29.08.2001 yildagi 257-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2008 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“PROKURATURA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda, № 6, 266-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 145-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROKURATURA TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining (bundan buyon matnda prokuratura organlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi, shuningdek ularning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari oʻz faoliyatini quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning huquq hamda erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-qidiruv faoliyatni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarda jinoyat ishlari koʻrib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni hamda xoʻjalik nizolarini koʻrishda ishtirok etish, qonunlarga zid boʻlgan sud hujjatlariga protest keltirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
(4-moddaning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Prokuratura organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan yagona markazlashgan tizimni tashkil etadi hamda quyi turuvchi prokurorlar yuqori turuvchi prokurorlarga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga koʻrsatmalar berishga yoxud uning har qanday, shu jumladan protsessual qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilishga haqlidir, shuningdek u oʻz boʻysunuvidagi barcha prokurorlarning ishlari toʻgʻri tashkil etilishi uchun toʻliq javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlarining xodimlari oʻz faoliyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa qonunlarning talablariga aniq rioya etishlari va ularni bajarishlari shart. Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday chekinish, qanday asoslarga koʻra qilinishidan qatʼi nazar, qonuniylikni buzish deb hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshiradilar. Prokuratura organlarining faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning gʻayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda boʻlmasin biron-bir taʼsir koʻrsatish yoki faoliyatini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilish, uning daxlsizligiga tajovuz qilish, shuningdek prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz tekshirishlar va dastlabki tergov maʼlumotlarini oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlarining xodimlari oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga aʼzolikni toʻxtatib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar xalq deputatlari tegishli Kengashlariga, zarurat boʻlgan hollarda esa fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga qonuniylikning hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisida har yili axborot beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Prokuror talablari bajarilishining majburiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, taftish, tekshirishlar oʻtkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga kelish va aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek qonunga rioya etish toʻgʻrisidagi oʻz vakolatlari doirasida qoʻyayotgan talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari oʻz vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari mazkur organlarning talabiga muvofiq bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror oʻziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha prokuror qaror qabul qiladi, bu qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqaroning ariza va shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan keyin prokuratura organlarida ular boʻyicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan holatlar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini taʼminlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi, ishchi guruhlar tashkil etadi, zarur axborot, shu jumladan statistika maʼlumotlarini talab qilib oladi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida prokurorning ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli va quyi organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM. PROKURATURA ORGANLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Prokuratura organlarining tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlarining tizimi quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar prokuraturalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari faoliyat koʻrsatadi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Prokurorlarning vakolat muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning vakolat muddati besh yil.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosariga, oʻrinbosarlariga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori hamda uning oʻrinbosarlarini lavozimiga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining katta yordamchilari va yordamchilari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar, boʻlimlarning boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, katta prokurorlar, prokurorlar, alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura organlariga rahbarlik qiladi va ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi bilan murojaat etishi mumkin;
(13-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, uning koʻrib chiqishi uchun masalalar kiritishi va koʻrilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlislarida ishtirok etadi, koʻrilayotgan ishlar boʻyicha va muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan fikr bildiradi, qonun hujjatlarini qoʻllash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Plenum tushuntirishlar berishi xususida takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi majlislarida ishtirok etadi, muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan fikr bildiradi, qonun hujjatlarini qoʻllash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Plenum tushuntirishlar berishi xususida takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlari xodimlariga darajali unvonlar beradi va oliy darajali unvonlar berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlari xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlari xodimlarini “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyruqlar chiqaradi hamda prokuratura organlarining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el davlatlarining tegishli organlari bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari (individual xususiyatga ega boʻlgan hujjatlar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobdorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oldida hisobdordir.