Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON POChTA VA TELEKOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGI TOʻGʻRISIDAGI HAMDA POChTA VA TELEKOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyat koʻrsatishining tashkiliy-huquqiy bazasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab - quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzdavstandart” markazi pochta va telekommunikatsiyalar texnik vositalarini va xizmatlarini sertifikatsiyalash organi sifatida Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K. R. Rahimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 28-avgust,
420-son
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisida
NI3OM
1. Umumiy qoidalar
1. Oʻz6ekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, bundan keyin “Agentlik” deb ataladi, Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon-telegraf, pochta aloqasi, maʼlumotlarni uzatish, radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye tarmoqlarini tashkil etish, ishlatish, ularning xizmatlar koʻrsatishi sohasidagi davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi, ularning ahvoli va rivojlanishi uchun javob beradi
2. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasini Xalqaro elektr aloqasi ittifoqida, Jahon pochta ittifoqida hamda pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi.
4. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan, oʻz nomi Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilida yozilgan muhrga, hisob - kitob va valyuta schyotlariga ega boʻladi.
II. Agentlikning asosiy vazifalari
5. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, korxonalar, tashkilotlar va aholining pochta va telekommunikatsiyalar turli xizmatlariga boʻlgan, ehtiyojlarini toʻliq qondirishni taʼminlovchi pochta va telekommunikatsiyalarni takomillashtirish va yanada rivojlantirish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni tartibga solish va boshqarishni takomillashtirish, marketing tadqiqotlarini va monitoringini tashkil etish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish, ushbu sohada raqobat muhitini yaratish va rivojlantirish;
telekommunikatsiya tizimini va texnologiyalarni rivojlantirish va takomillashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun sharoitlar yaratish;
telekommunikatsiya va pochta texnologiyalarini yaratish, joriy etish hamda ulardan foydalanish boʻyicha yagona shartlar va talablarni tasdiqlash;
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, pochta va telekommunikatsiyalar tarmogʻining axborot xavfsizligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlari uchun hamda favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ulardan ustuvorlik bilan foydalanishni taʼminlash chora - tadbirlarini amalga oshirish.
III. Agentlikning asosiy funksiyalari
6. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
axborot tizimlarini, texnologiya va xizmatlarini, radioeshittirish, radioaloqa, televideniyeni rivojlantirish dasturlari, konsepsiyalari va sxemalari loyihalarini ishlab chiqishni tashkil qiladi;
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning uzoq va qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
pochta va telekommunikatsiya sohasidagi faoliyat masalalariga oid qonunchilik va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
pochta va telekommunikatsiyalar tizimlari sohasidagi ilgʻor texnologiyalarni yaratish, joriy etish va ulardan foydalanishga doir texnik shartlar va talablarni ishlab chiqishni tashkil etadi va tasdiqlaydi, yuridik va jismoniy shaxslarning pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi oʻzaro munosabatlarini belgilaydi;
pochta toʻlovlari belgilari namunalarini tasdiqlaydi va bu belgilarni nashr etishni tashkil qiladi, ularni joriy qiladi va muomaladan chiqaradi;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida korxona va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shartlari hamda xususiyatlarini belgilashda qatnashadi;
telekommunikatsiyalar tizimlarini, texnologiyalar va xizmatlarni, tarmoq standartlari va texnik shartlarini rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha muammoli tadqiqotlar, marketing va monitoring ishlarini tashkil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastotalarni tartibga solish va boshqarishning asosiy prinsiplarini belgilaydi, radiochastota spektridan foydalanish tartibini belgilaydi, radiochastatalarni rejalashtirish, maqsadini belgilash va hisobga olish, radio - elektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni nazorat qilish, shuningdek radionuqsonlarni, shu jumladan industrial nuqsonlarni yoʻqotish ishlarini tashkil qiladi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pochta va telekommunikatsiya tarmoqlarini tashkil qilish va ishlatish faoliyati ustidan davlat nazoratini yoʻlga qoʻyish va amalga oshirish qoidalari va tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
pochta va telekommunikatsiyalarning texnik vositalari xizmatlarining muvofiqligini va qoʻllanishini sertifikatsiyalashni tashkil qiladi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini litsenziyalash ishlarini tashkil qiladi hamda magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalash, qurish va ishlatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziyalar beradi;
umumiy ravishda foydalaniladigan telekommunikatsiya tarmoqlarini tashkil etuvchi telefon tarmoqlarining ishlashini taʼminlovchi yuridik shaxslar roʻyxatini tasdiqlaydi;
