Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA IShLARI VAZIRLIGINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini hamda respublikaning hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tuzilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 6-sentabr,
PF-243-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 11-son, 230-modda)