Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.06.2007 11.08.2006 yildagi 170-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.06.2007
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAZIRLAR MAHKAMASINING 2005 YIL 15 NOYABRDAGI 251-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN INVESTITSIYa LOYIHALARI HUJJATLARINI IShLAB ChIQISh, EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh VA TASDIQLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli “Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-maydagi PQ–350-son hamda “Oʻzbekiston elektr energetika, neft va gazni qayta ishlash, kimyo va ogʻir sanoat davlat loyiha institutini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2006-yil 13-iyundagi PQ–377-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Davarxitektqurilish” davlat qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 11-avgustdagi 170-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a” kichik bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan (qoʻshimcha moliyalashtiriladigan) investitsiya loyihalari uchun — loyiha tashabbuskori taqdimnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi xatboshi hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 8-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan (qoʻshimcha moliyalashtiriladigan) loyihani amalga oshirish variantini, shuningdek loyiha boʻyicha loyiha hujjatlari tarkibini tanlash ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlariga muvofiq davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 12-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti tomonidan ishlab chiqiladi yoki uning bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “a” kichik bandi” soʻzlari “a” va “b” kichik bandlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti tomonidan ishlab chiqiladigan yoki uning bilan kelishiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan investitsiya loyihalarining DTIA (DTIH) vakolatli ekspertiza organlariga faqat “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti Ilmiy-texnika kengashi va Iqtisodiyot vazirligining ularni amalga oshirishning ustuvorligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish)ning maqsadga muvofiqligi yuzasidan, shuningdek mazkur Nizom 14-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha ijobiy xulosasidan keyin ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik bandning birinchi xatboshidagi “Talab etiladigan asbob-uskunalar (texnologik liniya)ning toʻliq va batafsil roʻyxati tashabbuskor tomonidan taqdim etilishi mumkin boʻlmagan favqulodda hollarda” soʻzlari “Talab etiladigan asbob-uskunalar (texnologik liniya)ning, shu jumladan yakka tartibda tayyorlanadigan asbob-uskunalar (texnologik liniya)ning toʻliq va batafsil roʻyxati tashabbuskor tomonidan taqdim etilishi mumkin boʻlmagan hollarda” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan, “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti Ilmiy-texnika kengashi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan investitsiya loyihalarining DTIA (DTIH) birinchi bosqichda Iqtisodiyot vazirligida ekspertizadan oʻtkazilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nizomga quyidagi mazmundagi 15-1-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15-1. Vakolatli ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda loyiha tashabbuskoriga va Iqtisodiyot vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan Investitsiya loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) mezonlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Direksiyaning vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha ekspert xulosasi taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda Iqtisodiyot vazirligi loyihaning DTIA (DTIH)ni loyihani amalga oshirishning koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish)ning maqsadga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengashning navbatdagi yigʻilishiga kiritadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 16-banddagi birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi birinchi—uchinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16. Loyiha tashabbuskori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan loyihalar bundan mustasno, — vakolatli ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan loyihalar boʻyicha vakolatli ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashning ijobiy qarori mavjud boʻlgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga ikki nusxada loyihaning DTIA (DTIH)ni va uni amalga oshirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 21-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasining TIA (TIH) mazkur bandning birinchi xat boshida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar, shuningdek tanlov savdolari gʻolibi bilan belgilangan tartibda har beti imzolangan kontrakt asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti tomonidan ishlab chiqiladi yoki uning bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Loyihaning TIA (TIH)ni ekspertizadan oʻtkazish u taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda, ayni bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va vakolatli bank tomonidan, ushbu Nizomning 13, 14 va 15-bandlarida koʻrsatilgan vakolatli ekspertiza organlaridan har birining vakolati doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha tashabbuskoriga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasi boʻyicha ijobiy xulosa taqdim etilgan taqdirda vakolatli bank kredit olish uchun buyurtmanoma tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasiga kiritadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 21-bandga quyidagi mazmundagi 22-1 va 22-2-bandlar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22-1. Vakolatli ekspertiza organlari xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan loyihaning TIA (TIH) loyiha tashabbuskori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasiga kiritiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIA (TIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi loyiha tashabbuskoriga va Iqtisodiyot vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan Investitsiya loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) mezonlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Direksiyaning vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha ekspert xulosasi taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda Iqtisodiyot vazirligi loyihaning TIA (TIH)ni loyihani amalga oshirishning koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish)ning maqsadga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengashning navbatdagi yigʻilishiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-2. Loyiha tashabbuskori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan loyihalar bundan mustasno, — vakolatli ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan loyihalar boʻyicha vakolatli ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashning ijobiy qarori mavjud boʻlgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga ikki nusxada loyihaning TIA (TIH)ni va uni amalga oshirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq investitsiya loyihasining yakuniy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga koʻrib chiqadi va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq hujjatlarni kelishish va imzolash uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha tashabbuskori loyihaning TIA (TIH) yuzasidan bir yoki bir nechta vakolatli ekspertiza organi xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda tegishli axborot-tahlil departamentiga asoslangan xulosa taqdim etishga haqlidir. Tegishli axborot-tahlil departamenti loyihaning TIA (TIH)ni vakolatli ekspertiza organlari va loyiha tashabbuskorining xulosalarini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan (qoʻshimcha moliyalashtiriladigan) investitsiya loyihalari boʻyicha hujjatlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish va keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati bilan kelishish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha boʻyicha TIA (TIH)ning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari Vazirlar Mahkamasining loyihani amalga oshirish boʻyicha qaroriga ilova sifatida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 25-bandning oltinchi xatboshidagi “TIAda” va “yakuniy” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)