1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.01.00 Kredit uyushmalari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini roʻyxatga olish;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

KREDIT UYuShMALARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh VA ULARGA LITSENZIYA BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 23-iyunda 1586-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/6-sonli “Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2084, 01.03.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7, 17 va 50-moddalari hamda “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 4, 5, 6, 7 va 10-moddalariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Markaziy bankning 2002-yil 25-maydagi 14/23-sonli qaror va u bilan tasdiqlangan “Kredit uyushmasi ustav fondining eng kam miqdorini, roʻyxatga olish yigʻim miqdorini, ijro etuvchi organ rahbariga malakaviy talablarni, kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish va roʻyxatga olish shakllari va tartibini hamda kredit uyushmasining aʼzosi tomonidan pay badalini toʻlaganligi haqidagi sertifikat shakli toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi nizom (2002-yil 21-iyun roʻyxat raqami 1151) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 13-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11 / 9-son

Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 13-maydagi 11/9-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya olish uchun qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kredit uyushmalari ustav fondining eng kam miqdori quyidagicha oʻrnatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 ming AQSh dollari ekvivalentida — Toshkent shahrida tuzilayotgan kredit uyushmalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 ming AQSh dollari ekvivalentida — boshqa aholi punktlarida tuzilayotgan kredit uyushmalari uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining milliy valyutadagi ekvivalenti muassislar tomonidan kredit uyushmasini tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi matnda — Markaziy bank) kursi asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ustav fondi mazkur Nizomda kredit uyushmalariga oʻrnatilgan miqdordan kam boʻlgan kredit uyushmalari ushbu Nizom kuchga kirgan kunidan boshlab bir yil davomida ustav fondining miqdoriga qoʻyilgan talablarni bajarishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kreditga va garovga olingan mablagʻlardan hamda boshqa jalb etilgan mablagʻlardan kredit uyushmasining ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish paytigacha ustav fondi mablagʻlarini toʻplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi banklarida vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻi kredit uyushmasining vakolatli vakili arizasi asosida ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pay badallari kredit uyushmasi aʼzolari tomonidan ustav fondini shakllantirish uchun kredit uyushmasi nomiga tijorat bankida ochilgan vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻiga shaxsan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankka kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun toʻliq hujjatlar toʻplami taqdim etilgandan soʻng va kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziya olgunga qadar, banklarda ochilgan vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻiga qoʻshimcha pul mablagʻlarini qoʻyish yoki jamgʻarilgan pul mablagʻlarini qaytarib olishga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻrsatilgan mablagʻlardan depozit sifatida foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmasini roʻyxatga olish rad etilgan hollarda vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻidagi mablagʻlar muassislarga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Roʻyxatga olish uchun yigʻim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kredit uyushmasi davlat roʻyxatiga olingani uchun toʻlov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etishdan avval kredit uyushmasini davlat roʻyxatiga olish uchun yigʻim Markaziy bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan holda toʻlangan yigʻim Markaziy bank tomonidan uch kun ichida muassislarga qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Hujjatlarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Muassislar tomonidan kredit uyushmasi manfaatlarini va Markaziy bankning davlat roʻyxatidan oʻtkazishga hamda litsenziya berishga doir talablarini bajarishga vakolatli shaxsni tayinlaydilar. Mazkur shaxsning vakolatlari muassislar umumiy yigʻilishining bayoni bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakolatli shaxs muassislar umumiy yigʻilishi tomonidan kredit uyushmasini tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng 90 kundan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki uning hududiy boshqarmasiga kuyidagilarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatilgan holdagi roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza;

muassislar umumiy yigʻilishining kredit uyushmasini tuzish toʻgʻrisidagi bayonnomasi;

kredit uyushmasining ustavi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasi faoliyatining biznes-rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — muassislarning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish yigʻimi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Taqdim etilgan biznes-reja quyidagi hollarda ishonchli emas deb hisoblanadi, agarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasi faoliyatini rivojlantirish strategiyasi va asosiy yoʻnalishlari toʻliq ochib koʻrsatilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy istiqbollar (taxminiy buxgalteriya balansi, yangi aʼzolarni jalb etish rejasi, depozit mablagʻlarini shakllantirish rejasi) buzib tuzilgan hamda kredit uyushmasi faoliyatining moʻljallangan strategiyasiga mos kelmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hajmi bir varaqdan ziyod boʻlgan, taqdim etiladigan barcha hujjatlar alohida yigʻmajild shaklida tikilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaziy bankning hududiy boshqarmasi taqdim etilgan hujjatlar toʻplamini toʻliqligini mazkur