Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY SARMOYALAR
BILAN KORXONALAR, ShU JUMLADAN, QOʻShMA KORXONALAR,
XALQARO BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLAR, ShUNINGDEK,
ULARNING TARKIBIY BOʻLINMALARINI TAShKIL ETISh
FAOLIYATI VA ULARNI DAVLAT TOMONIDAN ROʻYXATGA OLISh
TARTIBI HAQIDA
BILAN KORXONALAR, ShU JUMLADAN, QOʻShMA KORXONALAR,
XALQARO BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLAR, ShUNINGDEK,
ULARNING TARKIBIY BOʻLINMALARINI TAShKIL ETISh
FAOLIYATI VA ULARNI DAVLAT TOMONIDAN ROʻYXATGA OLISh
TARTIBI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-martdagi 76-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ularning faoliyati va tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston SSRning tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston SSRda xorijiy sarmoyalar haqida”gi qonunlariga muvofiq, tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijdan sarmoya sarflashni koʻpaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ilova qilinayotgan “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy sarmoyalar bilan korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida” Nizom hamda xorijiy sarmoyalar bilan tashkil etilgan korxonalarni, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarni, shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalarini davlat tomonidan roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida” Nizom tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, xalq Deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari ijroiya qoʻmitalari ikki hafta muddat ichida taʼsis hujjatlarini ekspertiza qilish va xalqaro birlashmalar, tashkilotlar, Oʻzbekiston hamda xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar ishtirokida tuziladigan qoʻshma korxonalar, shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalari qoʻshma samarali faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish komissiyasini tuzsinlar. (Vakillari komissiya tarkibiga kiradigan tashkilotlarning taxminiy roʻyxati — ilovaga muvofiq).
Komissiyalar qabul qilgan qarorlar kechiktirilmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuborilsin.
3. Moliya vazirligi (oʻrtoq Boqiboyev) zarur hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida qoʻshma korxonalar va ularning tarkibiy boʻlinmalariga roʻyxatga olish nomeri berishni taʼminlasin.
Ishning ushbu sohasi topshiriladigan mansabdor shaxslarning masʼuliyati oshirilsin.
4. Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasi (oʻrtoq Sultonov) zarur hujjatlar taqdim etilgandan soʻng ularni yetti kundan kechiktirmay koʻrib chiqsin hamda qoʻshma korxonalar va ularning boʻlinmalariga tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi degan roʻyxatga olish guvohnomasini topshirsin.
5. Moliya vazirligi (oʻrtoq Boqiboyev), Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasi (oʻrtoq Sultonov) respublikada tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan ekspert-maslahat tashkilotlarining keng tarmogʻini tuzish choralarini koʻrsinlar.
6. Belgilab qoʻyilsinki, bosh korxonalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladigan xalqaro birlashmalar va tashkilotlarning, xorijiy korxonalar va qoʻshma korxonalarning boʻlinmalari, shu jumladan, Oʻzbekiston va xorijiy yuridik shaxslar hamda fuqarolar ishtirokida bosh korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan qoʻshma korxonalarning boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtishi shart. Mazkur boʻlinmalarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtmay Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish umumiy-iqtisodiyot kompleksi (oʻrtoq Hamidov)ga va Prezident Apparatining Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi (oʻrtoq Safoyev)ga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 12-noyabr,
290-son.
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy sarmoyalar bilan korxonalar,
xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek, ularning
tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish va faoliyati tartibi
toʻgʻrisida
xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek, ularning
tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish va faoliyati tartibi
toʻgʻrisida
NIZOM
I. Tashkil etish, faoliyat koʻrsatish va tugatishning umumiy tartibi
1. Mazkur Nizom “Oʻzbekiston SSRning tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston SSRda xorijiy sarmoyalar haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari asosida ishlab chiqilgan. U Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy sarmoyalar bilan ishlovchi korxonalarni, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarni (bundan keyin korxona deb ataladi), shuningdek, ulardan ajralib chiqqan korxonalarni, filiallarni va boshqa boʻlinmalarni tashkil etish va tugatishi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari boʻyicha yuridik shaxs hisoblanadilar. Ular oʻz nomidan shartnomalar tuzishlari, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni sotib olishlari hamda ular boʻyicha javob berishlari, sudda, hakamlik sudida va vositachilik sudida daʼvogar va javobgar boʻlishlari mumkin. Korxona mustaqil balansga ega boʻladi hamda valyuta bilan oʻz xarajatlarini oʻzi toʻliq qoplash va oʻzini oʻzi moliyaviy taʼminlash asosida ishlaydi.
3. Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan taqiqlanmagan va oʻzlarining ustavlarida nazarda tutilgan maqsadlarga javob beruvchi faoliyatining barcha turlarini amalga oshirishlari mumkin.
Korxonalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan aniqlanadigan faoliyatning ayrim turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma asosida shugʻullanishlari mumkin.
4. Korxonalar istalgan xilda, shu jumladan, xususiy firma, aksionerlik jamiyati, javobgarligi cheklangan jamiyat, kichik korxona, korporatsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik aktlariga zid kelmaydigan boshqa xilda tuzilishi mumkin.
5. Korxonalar, faoliyat koʻrsatishi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan taqiqlangan ayrim hududlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tadbirkorlik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
6. Korxonalar taʼsischi tasdiqlaydigan Ustav asosida ishlaydilar. Ustav korxonalar faoliyatining sohasini va maqsadlarini, uning joylashgan oʻrnini, ustav fondi miqdorini, ustav fondini shakllantirish tartibini, tuzilishini, tarkibini va korxonalarni boshqarish organlarining huquq doirasini, qarorlar qabul qilish tartibini va qaror qabul qilishda yakdillik talab qilinadigan masalalar doirasini, shuningdek, uni tugatish tartibini belgilaydi. Ustavga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan va korxona faoliyatining xususiyatlariga tegishli boshqa qoidalar ham kiritilishi mumkin.
7. Korxonaning faoliyat koʻrsatish muddati korxonaning ustavida belgilanadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuziladigan korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqlariga ega boʻladi. Korxona tashkil etilishi toʻgʻrisidagi xabar matbuotda eʼlon qilinadi.
9. Korxonaning ustav fondi uning taʼsischilari qoʻshadigan ulush hisobiga hosil boʻladi. U korxonaning tadbirkorlik faoliyati va boshqa faoliyatidan olinadigan foyda hisobiga, zarurat boʻlganda esa uning taʼsischilarining qoʻshimcha ulushlari hisobiga ham toʻldirilishi mumkin.
10. Korxonaning ustav fondiga qoʻshiladigan ulushlar jumlasiga mulkiy va intellektual boyliklarning istalgan turi kiritilishi mumkin.
11. Taʼsischilar tomonidan korxonaning ustav fondiga ulush sifatida qoʻshiladigan mol-mulkning qiymati jahon bozori narxlari boʻyicha, bunday narxlar boʻlmaganda esa taʼsischilar oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha baholanadi. Ulushning qiymati SSSR Davlat bankining tijorat valyuta kursi boʻyicha korxonani tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangan kundan yoki uning taʼsischilari tomonidan kelishilgan boshqa sanada soʻmlar va aylantirib hisoblanadi.
12. Korxonalarning taʼsischilari tomonidan ustav fondiga oʻz ulushlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinadigan uskunalar, materiallar va boshqa mol-mulklar toʻlashdan ozod qilinadi va import uchun soliq solinmaydi.
13. Korxonaning mol-mulkini va tavakkal ishlarini sugʻurta qilish uning xohishiga qarab amalga oshiriladi.
14. Korxona oʻz faoliyatining maqsadlariga va mol-mulkining vazifalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oʻz mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, Ularning mol-mulki majburiy ravishda davlat ixtiyoriga olinmaydi yoki maʼmuriy tartibda musodara qilinmaydi.
Korxonalarning mulkiy huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining davlat korxonalari uchun belgilangan qoidalariga muvofiq muhofaza qilinadi. Korxonalarning mol-mulkiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq korxonalarning ishtirokida nizolarni koʻrib chiqish mumkin boʻlgan organlarning qarorlari boʻyichagina jarima solinishi mumkin.
15. Korxonaga tegishli sanoatga egalik huquqi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shu jumladan, patentlar shaklida ham muhofaza qilinadi. Sanoatga egalik huquqlarini boshqa yuridik shaxslarga va fuqarolarga, shuningdek, bu huquqlarni tijorat asosida foydalanishga berish va ularni chet ellarda himoya qilish tartibi korxonaning ustavi bilan belgilanadi.
16. Korxonalar oʻz majburiyatlari boʻyicha barcha oʻziga tegishli mol-mulk va aktivlar bilan javob beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi ularning majburiyatlari uchun javob bermaydi korxonalar esa Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari uchun javob bermaydilar.
17. Korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, birlashmalari va tashkilotlari (mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar), Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan nizolari, boshqa korxonalar oʻrtasidagi oʻzlarining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan masalalar yuzasidan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, hakamlik sudida va vakillik sudida koʻrib chiqiladi.
