Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020 07.09.2006 yildagi PQ-460-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020
Hujjat 19.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish, Davlat budjeti maqsadli davlat jamgʻarmalari va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlaridan oqilona foydalanishni moliyaviy nazorat qilishning gʻoyat muhim vositasi sifatida uning faoliyati taʼsirchanligi va samaradorligini oshirish, mazkur sohada qabul qilingan qarorlarning ijro etilishida davlat va xoʻjalik tuzilmalarining masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hisob palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda Hisob palatasining mansabdor shaxslar tomonidan qilingan qoidabuzarliklarini huquqiy baholash va davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarari summasini qoplash boʻyicha tekshiruv materiallarini prokuratura organlariga topshirish tartibi ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi tartib belgilansin va unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari, shuningdek, navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va maqsadli davlat jamgʻarmalari budjetlarining loyihalari Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan Oliy Majlisga kiritiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi boʻyicha har yilgi hisobot Hisob palatasi tomonidan tashqi audit va baholash oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 0618/5306/0593-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasi oʻz faoliyatini, Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan amaliy tizimli nazoratni taʼminlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan yillik nazorat ishlari dasturi asosida tashkil etadi. Nazorat ishlari dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshiruvlar barcha tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining nazorat qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi bilan kelishilmagan holda amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 0618/5306/0593-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi Hisob palatasiga Davlat budjeti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan maqsadli davlat jamgʻarmalari va boshqa jamgʻarmalarning daromad va xarajat moddalari maqsadli ijro etilishini birlamchi maʼlumotlarga koʻra nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslariga kirishga sharoit yaratsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligi Hisob palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Hisob palatasida iqtisodiyot idoralarining axborot tizimlariga kirish imkonini beradigan maʼlumotlarni uzatish elektron tarmogʻini ishlab chiqish va joriy etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda mansabdor shaxslarning Hisob palatasi koʻrsatmalarini bajarmaganligi uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Hisob palatasi aniqlagan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summasini Davlat budjeti daromadi hisobiga yoʻllash mexanizmini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi oʻn kun muddatda oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni inobatga olgan holda Hisob palatasini kadrlar bilan mustahkamlash boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari V.A. Golishev va R.S. Shamshiyev zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-460-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 377-modda; 2011-y., 25-son, 256-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 0618/5306/0593-son)