Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI SUD QARORLARINI IJRO ETISH, SUDLAR FAOLIYATINI MODDIY-TEXNIKA JIHATIDAN VA MOLIYAVIY TAʼMINLASH DEPARTAMENTI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash va sud himoyasining samaradorligini oshirishga qaratilgan mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilishning asosiy vazifalari boʻlib, sud qarorlarini ijro etishning samarali tizimini yaratish, sudlarni har tomonlama moddiy-texnika jihatidan taʼminlash va moliyalashtirish hisoblanadi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda — Sud departamenti) alohida oʻrin egallaydi.
Sud departamenti tomonidan sud qarorlarini majburiy ijro etish ishlarining samaradorligini oshirish yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda. Oxirgi 4 yil mobaynida ijro etilgan sud qarorlarining soni 3 baravarga oshdi. 2005-yil yakunlariga koʻra, sud ijrochilari tomonidan 2002-yilga nisbatan 17 baravar koʻp, yaʼni 716,8 mlrd. soʻm mablagʻ amalda undirildi.
Sudlarning moddiy-texnik taʼminoti sezilarli yaxshilandi. Ushbu maqsadlarga ajratilayotgan pul mablagʻlari hajmi keyingi toʻrt yilda 2,7 baravarga koʻpaydi. Faqatgina 2005-yilda 1,3 mlrd. soʻm mablagʻlar evaziga 60 ta sud binolari qurildi va kapital taʼmirlandi, 14 ta yangi binolar sotib olindi.
Ayni paytda maxsus oʻtkazilgan tekshirishlar shuni koʻrsatdiki, lozim darajada ish tashkil etilmaganligi oqibatida Sud departamenti faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklar mavjud boʻlib, ular sud qarorlarini majburiy ijro etish tizimi samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Masʼul mansabdor shaxslar tomonidan majburiy undiruvlar boʻyicha yuklatilgan majburiyatlar muntazam ravishda buzib kelinayotganligi oqibatida, sud ijrochilari ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatlaridagi ijrosi taʼminlanmagan hujjatlar qoldigʻi yildan yilga koʻpayib bormoqda va 2005-yil yakunlariga koʻra 26 foizni tashkil etgan. Ular boʻyicha undirilmay qolgan mablagʻlar esa 445,5 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning malakasini oshirish masalalariga yetarlicha eʼtibor berilmagan. Sud departamentida qonuniylikni hamda xodimlar oʻrtasida intizomni mustahkamlash boʻyicha ishlar susaytirib yuborilgan. Tekshirish mobaynida yetarli ish tajribasiga, maʼlumotga ega boʻlmagan yoxud huquqni muhofaza qilish idoralaridagi avvalgi xizmati davomida oʻz shaʼniga isnod keltirgan shaxslarni masʼul lavozimlarga tayinlash holatlari aniqlandi.
Tashkiliy va kadrlar bilan ishlash masalalari boʻshashtirib yuborilganligi oqibatida Sud departamenti tizimida mansabdorlik jinoyatlari oxirgi 3 yil davomida deyarli 14 baravarga ortgan.
Sud departamenti rahbarlari va xodimlari tomonidan qarzdorlarning mol-mulkini sotishda suiisteʼmolliklar, ijro ishini yuritishda sansalorlik va muddat buzilishlar, koʻchmas mulk obyektlari va avtotransport vositalari narxini qasddan kamaytirish, shuningdek poraxoʻrlik holatlari uchramoqda. Ijro hujjatlarini roʻyxatga olmasdan yashirish holatlari mavjud.
Tizimda usulubiy-tahliliy ishlar lozim darajada tashkil etilmagan. Cudyalar, sud protsesslari va ularning ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash darajasi bugungi kun talablariga javob bermaydi. Bu sohada zarur tashkiliy-huquqiy mexanizmlar ishlab chiqilmagan.
Sohadagi bunday ahvol, avvalambor, Sud departamentida ishlarning qoniqarsiz darajada tashkil etilganligi, rahbar kadrlarning malakasizligi va ular tomonidan qonuniylikni buzib kelinishi natijasi boʻlib, oʻz navbatida mamlakatda sud tizimi obroʻsiga putur yetkazmoqda hamda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Mavjud salbiy holatning yuzaga kelishiga oxirgi yillarda Sud departamentiga sud qarorlarini ijro etish boʻyicha bir qator qoʻshimcha vazifalarning yuklanishi sezilarli taʼsirini oʻtkazdi. Jumladan, budjet oldidagi boqimanda qarzlarni qarzdorning mol-mulki hisobidan majburiy undirish, davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni yoʻq qilib tashlash yoki sotish, moliyaviy jarimalarni tadbirkorlik subyektlaridan sud tartibida undirish kabi vazifalarning yuklatilishi evaziga sud ijrochilarining ish hajmi keskin oshib ketdi. Sud ijrochisining oʻrtacha ish hajmi 2001-yilga nisbatan uch baravardan ortiq, ayrim hududlarda esa 6-7 baravarga oshdi. Shu bilan birga, Sud departamenti boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sud ijrochilari faoliyatini tashkil etishning shakl va usullarini, axborot-kommunikatsiya va boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda takomillashtirish chora-tadbirlari koʻrilmadi.
Sud qarorlarining soʻzsiz ijro etilishini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish, Sud departamentining unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi yuzasidan faoliyati samaradorligini koʻtarish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Sud departamenti faoliyatiga rahbarlik qilish, sud qarorlarini majburiy ijro etish tizimini takomillashtirish boʻyicha ishlari qoniqarsiz deb topilsin.