18. Korxonalar boshqaruv organlarining tarkibini va huquq doirasini, qarorlar qabul qilish tartibini va hal etishda yakdillik talab qilinadigan bir qator masalalarni mustaqil ravishda belgilaydilar.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi ham, hamjamiyatdagi boshqa davlatning va xorijiy davlatning fuqarosi ham korxona rahbari boʻlishi mumkin.
19. Korxona oʻz xoʻjalik faoliyatining dasturini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
20. Korxonaga oʻz xoʻjalik faoliyati uchun zarur boʻlgan eksport va import operatsiyalarini mustaqil ravishda yuritish huquqi berilgan.
Korxona ruxsatnoma olmasdan oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilish va mahsulotni oʻzi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun import orqali olish huquqiga ega.
21. Korxonalarning chet el valyutasidagi barcha xarajatlari ularning oʻz valyuta tushumlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan ruxsat berilgan chet el valyutasi olishning boshqa manbalari hisobiga taʼminlashi kerak.
22. Korxonalar oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun valyuta va soʻm hisobidagi kreditlardan foydalanadilar.
23. Korxonada rezerv fondi hamda oʻzining faoliyati va jamoani ijtimoiy rivojlantirish uchun zarur boʻlgan boshqa fondlar tuziladi.
Boshqa fondlarning roʻyxati, ularni hosil qilish va sarflash tartibi korxona ustavida belgilanadi.
24. Korxonaning soliqlar miqdori va Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga boshqa toʻlovlar hamda fondlarni tuzishga va toʻldirishga yoʻnaltiriladigan pullar hisobdan chiqarilgandan keyin qolgan daromadi korxona taʼsischilari oʻrtasida ustav fondiga qoʻshilgan ulushga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
25. Xorijiy investorlarga korxona faoliyatidan olinadigan foydani taqsimlash natijasida ularga tegadigan pulni xorijiy valyutada chet elga koʻchirishga kafolat beriladi.
26. Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari uchun belgilangan normalarda va tartibda, agar ularning ustavida boshqa hol nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻla tiklash uchun amortizatsiya mablagʻlari ajratadilar.
27. Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻlaydilar.
28. Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq operativ, buxgalteriya va statistika hisobi va hisobotini olib boradilar.
29. Korxonalarning moliya-xoʻjalik va tijorat faoliyatini tekshirish davlat soliq idoralari va boshqa idoralar hamda auditorlik tashkilotlar tomonidan, oʻzlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq huquqlari doirasida amalga oshiriladi.
30. Korxonalarning xodimlari asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan iborat boʻladi, Korxonalar maʼmuriyati korxonalarda tuziladigan kasaba uyushmalari tashkilotlari bilan kollektiv shartnomalar tuzishi shart. ushbu shartnomalarning, jumladan, jamoaning ijtimoiy rivojlanishi toʻgʻrisidagi nizomlarning mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va korxonalar ustavi bilan belgilanadi.
31. Xodimlarni ishga yollashda boʻshatish masalalari, mehnatga haq toʻlash, shuningdek, moddiy ragʻbatlantirish shakllari va miqdorlari korxona tomonidan mustaqil ravishda hal qilinadi.
32. Korxona oʻzining ustavida nazarda tutilgan hollarda va tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori boʻyicha, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining sudlari, hamkorlik sudi taqdimnomasi boʻyicha tugatilishi mumkin. Tugatish toʻgʻrisidagi xabar matbuotda eʼlon qilinadi.
II. Xorijiy korxonalarni tashkil etish, ularning faoliyat
koʻrsatishi va ularni tugatish tartibi
koʻrsatishi va ularni tugatish tartibi
33. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy sarmoyalar mol-mulkning 100 foizini tashkil etadigan korxonalar va tashkilotlar xorijiy korxonalar hisoblanadi.
34. Xorijiy korxona bir yoki bir necha xorijiy investor tomonidan tashkil etilishi mumkin.
35. Xorijiy korxonalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar Texnikaviy-iqtisodiy asoslar va taʼsis hujjatlarining loyihalari bilan birgalikda xorijiy investor yoki uning vakolat olgan vakili) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga (bundan keyin davlat organi deb ataladi) kiritiladi, uning roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy korxonalarni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
36. Xorijiy investorning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tashlab turgan korxonani toʻla mulk qilib sotib olishi uchun u korxona egasi bilan kelishilgan tegishli shartnoma matnini, mol-mulkni va foydalanish huquqini sotib olishda esa mulk egasi bilan kelishilgan oldi-sotdi yoki ijara shartnomasi matnini koʻrsatadi.
III. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro birlashmalar
va tashkilotlar, qoʻshma korxonalar tashkil etish, ularning
faoliyat koʻrsatishi va ularni tugatish tartibi
va tashkilotlar, qoʻshma korxonalar tashkil etish, ularning
faoliyat koʻrsatishi va ularni tugatish tartibi
37. Ustavga muvofiq oʻz faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi va bir yoki bir necha xorijiy davlatning hududiga tarqaladigan birlashma xalqaro birlashma (tashkilot) hisoblanadi.
38. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mol-mulkida Oʻzbekistonlik va xorijiy yuridik shaxslar hamda fuqarolar qatnashadigan korxonalar va tashkilotlar qoʻshma korxonalar (bundan keyin QK deb ataladi) hisoblanadi.
39. Xalqaro birlashmalar QK uchun belgilangan tartibda tuziladi, oʻz faoliyatini amalga oshiradi va tugatiladi.
40. Yangi yuridik shaxsni tuzish yoʻli bilan yoki xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining ishlab turgan korxonalarining bir qismini sotib olish yoʻli bilan QKlar tashkil etiladi.
41. Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksionerlik jamiyatlari va javobgarligi cheklangan jamiyatlar shaklida QKlarni tashkil etish, ularning faoliyat koʻrsatishi va ularni tugatish mazkur Nizomda, shuningdek, aksionerlik jamiyatlari, javobgarligi cheklangan jamiyatlar va qimmatbaho qogʻozlar toʻgʻrisidagi boshqa amaldagi qonunlar va normativ aktlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
42. QKlar ularning ishtirokchilari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etiladi.
43. QK tashkil etish haqidagi qaror bevosita oʻzbekistonlik va xorijiy qatnashchilar tomonidan qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida QK tashkil etish toʻgʻrisidagi yoki ishlab turgan asosiy fondlari 100 mln. soʻmdan oshadigan Oʻzbekiston korxonasining aksiyalarini yoki paylarini xorijiy investorga sotish yoʻli bilan Oʻzbekiston korxonasini QKga aylantirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining roziligi bilan oʻzbekistonlik qatnashchi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Bir yoki bir necha oʻzbekistonlik yuridik, shaxslar va fuqarolar hamda bir yoki bir necha xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar QKlarning qatnashchilari boʻlishlari mulkin.
45. Oʻzbekistonlik va xorijiy qatnashchilarning QK ustav fondidagi ulushi ular oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha belgilanadi.
46. QKlar qatnashchilari QKlardagi oʻz ulushlarini oʻzaro kelishuvga koʻra uchinchi shaxslarga toʻla yoki qisman berish huquqiga egadirlar.
Oʻzbekistonlik qatnashchilar xorijiy qatnashchilarning ulushlarini sotib olishida ustun huquqqa egadirlar.
QK qayta tashkil etilganda uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislarga oʻtadi.
47. QKlarning qatnashchilari tomonidan tayinlanadigan shaxslardan iborat boshqaruv QKning yuqori organi hisoblanadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish tartibi QKlarning taʼsis hujjatlari bilan belgilanadi.
QKlarning faoliyatiga kundalik rahbarlik qilish oʻzbekistonlik va xorijiy qatnashchilar tuzadigan direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ham, boshqa davlat fuqarosi ham QK va ijroiya organlarining rahbarlari boʻlishlari mumkin. Bunda xorijiy fuqaro koʻrsatilgan lavozimlardan faqat bittasini egallashi mumkin.
48. Xorijiy qatnashchi QK tugatilganda yoki undan chiqqanda, oʻzbekistonlik qatnashchilar va uchinchi shaxslar oldidagi oʻz majburiyatlarini qoplagandan keyin, tugatilish yoki chiqish vaqtidagi qoldiq qiymati boʻyicha QK mol-mulkidagi oʻz ulushini pul yoki tovar shaklida qaytarib olish huquqini oladi.
IV. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston
Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida
xalqaro birlashmalar va tashkilotlar qoʻshma korxonalar tashkil
etish, ularning faoliyat koʻrsatishi va ularni tugatish tartibi
Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida
xalqaro birlashmalar va tashkilotlar qoʻshma korxonalar tashkil
etish, ularning faoliyat koʻrsatishi va ularni tugatish tartibi
49. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek, qoʻshma korxonalar (bundan keyin chet el QKlari deb ataladi) tashkil etish, ularning faoliyat koʻrsatishi va ularni tugatish Nizomda, shuningdek, ular tashkil etiladigan va ish olib boradigan davlatlarning qonunchilik aktlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
50. Chet el QKlarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflar, texnik-iqtisodiy asoslar va taʼsis hujjatlarining loyihalari bilan birgalikda, oʻzbekistonlik qatnashchilar — mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasiga kiritiladi, uning roziligi bilan bunday korxonalarni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
51. Chet el QKlari yangi yuridik shaxsni tuzish yoʻli bilan yoki Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan hamjamiyatning boshqa davlatlari va xorijiy davlatlarning ishlab turgan korxonalaridagi ulushni sotib olish yoʻli bilan tashkil etiladi.
