Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“MUQOBIL XIZMAT TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 437-II-son “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Muqobil xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni eʼlon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
ikki oylik muddat ichida “Muqobil xizmatni tashkil etish va uni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
muqobil xizmat qoʻllanadigan vazirliklar, idoralar, sohalarning roʻyxati hamda ular bajaradigan ishlarning turlarini belgilasin;
Hukumatning qarorlarini “Muqobil xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq holga keltirsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari fuqarolar muqobil xizmatni oʻtash uchun qoʻllanadigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tasdiqlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
647-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 11-son, 435-modda)