Ishdagi jiddiy qonunbuzilishlar, kamchiliklar va yoʻl qoʻyilgan suiisteʼmolliklar uchun Sud departamenti direktori, ayrim tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari va xodimlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etilganligi, tekshirish materiallari qonun asosida koʻrib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbariyati (B. Mustafoyev):
kadrlar tarkibini halol, vijdonli, malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, Sud departamenti boʻlinmalarini kasbiy tayyorgarligi va maʼnaviy saviyasiga koʻra egallab turgan lavozimiga nomunosib xodimlardan tozalashni nazarda tutgan holda 2006-yil 1-noyabrga qadar Sud departamenti xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin;
mutaxassislarni tanlab olishda xolislik va ochiq-oydinlikni taʼminlagan holda sud ijrochisi lavozimiga tayinlash uchun kadrlarni tanlov asosida saralab olish tartibini amaliyotga joriy qilsin.
Belgilansinki, Sud departamenti direktori oʻrinbosarlari, boshqarma va boʻlim boshliqlarini lavozimlariga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Sud departamenti tuzilmasida boshqaruv xodimlari soni 22 kishidan, shu jumladan markaziy apparatda 5 kishidan iborat tarkibda Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tashkil etilsin.
Belgilansinki, Ichki xavfsizlik inspeksiyasi va uning joylardagi boʻlinmalari yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda bevosita Sud departamenti direktoriga boʻysunadilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti Nizomi, tashkiliy-shtat tuzilmasi, Sud departamenti hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimlarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi 1 — 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Qoʻshimcha yuklatilgan vazifalarni hisobga olgan holda Sud departamenti xodimlari soni 540 nafarga koʻpaytirilsin hamda Sud departamenti xodimlarining cheklangan soni, xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari 1270 nafar, shu jumladan markaziy apparat xodimlari soni 46 nafar etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga Departamentning tashkiliy-shtat tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov):
Departamentning shtat jadvali va xarajatlar smetasiga mazkur qarordan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sud ijrochilari boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, undirgan pul mablagʻlari miqdori hamda ishining yakuniy natijalaridan kelib chiqqan holda ularni ragʻbatlantirishga qaratilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki, sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlariga muvofiq avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish faqat ochiq auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi ikki oy muddatda:
baholovchilarni tanlov asosida tanlab olish mexanizmini joriy etishni, shuningdek mol-mulk bahosini qasddan pasaytirilishi va boshqa qonunbuzilishlarni oldini olishni nazarda tutgan holda Ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida sud ijrochilari tomonidan xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Keyingi tahrirga qarang.
mol-mulkni sotadigan savdo tashkilotini tanlov asosida tanlab olishni nazarda tutgan holda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ijro hujjatlari asosida mol-mulkni (avtomototransport vositalari va koʻchmas mulk bundan mustasno) sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (R. Qosimov) bilan birgalikda 2006/2007 oʻquv yilidan boshlab yuridik yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlariga ijro ishi yurituvi boʻyicha fanlar kiritsin, shuningdek mutaxassislarni davriy ravishda (har besh yilda) Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida majburiy ijro masalalari boʻyicha qayta tayyorlashni nazarda tutgan holda zamonaviy talablar va standartlar asosida sud ijrochilarini tayyorlash maxsus oʻquv dasturini ishlab chiqilishi va tatbiq etilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Aripov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Sud departamentida ijro hujjatlarining maʼlumotlar bazasini tashkil etish va yuritish, shuningdek sud ijrochilari tomonidan undirilgan mablagʻlarni nazorat qilishga moʻljallangan yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy bank bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga sud ijrochilarining sud, huquqni muhofaza qiluvchi, roʻyxatga oluvchi idoralar va moliya-kredit tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilishini taʼminlashga qaratilgan ijro ish yurituvi toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov) bilan birgalikda ikki oy muddatda: sudlar, sud protsesslari va ularning ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi; sudlarning alohida topshiriqlarini ijro etish, shu jumladan sudga kelishdan boʻyin tovlagan shaxslarni majburiy keltirish tartibi toʻgʻrisidagi; shuningdek, ijro harakatlari amalga oshirilayotgan joylarda jamoat tartibini saqlashni taʼminlash boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularda sud ijrochilarining ichki ishlar idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilishini va oʻzaro harakatlarini muvofiqlashtirib turish nazarda tutilsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, shuningdek vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
9. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-sentabrdagi 383-son qarorining 9-bandi birinchi xatboshisi va unga 1—4-ilovalar (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 55-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qarorining 13-bandi uchinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 31-avgust,
PQ-458-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining (keyingi oʻrinlarda — Sud departamenti) asosiy vazifalari va vakolatlarini belgilab beradi.
Sud departamenti Adliya vazirligining idoraviy boʻysunuvida boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga hisobot beradi.
2. Sud departamenti sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash boʻyicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Sud departamenti tizimiga joylardagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) hududiy boshqarmalar hamda sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari kiradi.
3. Sud departamenti oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Sud departamenti yuridik shaxs hisoblanadi, Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga hamda qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega.
5. Sud departamenti oʻz faoliyatini bevosita va hududiy boʻlinmalar orqali amalga oshiradi.
Sud departamenti oʻz faoliyatini sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat idoralari hamda tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Sud departamenti odil sudlovni amalga oshirish jarayoniga aralashishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Sudlarni moliyalashtirish respublika budjeti hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat budjetidan sudlar taʼminotiga ajratiladigan mablagʻlar alohida satrda koʻrsatiladi.
