Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2010 11.06.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 445
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2010
Hujjat 11.06.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston pochta va

telekommunikatsiyalar agentligi

Bosh direktori

A.X.Joʻraboyev

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAKSOFONLARDAN TELEFON ALOQASI XIZMATLARINI TAQDIM ETISh VA ULARDAN FOYDALANISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 11-iyun 1998-yil 445-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2010-yil 3-avgustdagi 290-sonli “Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish Qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2140, 06.09.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-avgustdagi 420 -sonli “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisida hamda pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qoidalar telefon-avtomat (taksofon)lardan telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etishning tartib va shartlarini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taksofonlarning turi va vazifasiga qarab ulardan mahalliy (bir aholi yashash punkti yoki qishloq tumani), shaharlararo va xalqaro soʻzlashuvlar amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soʻzlashuvlar uchun toʻlovlar maxsus jeton va yoki telefon kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taksofonni ekspluatatsiya qiluvchi korxonalar mahsus jeton va telefon kartochkalarini foydalanuvchilar uchun qulay boʻlgan joylarda sotishni taʼminlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularni savdo tarmoqlari, aloqa boʻlimlari va h.k. orqali sotishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Umumiy foydalanish abonent punktlari boʻlgan taksofonlar oʻrnatilgan punktlar aholining telefon aloqasiga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻliqroq qondirish, foydalanish qulayligi, taksofon va kabinalarning texnik ekspluatatsiyasini taʼminlash, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taksofonlar koʻchalarda, maydonlarda, aeroportlarda, vokzallarda, metroda, avtostansiyalarda, doʻkonlarda, oʻquv yurtlarida, shahar jamoa transporti bekatlarida, tibbiy va davolash muassasalarida, mahallalar va boshqa joylarda, shuningdek, maxsus jihozlangan soʻzlashuv punktlarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari yoki egalari bilan kelishilgan holda oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taksofon jihozlarini quyidagicha oʻrnatish koʻzda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino tashqarisida (koʻchalarda, maydonlarda, xiyobonlarda va b.) joylashgan kabinalarda va yarim kabinalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera yogʻingarchiliklari taʼsiriga yoʻl qoʻyilmaydigan sharoitlar taʼminlangan binolarda (yer osti oʻtish yoʻllari, metro, vokzal xonalari, aeroportlar, doʻkonlar va b.) ochiq holda (devorlarda, yarim kabinalarda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taksofonlar, kabinalar va yarim kabinalarning joylashishi va jihozlanishi foydalanishning qulayligani, tashqi shovqin taʼsiridan chegaralashni, soʻzlashuvlar sirini, yoritilganlikni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Taksofonlar oʻrnatilgan joylarda kuyidagalar boʻlishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taksofondan foydalanish yoʻriqnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumot tariqasidagi axborot (maʼlumot-soʻrov xizmatlarining telefon raqamlari, yaqin atrofda joylashgan taksofon manzili va h.k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taksofonlarni ekspluatatsiya qiluvchi ekspluatatsiya korxonasi haqidaga axborot (nomi, manzili, telefon raqamlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilayotgan xizmatlar tariflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus jeton, telefon kartochkalarini sotib olish punktlari haqidagi axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Taksofonlarning turiga koʻra quyidagi pullik xizmat turlari taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tarmoq abonenti yoki maʼlumot-servis xizmati (ob-havo maʼlumotlari, taksi chaqiruvi va h.k) bilan telefon soʻzlashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlararo (Oʻzbekiston Respublikasi doirasida) telefon soʻzlashuvlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa mamlakat abonentlari bilan xalqaro telefon soʻzlashuvlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus va avariya xizmatlari-yongandan muhofaza (01), militsiya (02), tez tibbiy yordam (03), shahar gaz avariya xizmati (04) chaqiruvi bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Taksofonlarni ekspluatatsiya qiluvchi korxonalar quyidagilarga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taksofonlarning kecha-kunduz sifatli ishlashini, ularning tutilishini, shuningdek, kabina va yarim kabinalarning soz holatda boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarning maxsus jeton yoki telefon kartochkalarini sotib olishlari uchun barcha qulayliklarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamni toʻgʻri terish, taksofondan foydalanish yoʻriqnomasi va maʼlumot tariqasidagi axborot bilan tanishish, hamda soʻzlashuv olib borilishining qulayligiga imkon beradigan yoritilganlikni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III Telekommunikatsiya korxonalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq ravishda va belgilangan tartibda taksofon aloqasining yangi shakllarini tatbiq etish hukuqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takdim qilingan soʻzlashuv uchun haq toʻlashga buning uchun moʻljallangan shu turdaga taksofon uchun maxsus jeton yoki telefon kartochkalaridan foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taksofonlarning, kabina yoki yarim kabinalarning buzilishi va shikastlanishiga yoʻl qoʻymaslikka.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Foydalanuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taksofonlarni ekspluatatsiya qiluvchi korxonalarni taksofonlarning sifatsiz ishlashi, kabina va yarim kabinalarning qoniqarsiz xolatda ekanligi haqida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taksofonlarning qoniqarsiz ishlashi haqida arizalar berish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Foydalanuvchining javobgarligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Foydalanuvchi” taksofonlarni, kabina yoki yarim kabinalarni ishdan chiqarganlik, mazkur qoidalarning nizomlarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgalangan tartibda javobgardir.