Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 14.04.1999 yildagi 760-I-son
Кучга кириш санаси
01.07.1999
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni XOTIN-QIZLARGA QOʻShIMChA IMTIYOZLAR TOʻGʻRISIDA Bolalarni tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratish hamda xotin-qizlarning mehnatdan manfaatdorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. Uch yoshga toʻlmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnatga toʻlanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining haftasiga oʻttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilansin. 2. Ushbu Qonun 3-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan ish staji mavjud boʻlgan taqdirda ellik toʻrt yoshga toʻlgan ayollarga pensiyaga chiqish huquqi berilsin. 3. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin: 1) Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda) quyidagi mazmundagi 121-modda bilan toʻldirilsin: “121-modda. Umumiy belgilangan yoshni bir yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqi Ushbu Qonun 37-moddasining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji boʻlgan ayollar ellik toʻrt yoshga toʻlganda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar”; (3-bandning ikkinchi kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son) 4. Ushbu Qonun 1999-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 1999-yil 14-aprel, 760-I-son (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 112-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son) |
Закон Республики Узбекистан О ДОПОЛНИТЕЛЬНЫХ ЛЬГОТАХ ЖЕНЩИНАМ В целях создания условий для воспитания детей и повышения зинтересованности женщин в труде Олий Мажлис Республики Узбекистан постановляет: 1. Установить женщинам, имеющим детей в возрасте до трех лет и работающим в учреждениях и организациях, финансируемых из бюджета, сокращенную продолжительность рабочего времени, не превышающую тридцати пяти часов в неделю, без уменьшения оплаты труда. 2. Предоставить право выхода на пенсию женщинам, достигшим возраста пятидесяти четырех лет, при наличии стажа, предусмотренного пунктом 1 статьи 3 настоящего Закона. 3. Внести изменения и дополнения в следующие законодательные акты Республики Узбекистан: 1) Закон Республики Узбекистан от 3 сентября 1993 года «О государственном пенсионном обеспечении граждан» (Ведомости Верховного Совета Республики Узбекистан, 1993 г., № 9, ст. 338; Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 1995 г., № 12, ст. 269; 1997 г., № 4—5, ст. 126; 1998 г., № 9, ст. 181) дополнить статьей 121 следующего содержания: «Статья 121. Право на пенсию с уменьшением общеустановленного возраста на один год Женщины, имеющие не менее двадцати лет стажа работы, предусмотренного в пунктах «а», «б», «в» и «г» статьи 37 настоящего Закона, приобретают право на пенсию по достижении пятидесяти четырех лет»; (подпункт 2 пункта 3 утратит силу с 30 апреля 2023 года Законом Республики Узбекистан от 28 октября 2022 года № ЗРУ-798 — Национальная база данных законодательства, 29.10.2022 г., № 03/22/798/0972) 4. Настоящий Закон вступает в силу с 1 июля 1999 года. Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ г. Ташкент, 14 апреля 1999 года, № 760-I (Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 1999 г., № 5, ст. 112; Национальная база данных законодательства, 29.10.2022 г., № 03/22/798/0972с) |