Sud departamenti Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan xodimlar umumiy sonining 10 foizigacha boʻlgan doirada qoʻshimcha shtat birliklarini taʼminlashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Sud departamentining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi
7. Quyidagilar Sud departamentining asosiy vazifalari hisoblanadi:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijro etilishini taʼminlash;
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash hamda uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
sud ijrochilari kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish hamda ularning malakasini oshirish;
sud ijrochilarining samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etish;
sudlar binolarini qurish va taʼmirlash uchun ajratilgan kapital mablagʻlarni samarali oʻzlashtirish hamda sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻrish;
sudyalar va sudlar apparati xodimlarining mehnat shart-sharoitlari, moddiy va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni tegishli organlarga kiritish;
sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Sud departamenti unga yuklatilgan vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijro etilishini taʼminlaydi, majburiy ijro etish qonun bilan boshqa davlat boshqaruvi organlariga yuklatilgan hujjatlar bundan mustasno;
vakolatli organlarning mol-mulkni, shu jumladan huquqbuzarlik buyumlari va qurollari hamda ashyoviy dalillarni davlat daromadiga oʻtkazish yoki yoʻq qilib tashlashni nazarda tutuvchi qarorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularni navbatdagi moliya yilida mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
budjetdan ajratiladigan moliyaviy mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda tegishli bank muassasalari orqali sudlarga yetkazadi;
sudlar faoliyatini zarur darajada taʼminlash masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, buning uchun ichki ishlar idoralari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tashkilotlarning kuch va vositalarini belgilangan tartibda jalb qiladi;
xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulklarning baholanishi, saqlanishi va sotilishini tashkil qiladi;
sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlarida ijro ishi, hujjat aylanuvi va statistika ishlarining yuritilishini tashkil etadi, sud ijrochilari ishini tashkil etishning samarali usullarini ishlab chiqadi va tatbiq etadi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasidagi qonun hujjatlarining qoʻllanilishi amaliyotini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda uni takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga takliflar kiritadi;
Sud departamenti va uning organlari faoliyati natijalari toʻgʻrisida statistik va tahliliy maʼlumotlarni shakllantiradi va yuritadi, ijro ishlari va undirilgan mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlar bankini belgilangan tartibda yuritadi;
hududiy boʻlinmalar faoliyatini boshqaradi va nazorat qiladi;
markaziy apparat, hududiy boshqarmalar kadrlarini, sud ijrochilarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishni amalga oshiradi, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda kadrlar ustidan ichki nazoratni olib boradi;
oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini koʻrib chiqadi;
Sud departamentining vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha xorijiy davlatlarning davlat hokimiyati organlari va xalqaro tashkilotlari bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qiladi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
9. Sud departamenti oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
davlat organlari va boshqa organlardan, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslardan zarur hujjatlar va axborotni soʻrab olish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari, boshqa yuridik shaxslar va ularning mansabdor shaxslari hamda fuqarolarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq, sudlar va Sud departamentining idoralarini moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha buyurtmachi sifatida ishtirok etish;
fuqarolik-huquqiy bitimlarni tuzish.
10. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish jarayonida Sud departamentining mansabdor shaxslari quyidagi huquqlarga ega:
zarur axborot, tushuntirish va maʼlumotnomalar olish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini va moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi yurituviga muvofiqligi yuzasidan tekshirish;
ijro ishini yuritishda ishtirok etayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;
qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan binolar va omborlarga kirish, mazkur binolar va omborlarni koʻzdan kechirish, zarurat boʻlganda ularni ochish, shuningdek sud ajrimi asosida bunday harakatlarni boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan binolar va omborlarda amalga oshirish;
qonunga muvofiq mol-mulkni xatlash, xatlangan mol-mulkni olib qoʻyish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish;
qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qoʻyilgan pul mablagʻlari hamda boshqa qimmatliklarini qonun hujjatlariga muvofiq xatlash;
olib qoʻyilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, xususiy mulkdagi joylardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaxslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transport vositasidan mol-mulkni tashish uchun sarf-xarajatlarni qarzdorning hisobiga kiritgan holda foydalanish;
ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos boʻlgan ijro hujjatidagi talablarda noaniqlik boʻlgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organdan uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni soʻrash;
qarzdorga, uning mol-mulkiga yoki bolaga nisbatan qidiruv eʼlon qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Sud departamentining mansabdor shaxslari oʻziga berilgan huquqlardan qonunga muvofiq foydalanishi hamda oʻz faoliyatida davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻymasligi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.
III. Sud departamenti faoliyatini tashkil etish
12. Sud departamentiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Adliya vazirining oʻrinbosari — Departament direktori boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Sud departamentining direktori Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan oʻrinbosarlarga ega boʻladi.
14. Sud departamentining Ichki xavfsizlik inspeksiyasi oʻz faoliyatini tezkorlik, xolislik va mustaqillik tamoyillari asosida amalga oshiradi. Ichki xavfsizlik inspeksiyasining xodimlari, shu jumladan hududiy boshqarmalarda faoliyat yurituvchi xodimlari bevosita Sud departamentining direktoriga boʻysunadilar.