V. Xalqaro birlashmalar va tashkilotlarning, qoʻshma
korxonalarning ajralib chiqqan korxonalarini, filiallarini
va boshqa boʻlinmalarini tashkil etish, ularning faoliyat
koʻrsatishi va ularni tugatish tartibi
korxonalarning ajralib chiqqan korxonalarini, filiallarini
va boshqa boʻlinmalarini tashkil etish, ularning faoliyat
koʻrsatishi va ularni tugatish tartibi
52. Xalqaro tashkilotlar, QKlar, chet el QKlari ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida, ham uning hududidan tashqarida ajralib chiqqan korxonalar, filiallar va boshqa boʻlinmalar tuzishlari mumkin, buning uchun taʼsis hujjatlarida ularga shundan huquq berilgan boʻlishi kerak.
53. Boshqa korxona tomonidan toʻla xoʻjalik yuritishga oʻz mol-mulkining bir qismini berish yoʻli bilan yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan korxona ajralib chiqqan korxona hisoblanadi.
Taʼsischi ajralib chiqqan korxonaning ustavini tasdiqlaydi, uning rahbarini taʼminlaydi va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik aktlarida nazarda tutilgan mulkdorning ajralib chiqqan korxonaga nisbatan boshqa huquqlarini amalga oshiradi.
54. Xalqaro tashkilot, QK va chet el QKsining turgan joydan tashqarida joylashgan va ularning barcha yoki bir qism vazifalarini bajaruvchi alohida boʻlinmasi filial hisoblanadi.
55. Xalqaro tashkilotlar, QK, chet el QKsi hamda boshqa yuridik shaxslar (mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) va fuqarolar oʻrtasida tashkil etiladigan korxonalar xalqaro tashkilotlarning, QKlarning, chet el QKlarining ajralib chiqqan korxonasi, filiali va boshqa boʻlinmalari deb eʼtirof etilmaydi.
56. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro tashkilotlarning, QKlarning ajralib chiqqan korxonalarini, filiallarini va boshqa boʻlinmalarini tashkil etish, tugatish va ularning faoliyat koʻrsatishi QKlarga tatbiqan mazkur Nizomda, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik aktlarida belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo va hukumatlararo shartnomalarida, shuningdek, bosh korxonaning yuqori organi tasdiqlagan Nizomda (ustavda) belgilangan istisnolar bilan amalga oshiriladi.
57. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan va ishlayotgan xalqaro tashkilotlarning, QKlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi ajralib chiqqan korxonalarini tashkil etish, tugatish va ularning faoliyat koʻrsatishi chet el QKlariga tatbiqan mazkur Nizomda, shuningdek, boshqa davlatlarning qonunchilik aktlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
58. Oʻzbekiston Respublikasining hududidan tashqarida tashkil etilgan va ishlayotgan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, QKlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan ajralib chiqqan korxonalarni tashkil etishlari mumkin.
Bunday ajralib chiqqan korxonalarni tashkil etish, tugatish va ularning faoliyat koʻrsatishi QKlarga tatbiqan, mazkur Nizomda hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik aktlarida belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo va hukumatlararo shartnomalarida, shuningdek, bosh korxonaning yuqori organi tasdiqlagan ustavda belgilangan istisnolar bilan amalga oshiriladi.
59. Ajralib chiqqan korxonalar xalqaro birlashmalar va tashkilotlarning, QKlarning majburiyatlari uchun, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, QKlar esa ajralib chiqqan korxonalarning majburiyatlari uchun javob bermaydilar.
60. Hamjamiyatning boshqa davlatlari va xorijiy davlatlar hududida joylashgan xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, QKlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega boʻlmagan filiallarini, vakolatxonalarini va boshqa boʻlinmalarni tashkil etish taqiqlanadi.