pochta, elektr aloqasi, radioeshittirish va televideniye tarmoqlari va vositalari faoliyat koʻrsatishining axborot xavfsizligini taʼminlashga oid talablarni belgilaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik manfaatlarini koʻzlab, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning texnikaviy kuchlaridan foydalangan holda tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish kompleks chora - tadbirlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;
majburiy va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan aloqa xizmatlari roʻyxatini tasdiqlaydi, ushbu xizmatlar uchun tariflarni kelishib oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
ajratilgan va idoraviy tarmoqlarni umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulash boʻyicha talablarni belgilaydi;
isteʼmolchilarning aloqa xizmatlariga huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil qiladi va taʼminlaydi;
texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasidagi xalqaro faoliyatda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli aloqa maʼmuriyati sifatida ish koʻradi. Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi, Jahon pochta ittifoqi hamda pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarning kongresslarida, syezdlarida, konferensiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qatnashadi;
pochta va telekommunikatsiyalar tizimlari sohasidagi xalqaro hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi;
investitsiya siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi, xorijiy investitsiyalarni telekommunikatsiyalar tizimlari vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishga, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan xizmatlarni, ilmiy tadqiqotlarni mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni qoʻllab - quvvatlashga jalb etish chora - tadbirlarini amalga oshiradi;
moliya tashkilotlari, xorijiy mamlakatlar hukumatlarining pochta va telekommunikatsiyalar uchun ajratiladigan grantlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi va ularni taqsimlaydi;
investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni pochta telekommunikatsiyalarni rivojlantirishga jalb etish boʻyicha tendyerlar, tanlovlar va savdolarni tashkil qilishda qatnashadi.
oʻz tasarrufidagi davlat tashkilotlari, korxonalar va muassasalar ishiga bevosita rahbarlik qiladi, ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, rahbarlarni belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, ularni ragʻbatlantirish yoki jazolash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Agentlik tizimi boshqaruvi tuzilmasi, uni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, ishlab chiqadi va kiritadi;
oʻz tasarrufidagi davlat aloqa korxonalari, tashkilotlari va muassasalarini belgilangan tartibda tashkil etadi, qayta tashkil qiladi va tugatadi;
Agentlik tizimining safarbarlik rejasini, davlat moddiy mablagʻlar zahirasidagi jamgʻarmalar tuzilmasi, tarkibi, normalari va rejasini ishlab chiqadi, harbiy qism kuch va vositalari bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini aloqa bilan taʼminlash uchun avariyatiklash ishlarini, Agentlik tizimining alohida muhim obyektlarini qoʻriqlashni tashkil qiladi;
budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan oʻquv yurtlari, maxsus korxonalar, harbiy boʻlinmalar ehtiyojini umumlashtiradi va ularni budjetdan mablagʻ bilan taʼminlashni tashkil qiladi;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida statistik hisobotni takomillashtirish ishlarini tashkil qiladi;
yigʻma statistik hisobotni amalga oshiradi, uning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini tahlil qiladi;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi yuqori iqtidorli talabalar uchun Agentlik stipendiyalarini belgilaydi.
Agentlik qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa, funksiyalarni ham bajaradi.
IV. Agentlikning huquqlari
7. Agentlik quyidagi huquqlarga egadir:
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi muvofiq telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, radioaloqa, radioeshittirish, televideniye xizmatlari koʻrsatuvchi yoki ular-foydalanuvchi, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, telekommunikatsiyalar va pochta tizimlari va inshootlarni loyihalash va qurishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqarish;
magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalash, qurish va ishlatish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanishga litsenziyalarni berish, ularning amal qilishini toʻxtatish va ularni olib qoʻyish, oʻz tasarrufidagi organlar orqali litsenziyalar shartlarining bajarilishini nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasida aloqa vositalarini qoʻllashga belgilangan tartibda sertifikatlar berish, texnik shartlarni, tarmoq standartlarini, norma va normativlarni tasdiqlash;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalarni davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida hal qilish, tegishli takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish;
oʻz vakolati doirasida, zimmasiga yuklangan vazifalardan kelib chiquvchi boshqa huquqlar;
Agentlik pochta toʻlovi belgilarini muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish borasida mutlaq huquqqa egadir;
Keyingi tahrirga qarang.
