Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.11.2022 25.10.1991 yildagi 269-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.11.2022
Hujjat 25.10.1991 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA IShLARI
VAZIRLIGI MASALALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 680-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari sohasidagi milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish toʻgʻrisida” 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi harbiy komissarligi, Fuqaro mudofaasi shtabi, DOSAAF Markaziy Qoʻmitasi (1991-yil 17-oktabrda SSSR Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Armiya safidan tashqari xizmatlar boʻyicha maxsus boshqarmasining mavjud tuzilmalari va ularning quyi boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tuzilishi munosabati bilan koʻrsatilgan organlarning shtatdagi xodimlari soni, ish haqi fondlari va moddiy bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligiga berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi markaziy apparatining tashkiliy-shtat tuzilishi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik apparati eng koʻp xodimlari soni 268 nafar kishidan (Muqobil xizmat boshqarmasi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat qilib, shundan 156 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro mudofaasi shtabini, 80 nafari Oʻzbekiston Respublikasi harbiy komissarligini tugatish hisobiga belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan xodimlarni saqlash maqsadida 1991-yilning IV choragi uchun mehnatga haq toʻlash fondi 708 ming soʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik shtatiga vazirning bir nafar birinchi oʻrinbosari va uch nafar oʻrinbosari kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vaziriga belgilangan xodimlar soni va ajratilgan mehnatga haq toʻlash fondlaridan kelib chiqqan holda tashkiliy-shtat tuzilishiga oʻzgartishlar kiritishga, shtatlarni ishlab chiqishga, tasdiqlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, SSSR Mudofaa vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligining kadrlarda turuvchi harbiy xizmatchilari, shuningdek, ishchilari va xizmatchilari uchun amaldagi qonunlarga muvofiq belgilangan barcha huquqlar, imtiyozlar va yengilliklar saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining vazirlik markaziy apparatini Namoyishlar xiyoboni, 5-uydagi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro mudofaasi shtabi binosiga joylashtirish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida, harbiy komissarlikning qayta tuzilganligi va vazirlik tuzilganligi munosabati bilan qonun aktlariga kiritiladigan tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining koʻrib chiqishi uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mavjud harbiy komissarliklar, fuqaro mudofaasi shtablari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda, shaharlar va nohiyalarda — mudofaa ishlari boshqarmalari (boʻlimlari) tuzilsin, ularga tegishli xodimlar va budjet mablagʻlari berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, Savdo vazirligi belgilangan tartibda 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligiga biriktirilgan nomenklatura boʻyicha moddiy-texnika resurslari ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va uning sistemasini taqdim qilingan hisob-kitoblarga muvofiq saqlash xarajatlarini belgilasin, shuningdek, 5 ta yengil avtomobilni saqlash limitini ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligiga xizmat koʻrsatish uchun yengil avtomobillar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston SSR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Armiya safidan tashqari xizmatlar boʻyicha maxsus boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi huzuridagi muqobil xizmat boshqarmasiga aylantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasi Mudofaa ishlari vazirligiga belgilangan tartibda yoqilgʻi-moylash materiallari ajratishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi boshqarmalari, boʻlimlari va xizmatlarini telefonlashtirishni taʼminlasin, vazirga va uning oʻrinbosarlariga hukumat ATSi apparatlarini oʻrnatsin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston yengil sanoat tovarlarini ishlab chiqarish davlat uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligining talabnomalariga koʻra milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va muqobil xizmat shaxsiy tarkibi uchun kiyim-bosh formasini tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xomashyo va yengil sanoat mahsulotlari taʼminoti va savdosi bosh boshqarmasi Oʻzbekiston yengil sanoat tovarlarini ishlab chiqarish davlat uyushmasining talabnomalariga koʻra koʻrsatilgan kiyim-bosh formasini tikish uchun xomashyo bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 25-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269-son

Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 25-oktabrdagi
269-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari
vazirligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq respublikaning davlat mustaqilligini va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish maqsadida tuzilgan. Mudofaa ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi harbiy komissarligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro mudofaasi shtabi, Oʻzbekiston Respublikasi DOSAAF Markaziy Qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Armiya safidan tashqari xizmatlar boʻyicha maxsus boshqarmasi negizida tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ishlari vazirligi respublika hududida joylashgan SSSR Mudofaa vazirligi va ichki qoʻshinlar harbiy qismlarini, qoʻshilmalarini tuzishda va ularga rahbarlik qilishda ishtirok etadi, kollektiv xavfsizlikni yaratishda va SSR Ittifoqining strategik qoʻshinlarini saqlashda ishtirok etishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyani butlash, chaqiriladigan yoshlarni tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish va oʻtash, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyalanganligi, zaxiradagi harbiy xizmatga majbur kishilarni oʻqitish, muqobil xizmatni tashkil etish, fuqaro mudofaasiga rahbarlik qilish masalalari uning huquq doirasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, respublika Oliy Kengashining boshqa aktlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik mudofaa masalalari boʻyicha amaldagi qonunlarning toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlaydi, uni takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun kiritadi. Respublika hududida qoʻshinlarning (kuchlarning) boʻlishi toʻgʻrisida kelishuvlar boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mudofaa ishlari vazirligi oʻz asosiy vazifalarini bajarish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida qoʻshin safarbarligini oʻtkazishga tayyorgarlikni, respublika va SSR Ittifoqi mudofaasi manfaatlari yoʻlida kishi va xalq xoʻjaligi resurslarini hisobga olishni, respublika xalq xoʻjaligi