Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NARXLARNI BOShQARISh JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1997-yil 31-martdagi 165-son Qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi mablagʻlaridan qatʼiyan belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 14-iyunda 284-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 22-iyul,
368-son
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. ASOSIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
(I-boʻlimning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Nizom Narxlarni boshqarish jamgʻarmasining maqsadi va vazifalarini belgilaydi, uni shakllantirish, undan foydalanish tartibini nazarda tutadi hamda (boʻysunishdan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar) barcha korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar, shuningdek (yuridik shaxs boʻlmasdan) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni tayyorlovchi va sotuvchi tadbirkorlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida tashkil etiladi.
II. NARXLARNI BOShQARISh JAMGʻARMASINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi aholini xoʻjalik yurituvchi subyektlar-monopolistlar mahsulotlariga narxlarning asossiz ravishda oʻsishidan ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish va inflatsiya jarayonlarini yumshatish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish Narxlarni boshqarish jamgʻarmasining asosiy vazifasi hisoblanadi:
monopolist korxonalar, tabiiy monopoliyalar subyektlari mahsulotlari, tovarlari, ishlari hamda xizmatlariga narx va tariflarning oʻsishini toʻxtatish;
monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya subyektlari tovarlari, ishlari, xizmatlari rentabelligi, narx va tariflari cheklangan darajasining oshishidan, ishlab chiqarish hajmlarining asossiz qisqarishidan hamda monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya subyektlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, koʻrsatayotgan xizmatlar sifatining pasayishidan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
respublika tovar bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan tovarlar narxlarini pasaytirish hamda ularni ishlab chiqarish va sotish hajmlarini koʻpaytirish uchun iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;
davlat tomonidan tartibga solib borish nazarda tutilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarga narxlar va tariflarni, ustamalarni shakllantirish va qoʻllanish tartibiga tushuntirish ishlari olib borish, shuningdek davlat monopoliyaga qarshi kurashish oganlari tomonidan muntazam tekshirishlarni tashkil etish yoʻli bilan xoʻjalik subyektlarining rioya qilishlarini taʼminlash.
III. NARXLARNI BOShQARISh JAMGʻARMASINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan monopoliyaga qarshi qonunchilik, tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan hollarda ulardan tushadigan mablagʻlar, shuningdek mazkur qonun buzilishlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga solinadigan jarimalar hisobiga shakllantiriladi.
(III-boʻlimning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu boʻlimning birinchi xatboshida nazarda tutilgan mablagʻlar va jarimalarning jami summasi (Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan 15 foizdan tashqari) Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(III-boʻlimning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari maxsus schyotida toʻplanadi.
Mablagʻlarning Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga toʻliq, toʻgʻri va oʻz vaqtida oʻtkazilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
IV. NARXLARNI BOShQARISh JAMGʻARMASIDAN FOYDALANISh
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasidan ijtimoiy tusdagi xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlashda va davlat tomonidan boshqariladigan narxlar (tariflar) boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar narxlari (tariflari)dagi tafovutni qoplashda, hukumat tomonidan narxlari nisbatan nast darajada tutib turiladigan (ijtimoiy himoyaga muhtoj isteʼmolchilar guruhlarini qoʻshgan holda) ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishda va repsublika hukumati belgilaydigan boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi mablagʻlari davlat budjetini toʻldirishga yoʻnaltirishi mumkin.
Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning toʻgʻriligini nazorat qilish amaldagi qonunilikka muvofiq amalga oshiriladi.