O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGINING
Qarori
UMUMTA’LIM MAKTABLARINI DARSLIKLAR VA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMALAR BILAN TA’MINLASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-iyulda 1603-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2009-yil 16-dekabrdagi 53, 115, QQ-19, 05-04-02 sonli “Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2064, 14.01.2010-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-mayda PQ-362-sonli “Umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorining 7-bandini (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 22-son, 190-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash to‘g‘risida nizom tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
Xalq ta’limi vaziri T. JO‘RAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-iyun,
17-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-iyun,
63-son
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. AZIZXO‘JAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-iyun,
2-son
O‘zbekiston matbuot va axborot Agentligi direktori B. ALIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-iyun,
1-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 301-modda)