V. Javobgarligi
8. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarning va oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarning bajarilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradi.
VI. Agentlikning tashkiliy tuzilmasi.
9. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish sohasidagi ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun telekommunikatsiyalar tizimlari korxonalari mablagʻlarining bir qismini, shuningdek boshqa moliyaviy mablagʻlarni jamlash boʻyicha Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
Pochta va telekommunikatsiyalar tizimlarining muammoli tadqiqotlar, marketing va monitoring, texnik vositalarni sertifikatsiyalash boʻyicha Axborot tizimlarining ilmiy - texnik va marketing tadqiqotlari markazi;
Oʻzbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar joʻjalik yurituvchi subyektlarining faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish boʻyicha Davlat aloqa inspeksiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chastotalarni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasi;
Pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun mutaxassislar tayyorlash boʻyicha Toshkent aloqa elektrotexnika instituti, Toshkent aloqa kolleji;
Davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlari xat – xabarlarni va diplomatik xat-xabarlarni qabul qilish, yetkazib berish boʻyicha Davlat choparlik xizmati;
Respublika muassasalari, tashkilotlari va korxonalarining maxsus xat - xabarlarini va joʻnatmalarini qabul qilish, yetkazib berish boʻyicha Respublika maxsus aloqa uzeli;
mahalliy, shaharlararo va xalqaro pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlarining, radioaloqa, radioeshittirish va televideniye tarmoqlarining umum foydalanishdagi elektr va pochta aloqasi xizmati koʻrsatadigan tashkilotlari, muassasalari, kompaniyalari, korxonalari, harbiy boʻlinma.
VII. Agentlik faoliyatini tashkil etish
10. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
11. Agentlikni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshqaradi.
12. Bosh direktorning belgilangan tartibda tayinlanadigan uch nafar oʻrinbosari, jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
13. Bosh direktor lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosarlar - tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosariga va oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
14. Bosh direktor oʻrinbosarlari “Mahalliy telekom”“Xalqaro telekom”aksiyadorlik kompaniyalarining va “Oʻzbekiston pochtasi” davlat aksiyadorlik kompaniyasi kuzatuv kengashlaridagi davlat vakillari hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Agentlikning Bosh direktori ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasi raisi hisoblanadi.
16. Bosh direktor:
Agentlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, oʻrinbosarlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, oʻrinbosarlarning, tasarrufidagi tashkilotlar va korxonalar rahbarlarining javobgarlik darajasini belgilaydi;
pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlarini ayirboshlashni tashkil etishda xorijiy davlatlarning bunga vakil qilingan mansabdor shaxslari bilan bitimlar va shartnomalarni Hukumat nomidan imzolashga belgilangan tartibda vakil qilishga;
Agentlik apparati ish haqi fondini, shtat jadvalini, apparatni mablagʻ bilan taʼminlash xarajatlari smetasini tasdiqlaydi, ragʻbatlantirish va ish haqi toʻlash miqdori va tizimini belgilaydi;
oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun buyruqlar va farmoyishlar, chiqaradi;
tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq Agentlik apparati xodimlarini, tasarrufidagi davlat tashkilotlari, korxonalari, muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
17. Agentlikda tarkibiga bosh direktor (hayʼat raisi), lavozimi boʻyicha bosh direktorning oʻrinbosarlari, shuningdek Agentlik tizimining boshqa rahbar xodimlari kiruvchi 11 kishidan iborat hayʼat tashkil etiladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat oʻz majlislarida, aloqa tarmogʻini rivojlantirish, fan - texnika yutuqlaridan keng koʻlamda foydalanish, idoralararo va davlatlararo aloqalarni rivojlantirish boʻyicha asosiy masalalarni hamda faoliyatning boshqa masalalarini koʻrib chiqadi, qonunchilik va normativ hujjatlar loyihalarini muhokama qiladi.
Hayʼat qarorlari, qoidaga koʻra, Agentlik buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. Bosh direktor va hayʼat oʻrtasida kelishmovchilik paydo boʻlgan taqdirda bosh direktor oʻz qarorini hayotga tatbiq etadi va paydo boʻlgan kelishmovchilik toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qiladi, hayʼat, aʼzolari, oʻz navbatida, oʻz fikr - mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
18. Agentlik apparatini mablagʻ bilan taʼminlash pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tekin amalga oshiriladi.
