Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025 18.08.2006 yildagi 176-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025
Hujjat 22.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlari tayyorlash respublika maktabi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli “Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 1-maydagi PQ-338-son qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida sport oʻquv-metodik muassasi boʻlgan hamda oʻz faoliyatini xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash asosida amalga oshiruvchi Futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlari tayyorlash respublika maktabi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabining taklif etilayotgan tuzilmasi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport terma jamoalari va professional futbol klublari uchun bosh murabbiylar va katta murabbiylar, shuningdek futbol boʻyicha maktab-internatlar professional futbol klublari huzuridagi futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari uchun bosh murabbiylar tayyorlash;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha respublika musobaqalari va xalqaro sport musobaqalarida yuqori sifatli hakamlikni taʼminlash uchun malakali sport hakamlari tayyorlash.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabining tinglovchilari sifatida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqish muddati 6 oy boʻlgan trenerlik boʻlimiga — milliy chempionatlarda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkibida oʻyin tajribasiga, tegishli trenerlik stajiga, Osiyo futbol konfederatsiyasining “S” trenerlik litsenziyasiga, kamida oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolari;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqish muddati 3 oy boʻlgan hakamlik boʻlimiga — futbol boʻyicha sport musobaqalarida hakamlik qilish tajribasiga, FIFA tavsiyalariga javob beruvchi antrometrik koʻrsatkichlarga ega boʻlgan, yoshi 35 yoshdan katta boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolari qabul qilinadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston futbol federatsiyasi bilan birgalikda:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabining ustavini tasdiqlasin va Maktabning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga davlat talablarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonini zarur darajada tashkil etish maqsadida Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabini malakali mutaxassislar bilan butlash, zarur oʻquv-metodik adabiyotlarni tanlagan holda oʻquv auditoriyalarini jihozlash chora-tadbirlarini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol nazariyasi va metodikasi, sport hakamlari tayyorlash boʻyicha oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqsin va nashrga tayyorlasin;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlari tayyorlash respublika maktabining futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ilgʻor xorijiy taʼlim va ilmiy markazlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini taʼminlasin;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabiga oʻqishga yuboriladigan tinlovchilarni tanlab olish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlasin hamda mintaqaviy futbol federatsiyalariga, futbol klublari, maktablariga va boshqa tashkilotlarga ularning vakillarini oʻqishga yuborishda har tomonlama koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabida oʻqish uchun jalb qilinayotgan tinglovchilarga oʻqish davrida ularning asosiy ish joyida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha trenerlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi boʻyicha davlat talablarini bajargan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha sport hakamlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi boʻyicha davlat talablarini bajargan tinglovchilarga futbol boʻyicha xalqaro sport musobaqalariga va respublika sport musobaqalariga xizmat koʻrsatish uchun tegishli sport hakamining malaka toifasini olish huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi;
(7-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Banklararo sport-sogʻlomlashtirish markazi bazasida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Banklararo sport-sogʻlomlashtirish markazi Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabini shartnoma asosida maktab maʼmuriyatining ishlashi, sport uskunalari, jihozlari va formalarini saqlash uchun zarur binolar, nazariy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun auditoriyalar hamda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun sport inshootlari, yordamchi binolar va boshqa binolar bilan taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 18-avgustdagi 176-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlari respublika maktabining tuzilmasi
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlari respublika maktabi uchun xodimlarning eng kam soni 12 kishi nazarda tutilmoqda.
(izohning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlari respublika maktabi tinglovchilari bilan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun shartnoma asosida mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlaridan, xorijdan va Oʻzbekiston futbol federatsiyasidan amaliyotchi mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar jalb qilinadi.
(izohning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 345-modda; 2016-y., 43-son, 499-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda)