Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “BAʼZI RESPUBLIKA KOMISSIYALARI VA KENGAShLARI TARKIBLARI HAMDA ULARNING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 21 IYuLDAGI PQ-423-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baʼzi respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-iyuldagi PQ–423-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 15-sentabr,
198-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun tanlov asosida oziq-ovqat tovarlari yetkazib berishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 26-sentabrdagi 454-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovada:
ilova nomidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻzbektenderkonsalting” tenderlar oʻtkazuvchi agentlik, keyingi oʻrinlarda “Agentlik” deb ataladi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga qarashli tashkilot hisoblanadi”;
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agentlik tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilish, sotish yuzasidan tender savdolari, tanlovlar oʻtkazish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilot hisoblanadi”;
1-bandning uchinchi xatboshiga “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin;
1-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bevosita mahsulot ishlab chiqaruvchilar va tovar (ishlar va xizmatlar) yetkazib beruvchilarni tanlov oldidan saralash”;
III boʻlimning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Agentlik oʻz faoliyatini tenderlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishning xolisligi prinsiplariga muvofiq amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining buyruqlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish yuzasidan savdolar uchun tender hujjatlarini ishlab chiqadi”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni potensial yetkazib beruvchilarni tanlov oldidan saralaydi”;
V boʻlim 1-bandining yettinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga hisob beradi”;
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Bosh direktor rahbarlik qiladi”;
5-bandning birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziriga” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziriga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
VII boʻlim 2-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
IX boʻlim matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agentlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining qaroriga koʻra toʻxtatiladi”;
v) 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “2000-yilda davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini xarid qilish toʻgʻrisida” 2000-yil 8-apreldagi 136-son qaroriga 1-ilovada:
a) 2.2-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Respublika tovar-xomashyo birjasi” soʻzlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3.2-banddagi “va 3” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 6.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6.2. Oldindan malakali saralashni tashkil etish va davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish yuzasidan tender savdolari oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirigʻiga koʻra tender komissiyasi tashkil etiladi, komissiya oʻz ish tartibini va tender oʻtkazish tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”;
g) 6.3, 6.4, 6.5, 6.6, 6.7 va 6.8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) Ijtimoiy soha muassasalarini, maxsus isteʼmolchilarni va davlat zaxirasini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash tartibiga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 380-modda)