uchun kadrlarni band qilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy gvardiyani butlaydi, uni oʻqitishni va jangovar tayyorgarlikni taʼminlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinchlik va urush davrida respublikada fuqaro mudofaasi boʻyicha prognozlar loyihalarini ishlab chiqadi, fuqaro mudofaasi moddiy-texnika bazasining koʻpayishi va rivojlanishini, tinchlik va urush davrida favqulodda holatlarda fuqaro mudofaasining harakatga tayyor holda turishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy bilim yurtlarini butlash bilan shugʻullanadi, oliy oʻquv yurtlari harbiy kafedralarining, harbiy tayyorgarlik kuchaytirilgan maktablarning faoliyatini yoʻnaltirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil xizmatni tashkil etish masalalarini hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush qatnashchilariga, Qurolli Kuchlar faxriylariga, baynalmilalchi jangchilarga imtiyozlar berish ustidan nazorat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada turgan harbiy qismlar, harbiy idoralar va muassasalarni joylashtirishga, tartibga keltirishga yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada joylashadigan harbiy qismlardagi shaxsiy sostavning xizmat va jangovar tayyorgarligining hamda intizomining yuksak darajada boʻlishini taʼminlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni haqiqiy xizmatga chaqirish, SSSR Mudofaa vazirligi bilan chaqiriluvchilar soni boʻyicha bitimlar tuzish bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida mashqlar, manyovrlar oʻtkazish, harbiy qismlar va harbiy inshootlarni qayta joylashtirish va joylashtirish masalalarini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriqni rejalashtiradi hamda chaqiriluvchilarni qoʻshin turlari va xillari boʻyicha taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar saflariga fuqarolarni chaqirishni tashkil etishda chaqiruv komissiyalariga yordam beradi va nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni, ularga va ularning oila aʼzolariga imtiyozlar berish ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar uchun maxsus kishilarni tayyorlash boʻyicha ishlarni yoʻnaltirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy taʼlim olgan resurslarning toʻplanishini, harbiy xizmatga majbur zaxiradagilarni oʻqitishni va qayta tayyorlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika oʻquv yurtlarida yoshlarni boshlangʻich harbiy tayyorlashga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, ayniqsa yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismlardagi hodisalar toʻgʻrisidagi xabarlar va maʼlumotlarni joylarda koʻrib chiqishda bevosita qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qismlar bilan otaliq aloqalarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tayinlaydigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdigʻiga kiritiladigan vazir boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir oʻrinbosarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tizimida xizmatni oʻtovchi soldatlar, serjantlar, ofitserlar, generallar va admirallar SSSR Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining barcha huquqlari va imtiyozlaridan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mudofaa ishlari vaziri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga boʻysunadigan tuzilma boʻlinmalarining barcha faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa ishlari vaziri oʻz huquqi doirasida amaldagi qonunlar asosida va ularni bajarish uchun buyruqlar, direktivalar, farmoyishlar va koʻrsatmalar chiqaradi va ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik tarkibiga kiruvchi boshqarmalar va boʻlimlar haqidagi nizomlarni tasdiqlaydi, apparat xodimlarini belgilangan tartibda ishga tayinlaydi va ishdan boʻshatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilma boʻlinmalari rahbar xodimlarining javobgarlik darajasini belgilaydi, belgilangan tartibda ragʻbatlantirish va jazo choralarini qoʻllaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshiradi, barcha davlat va jamoat tashkilotlarida vazirlik nomidan ish koʻradi, Mudofaa ishlari vazirligining faoliyat doirasiga kiruvchi barcha ishlarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mudofaa ishlari vazirligida vazir (rais), uning oʻrinbosarlari, tuzilma boʻlinmalarining rahbar komandir kadrlaridan va Turkiston harbiy okrugi qoʻmondonligi vakilidan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat aʼzolarini vazirning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat oʻtkaziladigan majlislarda harbiy boshqaruv organlari faoliyatini takomillashtirish, buyruqlar ijrosini nazorat qilish, kadrlarni tanlash, vazirlik apparati ishini yaxshilash masalalarini koʻrib chiqadi, rahbar xodimlarning hisobotlarini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mudofaa ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilishini va xodimlar sonini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi, vazirlikni moliyaviy taʼminlash respublikaning, SSSR Mudofaa vazirligi va SSSR Ichki ishlar vazirligi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mudofaa ishlari vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi aks ettirilgan hamda oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 25-oktabrdagi
269-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari
vazirligining tashkiliy-shtat tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Vazirlik markaziy apparatining tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Rahbariyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shtab
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tezkor boshqarma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aloqa boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sakkizinchi boʻlim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maxfiy qism
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Birlashgan komanda punkti (aloqa tarmogʻi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chaqiriq, safarbarlik resurslarini tayyorlash va harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqaro mudofaasi va favqulodda holatlar boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oliy oʻquv yurtlari va chaqiriqqacha tayyorgarlik boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Muqobil xizmat boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kadrlar boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Moliya-reja boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Moddiy-texnika va maxsus taʼminot boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishlar boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Respublika jamoatchilik mudofaa tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Armiya, Aviatsiya va Flotga yordam berish koʻngilli jamiyati (Oʻzbekiston Respublikasi DOSAAFi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida — mudofaa ishlari boshqarmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV.

Shaharlarda va nohiyalarda—mudofaa ishlari boʻlimlari