Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-sonli “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 19-iyunda 1585-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 12-oktabrdagi PF-3808-sonli “2006-yilning 1-noyabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi 2006-yil 26-oktabrdagi M-1,93-sonli (roʻyxat raqami 1632, 27.10.2006-y.) qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-sonli “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-sonli “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar rus tilidagi atnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2006-yil 15-iyun,
117-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 15-iyun,
55-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 240-modda)