Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.04.1998 26.10.1991 yildagi 272-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.04.1998
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKADA BOJXONA XIZMATINI TAShKIL ETISh
VA UNING FAOLIYATI MASALALARI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” va “O‘zbekiston SSJning tashqi iqtisodiy faoliyati haqida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona qo‘mitasini tashkil etish haqida” 1991-yil 25-oktabrdagi Farmonini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona xizmati va Bojxona qo‘mitasining markaziy apparati tuzilishi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika bojxona muassasalari xodimlarining soni 415 kishi (ulardan 373 kishi—ishlab turgan bo‘linmalar hisobiga), shu jumladan, Bojxona qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarining soni 42 kishi qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasiga raisning ikki nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari va tarkibi 7 kishidan iborat hay’atga ega bo‘lishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bojxona muassasalarini va Bojxona qo‘mitasini 1992-yilda va undan keyingi yillarda saqlash uchun budjetdan pul mablag‘lari, shuningdek, ikkita yengil avtomashina uchun limitlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona muassasalari xodimlariga mehnatga haq to‘lash, afzalliklar va imtiyozlar shartlari SSSR Xalq xo‘jaligini operativ boshqarish qo‘mitasining 1991-yil 6-sentabrdagi 12-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi qoidalarga muvofiq saqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi haqidagi Nizom tasdiqlansin (3-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublikada bojxona ishlari bo‘yicha qonun aktlari loyihalarini tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatilgan qonun loyihalari qabul qilingunga qadar SSSR Bojxonasining mavjud qonunlariga amal qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublikaning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish, tashqi savdo oborotini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish va bu ishda bojxona xizmatining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qo‘mitasi, boshqa vazirliklar va idoralar hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ijroiya qo‘mitalari bilan birgalikda bojxona tizimi tuzilishini, uning moddiy bazasini, texnik jihatdan jihozlanganligini, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni bojxona organlarining sifat jihatdan yangi vazifalariga muvofiq keltirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha respublika yagona davlat bojxona statistikasini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha vazirliklar va idoralar, korxonalar, xo‘jaliklar va tashkilotlar, qaysi idoraga qarashliliklaridan, mulkiy shakllaridan, yuridik maqomidan, bojxona imtiyozlaridan foydalanishlaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yuk ortish va olish joylarida bojxona organlarida eksport-import tovarlarni va boshqa mol-mulklarni deklaratsiya qilishni ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bosh deklaratsiyachi Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qo‘mitasining Respublika xo‘jalik hisobidagi “O‘zvneshtrans” tashqi savdo birlashmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasi, Avtomobil transporti vazirligi va O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi va boshqa transport tashkilotlari tovarlar va boshqa mol-mulklar deklaratsiya qilingandan va bojxona ko‘rigidan o‘tgandan keyingina eksport qilinadigan yuklarni qabul qilib olsinlar va import yuklarni oluvchilarga bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi tashkil etilishi munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi 1991-yilning oxirigacha mazkur Qo‘mitani, uning hisoblash markazi va laboratoriyasini joylashtirish uchun umumiy maydoni 1500—2000 kvadrat metr bo‘lgan zarur xizmat xonalari ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi va Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi asoslangan buyurtmalarga muvofiq tegishli nomenklatura bo‘yicha moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalar va inventarlar ajratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Bojxona qo‘mitasini va unga qarashli muassasalarni telefon, telefaks, tele-tayp aloqalari, shu jumladan, lokal kompyuter tarmoqlari barpo etilishini hisobga olib “Iskra” kanallari bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi bojxona muassasalarining xizmat avtotransporti uchun yonilg‘i-moylash mahsulotlari ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Respublikadagi bojxona xizmatining tuzilishiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasi, O‘zbekiston fuqaro aviatsiya boshqarmasi, Avtomobil transporti vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda temir yo‘l stansiyalarida, avtostansiyalarda va aeroportlarda 1-ilovaga muvofiq eksport-import yuklarni nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlari yaratish uchun xizmat xonalari ajratishni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi 1992—1995-yillarda “Termiz-Daryo porti”, “Ayritom” bojxona