Xorijiy sarmoyalar bilan korxonalarni, xalqaro birlashmalar
va tashkilotlarni, shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalarini
davlat tomonidan roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida
va tashkilotlarni, shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalarini
davlat tomonidan roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom quyidagilarni tashkil etish va tugatishni davlat tomonidan roʻyxatga, shuningdek, qayta roʻyxatga olish tartibini belgilaydi:
xorijiy sarmoyali korxonalar (xorijiy korxonalar, oʻzbekistonlik va xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar ishtirokida tuzilgan qoʻshma korxonalar);
xalqaro birlashmalar va tashkilotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladigan xorijiy korxonalardan ajralib chiqqan korxonalar, filiallar va boshqa boʻlinmalar, bosh korxonalari ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida, ham uning hududi tashqarisida joylashgan korxonalar;
bosh korxonalari (tashkilotlari) ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida, ham uning hududidan tashqarida joylashgan oʻzbekistonlik hamda xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar ishtirokida tashkil etiladigan qoʻshma korxonalarning ajralib chiqqan korxonalari, filiallari va boshqa boʻlinmalari ham (bundan keyin QKlarning mamlakatdagi boʻlinmalari deb ataladi);
xorijiy davlatlarning hududida oʻzbekistonlik va xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar ishtirokida tashkil etiladigan qoʻshma korxonalarning ajralib chiqqan korxonalari, filiallari va boshqa boʻlinmalari (bundan keyin QKlarning chet el boʻlinmalari deb ataladi).
Bundan keyin yuqorida sanalganlarning barchasi birgalikda roʻyxatga olinuvchi korxonalar deb ataladi,
2. Tashkil etiladigan xalqaro birlashmalar va tashkilotlarning, oʻzbekistonlik hamda xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar ishtirokidagi qoʻshma korxonalarning, shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalarining taʼsis hujjatlarini puxta va har tomonlama ekspertiza qilish, ishlarni samarali tashkil etishda ularga amaliy yordam berish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari ijroiya qoʻmitalari viloyat markazlarida hamda Toshkent va Nukus shaharlarida mahalliy aloqador organlarning vakillaridan iborat vakolatlar ekspert komissiyalari tuzadilar.
Komissiyalar tashkil etiladigan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, qoʻshma korxonalar, shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalari boʻyicha ekspert xulosalarini ariza olingan vaqtdan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmasdan beradilar, bunda taʼsis hujjatlari toʻliq va toʻgʻri rasmiylashtirilgan boʻlishi hamda ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelishi kerak.
3. Roʻyxatga olinadigan korxonalarni tashkil etish va tugatishni davlat tomonidan roʻyxatga olish, shuningdek, qayta roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (bundan keyin roʻyxatga oluvchi organ deb ataladi), zarur hujjatlar va maʼlumotlar ilova qilingan roʻyxatga olish yoki qayta roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza olingan paytdan boshlab (Moliya vazirligi ish yuritish boʻlinmasining keluvchi hujjatlar nomeriga muvofiq) oʻn ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
4. Roʻyxatga olish organida davlat tomonidan roʻyxatga olingan va yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan paytdan boshlab roʻyxatga olinuvchi korxona oʻz muhrini tayyorlash, OKPO kodini oʻzlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli banklarida soʻm va valyuta schyotlarini ochish huquqiga ega boʻladi.
5. Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi guvohnomasini olish uchun roʻyxatga olinuvchi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasiga zarur hujjatlarni va maʼlumotlarni taqdim etadilar. Taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish muddati, guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza olingan paytdan boshlab, yetti ish kunidan oshmasligi kerak.
6. Davlat roʻyxatiga olish yuzasidan vakolatli komissiyalar tomonidan ekspert xulosalarini berishiga, shuningdek, roʻyxatga olinuvchi korxonalarga tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi guvohnomasini berishda, ularni tashkil etishining maqsadga nomuvofiqligi sabablariga koʻra rad qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Roʻyxatga olinuvchi korxonalar taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartishlar yoxud davlat roʻyxatiga olinadigan boshqa oʻzgartishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida roʻyxatga oluvchi organni oʻz vaqtida xabardor qilishga majburdirlar.
8. Tugatilish chogʻida roʻyxatga olinuvchi korxonalar roʻyxatga oluvchi organga tegishli ariza berishga majburdirlar. Bu holda tugatilishni roʻyxatga olish korxonani roʻyxatga olgan yuqori organ majlisining bayonnomasidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, sud, Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudi qaroridan koʻchirma asosida amalga oshiriladi.
9. Agar taqdim qilingan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq kelmasa, roʻyxatga oluvchi organ roʻyxatga olinuvchi korxonani roʻyxatga olishni toʻxtatib qoʻyish yoki rad qilish huquqiga ega.
