18.08.2006 yildagi 176-son
Hujjat 31.10.2016 sanasi holatiga
Hujjat 22.05.2017 sanasi holatiga
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori
qarori
Futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlari tayyorlash respublika maktabi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 1-maydagi PQ-338-son qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida sport oʻquv-metodik muassasi boʻlgan hamda oʻz faoliyatini xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash asosida amalga oshiruvchi Futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlari tayyorlash respublika maktabi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabining taklif etilayotgan tuzilmasi ilovaga muvofiq maʼqullansin.

3. Quyidagilar Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

sport terma jamoalari va professional futbol klublari uchun bosh murabbiylar va katta murabbiylar, shuningdek futbol boʻyicha maktab-internatlar professional futbol klublari huzuridagi futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari uchun bosh murabbiylar tayyorlash;

futbol boʻyicha respublika musobaqalari va xalqaro sport musobaqalarida yuqori sifatli hakamlikni taʼminlash uchun malakali sport hakamlari tayyorlash.

4. Belgilab qoʻyilsinki, Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabining tinglovchilari sifatida:

oʻqish muddati 6 oy boʻlgan trenerlik boʻlimiga — milliy chempionatlarda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkibida oʻyin tajribasiga, tegishli trenerlik stajiga, Osiyo futbol konfederatsiyasining “S” trenerlik litsenziyasiga, kamida oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolari;

oʻqish muddati 3 oy boʻlgan hakamlik boʻlimiga — futbol boʻyicha sport musobaqalarida hakamlik qilish tajribasiga, FIFA tavsiyalariga javob beruvchi antrometrik koʻrsatkichlarga ega boʻlgan, yoshi 35 yoshdan katta boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolari qabul qilinadi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston futbol federatsiyasi bilan birgalikda:
5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston futbol federatsiyasi bilan birgalikda:
bir oy muddatda Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabining ustavini tasdiqlasin va Maktabning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga davlat talablarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;

taʼlim jarayonini zarur darajada tashkil etish maqsadida Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabini malakali mutaxassislar bilan butlash, zarur oʻquv-metodik adabiyotlarni tanlagan holda oʻquv auditoriyalarini jihozlash chora-tadbirlarini taʼminlasin;

futbol nazariyasi va metodikasi, sport hakamlari tayyorlash boʻyicha oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqsin va nashrga tayyorlasin;

Futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlari tayyorlash respublika maktabining futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ilgʻor xorijiy taʼlim va ilmiy markazlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini taʼminlasin;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabiga oʻqishga yuboriladigan tinlovchilarni tanlab olish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlasin hamda mintaqaviy futbol federatsiyalariga, futbol klublari, maktablariga va boshqa tashkilotlarga ularning vakillarini oʻqishga yuborishda har tomonlama koʻmaklashsin.

6. Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabida oʻqish uchun jalb qilinayotgan tinglovchilarga oʻqish davrida ularning asosiy ish joyida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

7. Belgilab qoʻyilsinki:
7. Belgilab qoʻyilsinki:
futbol boʻyicha trenerlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi boʻyicha davlat talablarini bajargan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi;

futbol boʻyicha sport hakamlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi boʻyicha davlat talablarini bajargan tinglovchilarga futbol boʻyicha xalqaro sport musobaqalariga va respublika sport musobaqalariga xizmat koʻrsatish uchun tegishli sport hakamining malaka toifasini olish huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi;

8. Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Banklararo sport-sogʻlomlashtirish markazi bazasida joylashtirilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Banklararo sport-sogʻlomlashtirish markazi Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabini shartnoma asosida maktab maʼmuriyatining ishlashi, sport uskunalari, jihozlari va formalarini saqlash uchun zarur binolar, nazariy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun auditoriyalar hamda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun sport inshootlari, yordamchi binolar va boshqa binolar bilan taʼminlasin.

10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-sonlar, 20-modda):
a) 2-ilova quyidagi mazmundagi 30-band bilan toʻldirilsin:
“30. Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabi”;
b) 3-ilovada mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarning uchinchi bloki quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabi”.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2006-yil 18-avgust,
2006-yil 18-avgust,
176-son
176-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 18-avgustdagi 176-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 18-avgustdagi 176-son qaroriga
ILOVA
Futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlari respublika maktabining tuzilmasi

Izoh: Futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlari respublika maktabi uchun xodimlarning eng kam soni 12 kishi nazarda tutilmoqda.

Futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlari respublika maktabi tinglovchilari bilan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun shartnoma asosida mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlaridan, xorijdan va Oʻzbekiston futbol federatsiyasidan amaliyotchi mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar jalb qilinadi.