01/12-18/02-son
Davlat soliq qoʻmitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent
2006-yil 25-sentabr,
2006-42-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 433-modda)