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisida — muntazam ravishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta ogʻir jinoyatlar va favqulodda hodisalar toʻgʻrisida — zudlik bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar toʻgʻrisida — har olti oyda axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga oʻz faoliyati haqida muntazam ravishda hisobot beradi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori rahbarlik qiladi, u Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tegishincha tuman, shahar prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari asosida va ularni ijro etish uchun oʻziga boʻysunuvchi xodimlarning hammasi uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida boshqarmalar va boʻlimlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari, prokurorning katta yordamchilari, prokurorning ichki xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha yordamchisi, katta prokuror-kriminalist Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining yordamchilari, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari va prokurorlari, prokuror-kriminalistlar, alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar, katta tergovchilar va tergovchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar rahbarlik qiladilar, ular Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar hamda lavozimdan ozod etiladilar. Bu prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunadilar va uning oldida hisobdordirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tegishincha tuman, shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari asosida va ularni ijro etish uchun oʻziga boʻysunuvchi xodimlarning hammasi uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari boʻlmish Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda boshqarmalar va boʻlimlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlari, prokurorlarning katta yordamchilari, prokurorlarning ichki xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha yordamchilari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlarining oʻrinbosarlari, katta prokuror-kriminalistlar va prokuror-kriminalistlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yordamchilari, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari va prokurorlari, alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar, katta tergovchilar va tergovchilar viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar rahbarlik qiladi, ular Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Bu prokurorlar yuqori turuvchi tegishli prokurorga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunadilar va ularning oldida hisobdordirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlari boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning katta yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari, ish oʻrganuvchilari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi boʻlinmalari
(18-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) tashkil etiladi. Departamentga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosariga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Departament boshligʻi rahbarlik qiladi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament boshligʻining oʻrinbosarlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boshqarmalarning boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, Departamentning tuman va shahar boʻlimlari boshliqlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentni hamda uning joylardagi boʻlinmalarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Prokuratura organlarining hayʼatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda prokuror (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari va prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning tarkibi tegishli prokurorning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda tuziladigan hayʼatlar maslahat organlari boʻlib, ular qonuniylik va jinoyatchilikning holatiga, prokuratura organlarining faoliyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyruqlari va koʻrsatmalarining ijrosiga, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyishga doir va boshqa masalalarni koʻrib chiqadi, prokurorlarning, prokuratura organlari tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlarining va boshqa xodimlarining hisobotlarini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari asosida tegishli prokurorlar buyruqlar chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOʻLIM. PROKUROR NAZORATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-BOB. QONUNLAR IJROSI USTIDAN NAZORAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Nazorat predmeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Qonunlar ijrosini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlar ijrosini tekshirish qonunlarning buzilayotganligi toʻgʻrisidagi arizalar va boshqa maʼlumotlar asosida, shuningdek qonuniylik prokuror tomonidan choralar koʻrilishini talab qiladigan holatda ekanligidan kelib chiqqan holda qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Prokurorning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, harbiy qismlarning hududi va xonalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni koʻrishga, tekshirishlar oʻtkazishga, tekshirish uchun qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni, qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi va uni taʼminlashga doir chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni talab qilishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, harbiy qismlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining harbiy tuzilmalari rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan ular tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish, taftish oʻtkazishni, idoraviy va noidoraviy tekshirishlar oʻtkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslar va fuqarolardan qonun buzilishi xususida ogʻzaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun buzilishi aniqlangan taqdirda prokuror ushbu Qonunda hamda boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokurorning aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokurorning bevosita aralashishiga, shuningdek idoraviy boshqaruv va tekshiruv organlarining vazifalarini bajarishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-BOB. FUQARONING HUQUQLARI HAMDA ERKINLIKLARIGA RIOYA ETILISHI USTIDAN NAZORAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Nazorat predmeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi nazorat predmeti hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Prokurorning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 22-moddasida nazarda tutilgan vakolatlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishini jinoiy xususiyatga ega deb bilish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda prokuror jinoyat ishi qoʻzgʻatadi hamda uni sodir etgan shaxslar qonunga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishiga doir choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishi maʼmuriy huquqbuzarlik xususiyatiga ega boʻlgan hollarda prokuror maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatadi yoki zudlik bilan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi maʼlumotni va tekshiruv materiallarini maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organga yoki mansabdor shaxsga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Prokurorning sudga daʼvosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning sud tartibida himoya qilinadigan huquq va erkinliklari