Ichki xavfsizlik inspeksiyasi:
Sud departamenti xodimlari tomonidan huquqqa xilof harakatlar sodir etilishini oldini olish boʻyicha ish olib boradi;
xodimlar tomonidan qonun hujjatlari talablari, ijro intizomi va xizmat etikasi buzilganligi boʻyicha har bir holatni har tomonlama va xolisona oʻrganib chiqadi, xizmat tekshiruvlarini oʻtkazadi, shu jumladan moliyaviy-xoʻjalik sohasidagi qonunbuzarliklarni oʻrganish uchun iqtisodiyot va moliya sohasidagi mutaxassislarni jalb etadi;
xodimlarni lavozimdan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida Sud departamenti direktoriga takliflar kiritadi;
Sud departamenti organlarini pok, vijdonli va kasbiy tayyorlangan kadrlar bilan taʼminlash uchun nomzodlarni oʻrganadi;
Sud departamenti xodimlarini ular faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan, ularning va oila aʼzolarining shaxsiy hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga tajovuzlardan himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ichki xavfsizlik inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
15. Sud departamentining hududiy boshqarmalari sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijro etilishi ishlarini tashkil etadilar, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash ishlarini amalga oshiradilar.
Sud departamentining hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, bevosita Sud departamenti tomonidan shakllantiriladi va mablagʻ bilan taʼminlanadi hamda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Sud departamenti direktoriga hisob beradi.
Sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlariga katta sud ijrochisi rahbarlik qiladi. Ijro ishini yuritish va sud ijrochilari faoliyatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Sud departamentining markaziy apparati boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlari, ichki xavfsizlik inspeksiyasi xodimlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari Sud departamenti direktorining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Markaziy apparatning boshqa xodimlari Sud departamenti direktori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Hududiy boshqarmalarning xodimlari (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) hududiy boshqarma boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Sud departamentining direktori tomonidan belgilangan tartibda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Katta sud ijrochilari va sud ijrochilari hududiy boshqarma boshligʻi tomonidan Sud departamenti direktori bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Sud ijrochisi lavozimiga tayinlash uchun kadrlarni tanlash tanlov asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
17. Sud departamenti direktori:
1) Sud departamenti, uning hududiy boshqarmalari, shuningdek sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
2) Sud departamenti xodimlarini belgilangan tartibda lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
3) Sud departamenti hududiy boshqarmalari boshliqlarining hisobotlarini tinglaydi;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga quyidagilarni kiritadi (taqdim qiladi):
Sud departamenti hududiy boshqarmalari va sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlar loyihalarini;
Sud departamenti vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini;
Sud departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni;
Sud departamenti markaziy apparati boshqarma va boʻlim boshliqlari, ichki xavfsizlik inspeksiyasi xodimlari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida taqdimnomalarni;
Sud departamenti xodimlariga martaba darajasi berish toʻgʻrisida takliflarni;
Sud departamenti xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish toʻgʻrisidagi takliflarni;
Sud departamenti faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi maʼruzani (hisobotlarni);
5) belgilangan tartibda quyidagilarni tasdiqlaydi:
Sud departamenti, uning hududiy boshqarmalari va sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlarining shtat jadvalini;
Sud departamenti markaziy apparatining boshqarma va boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni, ichki xavfsizlik inspeksiyasi bundan mustasno;
6) oʻz vakolati doirasida Sud departamenti faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha barcha xodimlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatmalar va farmoyishlar chiqaradi;
7) ajratilgan mablagʻlar doirasida Sud departamenti xodimlariga ustama haqi, mukofotlar va boshqa ragʻbatlantirishlar toʻlash tartibi va shartlarini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
8) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Sud departamentining direktori Sud departamentiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
18. Sud departamentining direktori joyida boʻlmagan taqdirda uning vakolatlarini oʻrinbosarlardan biri amalga oshiradi.
19. Sud departamenti direktorining oʻrinbosarlari, boshqarma boshliqlari, boʻlim boshliqlari va boshqa xodimlari oʻz faoliyatini Sud departamenti direktori tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarga muvofiq amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Sud departamenti xodimlariga egallab turgan lavozimiga va ish stajiga muvofiq maxsus darajali unvonlar hamda martaba darajalari beriladi va belgilangan xizmat muddati uchun ustama haqi toʻlab boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Sud departamenti operativ boshqaruv huquqi asosida respublika mulki hisoblanadigan alohida mulkka ega.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Sud departamentini tugatish yoki qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Sud departamenti tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda ishdan boʻshatilayotgan xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq kafolatlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash Departamentining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: 1270 nafar boshqaruv xodimlari davlat budjeti hisobidan saqlab turiladi.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 45-son, 451-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Sud departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha hududiy boshqarmalarining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlarining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar sud ijrochilari tuman boʻlimining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qaroriga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda — ijro hujjatlari) ijro etish yuzasidan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish, shu jumladan ularni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha sotish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ijro hujjatlari boʻyicha avtomototransport vositalarini sotish faqat ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari tomonidan, maxsus ajratilgan savdo maydonlarida oʻtkaziladigan ochiq auksion savdolari orqali, koʻchmas mulkni sotish esa — rieltorlik tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — savdo tashkilotchilari) tomonidan oʻtkaziladigan ochiq auksion savdolari orqaligina amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Savdo tashkilotchilari tomonidan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish boʻyicha oʻtkaziladigan auksion savdolarida har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs bevosita yoxud vakil orqali ishtirok etishga haqli.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ijro hujjatlari boʻyicha avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotishni amalga oshiradigan savdo tashkilotchilari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tanlov asosida belgilanadi.
Zarurat boʻlganda, ijro hujjatlari boʻyicha sotilayotgan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulk hajmini hisobga olgan holda har bir hududda tanlov asosida bir nechta savdo tashkilotchilari belgilanishi mumkin, ushbu savdo tashkilotchilari tegishli sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlariga biriktiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Savdo tashkilotchisini tanlab olishda uning mazkur sohadagi tajribasi va ishchanlik obroʻsi, savdo maydonlari, saqlash joylari, malakali mutaxassislarning mavjudligi, tashkilot moliyaviy ahvolining qoniqarliligi, qarzdorligi, shu jumladan budjet oldida qarzdorligi yoʻqligi, koʻrsatiladigan xizmatlarning qiymati va boshqa mezonlar hisobga olinadi.