nazorat qilish-o‘tkazish joylarini rekonstruksiyalashni va chegara zonalaridan tashqarida joylashgan yo‘ldosh obyektlar qurilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi 1992—1995-yillarda respublika qurilish tashkilotlari rejalarida Bojxona qo‘mitasi talabnomalari bo‘yicha ayrim binolar, inshootlar va respublika bojxonasi infrastrukturasining boshqa obyektlari qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va ishga tushirilishi uchun davlat buyurtmalarini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bojxona qo‘mitasi huzurida rejadan tashqari daromadlardan keladigan tushumlar hisobiga kapital qurilishni pul bilan ta’minlash va respublika bojxona muassasalari infrastrukturalari tuzish fondi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda rejadan tashqari daromadlardan Bojxona qo‘mitasi fondiga ajratiladigan mablag‘larning miqdorlari va tartibi to‘g‘risida takliflar ishlab chiqsin va taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston tashqi iqtisodiy banki bir oy muddatda belgilangan tartibda Bojxona qo‘mitasiga valyuta schyoti ochish haqidagi masalani hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari o‘rtoq B. S. Hamidovga yuklatilsin, qarorning qanday amalga oshirilayotgani 1992-yilning yanvar oyida ko‘rib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 26-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-avgustdagi 375-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-avgustdagi 375-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 26-oktabrdagi
272-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi* O‘zbekiston Respublikasi hududidagi markaziy bojxona organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bundan keyin — Bojxona qo‘mitasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona qo‘mitasi, bojxona, bojxona postlari O‘zbekiston Respublikasining yagona bojxona xizmatini tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bojxona qo‘mitasi yagona bojxona siyosatini amalga oshirish, bojxona ishi haqidagi qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlash, respublika bojxona xizmatlarini takomillashtirish va ularning samarali ishlashlari uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona qo‘mitasi o‘z faoliyatida Konstitutsiyaga va qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilayotgan bojxona qonunchiligiga, boshqa normativ aktlarga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bojxona qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bojxona ishi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— o‘z huquqi doirasida O‘zbekiston Respublikasining ishonchli iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— rejali daromadlar (savdo oborotidagi poshlinalar va soliqlar)ning respublika budjetiga va rejadan tashqari daromadlar (savdo oborotida bo‘lmagan poshlinalar, musodara qilingan va saqlash muddati o‘tib ketgan tovarlarni sotishdan tushgan mablag‘lar hamda bojxona va shu kabilarga xizmat ko‘rsatishdan tushgan yig‘imlarni belgilangan tartibda Bojxona qo‘mitasi hisoblariga va respublika budjetiga o‘z vaqtida va to‘la o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— kontrabandaga, tovarlar va boshqa narsalarni bojxona chegarasi orqali o‘tkazishda bojxona qoidalari va soliqlar haqidagi qonun buzishlarga qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— O‘zbekiston Respublikasi bojxona statistikasini shakllantirishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— chet mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliya, ilmiy-texnika, insonparvarlik va boshqa munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish uchun qulay bojxona tartibini yaratish va ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— chetdan keltirilgan tovarlar iste’molchilarining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni amalga oshirishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bojxona ishi masalalari yuzasidan davlat organlari, korxonalar, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning xabardor bo‘lishlarini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublikaning xalqaro mehnat taqsimotida qatnashishi uchun iqtisodiyotni rivojlantirish va qulay sharoitlar yaratishni ta’minlashning afzalliklaridan kelib chiqqan holda savdo-iqtisodiy munosabatlarni bojxona orqali boshqarib borish yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishlari masalalari, shu jumladan, narkotik vositalarning, kishi ruhiga ta’sir qiluvchi moddalarning, qurol-yarog‘, madaniy va tarixiy meros buyumlarining, ma’naviy— mulk obyektlarining noqonuniy oborot qilinishining oldini olish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikda qatnashishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bojxona qo‘mitasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) respublika hududida yagona bojxona siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy mexanizmi bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, ularning amalda qo‘llanilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ishlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilinishi uchun nazoratni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tahliliy