buzilsa, lekin fuqaro sogʻligʻiga, yoshi yoki boshqa sabablarga koʻra sudda oʻz huquq va erkinliklarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, daʼvoni prokuror taqdim etadi va sudda quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-BOB. JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHNI AMALGA OSHIRADIGAN ORGANLAR TOMONIDAN QONUNLARNING IJRO ETILISHI USTIDAN NAZORAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Nazorat predmeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Prokurorning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar ijro etishlari ustidan nazorat qilish jarayonida prokuror oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan tekshirish uchun jinoyat ishlarini, surishtiruv, tezkor-qidiruv faoliyatining hujjatlari va materiallarini hamda boshqa maʼlumotlarni talab qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi ariza va xabarlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish hamda hal etish toʻgʻrisidagi qonun talablari ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergovchilar va surishtiruvchilarning noqonuniy hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslarni qidirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruv organlariga ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv oʻtkazish, olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlarni va sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini, shu jumladan prokuror yoki prokuratura tergovchisi ish yurituvida boʻlgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish uchun zarur choralar koʻrish toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi;
(28-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-100-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda har qanday ish boʻyicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni toʻla hajmda amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi;
(28-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-100-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qoʻshimcha tergov oʻtkazish toʻgʻrisidagi oʻz koʻrsatmalari bilan qaytaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday jinoyat ishini surishtiruv organidan olib tergovchiga beradi, shuningdek uni bir dastlabki tergov organidan boshqasiga, bir tergovchidan boshqasiga oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish chogʻida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsa, surishtiruv yoxud dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlari olib borilishiga sanksiya beradi, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi;
(28-moddaning birinchi qismi oʻn ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-100-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlarini qoʻzgʻatadi yoki ularni qoʻzgʻatishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ish yuritilishini toʻxtatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining ishni tugatishiga rozilik beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblov xulosasini yoki qarorini tasdiqlaydi, ishni sudga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bergan tergovoldi tekshiruvi oʻtkazish, jinoyat ishlari qoʻzgʻatish va tergov qilish bilan bogʻliq koʻrsatmalari surishtiruv va dastlabki tergov organlari uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Prokuratura organlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari jinoyat-protsessual qonunga binoan oʻz vakolatlariga berilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan tergov oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror har qanday jinoyatni tergov qilishni oʻz ish yurituviga olishga yoki oʻziga boʻysunuvchi prokurorga topshirishga, shuningdek birgalikda tergov oʻtkazish uchun prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari hamda boshqa organlarning tergovchilari va tezkor xodimlaridan iborat tergov guruhini tuzishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-BOB. USHLAB TURILGANLARNI, QAMOQQA OLINGANLARNI SAQLASH JOYLARIDA, JINOIY JAZOLARNI VA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIRNING BOSHQA CHORALARINI IJRO ETISH CHOGʻIDA QONUNLARGA RIOYA QILINISHI USTIDAN NAZORAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Nazorat predmeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar nazorat predmeti hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalarda shaxslar saqlanishining qonuniyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish tartibi va sharoitlari haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning, shuningdek jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarini qoʻllayotgan organ va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Prokurorning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylariga, qamoqqa olish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalariga, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarga va voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga, shaxslarga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish, shuningdek jinoiy jazo yoki jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilishiga asos boʻlgan hujjatlar bilan tanishishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoqqa olish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda, voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida noqonuniy saqlab turilgan shaxslarni darhol ozod qilishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qamoqda saqlanayotgan, qamoq jazosiga, intizomiy qismga joʻnatishga, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo choralari qonunga nomuvofiq boʻlsa, bu choralarni bekor qilishga va oʻz qarori bilan bunday shaxslarni intizomiy boʻlinmalardan darhol ozod qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlardan va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslardan ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham soʻrab-surishtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar maʼmuriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, tezkor-qidiruv tadbirlarining qonunga muvofiqligini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslarning huquqlarini taʼminlaydigan sharoitlar yaratilishini ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar maʼmuriyatidan talab qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etuvchi muassasa boshligʻining mahkumlarga alohida holatlarda muassasa tashqarisiga chiqishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan mahkumni tarbiya koloniyasida qoldirish toʻgʻrisidagi, mahkuma ayollarning jazoni ijro etish muassasasi tashqarisida yashashi toʻgʻrisidagi qarorlarini tasdiqlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini taʼminlashda prokurorning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralariga tortilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa maʼmuriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish huquqlari toʻgʻrisidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror oʻziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan muddatda koʻrib chiqishi, zarur chora-tadbirlar koʻrishi hamda oʻz qarori toʻgʻrisida