Savdo tashkilotchisi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda — Sud departamenti)ning hududiy boshqarmasi oʻrtasida muddatini uzaytirish huquqi bilan bir yilga shartnoma tuziladi.
Shartnoma muddatini uzaytirishda savdo tashkilotchisi tomonidan mazkur shartnoma shartlariga rioya etilgani hamda auksionni tashkil etish va oʻtkazish tartibini buzish holatlariga yoʻl qoʻyilmaganligi inobatga olinadi.
Tanlovni oʻtkazish tartibi, shu jumladan savdo tashkilotchilarini tanlab olish mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
II. Avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni koʻzdan kechirish va baholash
5. Avtomototransport vositalari va koʻchmas mulk auksion savdolariga qoʻyilgunga qadar koʻzdan kechirilishi va baholanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat daromadiga oʻtkazilgan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni koʻzdan kechirish va baholash Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qaroriga muvofiq ularni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxslari tomonidan tashkil etiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 378-modda)
Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishni nazarda tutuvchi boshqa ijro hujjatlari boʻyicha avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni koʻzdan kechirish hamda baholash sud ijrochilari tomonidan tashkil etiladi.
6. Avtomototransport vositasining texnik holatini koʻrikdan oʻtkazish Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — DYHXX) mutaxassisining, davlat daromadiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha esa — shuningdek hududiy moliya idorasi vakilining ishtirokida oʻtkaziladi.
Koʻchmas mulk holatini koʻzdan kechirish Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasining hududiy organi mutaxassisining, davlat daromadiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha esa — shuningdek hududiy moliya idorasi vakilining ishtirokida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha sud ijrochisi (davlat daromadiga oʻtkazilgan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulk boʻyicha — ularni olib qoʻygan organning mansabdor shaxsi) hamda koʻzdan kechirishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolanadigan koʻzdan kechirish dalolatnomasi tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni baholash baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat daromadiga oʻtkazilgan avtomototransport vositasini baholashda, uning bahosi bojxona qiymatidan kelib chiqib, biroq “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida bojxona chegarasi orqali oʻtkazishda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlaridan kam boʻlmagan qiymatda belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 378-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Koʻzdan kechirish hamda baholash avtomototransport vositasi va koʻchmas mulk xatlangan kundan boshlab koʻpi bilan 3 kun ichida oʻtkaziladi.
Avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni baholash, qoida tariqasida, ularni koʻzdan kechirish bilan bir vaqtda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Sud ijrochisi vakolatli organdan davlat daromadiga oʻtkazilgan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni qabul qilishda barcha hujjatlarni, shu jumladan ularning koʻzdan kechirilganligi va baholanganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini tekshiradi. Zarur hujjatlar boʻlmagan, ular belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda, ijro hujjati uch kunlik muddat ichida uni yuborgan sudga qaytariladi, ularning mazmuni aniq boʻlmagan holatlarda esa — ushbu holatlarni yoki ijro etish usuli va tartibini tushuntirib berish toʻgʻrisida murojaat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni auksionda sotish uchun yuborish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish sud ijrochisi tomonidan savdo tashkilotchisiga beriladigan buyurtma asosida amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sud ijrochisi avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni sotish uchun quyidagi muddatlarda savdo tashkilotchisiga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi buyurtmani yuboradi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
davlat daromadiga oʻtkazilgan avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan birgalikda vakolatli organdan olingan kunning ertasidan kechiktirmay;
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishda — baholovchi tashkilotdan avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni baholash toʻgʻrisidagi hisobot olingan kunning ertasidan kechiktirmay.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 378-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
12. Avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni sotish toʻgʻrisidagi buyurtmaga quyidagilar ilova qilinadi:
ijro hujjatining nusxasi;
mol-mulkni xatlash dalolatnomasining nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulkni tavsiflovchi hujjatlar, shu jumladan ularni koʻzdan kechirish dalolatnomasi hamda baholash toʻgʻrisidagi hisobot nusxalari;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 378-modda)
avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulkdan foydalanish yoki ularga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Qurilishi tugallanmagan obyektni sotishda yuqoridagi hujjatlarga qoʻshimcha ravishda yer uchastkasi ajratib berish toʻgʻrisidagi qaror, tegishli davlat organining qurilish uchun ruxsatnomasi hamda qurilish boʻyicha buyurtmachining taʼsis hujjatlari nusxalari ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Avtomototransport vositalari auksion oʻtkazilgunga qadar sud ijrochisi tomonidan belgilangan va ularni saqlashning tegishli sharoitlari taʼminlangan maxsus ajratilgan joylarda (vakolatli organlar, DYHXX organlari va boshqa tashkilotlarning saqlash joylari, omborlari, jarima maydonchalarida) saqlanadi.