ishlarni olib borish, prognozlashtirish, respublika ichki bozorini himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va bu haqda takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) respublika hududida bojxona orqali tartibga solish vositalarining, shu jumladan, bojxona-tarif mexanizmining qo‘llanilishini, eksport-import tovarlar va boshqa buyumlarni olib kelish va olib ketishning ruxsatnoma berish tartibiga rioya qilinishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) rejali bojxona daromadlarining respublika budjetiga rejadan tashqari daromadlarning — respublika Bojxona qo‘mitasi schyotlariga va respublika budjetiga belgilangan tartibda o‘z vaqtida va to‘la o‘tkazilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) respublika bojxona xizmati tuzilishini takomillashtiradi, to‘la deklaratsiyaga o‘tish uchun zarur sharoitlar yaratadi, tashqi iqtisodiy faoliyatning bojxona statistikasini yuritadi, uning to‘laligi va oshkoraliligini ta’minlaydi, ushbu statistika ma’lumotlarini respublika davlat organlariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) bojxona chegarasi orqali tovar oborotini va passajir oborotini tezlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga, shu jumladan, eksport-import yuklarini rasmiylashtirish joylari tarmoqlarini va bojxona infrastrukturasining boshqa obyektlarini kengaytirishga ko‘maklashuvchi sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) respublika tashqi iqtisodiy aloqalari axborotlarini yig‘ish va qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlash chiqish va joriy qilish ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) mustaqil ravishda va huquqni himoya qilish organlari bilan hamkorlikda kontrabandalarning, bojxona qoidalari va soliqlar to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining oldini olish va ularga barham berish choralarini, shuningdek, xalqaro terrorizmga qarshi kurashda ko‘maklashish va O‘zbekiston aeroportlarida xalqaro fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga noqonuniy aralashishlarga qarshi choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, kontrabanda haqidagi ishlar yuzasidan dastlabki tergov olib boruvchi bojxona organlarining mansabdor shaxslari ro‘yxatini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) kontrabanda to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda respublika bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonuniylikka rioya qilinishi, bojxona qoidalari buzilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, bunday buzilishlar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan bojxona organlari qarorlari ustidan shikoyatlar va noroziliklarni qo‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning bojxona organlar faoliyati masalalari bo‘yicha murojaatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, korxonalar, muassasalar tashkilotlar va fuqarolar huquqlarining buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) bojxonalarni, bojxona postlarini, o‘ziga qarashli korxonalarni va tashkilotlarni tuzadi, qayta tashkil etadi hamda tugatadi, ushbu organlar, korxonalar va tashkilotlarning mol-mulkini boshqarish bo‘yicha mulk egasining qonuniy huquqini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) bojxona ishini rivojlantirish maqsadida rejadan tashqari tushadigan daromadlar hisobiga respublika bojxona ishlarini rivojlantirishga oid tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlaydi, bunday mablag‘larning sarflanishi to‘g‘risidagi yillik hisobotni e’lon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) bojxona ishi sohasida respublikaning xalqaro shartnomalarini tuzish haqidagi takliflarni ishlab chiqadi va taqdim etadi, ularni tuzish yuzasidan muzokaralar olib boradi, respublikaning boshqa xalqaro shartnomalari loyihalarining bojxona ishlariga tegishli qismini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) bojxona ishlari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning faoliyatida qatnashadi, chet davlatlarning bojxona va boshqa vakolatli organlari bilan aloqalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida ko‘rsatilganlar bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi o‘ziga qarashli organlar, korxonalar va tashkilotlar faoliyatiga, shu jumladan, rejalashtirish, moddiy-texnika ta’minoti, kapital qurilish va kredit, kadrlar, mehnat, ish haqi, boshqa ijtimoiy masalalarga rahbarlik qilish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni vazirliklar va davlat hokimiyati hamda boshqaruvning boshqa markaziy organlari bilan, shuningdek, jamoat birlashmalari, xo‘jalik assotsiatsiyalari va uyushmalari bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va undan ozod qilinadigan Rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qo‘mitasining Raisi o‘ziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi va o‘z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bojxona qo‘mitasi Raisining o‘rinbosarlari Bojxona qo‘mitasi Raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bojxona qo‘mitasida hay’at ishlaydi, uning a’zolari Bojxona qo‘mitasi Raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.