19. Agentlikni tugatish yoki qayta tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab - quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NI3OM
I. Umumiy qoidalar
1. Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor va ijtimoiy ahamiyatli loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashda qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz balansiga, milliy va xorijiy valyutada hisob - kitob va boshqa bank schyotlariga, oʻz ramzi tasvirlangan va nomi yozilgan muhrga, shtamplar va rasmiy ish qogʻozlariga ega boʻladi.
Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzining barcha aktivlari bilan javob beradi.
Jamgʻarma mablagʻlari mazkur Nizomda nazarda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
Jamgʻarmani tugatish va qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimiga kiruvchi pochta va telekommunikatsiyalar obyektlari hamda korxonalarini xususiylashtirishdan olingan mablagʻlarning 40 foizi;
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari hamda qoʻshma korxonalardagi davlatga tegishli aksiya (ulush)lar turkumi boʻyicha dividendlarning 25 foizi;
Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalashtirish qurish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni berganlik uchun davlat poshlinalaridan tushuvchi mablagʻlarning 50 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimiga kirmaydigan yuridik va jismoniy shaxslarning begʻaraz badallari;
Keyingi tahrirga qarang.
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini bank depozitlari shaklida yoki boshqa shakllarda joylashtirishdan olingan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
III. Jamgʻarmaning vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
5. Quyidagilar: jamgʻarma vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
korxonalarni xususiylashtirishdan olingan mablagʻlarning 40 foizini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarida va qoʻshma korxonalardagi davlatga tegishli aksiya (ulush)lar turkumlari boʻyicha dividendlarning 25 foizini hamda pochta va telekommunikatsiyalar ayrim korxonalarining badallarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlmaydigan boshqa mablagʻlarni jamlash;
Jamgʻarma schyotlarida jamlanadigan mablagʻlardan:
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlari hamda vositalarini texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishni rivojlantirish sohasidagi ustuvor ilmiy - tadqiqot ishlarini mablagʻ bilan taʼminlashda;
telekommunikatsiyalar mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish hamda xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq dasturlarni amalga oshirishda;
mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni mablagʻ bilan taʼminlashda;
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi apparati hamda uning tizimiga kiruvchi va daromad olishning mustaqil manbalariga ega boʻlmagan telekommunikatsiya tizimlarini tartibga solish, boshqarish va nazorat qilish davlat organlari faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlashda;
tanlov asosida tanlab olinadigan pochta va telekommunikatsiyalarni rekonstruksiya qilish hamda rivojlantirish loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashda;
shahar va qishloq aloqa boʻlimlarida pochta-kassa operatsiyalarini kompyuterlashtirish loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashda;
efirga ruxsatsiz chiqishlar va davlat tuzilmalarining radio vositalariga xalal berishlarning oldini olish maqsadida radiochastota spektridan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish uchun maxsus nazorat-oʻlchov texnikasi sotib olishga sarflangan xarajatlarni qisman qoplashda;
kommutatsiya tizimlari uchun vatanimizning dasturiy taʼminotini tashkil qilish va joriy etish boʻyicha maxsus dastur ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini mablagʻ bilan taʼminlashda;
qishloq joylarda aloqa xizmati koʻrsatuvchi pochta aloqasi, radio aloqa, radioeshittirish va televideniye korxonalariga vaqtinchalik moliyaviy yordam koʻrsatishda;
pochta xodimlari uchun formali kiyim - bosh va velosipedlar sotib olish xarajatlarini qisman mablagʻ bilan taʼminlashda foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Jamgʻarma mablagʻlari tegishli litsenziyalar asosida respublika hududida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, asosiy faoliyati boʻyicha xizmatlar hajmi jami tushum hajmining kamida 60 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslarga, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi oʻquv, ilmiy-tadqiqot muassasalariga va tartibga solish, boshqarish va nazorat qilish organlarigagina ajratiladi.
7. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimiga kiruvchi korxonalarning sarmoyalariga qoʻyiladi va ayrim hollarda “Aloqabank” va uning filiallari orqali ularga kreditlar sifatida beriladi.
8. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarmaning tasdiqlangan budjetiga muvofiq Agentlik va ixtisoslashtirilgan “Aloqabank” ekspertizasidan oʻtgan elektr, pochta aloqasi, radioaloqa, radioeshittirish va televideniye vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishning aniq loyihalariga ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Jamgʻarmaning huquqlari
9. Jamgʻarma quyidagi huquqlarga egadir:
mazkur Nizomning II boʻlimida belgilangan manbalardan tushuvchi mablagʻlarni oʻz bank schyotlarida jamlash;
mablagʻlarni pochta va telekommunikatsiyalar korxonalarining sarmoyalariga qoʻyish yoki ixtisoslashtirilgan “Aloqabank” va uning filiallari orqali kreditlar, berish yoʻli bilan ulardan foydalanish;
Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish, qoidabuzishlar aniqlangan hollarda mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatish yoki ajratilgan mablagʻlarni qaytarib olish;
“Aloqabank” va uning tarmoqlarining mamlakat hamda xorijiy davlatlarning kredit - moliya muassasalari bilan vakillik munosabatlaridan foydalanib, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni qisqa muddatli likvidli moliya vositalariga (depozitlarga, qarz qimmatli qogʻozlar va boshqalarga) joylashtirish.
10 Jamgʻarma mablagʻlarini joylashtirishga oid barcha operatsiyalar Jamgʻarma Kengashi bilan kelishgan holda uning tomonidan har yili tasdiqlanadigan budjet doirasida amalga oshiriladi.
11. Jamgʻarma elektr va pochta aloqasi, radioaloqa, radioeittirish va televideniye vositalari va tarmoqlarini rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilishning aniq loyihalariga Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish uchun shartlar, talablar va Qoidalarni belgilashga haqlidir.
12. Jamgʻarma savdo - vositachilik, lizing, trast va ipoteka operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek qarz mablagʻlarini jalb qilish huquqiga ega emas.
V. Jamgʻarmaning majburiyatlari
13. Jamgʻarma:
resurslardan samarali foydalanishni taʼminlashga;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishga;
aloqa xizmatlari barcha turlarining rivojlanishi va takomillashtirilishiga koʻmaklashishga;
har yili 1-dekabrdan kechiktirmay navbatdagi yil uchun daromadlar va xarajatlarni yil choraklari, shuningdek, moddalar boʻyicha taqsimlagan holda prognoz budjetni tuzish va uni Jamgʻarma Kengashi tasdiqlashi, uchun kiritishga;
har bir kalendar chorakning yigirma kuni davomida Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tamom boʻlgan yil choragi uchun moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etishga;
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtgan davr uchun Jamgʻarma faoliyati toʻgʻrisida batafsil hisobot taqdim etishga majburdir.
VI. Jamgʻarmani boshqarish
14. Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarma boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi, u Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmati rahbarlari oʻrinbosarlaridan iborat boʻladi.
Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari Jamgʻarma Kengashining raisi hisoblanadi.
Jamgʻarma Kengashi raisi va uning aʼzolari oʻz vazifalarni jamoatchilik asosida bajaradilar.
15. Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini va shartlarini belgilaydi va Jamgʻarma direktorining mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotini tinglaydi.
16. Jamgʻarma Kengashining yigʻilishi yil choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda navbatdan tashqari yigʻilishlar chaqirilishi mumkin.
17. Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish va Jamgʻarma Kengashi qarorlarini bajarish direktor boshchiligidagi direksiya tomonidan amalga oshiriladi. Direktor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan boʻshatiladi hamda Jamgʻarma Kengashi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
18. Jamgʻarma direktori:
Jamgʻarmaning joriy faoliyatini tashkil etadi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Jamgʻarma xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
davlat organlari, muassasalar va korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar oldida, shu jumladan xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar oldida Jamgʻarmaning manfaatlarini ifodalaydi.
Jamgʻarma faoliyatiga aloqador yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi, Jamgʻarma nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi;
shtat jadvalini, Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga Jamgʻarma apparatini mablagʻ bilan taʼminlash uchun xarajatlar smetasini tuzadi va Jamgʻarma Kengashining tasdigʻiga taqdim etadi;
Jamgʻarmaning lavozim yoʻriqnomalarini va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Jamgʻarma nomidan daʼvolar qiladi;
Jamgʻarma xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
mazkur Nizomga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar boʻyicha qaror qabul qiladi.