Bunda, sud ijrochisi avtomototransport vositasidan oʻzga shaxslar tomonidan foydalanilishiga va boshqacha tarzda unga tegilishiga cheklovni taʼminlashi (muhrlashi) shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Savdo tashkilotchisining avtomototransport vositalarining saqlanishini taʼminlash uchun zarur sharoitlarga ega saqlash joyi mavjud boʻlgan hollarda, sud ijrochisi avtomototransport vositasini saqlanish joyini oʻzgartirishga va uni savdo tashkilotchisiga tegishli joylarda saqlash uchun berishga haqli. Bunda, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilib, sud ijrochisi, mulkni saqlash uchun masʼul shaxs, shuningdek mulkni saqlash uchun masʼul sifatida yangidan tayinlangan shaxs tomonidan imzolanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Auksion oʻtkazishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
15. Savdo tashkilotchisi buyurtmani qabul qilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalarida auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma beradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Xabarnoma kamida ikkita (respublika va viloyat miqyosidagi) ommaviy axborot vositasida beriladi. Takroran xabarnoma berish faqatgina ilgari eʼlon qilingan ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma eʼlon qilinadigan ommaviy axborot vositalari roʻyxati Sud departamenti tomonidan belgilanadi.
16. Xabarnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
auksion oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi;
auksion oʻtkazish shakli;
auksion obyekti, shu jumladan koʻchmas mulk joylashgan va avtomototransport vositasi saqlanayotgan joy toʻgʻrisidagi maʼlumot;
auksion obyektining dastlabki (boshlangʻich) narxi;
auksion ishtirokchilariga auksion obyektlarini oldindan bevosita koʻrsatish tartibi;
auksionda ishtirok etish uchun arizalar va boshqa hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati;
Oldingi tahrirga qarang.
ijro hujjatining sanasi va raqamini koʻrsatgan holda har bir auksion obyekti boʻyicha boshlangʻich narxga nisbatan foizlarda (kamida 10 foiz) ifodalangan zakalat puli miqdori hamda uni oʻtkazish lozim boʻlgan savdo tashkilotchisining bankdagi hisob raqami rekvizitlari;
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
savdo tashkilotchisining rekvizitlari, shu jumladan aloqa (ish) telefoni raqami.
(16-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
17. Auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma ommaviy axborot vositalarida uni oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin beriladi.
Avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulk auksion oʻtkazish shartlari oʻzgartirilmagan holda takroran kimoshdi savdoga qoʻyilganda, auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma uni oʻtkazishdan kamida 15 kun oldin berilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Savdo tashkilotchisi xabarnoma eʼlon qilingan paytdan boshlab auksionga qoʻyilgan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulk bilan oldindan belgilangan sana va vaqtda bevosita tanishish imkoniyatini yaratadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Auksion ishtirokchilariga avtomototransport vositasi bilan oldindan bevosita tanishish uchun sharoit yaratish maqsadida, uni saqlash joyi tegishli sud ijrochisi bilan birgalikda ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan tartibda oʻzgartirilishi mumkin.
19. Kimoshdi savdolarida sotib oluvchi sifatida qatnashish huquqiga ega boʻlgan, auksionda ishtirok etish uchun oʻz vaqtida ariza bergan, zarur hujjatlarni taqdim qilgan va belgilangan tartibda zakalat pulini toʻlagan yuridik va jismoniy shaxslar auksionda qatnashishi mumkin.
Arizalarni qabul qilish auksion oʻtkazilishiga bir kun qolganda toʻxtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Auksionda ishtirok etish uchun savdo tashkilotchisiga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
auksionda ishtirok etish toʻgʻrisidagi ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
savdo tashkilotchisining bankdagi hisob raqamiga zakalat puli toʻlanganligini tasdiqlovchi hamda auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomada nazarda tutilgan ijro hujjatining tartib raqami va sanasi koʻrsatilgan toʻlov hujjatining (kvitansiyaning) nusxasi. Bunda, bir nechta auksion obyektlari boʻyicha zakalat puli ularning har biri uchun alohida toʻlov topshiriqnomalari (kvitansiyalar) bilan toʻlanishi kerak;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma (vakillar uchun).
Chet el yuridik va jismoniy shaxslari soʻmdagi mablagʻlarning kelib chiqishi qonuniyligini tasdiqlaydigan maʼlumotlarni qoʻshimcha ravishda taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Auksionda ishtirok etishga qoʻyilgan shaxslarga auksion ishtirokchisining kartochkasi beriladi, unda:
sotib oluvchining auksionda qatnashadigan tartib raqami;
auksionda sotuvga qoʻyilayotgan kimoshdi savdosi obyektining nomi;
ijro hujjatining tartib raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Sud ijrochilari, Sud departamenti va uning hududiy boshqarmalari, soliq, moliya, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati idoralarining xodimlari, sotilayotgan avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni koʻzdan kechirgan hamda baholagan mutaxassislarning, baholash tashkilotlari xodimlarining auksionda ishtirok etishi taqiqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 378-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Auksion oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
23. Auksion auksion oʻtkazuvchisi tomonidan quyidagi tartibda narxning oshib borishi tamoyili boʻyicha oʻtkaziladi:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
a) auksionning boshlanishida auksion oʻtkazuvchi obyektning qisqacha tavsifi va boshlangʻich narxini, auksion oʻtkazishning asosiy shartlari, shu jumladan auksion qadami va auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolangan kundan boshlab 5 bank kunidan koʻp boʻlmagan muddatda sotib olingan mulkning haqi toʻlanishini eʼlon qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholash tashkiloti tomonidan oʻrnatilgan tartibda belgilangan narx auksion obyektining boshlangʻich narxi boʻlib hisoblanadi.
(23-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 378-modda)
Auksion qadami kimoshdi savdolarini oʻtkazish jarayonida obyektlarning likvidliligiga qarab shakllanadigan narxning 1 foizidan 10 foizigacha miqdorda belgilanadi. Auksion qadami toʻgʻrisidagi qaror auksion oʻtkazuvchi tomonidan auksionning har bir obyekti boʻyicha alohida qabul qilinadi. Zarur hollarda, auksion oʻtkazuvchi auksion jarayonida talab va taklifdan kelib chiqib qadamni oʻzgartirishi mumkin.
