24.10.2006 yildagi PQ-498-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.10.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OROL DENGIZINING OʻZBEKISTONGA TEGISHLI QISMIGA NISBATAN MAHSULOTNI TAQSIMLASH TOʻGʻRISIDAGI BITIMNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI VA MEXANIZMI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 30-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi va “Oʻzbekneftgaz” MXK tarkibidagi investorlar Konsorsiumi, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “Lukoyl Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-En-Pi-Si Interneshnl Ltd” (XXR) kompaniyalari tomonidan Orol dengizining Oʻzbekistonga tegishli qismiga nisbatan Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Orol dengizining Oʻzbekistonga tegishli qismiga nisbatan Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish doirasida maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani toʻliq amalga oshirish uchun “Lukoyl Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya) va Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi Bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini toʻla hajmda tegishli ravishda “Lukoyl Oversiz Aral Ltd.” va “KNNK Aral Ltd.” shuʼba kompaniyalariga topshirishdi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar Konsorsiumi ishtirokchilari ikki oy muddatda investorlar konsorsiumi doirasidagi huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi hamkorlikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi bitimni imzolaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining daromadli mahsulotidagi ulushini sotish marketing kompaniyasi tomonidan birgalikda sotish prinsipi asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan tartibga koʻra, qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotni sotishdan tushgan pul mablagʻlari (kompensatsiya mahsulotlari va investorning daromadli mahsulotdagi ulushi qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi pul oʻtkazmalarini amalga oshirishda bank komissiyalari sifatida ushlanadigan mablagʻlar) Bitim shartlariga muvofiq ularning keyingi taqsimlanishi uchun marketing kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bankda ochiladigan hisob raqamiga toʻliq hajmda jamlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar Konsorsiumi Oʻzbekiston Respublikasi hududida neftgaz operatsiyalarini amalga oshirishda jalb etilgan barcha operator ishchilari tarkibida 80 foizidan kam boʻlmagan miqdorda respublika fuqarolari ishtirokini taʼminlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish rejimi, shu jumladan bojxona toʻlovlarini toʻlash Bitimda nazarda tutilgan shartlar asosida amalga oshiriladi va amaldagi muddati davomida oʻz kuchini saqlab qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator va marketing kompaniyasiga ularga Bitimni amalga oshirish doirasida berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar Konsorsiumi Oʻzbekiston Respublikasi oldida oʻz shaxsiy faoliyati singari operator va marketing kompaniyasi faoliyati uchun mulkiy javobgardir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatorga Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari — pudratchi tashkilotlari tomonidan Bitimni amalga oshirish doirasida yetkazib berilgan tovarlar va bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun hisob-kitoblar va toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy valyutada amalga oshirish huquqi berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston rezidentlari hisoblanadigan operator pudratchilari (yetkazib beruvchilari) Bitimni amalga oshirish boʻyicha operatsiyalar doirasida ularning hisob raqamiga tushadigan valyuta mablagʻlarining ular tomonidan Bitimni amalga oshirish maqsadida import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati hajmiga kamaytirilgan qismidan majburiy sotishni amalga oshiradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli bankida ochilgan marketing kompaniyasining hisob raqamiga tushadigan xorijiy valyutadagi mablagʻlar valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” MXK oʻz xarajatlarini qoplash va investorlar Konsorsiumining daromadli mahsuloti ulushi uchun oladigan valyuta mablagʻlari valyuta tushumining bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda navbatdagi majburiy sotilishi bilan marketing kompaniyasi tomonidan uning xorijiy bankdagi maxsus hisob raqamidan “Oʻzbekneftgaz” MXKning Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli bankida ochilgan hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatorlar tomonidan Bitimda nazarda tutilgan koʻrinishlar boʻyicha majburiy tartibda sugʻurtalash amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimining Boshqaruv qoʻmitasi tarkibi Oʻzbekiston tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi hamda Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika kompleksi, metallurgiya, mashinasozlik va kimyo masalalari axborot-tahlil departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi vakillarini kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekneftgaz” MXKga zarur boʻlgan holatda, operator talabi boʻyicha, Bitimni amalga oshirish doirasida neftgaz operatsiyalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi operatorning Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli bankida ochilgan hisob raqamiga uning investorlar Konsorsiumidagi ulushi chegarasida xorijiy valyutada pul mablagʻlarini oʻtkazishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining rezident banklari bilan korrespondentlik munosabatlariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi birinchi darajali banklarda xorijiy valyutadagi hisob raqamlarini ochishga ruxsatnoma bersin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatorga — bitimni amalga oshirish doirasida faqatgina neftgaz operatsiyalarini yuritish maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing kompaniyasiga — bitim doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotdan kelib tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va taqsimlash uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan javobgar respublika davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimda nazarda tutilgan tartibda investorlar majburiyati va jadvaldagi ishlar bajarilishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimni amalga oshirishda vakolatli organ vazifasini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-sentabrdagi 428-sonli qarorining 6-bandiga asosan tashkil qilingan Bitimni amalga oshirish boʻyicha guruh sonining shtat jadvali ilovaga* muvofiq 4 birlikka oshirilsin, unga Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga nisbatan Mahsulotni taqsimlash bitimini amalga oshirish boʻyicha belgilangan vazifalarni bajarish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, bitimni amalga oshirish boʻyicha guruhni moliyalash, qoʻshimcha kiritiladigan birliklarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-sentabrdagi 428-sonli qarorining 8-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda bitimni amalga oshirish doirasida operator tomonidan tovarlarni olib kirish va olib chiqishni rasmiylashtirish boʻyicha bojxona tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bitimda koʻrsatilgan muddat davomida neftgaz operatsiyalarini oʻtkazish uchun belgilangan tartibda yer maydonlari ajratib berishni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda operatorga yer usti va yer osti suv manbalaridan foydalanish boʻyicha yetarli hajmda limit ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi belgilangan tartibda bitimni amalga oshirish doirasida operatorga, pudratchiga va subpudratchiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali uskunalardan foydalanish uchun ruxsatnoma bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi operator talabnomasiga koʻra, vakolatli organ tasdigʻi bilan belgilangan tartibda Bitimni amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga vizalar va shu jumladan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijiy investorlar yoki operator talabnomasiga koʻra, Bitimni amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislar uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar muddatini uzaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi belgilangan tartibda operator va marketing kompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb etishga shuningdek, ularning talabnomalariga koʻra, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati olib borish uchun tasdiqnoma berish(uzaytirish)ni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi istisno tariqasida, Bitim doirasida ishlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF–1871-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyxati zarur boʻlgan maxsus tovarlarni olib kirish uchun (vaqtincha olib kirishni hisobga olgan holda) oʻz vaqtida litsenziyalar berishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-498-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 426-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)