arizachiga maʼlum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOʻLIM. SUDLARDA ISHLARNI KOʻRISHDA PROKURORNING VAKOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Sudlarda ishlarni koʻrishda prokurorning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yoʻli bilan samarali himoya qilinishini taʼminlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar koʻrilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror sudlarda jinoyat ishlari koʻrilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qoʻllanishi xususida oʻz fikrini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar sudlarda koʻrilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonun hujjatlari normalariga qatʼiy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Ishlarni suddan talab qilib olish va chaqirib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni prokuror oʻz vakolatlari doirasida suddan talab qilib olish huquqiga egadir. Prokuror yoki uning topshirigʻiga binoan prokuratura organlarining boshqa xodimlari sudlarda bunday ishlarning har qanday toifasini oʻrganib chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblov xulosasini, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror jinoyat ishi sudda koʻrish uchun tayinlanguniga qadar ishni suddan chaqirib olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Sud qarorlariga protest keltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror protsessual qonunda belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga protest keltirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protest keltirish prokurorning vakolat doirasidan chetga chiqib ketadigan hollarda u protest keltirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan yuqori turuvchi prokurorga murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Protestlarni oʻzgartirish, toʻldirish, chaqirib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga nisbatan keltirilgan apellyatsiya, kassatsiya, xususiy va nazorat tartibidagi protest ishni sudda koʻrish boshlangunga qadar protest keltirgan prokuror tomonidan, shuningdek yuqori turuvchi prokuror tomonidan oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki chaqirib olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOʻLIM. PROKUROR NAZORATI HUJJATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Prokuror nazorati hujjatlarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Protest
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga zid boʻlgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay koʻrib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni koʻrib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protest kollegial organ tomonidan koʻrib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga maʼlum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida koʻrib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni gʻayriqonuniy deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni koʻrib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat oʻtganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, maʼmuriy yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish haqidagi prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan koʻrib chiqilishi shart. Uni koʻrib chiqish natijalari haqida uch kunlik muddatda prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Taqdimnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatlariga ega boʻlgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimnoma darhol koʻrib chiqilishi va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimnoma kollegial organ tomonidan koʻrib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga maʼlum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning arizasi sud tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror arizasidan davlat boji olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Ogohlantiruv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, jamiyat hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlganda huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonunning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida yozma ravishda ogohlantiradi hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogohlantiruv toʻgʻrisida prokuror yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga), shuningdek ogohlantiruv eʼlon qilingan shaxsning ish, oʻqish joyi boʻyicha ish beruvchiga (maʼmuriyatga) yoki yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga maʼlum qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOʻLIM. PROKURATURA ORGANLARINING XODIMLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar va ish oʻrganuvchilar lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari boʻlgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon beradigan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan shaxslar tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari xodimlari haq toʻlanadigan boshqa biron-bir faoliyat turi bilan shugʻullanishi mumkin emas. Ular ilmiy, oʻqituvchilik va ijodiy faoliyat bilan faqat asosiy ishdan boʻsh vaqtda shugʻullanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Prokurorlar va tergovchilarning qasamyodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi marta tayinlanayotgan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻz xizmat vazifalarimni halol va vijdonan bajarishga, qonun buzilishiga qarshi murosasiz kurashishga, fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali qasamyod qilaman”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qasamyod qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Prokurorlar faoliyatini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning faoliyati tegishli yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan ularning vakolat muddati davomida kamida ikki marta kompleks oʻrganib chiqiladi. Prokurorlar faoliyatini baholashning asosiy mezonlari qonuniylikning holati va fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning taʼminlanishi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz faoliyati davrida tegishli hududda qonunlar ijrosi ustidan lozim darajada nazorat oʻrnatilishini taʼminlab bera olmagan shaxslar prokuror lavozimiga takroran koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Prokuratura organlari ichki xavfsizligini taʼminlovchi inspeksiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi tarkibida prokuratura organlari ichki xavfsizligini taʼminlovchi inspeksiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari ichki xavfsizligini taʼminlovchi inspeksiya prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojoʻya xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xizmat tekshiruvini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari ichki xavfsizligini taʼminlovchi inspeksiya oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari xodimlariga egallab turgan lavozimlari va mehnat stajiga muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Prokuratura organlari va muassasalaridagi xizmat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash, prokuratura organlari va muassasalarining xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻqotar qurol hamda boshqa shaxsiy himoya vositalari olib yurish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror va tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish va dastlabki tergov oʻtkazish prokuratura organlarining mutlaq vakolati hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari xodimlarining maʼmuriy huquqbuzarlik va intizomiy nojoʻya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Prokuratura organlari xodimlarining moddiy va ijtimoiy taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari xodimlarining ish haqi mansab maoshidan, darajali unvonlar (harbiy unvonlar), koʻp yillik xizmat uchun toʻlanadigan ustama haqlardan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan prokuratura organlarining xodimlari belgilangan meʼyorlar boʻyicha bepul xizmat kiyimi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari xodimlariga muddati oʻttiz kalendar kunidan iborat haq toʻlanadigan yillik taʼtil beriladi. Oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan prokuratura organlari xodimlariga besh kalendar kun, yigirma besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga esa oʻn kalendar kun qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Prokuratura organlari xodimlarini hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyalash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari xodimlarining hayoti va sogʻligʻi davlat himoyasida boʻladi hamda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sugʻurtalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sugʻurta organlari quyidagi hollarda sugʻurta summalarini toʻlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlari xodimi ishlayotgan davrida yoki prokuratura organlaridan boʻshatilganidan keyin halok boʻlsa (vafot etsa), agar bu hol u oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki sogʻligʻining boshqacha shikastlanishi oqibatida roʻy bergan boʻlsa, uning merosxoʻrlariga — Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 194-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlari xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi yigirma besh karrasi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlari xodimiga u oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatini doimiy yoʻqotishga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi besh karrasi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha olingan toʻlovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya oʻrtasidagi farq har oyda toʻlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok boʻlsa (vafot etsa), uning qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga yetkazilgan zararning toʻlovi boquvchisini yoʻqotganlik munosabati bilan tayinlangan pensiya, xuddi shuningdek boshqa pensiya, ish haqi, stipendiya va oʻzga daromadlarni hisobga olmagan holda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlari xodimining oʻz xizmat faoliyati bilan bogʻliq tarzda unga tegishli mol-mulkni yoʻq qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar unga yoki uning oila aʼzolariga toʻlaligicha qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan zararni qoplash boʻyicha toʻlovlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, ular aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda keyinchalik undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII BOʻLIM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el davlatlarining tegishli organlari bilan prokuror nazorati, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamda boshqa masalalar boʻyicha hamkorlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida belgilangan tartibda idoraviy ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari davriy nashrlar hamda maxsus adabiyotlar chop etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti respublika budjeti mablagʻlari hisobidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Prokuratura organlarining muhri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va unga boʻysunuvchi prokuraturalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri va oʻz nomi tushirilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Ushbu Qonunda qoʻllanilgan ayrim atamalarning talqini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolar” degan atama zamirida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni tushunish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Prokuratura organlari xodimlari” degan atama zamirida darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan prokuratura organlari va muassasalarining barcha xodimlarini, shuningdek prokuratura ish oʻrganuvchilarini tushunish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5, 6-moddalardagi, 7-moddaning ikkinchi qismidagi, 22, 23, 25, 26-moddalardagi, 31-moddaning ikkinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi xatboshilaridagi , 33-moddadagi, 43-moddaning birinchi qismidagi hamda 44-moddaning birinchi qismidagi “prokuror” degan atama zamirida oʻz vakolatlari doirasida ish olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, quyi turuvchi barcha prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlarning katta yordamchilari, yordamchilari, katta prokurorlari va prokurorlarini tushunish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, toʻqqizinchi va oʻn uchinchi xatboshilaridagi, ikkinchi qismidagi “prokuror” degan atama zamirida oʻz vakolatlari doirasida ish olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, quyi turuvchi barcha prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlarini tushunish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-moddadagi, 7-moddaning toʻrtinchi qismidagi, 8-moddaning ikkinchi qismidagi, 28-modda birinchi qismining oʻninchi, oʻn birinchi, oʻn ikkinchi, oʻn toʻrtinchi, oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilaridagi, 29-moddaning ikkinchi qismidagi, 31-moddaning uchinchi, toʻrtinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi, 34, 35, 36, 38, 39, 40, 41, 42-moddalardagi “prokuror” degan atama zamirida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning oʻrinbosarlarini tushunish kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “prokuror” degan atama zamirida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlarini, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlarini va ularga tenglashtirilgan prokurorlarni tushunish kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 168-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2008-y., 39-son, 390-modda; 2008-y., 52-son, 509-modda; 2011-y., 16-son, 160-modda; 2012-y., 38-son, 433-modda; 2015-y., 32-son, 425-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 13-son, 194-modda, 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son; 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 14.08.2024-y., 03/24/943/0616-son; 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son; 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son; 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son; 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)