Shundan soʻng, auksion oʻtkazuvchi tegishli obyekt boʻyicha auksionda ishtirok etish uchun roʻyxatga olingan ishtirokchilarning roʻyxat raqamlarini eʼlon qiladi. Auksion oʻtkazuvchi tomonidan tartib raqami aytilgan ishtirokchi auksionda qatnashayotganligini tasdiqlab raqam belgisini koʻtarishi lozim.
b) birinchi qadamni hisobga olgan holda boshlangʻich narx eʼlon qilingandan keyin auksion oʻtkazuvchi, oʻz fikricha birinchi boʻlib tartib raqamini koʻtargan ishtirokchini koʻrsatadi. Boshqa ishtirokchilar tomonidan qiziqish bildirilganda auksion oʻtkazuvchi auksion qadamini hisobga olib keyingi narxni eʼlon qiladi.
Auksion kimoshdi savdosi obyekti uchun eng yuqori narxni taklif qilgan ishtirokchilardan biri aniqlangunga qadar davom etadi.
Erishilgan narx uch marta eʼlon qilingandan keyin ham ushbu narx uchun boshqa ishtirokchilar oʻz tartib raqamlarini koʻtarmagan taqdirda auksion yakunlanadi. Auksion oʻtkazuvchi tomonidan tartib raqami oxirgi eʼlon qilingan ishtirokchi auksion gʻolibi deb topiladi.
v) kimoshdi savdolari yakunlanishi bilan auksion oʻtkazuvchi savdoga qoʻyilgan avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulk sotilganligini eʼlon qiladi, uning sotilgan narxi va auksion gʻolibining tartib raqamini aytadi.
24. Auksion gʻolibi kimoshdi savdosi oʻtkazilgan kuni auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Bayonnoma uch nusxada sotib oluvchi yoki uning vakili va savdo tashkilotchisi tomonidan imzolanadi. Bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulkni auksionga qoʻyish uchun asos boʻlgan ijro ish yurituvi toʻgʻrisida;
auksion gʻolibi va boshqa ishtirokchilari toʻgʻrisida;
avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulk hamda uning sotilgan narxi toʻgʻrisida;
auksion gʻolibining avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulkning qiymatini toʻlash majburiyati toʻgʻrisida.
Oldingi tahrirga qarang.
Auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaning bir nusxasi auksion gʻolibiga beriladi. Ikkinchi nusxasi savdo tashkilotchisida qoladi, uchinchi nusxasi esa sotib oluvchi tomonidan sotilgan mulkning bahosi toʻliq toʻlangandan keyin tegishli toʻlov hujjatining nusxasini ilova qilgan holda sud ijrochisiga yuboriladi.
(24-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimining katta sud ijrochisi pul mablagʻlari kelib tushganligini tekshirgandan soʻng auksion gʻolibiga berilgan bayonnoma nusxasida tegishli belgi qoʻyib, muhr bilan tasdiqlaydi.
25. Auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma va toʻlov hujjati sud ijrochisiga avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni band solishdan yechish, shuningdek uni auksion gʻolibiga berish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Mulkni berish sud ijrochisi va auksion gʻolibi yoki uning vakili tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
26. Auksion quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb topiladi:
a) auksionga ikkitadan kam xaridor kelsa;
b) auksion ishtirokchilaridan hech qaysi biri auksion qadamidan qatʼi nazar, avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulkni auksion oʻtkazuvchi eʼlon qilgan boshlangʻich narxda sotib olish istagini bildirmasa;
v) auksion gʻolibi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolashdan bosh tortsa yoki belgilangan muddatda sotilgan avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulk qiymatini toʻliq toʻlamasa.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Auksion oʻtkazilmagan deb topilsa, savdo tashkilotchisi takroriy auksion tashkil qiladi va oʻtkazadi. Takroriy auksionlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulk ikki oy davomida, shu jumladan takroriy auksionlarda sotilmagan taqdirda, savdo tashkilotchisi avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkning narxini arzonlashtirish yoki ularni qaytarish masalasini hal qilish uchun sud ijrochisiga xabarnoma yuboradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
29. Sud ijrochisi xabarnomani olgandan keyin uch kundan kechiktirmay avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulkning narxini arzonlashtirish yoxud ularni qaytarish masalasini hal qiladi.
Bunda, davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari asosida, shuningdek davlat daromadiga undiruvni nazarda tutuvchi (shu jumladan, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha budjetga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga qarzlar boʻyicha undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi) boshqa ijro hujjatlari asosida sotiladigan avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkning narxini arzonlashtirish sud ijrochisi tomonidan moliya va soliq organlari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Boshqa ijro hujjatlari asosida sotiladigan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulk arzonlashtirilmaydi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Arzonlashtirish avtomototransport vositasi va koʻchmas mulk qiymatining 20 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Arzonlashtirish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, sud ijrochisi hamda moliya va soliq organlari vakillari tomonidan imzolanadi.
Davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlariga asosan sotilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkni arzonlashtirish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi ularni olib qoʻygan vakolatli organga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Arzonlashtirilgan avtomototransport vositasi va koʻchmas mulk boʻyicha auksion ushbu Nizomda belgilangan tartibda takroriy kimoshdi savdosi sifatida oʻtkaziladi.
