O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI HISOBVARAQLAR REJASIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-iyulda 773-22-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3336, 26.11.2021-y.) asosan 2022-yil 27-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 17-iyuldagi 15/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan (2004-yil 13-avgust, ro‘yxat raqami 773-17 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil 32-son, avgust, 369-modda) “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga” ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiradi.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining o‘rinbosari A.Q. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 15-iyun,
13 / 7-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 300-modda)