Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 30.12.1991 yildagi 317-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA “MUSAVVIR” FIRMASINI TASHKIL ETISH
HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq manzarali-amaliy sanʼatini rivojlantirish va yuksak badiiylik bilan yaratilgan original mualliflik buyumlarini, xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish hamda ularni respublika ichida va tashqi bozorda sotishni kengaytirish maqsadlarida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish xalq sanʼati markazi negizida toʻla xoʻjalik hisobi asoslarida ishlaydigan, huquqiy shaxs hisoblanuvchi respublika “Musavvir” firmasi tuzilsin, unga Oʻzbekiston Respublikasi sanoat-qurilish banki va tashqi iqtisodiyot bankining mahalliy boʻlimlarida tegishli schyotlarni ochish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika “Musavvir” firmasining Ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasining A. Navoiy koʻchasining Shayxontohur tor koʻchasida joylashgan oʻz qaramogʻidagi “Yunusxon” meʼmoriy yodgorligini, Qorasaroy koʻchasidagi 70-uy hamda Q. Isoqov koʻchasidagi 3-uylarni hunarmandchilik ustaxonalarini joylashtirish uchun respublika “Musavvir” firmasi ixtiyoriga haq olmasdan berish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi respublika “Musavvir” firmasi bilan birgalikda Shayxontohur meʼmoriy kompleksida savdo-hunarmandchilik rastasi majmuini yaratish masalasini koʻrib chiqsin va bir oy muddat ichida aniq taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
317-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 30-dekabrdagi
317-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika “Musavvir” firmasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika “Musavvir” firmasi huquqiy shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki va Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiyot banki muassasalarida hisob-kitob schyotlariga ega boʻladi, toʻla xoʻjalik hisobi, oʻz-oʻzini moliyaviy taʼminlash va oʻz xarajatlarini, shu jumladan, valyuta xarajatlarini oʻzi qoplash asoslarida ishlaydi, alohida mol-mulkka egalik qiladi, mazkur Ustavga muvofiq oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajaradi hamda shu faoliyat bilan bogʻliq huquqlardan foydalanadi, oʻz nomidan mol-mulk va shaxsiy mol-mulkka daxlsiz huquqlarni sotib olishi hamda javob berishi mumkin, sudda, hakamlikda yoki vositachilik sudida daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika “Musavvir” firmasi oʻz faoliyatida respublika qonunlariga, Oliy Kengashning boshqa qarorlariga, Prezident farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa normativ aktlarga va mazkur ustavga rioya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika “Musavvir” firmasining joylashgan oʻrni — Toshkent shahri, Xalqlar doʻstligi maydoni, Abulqosim madrasasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Respublika “Musavvir” firmasining asosiy
vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar respublika “Musavvir” firmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq manzarali-amaliy sanʼatining anʼanaviy turlarini tiklash va rivojlantirish, yuksak mahorat bilan yaratilgan xalq sanʼatining original mualliflik buyumlarini va xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish va ular bilan savdo-sotiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy dizaynning, xalq va monumental sanʼatining barcha turlaridan foydalangan holda binolarning ichki qismini milliy uslubda bezatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq isteʼmoli mollarini, xalq ustalari va rassomlarining mahsulotlarini respublika ichkarisida va tashqi bozorda mahsulotlarni magazinlarga, badiiy salonlarga, xorijiy firmalarga yetkazib berish, koʻrgazma-yarmarkalar va kimoshdi savdosi oʻtkazish yoʻli bilan realizatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika “Musavvir” firmasi oʻz oldida turgan vazifalarni bajarish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, jamoat, kooperativ korxonalari, muassasalar va tashkilotlardan, shuningdek, xususiy shaxslardan va xorijiy firmalardan zarur materiallarni, xom ashyolarni, asboblarni, uskunalarni va boshqa mol-mulkni sotib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkilamchi resurslar va chiqindilarni yigʻishni va qayta ishlashni, asbob-uskunalarni sozlashni va jihozlashni tashkil etadi, nostandart asboblar, uskunalar, ospaykalarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, kooperativ va boshqa jamoat korxonalari, muassasalari va fuqarolardan foydalanilmaydigan binolarni, inshootlarni, xonalarni, mashinalarni, uskunalarni, transport vositalarini, xom ashyo va materiallarni sotib oladi, ayirboshlaydi, ijaraga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarni, inshootlarni, uskunalarni, transport vositalarini, jihozlarni va boshqa moddiy boyliklarni boshqa korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga, shuningdek, fuqarolarga sotadi va topshiradi, ayirboshlaydi, ijaraga topshiradi, qarz beradi va vaqtinchalik haq olmasdan foydalanishga topshiradi, balansdan asosiy fondlarni belgilangan tartibda chiqarib tashlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tarkibida va boshqa korxonalar, muassasalar bilan birgalikda vaqtinchalik mehnat, shuningdek, vaqtinchalik ijodiy va ilmiy-texnikaviy jamoalar tuzadi, shartnoma asoslarida ularning ishiga haq toʻlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mahsulotlarini ishlab chiqaradigan qoʻshma korxonalar, badiiy salonlar, shuningdek, chet mamlakatlarda erkin almashtiriladigan valyutaga oʻz ishlab chiqargan tovarlarini sotuvchi magazinlar ochadi, oʻzaro kelishuvga koʻra xom ashyo, materiallar, uskunalar va xalq isteʼmoli mollarini barter ayirboshlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv tuzilishini, lavozimlar jadvalini mustaqil belgilaydi, ishlab chiqarishni tashkil etish shaklini tanlaydi, ilmiy ishlab chiqarish faoliyati rejalarini, ishlab chiqarish buyumlariga ehtiyojdan kelib chiqqan holda rivojlanish istiqbollarini ishlab chiqadi, firma badiiy kengashi belgilaydigan narxlar boʻyicha yoki buyumlarning badiiy va texnikaviy sifatini hisobga olib shartnoma asosida