Nizom talablariga muvofiq uch kun muddatda oʻrganib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va unga litsenziya berish masalasini koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat roʻyxatiga olish bilan bir vaqtda kredit uyushmasiga kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi 1-sonli ilova shakliga muvofiq litsenziya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Litsenziya berilgan vaqtdan boshlab olti oy muddat ichida kredit uyushmasi oʻz faoliyatini amalga oshirishga kirishishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Litsenziya olingandan soʻng, Markaziy bankning hududiy boshqarmasi vakolatli shaxsni kredit uyushmalari faoliyatini tartibga soluvchi, kerakli huquqiy-meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kredit uyushmasini davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin Markaziy bank quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi yuridik yigʻmajildni rasmiylashtiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatilgan holdagi roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislar umumiy yigʻilishining kredit uyushmasini tuzish toʻgʻrisidagi bayonnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasi ustavi (ustki qismiga Markaziy bank vakolatli mansabdor shaxsining imzosi va Markaziy bank muhri qoʻyilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi imzolagan muassislar roʻyxati va ular tomonidan toʻlangan pay badallari miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvining kredit uyushmasini davlat roʻyxatiga olish va unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi karta (2-sonli ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yuridik yigʻmajild Markaziy bank tomonidan uch nusxada tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nusxasi kredit uyushmasi Kengash raisiga imzo qoʻydirilgan holda topshiriladi va u yuridik hujjatlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus joyda saqlanishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nusxasi Markaziy bankda saqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nusxasi kredit uyushmasi joylashgan manzili boʻyicha Markaziy bankning hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kredit uyushmasi aʼzolik sertifikati shakli va uni berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shaxsning kredit uyushmasiga aʼzo ekanligini tasdiqlovchi hujjat certifikati hisoblanadi (3-sonli ilovaga muvofiq beriladi). Sertifikat kredit uyushmasi rahbari tomonidan imzolanadi va uning imzosi kredit uyushmasi muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatning ilovasi kredit uyushmasi aʼzosi tomonidan kiritilgan pay badali miqdorini belgilaydi hamda sertifikatning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatning ilovasi bosh buxgalter imzosi hamda uyushma muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmasi aʼzosining — yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning — ismi sharifi oʻzgarganida, berilgan sertifikat bekor qilinadi va kredit uyushmasiga aʼzo boʻlgan sanasi koʻrsatilgan holda yangi shakldagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Pay badallarini toʻlaganlik va kredit uyushmasiga aʼzo boʻlganlik sertifikati kredit uyushmasi davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yangi tuzilayotgan kredit uyushmalari uchun badallarni toʻlanganlik tasdigʻi boʻlib, vaqtinchalik jamgʻarma hisobvaragʻiga pul oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bank koʻchirmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Kredit uyushmasi Ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kredit uyushmasi Ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar (ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish toʻgʻrisidagi oʻzgartirishlar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida Markaziy bankka quyidagi hujjatlar 3 nusxada taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasi Kengashi raisi imzosi bilan ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustavga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi kredit uyushmasi aʼzolari umumiy yigʻilishining bayonnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasi Kengash raisi tomonidan imzolangan kredit uyushmasi ustaviga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlarni mazkur Nizom va qonunchilik talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 kalendar kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlar qonunchilik va mazkur Nizom talablariga javob bermagan holda, hujjatlar kredit uyushmasiga qayta ishlab chiqish uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Markaziy bankning Kredit tashkilotlarini roʻyxatga olish va litsenziyalash komissiyasi (keyingi matnda – Komissiya) tomonidan kredit uyushmasi ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng, kredit uyushmasi ustavi ustki qismiga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi va taqdim etilgan hujjatlarning bir nusxasi Markaziy bankda saqlanadigan kredit uyushmasining yuridik yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarning bir nusxasi Komissiyaning oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qilingan majlis bayonnomasidan koʻchirma bilan birga kredit uyushmasi joylashgan manzil boʻyicha Markaziy bank hududiy boshqarmasiga va kredit uyushmasiga ularda saqlanadigan yuridik yigʻmajildiga tikib qoʻyish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kredit uyushmasi ustaviga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Markaziy bankda davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi va uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Kredit uyushmasi filialini tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Filial uni tuzgan kredit uyushmasi tomonidan mol-mulk bilan taʼminlanadi. Filial nomlanishi “filial” soʻzi koʻrsatilgan holda uni tuzgan kredit uyushmasi nomi bilan mos kelishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan kredit uyushmasi filliallari yuridik shaxs hisoblanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmasi filiali qonunchilikka muvofiq kredit uyushmasi Kengashi qaroriga binoan Markaziy bankda hisobga olingan holda tuziladi (yoki tugatiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Filial oʻz faoliyatini kredit uyushmasi Kengashi tasdiqlagan filial toʻgʻrisidagi Nizom va kredit uyushmasiga berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kredit uyushmasi quyidagi shartlarga rioya qilgan holda filial tuzishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasining moliyaviy ahvoli qoniqarli boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasi qonunchilik va Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasi kunlik jamlama buxgalteriya balansini tuzish uchun kerakli dasturiy-texnik vositalarga hamda malakali buxgalteriya xodimlariga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filial ochayotgan kredit uyushmasi roʻyxatga olingan kundan boshlab kamida ikki yil davomida oʻz faoliyatini amalga oshirgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank talablariga javob beradigan tegishli xonalar va uskunalar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizom maqsadlari uchun kredit uyushmasining moliyaviy holati quyidagi holatlarda qoniqarli hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasi oʻz faoliyatining joriy yil natijalariga koʻra sof foyda olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati oʻtgan kreditlarning summasi oxirgi olti oy davomida kredit uyushmasining kredit portfeli hajmining 10%dan yuqori boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasining kapitali ustav fondi va tekinga olingan mulklarni chegirgandan soʻng oxirgi olti oy davomida kredit uyushmasi aktivlarining kamida 10% ni tashkil etishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kredit uyushmasi filialini hisobga olish uchun quyidagi hujjatlar toʻplami taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy asoslab berilgan holda mazkur filialni tuzish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filialni tuzish toʻgʻrisidagi kredit uyushmasi Kengashining qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasi tomonidan beriladigan vakolatlar doirasidagi huquq va majburiyatlar koʻrsatilgan filial toʻgʻrisida Nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filial rahbari va bosh buxgalteri lavozimiga koʻrsatilgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Filialni tuzish uchun taqdim etilgan hujjatlar toʻplami Markaziy bank tomonidan 30 kalendar kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlar toʻliq hamda qonunchilik talablariga va mazkur Nizomning 28-bandiga muvofiq kelsa, shuningdek kredit uyushmasi tomonidan barcha zarur tashkiliy-texnik chora-tartiblar bajarilgan holda, Kredit tashkilotlarini roʻyxatga olish va litsenziyalash komissiyasiga kredit uyushmasi filialini hisobga olish masalasi kiritiladi. Agar taqdim etilgan hujjatlar toʻplami ushbu Nizom va qonunchilik talablariga zid boʻlsa, hujjatlar toʻplami sabablar koʻrsatilgan holda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar qaytadan taqdim etilganda, Filial toʻgʻrisidagi nizom kredit uyushmasi Kengashi tomonidan qaytadan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kredit uyushmasi filialini hisobga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda keyinchalik buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan holda hamda filialning faoliyati natijasida kredit uyushmasining moliyaviy holati ogʻirlashganda Markaziy bank kredit uyushmasidan mazkur filialni tugatishni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kredit uyushmasining filiali joylashgan manzili boʻyicha qonunchilikda koʻrsatilgan tartibda bankda hisobvaragʻini ochadi va qonunchilikka hamda kredit uyushmasining filial toʻgʻrisidagi Nizomiga muvofiq hisob-kitob va kassa xizmatini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Litsenziya yoʻqotib qoʻyilganligi uchun dublikat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya oʻrniga litseziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin. Litsenziat litsenziya dublikati olish uchun litsenziyalovchi organga, yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda litsenziya dublikati berish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmalarini roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun ______- sonli Litsenziya
200__ y. “___” __________
Toshkent sh.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 20____ yil “____” ___________dagi _________-sonli qaroriga muvofiq ____________________________________________________________________________________________________
(Kredit uyushmasining toʻliq nomi)
_____________________________________________________________________________________ kredit uyushmasi
(pochta manzili va boshqa rekvizitlar)
Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
Ushbu litsenziya belgilanmagan muddat davomida amal qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu litsenziya amal qilishini toʻxtatib qoʻyishi, toʻxtatishi yoki Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Kredit uyushmalar toʻgʻrisida”gi qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda uni bekor qilishi mumkin.
Kredit uyushmasi 20____ yil “____” ___________ da ______-raqam ostida kredit uyushmalarini roʻyxatga olish Davlat kitobiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining oʻrinbosari
_____________________ (ismi- sharifi )
(M.Oʻ.)
_____________________ (imzo)
Seriya AA № 000000.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmalarini roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmasini roʻyxatga olish kartasi
Kredit uyushmasining nomi
Pochta manzili:
Litsenziya raqami va berilgan sanasi
Kredit uyushmasi Kengashi raisi
Telefon raqami
Kredit uyushmasining ijro etuvchi organ rahbari
Telefon raqami
Bosh buxgalter
Telefon raqami
Roʻyxatga olish sanasiga asosiy koʻrsatkichlar
Ustav fondi summasi
Aʼzolar soni, shulardan: yuridik shaxslar jismoniy shaxslar
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari
___________y.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmalarini roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmasiga aʼzolik toʻgʻrisida __ - sonli SERTIFIKATI № _____________________ (aʼzo tartib raqami)
yuqorida koʻrsatilgan kredit uyushmasining aʼzosi deb _______________________________________hisoblanadi.