10. Xorijiy korxonalarni, shuningdek, ularning ajralib chiqqan korxonalarini filiallarini va boshqa boʻlinmalarini tashkil etish va tugatishni davlat roʻyxatiga olganlik, shuningdek, qayta roʻyxatga olganlik uchun AQShning 500 dollariga teng miqdorda, erkin almashtiriladigan valyuta boʻyicha haq olinadi, soʻngra u respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
Xalqaro tashkilotlarni, qoʻshma korxonalarni, ularning ajralib chiqqan korxonalarini, filiallarini va boshqa boʻlinmalarini tashkil etish va tugatishni, davlat roʻyxatiga olganlik, shuningdek qayta roʻyxatga olganlik uchun 2500 soʻm miqdorida haq olinadi, soʻngra u respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy
korxonalarni davlat tomonidan roʻyxatga olish tartibi
korxonalarni davlat tomonidan roʻyxatga olish tartibi
11. Xorijiy korxonalarni roʻyxatga olish mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Roʻyxatga olish uchun xorijiy korxonaning taʼsischilaridan biri roʻyxatga oluvchi organga yozma ariza beradi, u oʻzbek (rus) tiliga tarjima qilinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.
Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlarning notariusda tasdiqlangan (yoki ularni beruvchi organlarda tasdiqlangan) nusxalari ilova qilinadi:
— xorijiy korxona tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bergan ruxsatnoma;
— xorijiy korxonaning belgilangan tartibda oʻzbek (rus) tiliga tarjima qilingan ustavi;
— roʻyxatga olinganlik uchun toʻlov toʻgʻrisidagi kvitansiya.
12. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan xorijiy korxonalar mazkur Nizomning 11-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar taqdim qilingandan soʻng roʻyxatga oluvchi organda qayta roʻyxatga olinadi.
13. Xorijiy korxonalarning ajralib chiqqan korxonalari, filiallari va boshqa boʻlinmalari xorijiy korxonalar uchun belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olinadilar.
III. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladigan
qoʻshma korxonalarni, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarni
roʻyxatga olish tartibi
qoʻshma korxonalarni, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarni
roʻyxatga olish tartibi
14. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻzbekistonlik va xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar ishtirokidagi qoʻshma korxonalar istalgan turda, shu jumladan, aksionerlik jamiyatlari, javobgarligi cheklangan jamiyatlar, kichik korxonalar va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik aktlariga zid kelmaydigan boshqa turlarda tashkil etilishi mumkin.
15. Roʻyxatga olish uchun qoʻshma korxonaning oʻzbekistonlik qatnashchilaridan biri roʻyxatga oluvchi organga yozma ariza beradi.
Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizaga kuyidagi hujjatlarning notariusda tasdiqlangan (yoki ularni beruvchi organlarda tasdiqlangan) nusxalari ilova qilinadi:
— qoʻshma korxonaning oʻzbekistonlik qatnashchilari yuqori organlarining qarorlari;
— vakolatli ekspert komissiyasining xulosasi;
— qoʻshma korxona tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma;
— qoʻshma korxonaning ustavi;
— roʻyxatga olinganlik uchun toʻlov toʻgʻrisidagi kvitansiya;
— qoʻshma korxonaning har bir qatnashchisi tomonidan ustav fondiga ulushlar qoʻshish toʻgʻrisida kvitansiya (agar qoʻshma korxona javobgarligi cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan taqdirda bunday hujjat taqdim etiladi).
16. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan qoʻshma korxonalar quyidagi hujjatlarning notariusda tasdiqlangan (yoki ularni beruvchi organlarda tasdiqlangan) nusxalari ilova qilingandan soʻng roʻyxatga oluvchi organda qayta roʻyxatga olinadi:
— qoʻshma korxonani tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma;
— qoʻshma korxonaning ustavi;
— ishning oxirgi yili yuzasidan moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobot;
— roʻyxatga olish toʻgʻrisida SSSR Moliya vazirligi bergan maʼlumotnoma;
— qayta roʻyxatga olinganlik uchun toʻlov toʻgʻrisidagi kvitansiya.
17. Oʻzbekiston Respublikasi hududida moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi xalqaro birlashmalar va tashkilotlar (xalqaro jamoatchilik birlashmalari bundan mustasno) qoʻshma korxonalar uchun belgilangan tartibda roʻyxatga olinadilar.
IV. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tashkil
etiladigan qoʻshma korxonalarni xalqaro birlashmalar va
tashkilotlarni roʻyxatga olish tartibi
etiladigan qoʻshma korxonalarni xalqaro birlashmalar va
tashkilotlarni roʻyxatga olish tartibi
18. Boshqa davlatlarning hududida oʻzbekistonlik hamda xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar ishtirokidagi qoʻshma korxonalar ushbu davlatlarning qonunchilik aktlariga zid kelmaydigan shakllarda tashkil etilishi mumkin.
19. Roʻyxatga olish uchun qoʻshma korxonaning oʻzbekistonlik qatnashchilaridan biri roʻyxatga oluvchi organga yozma ariza beradi.
Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlarning notariusda tasdiqlangan (yoki ularni beruvchi organlarda tasdiqlangan) nusxalari ilova qilinadi:
—Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida qoʻshma korxona tashkil etishga roziligi;
— qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma;
— qoʻshma korxona ustavi;
— roʻyxatga olinganlik uchun toʻlov toʻgʻrisidagi kvitansiya.
20. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar mazkur Nizomning 19-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar taqdim qilingandan keyin roʻyxatga oluvchi organ tomonidan qayta roʻyxatga olinadi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi xalqaro birlashmalar va tashkilotlar (xalqaro jamoatchilik birlashmalari bundan mustasno) qoʻshma korxonalar uchun belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olinadilar.
V. Qoʻshma korxona (QK)larning mamlakatimizdagi
boʻlinmalarini roʻyxatga olish tartibi
boʻlinmalarini roʻyxatga olish tartibi
22. Roʻyxatga (olish uchun QKlarning mamlakatimizdagi boʻlinmalari bosh korxonasi roʻyxatga oluvchi organga yozma ariza beradi.
Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlarning notariusda tasdiqlangan (yoki ularni beruvchi organlarda tasdiqlangan) nusxalari ilova qilinadi:
— QKning mamlakatimizdagi boʻlinmalari bosh korxonasining mazkur boʻlinmani ochish toʻgʻrisidagi qarori;
— vakolatli ekspert komissiyasining xulosasi;
— bosh korxonaning yuqori organi tasdiqlagan QKning mamlakatimizdagi boʻlinmasi toʻgʻrisidagi ustav (nizom);
— bosh korxonani tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma;
— bosh korxona ustavi;
— roʻyxatga olinganlik uchun toʻlov toʻgʻrisidagi kvitansiya.
23. QKlarning mamlakatimizdagi boʻlinmalari quyidagi hujjatlarning notariusda tasdiqlangan (yoki ularni beruvchi organlarda tasdiqlangan) nusxalari taqdim qilingandan keyin roʻyxatga oluvchi organda qayta roʻyxatga olinadi:
— QKning mamlakatimizdagi boʻlinmalari bosh korxonasining mazkur boʻlinmani qayta roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarori;
— bosh korxonaning yuqori organi tasdiqlagan QKning mamlakatimizdagi boʻlinmalari toʻgʻrisida ustav (nizom);
— QKning mamlakatimizdagi boʻlinmalarining moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida yillik hisobot;
— roʻyxatga olinganlik uchun toʻlov toʻgʻrisidagi kvitansiya.
VI. Qoʻshma korxona (QK)larning chet mamlakatlardagi
boʻlinmalarini roʻyxatga olish tartibi
boʻlinmalarini roʻyxatga olish tartibi
24. Roʻyxatga olish uchun QKning chet mamlakatlardagi boʻlinmalari bosh korxonasi roʻyxatga oluvchi organga yozma ariza beradi.
Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlarning notariusda tasdiqlangan (yoki ularni beruvchi organlarda tasdiqlangan) nusxalari ilova qilinadi:
— Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasining QKning chet mamlakatlardagi boʻlinmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi roziligi;
— QKning chet mamlakatlardagi boʻlinmalari bosh korxonasining mazkur boʻlinmani ochish toʻgʻrisidagi qarorlari;
— bosh korxonaning yuqori organi tasdiqlagan QKning chet mamlakatlardagi boʻlinmasi toʻgʻrisidagi ustav (nizom);
— bosh korxonani tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma;
— bosh korxona ustavi;
— roʻyxatga olinganlik uchun toʻlov toʻgʻrisidagi kvitansiya.
25. QKlarning chet mamlakatlardagi boʻlinmalari mazkur Nizomning 24-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar taqdim qilingandan keyin roʻyxatga oluvchi organda qayta roʻyxatga olinadi.
Vakillari taʼsis hujjatlarini ekspertiza qilish hamda
QKlarni tashkil etishga va ularning samarali ishlashiga yordam
berish boʻyicha vakolatli komissiyalar tarkibiga kiradigan
tashkilotlarning
QKlarni tashkil etishga va ularning samarali ishlashiga yordam
berish boʻyicha vakolatli komissiyalar tarkibiga kiradigan
tashkilotlarning
TAXMINIY ROʻYXATI
1. Viloyat ijroiya qoʻmitasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi).
2. Viloyat moliya boʻlimi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent shahar moliya boʻlimi).
3. Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasining mintaqaviy boʻlimi.
4. Viloyat statistika boshqarmasi.
5. Viloyat (shahar) soliq inspeksiyasi.
6. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining mintaqadagi boʻlinmasi.