oʻz mahsulotini sotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Respublika “Musavvir” firmasining mol-mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika “Musavvir” firmasining mol-mulki ustav jamgʻarmasi (ustalar badali), ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan va boshqa xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlardan hosil boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika “Musavvir” firmasining mol-mulkini shakllantirishda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, mehnat bitimi (shartnomasi) boʻyicha ishlovchi fuqarolar pul va moddiy badallar oʻtkazish yoʻli bilan qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishlab chiqarish vositalari va oʻziga tegishli boshqa mol-mulklar respublika “Musavvir” firmasining mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublika “Musavvir” firmasining moliyaviy resurslari mahsulotlarni, ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilishdan, “amortizatsiya ajratmalaridan, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning badalidan tushgan pullar, shuningdek, boshqa tushumlar hisobiga vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya-xoʻjalik faoliyatini xoʻjalik hisobi asosida amalga oshiruvchi respublika “Musavvir” firmasi Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish toʻgʻrisidagi qonunida belgilangan tartibda budjetga toʻlovlar oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Barcha belgilangan va oʻziga qabul qilgan moliyaviy majburiyatlarni toʻlagandan, rezerv fondini, fan-texnika va ijtimoiy rivojlantirish fondini shakllantirgandan, ishchilarga yoziladigan barcha toʻlovlarni toʻlagandan (badiiy kengash bahosi, pudrat shartnomasi, mehnat bitimi, maoshlar, stavkalar, tariflar boʻyicha ish haqi) keyin respublika “Musavvir” firmasining ixtiyorida qoladigan daromad xalq ustalari kengashining qarori boʻyicha ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Respublika “Musavvir” firmasi ishlovchilarga haq toʻlash shaklini, sistemasini va miqdorlarini, xazinada doimiy turuvchi joriy sarf-xarajatlar uchun naqd pul mablagʻlarining eng koʻp miqdorini mustaqil ravishda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Respublika “Musavvir” firmasini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Respublika “Musavvir” firmasi faoliyatiga rahbarlikni bosh direktor amalga oshiradi, u mehnat jamoasining umumiy yigʻilishida saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavga muvofiq, mehnat jamoasini oʻz-oʻzini boshqarish va yakka boshchilik prinsiplarini qoʻshib olib borish asosida bosh direktor mehnat jamoasi oldida ish natijalari uchun javob beradi, ishonch qogʻozisiz respublika “Musavvir” firmasi nomidan ish tutadi, barcha korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda, xorijiy firmalarda uning manfaatlarini ifodalaydi, mol-mulkni tasarruf etadi, shartnomalar tuzadi, ishonch qogʻozlari beradi, respublika “Musavvir” firmasining barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Respublika “Musavvir” firmasining faoliyati bilan bogʻliq masalalarni zudlik bilan hal qilish maqsadlarida bosh direktor, uning oʻrinbosarlari hamda unga boʻysunuvchi korxonalarning rahbarlari kiruvchi yuqori maslahat organi — direktorlar kengashi tuziladi. Kengash oʻz ishini bosh direktor tasdiqlaydigan yillik, istiqbol va kvartal rejalariga muvofiq, amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Umumiy yigʻilishi respublika “Musavvir” firmasi mehnat jamoasi vakolatlarini amalga oshirishning asosiy shakli boʻlib hisoblanadi, u har yili bosh direktorning oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalarini, shuningdek, respublika “Musavvir” firmasi ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatining muhim masalalarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Respublika “Musavvir” firmasining kengashi har oyda kamida bir marta, mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi esa har kvartalda bir marta chaqiriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Respublika “Musavvir” firmasining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Respublika “Musavvir” firmasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika “Musavvir” firmasining vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha respublikada va chet ellarda amaliy aloqalarni bajarish, xorijiy muassasalar, tashkilotlar va firmalar, shuningdek, ularning vakillari bilan, xorijiy fuqarolar bilan aloqa qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovet va chet el korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va firmalari bilan ham respublikada, ham chet elda bitimlar va boshqa huquqiy hujjatlar, shu jumladan, tashqi savdo va veksel hujjatlari tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ham respublikada, ham uning tashqarisida turli xil harakatdagi va harakatsiz mol-mulkni qurish va sotib olish, ajratib berish, ijaraga olish va topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada oʻz filiallarini taʼsis etish, kichik korxonalar tuzish, faoliyati oʻzining maqsad va vazifalariga muvofiq qoluvchi aksionerlik jamiyatlarida va boshqa tashkilotlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkalar va koʻrgazmalarda qatnashish, ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalar, seminarlar tashkil etish, respublika “Musavvir” firmasining faoliyati bilan bogʻliq xalq sanʼati toʻgʻrisida reklama mahsulotlarini chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatga kirmaydigan jalb qilingan mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash tartibi va miqdorini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika “Musavvir” firmasining faoliyati bilan bogʻliq masalalarni hal qilish uchun sovet va chet el mutaxassislarini xorijga safarga yuborish va respublikada qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro telefon va telegraf aloqasini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Respublika “Musavvir” firmasini tugatish va qayta
tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Respublika “Musavvir” firmasini tugatish va qayta tashkil etish (ajratish, birlashtirish) qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.