O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
BOJXONA YuK DEKLARATSIYALARINI TUZATISh, QAYTA RASMIYLAShTIRISh VA BEKOR QILISh TARTIBIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 25-avgustda 890-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 19-avgustdagi 01-02/15-17-sonli “Bojxona yuk deklaratsiyalariga tuzatish kiritish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2143, 24.09.2010-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq hamda bojxona yuk deklaratsiyalarini tuzatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibini soddalashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 15-avgust,
01-02/19-18-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 355-modda)