(kredit uyushmasiga aʼzo boʻlgan sana)
Imzo: ____________________________________ (kredit uyushmasi rahbari)
Muhr
Seriya _____ №________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmasiga aʼzolik toʻgʻrisida ______– sonli Sertifikatiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pay badali miqdorini kiritgan (oʻzgartirgan) sana
Pay badali qoldigʻi
Aʼzo imzosi
Bosh buxgalter imzosi (muhr)
PAY BADALI MIQDORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmalarini roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biznes-rejani ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy maʼlumot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmasining firma nomini va manzilini koʻrsatib oʻting.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kredit uyushmasining faoliyati tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmasining asosiy faoliyat yoʻnalishini koʻrsating.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmasining moʻljallangan xizmatlar roʻyxatini va ularni amalga oshirish rejasini koʻrsating. Moʻljallangan xizmatlarni qisqacha tavsifi hamda ularni omonatlar, kreditlar va boshqa xizmatlar boʻyicha tasnifini taqdim eting.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlarni amalga oshirish rejasini taqdim eting. Moʻljallangan xizmatlarni joriy etish strategiyasini tavsiflab bering. Kredit uyushmasi aʼzolariga xizmatlar koʻrsatishga doir mavjud usullarini koʻrsating (ommaviy axborot vositalarida reklamalar joylashtirish, ilmiy seminarlar va yigʻilishlar oʻtkazish yoʻli bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Rahbariyat va boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmasining muassislari rahbarlari va kengash aʼzolari, ijro etuvchi organi haqida maʼlumot keltiring:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasining barcha muassislari va kengash aʼzolarining nomlari va manzillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmasining ijro etuvchi organi aʼzolarini hamda bosh buxgalter nomlari va manzillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakil shaxsning ismi-sharifi va manzili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari, ijro etuvchi organ, kredit qoʻmitasi va taftish komissiyasining tashkiliy tarkibi va majburiyatlarini tavsiflab bering.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Bozor tahlili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatilishi moʻljallanayotgan bozorni tahlil qiling. Sizning tashkilotingiz xizmat koʻrsatmoqchi boʻlgan bozorni iqtisodiy jihatdan tavsiflab bering. Bozorda kutilayotgan oʻzgarishlarni, bunday oʻzgarishlarga taʼsir etuvchi omillarni va ularning tuzilayotgan kredit uyushmasiga taʼsirini tavsiflab bering. Tahlil oxirgi iqtisodiy maʼlumotlardan foydalanishga asoslangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻzda tutilayotgan xizmat koʻrsatish bozoridagi raqobatni tahlil qilib chiqing. Siz xizmat koʻrsatmoqchi boʻlgan bozor segmenti (boʻgʻimi)dagi raqobatchilarni, mazkur bozorga taʼsir oʻtkaza oladigan tashqi raqobatchilarni, shuningdek, boshqa potensial raqobatni sanab oʻting. Ularning bozor strategiyasi tahlili hamda oʻzingizning oʻzlashtirishingizni va tuzilayotgan kredit uyushmasiga kutilayotgan taʼsirini tavsiflab bering.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Maqsad va rejalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor tahlilida, yangi kredit uyushmasini maqsad va prognozlarni oʻrnatilishida foydalanilgan asosiy prognoz taxminlarini tushuntiring va taqdim eting. Eng kamida quyidagi maʼlumotlarni kiriting:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor oʻsishi, foiz stavkalari, resurslar qiymati, raqobat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aktiv va majburiyatlar tarkibi. Moliyaviy prognoz hisobotlar aktiv va majburiyatlar tarkibini, asosiy vositalarga boʻlgan investitsiyalarni hamda xodimga berilgan kompensatsiya (toʻlov)larni koʻrsatishlari lozim. Ular bozor tahlili va strategiyalarda aks ettirilgan tahminlarga asoslanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Kapitalizatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlab olingan strategiya va rejalashtirilgan xarajatlarga, tashqi sharoitga koʻproq muvofiq keluvchi, taxmin qilinayotgan kapital tarkibini taqdim eting.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapitalning oʻsish rejasini va birinchi uch yilda moliyaviy oʻsish faoliyatini tasvirlab bering.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Kredit uyushmasini tuzishga manfaatdor boʻlgan shaxslar guruhlarini oʻrganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir potensial kredit uyushmasi mahalliy aholining kredit uyushmasi faoliyatiga boʻlgan qiziqishlarini, shuningdek, kredit uyushmasining potensial aʼzolarini aniqlash maqsadida tadqiqotlar oʻtkazadi. Tadqiqotlar natijalari taxminiy boʻlib, yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda kredit uyushmasining potensial homiylarini aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 243-modda)