Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA IQTISODIYOTNI
BARQARORLAShTIRISh VA PULNING KADRSIZLANIShIGA
QARShI SIYOSAT BOʻYIChA KENGASh TAShKIL ETISh
TOʻGʻRISIDA
BARQARORLAShTIRISh VA PULNING KADRSIZLANIShIGA
QARShI SIYOSAT BOʻYIChA KENGASh TAShKIL ETISh
TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 27-fevraldagi 89-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-noyabrdagi 279-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, respublikadagi ishlarning ahvoliga baho berish bilan bogʻliq takliflarni tayyorlash, xorijiy kompaniyalar va banklar bilan bitimlarni samarali amalga oshirish dasturini ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi vitse-Prezidenti oʻrtoq Sh. R. Mirsaidov raisligida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va pulning qadrsizlanishiga qarshi siyosat boʻyicha Kengash tuzilsin. Kengash tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* ilova berilmaydi.
2. “Ekoprom” davlat konsorsiumining “Ekoprom” ekspertlari guruhini amaliy yordam berish uchun respublikaga yuborish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin va ular Kengash tarkibiga kiritilsin.
3. Ekspert guruhi rahbari, “Ekoprom” bosh direktorining oʻrinbosari oʻrtoq G. M. Popiashvili Vazirlar Mahkamasi huzuridagi iqtisodiyotni barqarorlashtirish va pulning qadrsizlanishiga qarshi siyosat boʻyicha Kengashning hamraisi etib tayinlansin hamda unga kreditlar ajratish toʻgʻrisida xorijiy firmalar va banklar bilan muzokaralar olib borish va maqsadlar haqidagi protokollarni imzolash vakolati berilsin.
4. Kengash raisi oʻrtoq Sh. R. Mirsaidov:
respublikaning manfaatdor vazirliklari, idoralari, ilmiy-tadqiqot muassasalarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi tarmoqlarini, birinchi navbatda chet el kapitalidan samarali foydalanish asosida yengil va qayta ishlash sanoatini zamonaviylashtirish haqidagi takliflarni ishlab chiqishni tashkil etsin va ularni shu yil 15-noyabrgacha taqdim etsin;
“Ekoprom” davlat konsorsiumi bilan oʻzaro majburiyatlar, bitimlarni ishlab chiqish, Dasturni amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash boʻyicha shartnoma tuzsin.
5. Moliya vazirligi (oʻrtoq E. J . Boqiboyev) Davlat sugʻurtasini va boshqa manfaatdor tashkilotlarni jalb qilgan holda “Ekoprom” ekspertlari bilan respublikada lotereya oʻtkazish shartlarini muhokama qilsin va 10 kun muddat ichida takliflar kiritsin.
6. Toshkent shahar Kengashi (oʻrtoq A. I. Fozilbekov) “Ekoprom” ekspert guruhining Toshkent shahrida ishlashi uchun bino ajratsin va zarur sharoitlar yaratsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 2-noyabr,
279-son