Bunda, arzonlashtirilgan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulk boʻyicha takroriy kimoshdi savdosi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnoma uni oʻtkazishdan kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ijro hujjati berishga asos boʻlgan qaror bekor qilingan yoxud ijro hujjatining ijrosi qonunda belgilangan tartibda toʻxtatilgan taqdirda, auksion uni tashkil etish yoki oʻtkazishning har qanday bosqichida toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Bu haqda sud ijrochisi zudlik bilan savdo tashkilotchisiga yozma xabar berishi lozim.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Savdo tashkilotchisi auksion oʻtkazish haqida ilgari xabarnoma eʼlon qilingan ommaviy axborot vositalarida auksion toʻxtatib qoʻyilganligi toʻgʻrisida xabar berishi shart. Savdo tashkilotchisi, shuningdek, sud ijrochisining tegishli yozma xabari kelib tushgan kundan boshlab 5 bank kunidan kechiktirmasdan, auksionda qatnashish istagini bildirgan shaxslar tomonidan oʻtkazilgan zakalat puli qaytarilishini taʼminlaydi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Hisob-kitoblarni amalga oshirish va avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkka egalik qilish huquqini rasmiylashtirish tartibi
33. Auksion gʻolibi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolangan kundan boshlab 5 bank kunidan kechiktirmasdan auksionda sotib olingan avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulk haqini toʻlashi lozim. Bunda, zakalat puli toʻlov summasiga qoʻshib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Auksionning qolgan barcha ishtirokchilariga auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolangan kundan boshlab 5 bank kunidan kechiktirmay ular oʻtkazgan zakalat puli belgilangan tartibda qaytarib beriladi. Ushbu zakalat puli ishtirokchining yozma arizasiga koʻra takroriy kimoshdi savdosida ishtirok etish yoxud boshqa avtomototransport vositalari yoki koʻchmas mulk savdosida ishtirok etish uchun savdo tashkilotchisining bank hisob raqamida qoldirilishi mumkin. Bunda, zakalat puli oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi toʻlov topshiriqnomasiga (kvitansiyasida) savdo tashkilotchisi tomonidan ijro hujjatining tartib raqami va sanasi koʻrsatilgan holda tegishli yozuv kiritiladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Savdo tashkilotchisi auksionda sotilgan avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulk uchun toʻlov miqdori toʻliq kelib tushgan kundan boshlab 2 bank kunidan kechiktirmasdan ushbu pul mablagʻlarini xizmat haqini ushlab qolgan holda sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlimi depozit hisobvaragʻiga, davlat daromadiga oʻtkazilgan avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulkni sotishdan kelib tushgan mablagʻlarni esa — maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazib berilmagan taqdirda sud ijrochisining qaroriga muvofiq savdo tashkilotchisidan kechiktirilgan har bir kun uchun oʻtkazib berilmagan pul mablagʻining 0,07 foizi miqdorida penya undiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
35. Sud ijrochilari boʻlimining depozit hisobvaragʻiga (maxsus hisobvaragʻiga) avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotishdan kelib tushgan mablagʻlarni taqsimlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Auksion oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganligi uchun haq miqdori savdo tashkilotchisi va Sud departamentining hududiy boshqarmasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilanadi hamda avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulkni sotishdan kelib tushgan pul mablagʻining 1 foizidan oshmasligi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
37. Auksion gʻolibi 5 bank kuni davomida avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulkni sotib olmagan taqdirda, auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma bekor qilinadi, qoʻyilgan zakalat puli esa qaytarib berilmaydi. Bu holda, shuningdek gʻolib auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, gʻolib tomonidan toʻlangan zakalat puli auksion oʻtkazilgan kundan boshlab 10 bank kunidan kechiktirmay toʻlaligicha sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Auksionni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha savdo tashkilotchisining xarajatlari sud ijrochisi tomonidan ushbu mablagʻlardan savdo tashkilotchisi tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlar asosida qoplab beriladi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
38. Auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulk sotib olinganligini tasdiqlovchi shartnoma kuchiga ega boʻladi hamda notarial tasdiqlash talab etilmaydi.
Avtomototransport vositasi va koʻchmas mulkka boʻlgan huquq tegishlicha DYHXX va Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi tomonidan auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaning tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimining katta sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan asl nusxasiga asoslanib roʻyxatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
39. Sud departamenti va uning hududiy boshqarmalari savdo tashkilotchilari tomonidan ijro hujjatlari boʻyicha auksion savdolarining tashkil etilishi va oʻtkazilishi ustidan doimiy nazorat olib boradilar.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
40. Mazkur Nizomning buzilishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
41. Ushbu Nizomni qoʻllash boʻyicha kelib chiqadigan nizolar sud tartibda hal etiladi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yuzasidan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
| | |
BUYURTMA |
| |
| | | | | |
|
200__ yil “____” ___________ ____ -sonli shartnomaga muvofiq sotish uchun quyidagi avtomototransport vositalari va koʻchmas mulk yuborilmoqda. | ||||
| № | Mol-mulk turi (avtomototransport vositalari yoki koʻchmas mulk) | Mol-mulkning asosiy tavsiflari | Boshlangʻich narx | Ijro hujjatining raqami va sanasi |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
|
| ||||
|
__________________________________________ |
___________________ |
____________________ |
| |
* sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari depozit hisob raqamlari, davlat daromadiga oʻtkazilgan avtomototransport vositasi yoki koʻchmas mulkni sotishda esa maxsus hisob raqam koʻrsatiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 360-modda; 2007-y., 45-son, 451-modda; 2010-y., 44-45-son, 378-modda; 2012-y., 8-9-son, 77-modda; 2013-y., 2-son, 16-modda; 2016-y., 7-son, 63-modda; 2017-y., 22-son, 425-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 06/17/5227/0206-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)