Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
BUYRUGʻI
NOTARIAL IDORALARI TOMONIDAN BERILADIGAN GERBLI BLANKALARNI HISOBGA OLISH, SAQLASH, SARFLASH VA ULAR BOʻYICHA HISOBOT BERISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalarni, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 8-bandiga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattorov):
mazkur buyruqni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin va vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar normativ hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin;
ushbu buyruqni barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi va amalda qoʻllanilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (U. Ayubov) mazkur normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etishni taʼminlasin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshliqlari:
davlat notarial idoralarni va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarni gerbli blankalar bilan bir yillik ehtiyoji miqdorida taʼminlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan gerbli blankalarni hisobga olinishi, saqlanishi va sarflanishi ustidan doimiy qattiq nazorat olib borsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
joriy yilning iyun oyida mazkur Qoidalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan davlat notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar bilan seminar mashgʻulotlari tashkil etsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosma fabrikasidan gerbli blankalarni qabul qilishi, hisobga olish, saqlash va topshirish (joʻnatish)ga masʼul etib Ishlar boshqarmasining boshligʻi N. Shirinov tayinlansin.
7. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E.S. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Adliya vaziri B. MUSTAFAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-iyun,
95-mh-son
Notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni
hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalari
hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalari
Keyingi tahrirga qarang.
1. Gerbli (maxsus) blanklar qatʼiy hisobda turuvchi blanklar hisoblanadi va maʼlum seriya, tartib raqami, hududiy kodiga ega boʻlib, ularning shakli Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va uning buyurtmasiga koʻra faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosma fabrikasida (bundan buyon matnda “Davlat belgisi” bosma fabrikasi deb yuritiladi) muhofazalangan qogʻozlarda tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Gerbli blankalarni “Davlat belgisi” bosma fabrikasidan qabul qilish, hisobga olish, saqlash va topshirish (joʻnatish) Adliya vazirligining buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul xodim zimmasiga yuklatiladi.
Gerbli blankalarni Adliya vazirligidan qabul qilib olish, hisobga olish, saqlash va topshirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda “adliya boshqarmasi” deb yuritiladi) boshliqlarining buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
2. Adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan uch kishi (boshqarma boshligʻining notarial idoralarga rahbarlik qiluvchi oʻrinbosari, bosh hisobchi va notariat ishlari boʻyicha masʼul xodim)dan iborat tarkibda tuzilgan maxsus komissiya gerbli blanklarni qabul qilayotganida oʻramlar sonini, oʻram yorligʻining butunligini, agar buzilgan boʻlsa oʻram yorligʻida koʻrsatilgan blanklar raqamlari va soni toʻgʻriligini, blankalar soni yukxat bilan toʻgʻri kelish kelmasligini tekshirishi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzishi zarur. Shuningdek, ushbu komissiya tomonidan notarial idoralarda toʻldirish chogʻida buzilgan blankalar dalolatnoma asosida qabul qilib olinadi va 2 nusxada tuzilgan dalolatnoma boʻyicha har yili bir marta yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi. Mazkur dalolatnomaning bir nusxasi yillik hisobot bilan Adliya vazirligiga taqdim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Davlat belgisi” bosma fabrikasidan qabul qilingan gerbli blanklar Adliya vazirligida shu kuniyoq zudlik bilan saqlanishi uchun masʼul shaxs tomonidan, yukxat asosida gerbli blankalar hisobini yuritish daftariga ularning hisobi, blankaning turi, seriyasi, raqami, hududiy kodi, soni va qabul qilingan vaqti koʻrsatilgan holda kirim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Adliya vazirligidan qabul qilingan gerbli blanklar adliya boshqarmasida, shu kuniyoq zudlik bilan saqlanishi uchun masʼul shaxs tomonidan yukxat asosida gerbli blankalar hisobini yuritish daftariga ularning hisobi, blankaning turi, seriyasi, raqami, soni va qabul qilingan vaqti koʻrsatilgan holda kirim qilinadi (1-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli blankalar notarial idoralarida xuddi shu tarzda kirim qilinadi (1-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
Xuddi shu tartibda gerbli blankalarni hisobga olish va tarqatish daftari Adliya vazirligining Ishlar boshqarmasi tomonidan yuritiladi.
Tashqi ishlar vazirligi konsullik muassasalari gerbli blankalar bilan, ehtiyojiga qarab, Toshkent shahri uchun tayyorlatilgan seriyadagi gerbli blankalar hisobidan taʼminlanadi. Konsullik muassasalari tomonidan gerbli blankalar boʻyicha hisobot Tashqi ishlar vazirligiga belgilangan tartibda topshiriladi.
5. Adliya boshqarmasida gerbli blankalarni davlat notarial idoralari va xususiy notariuslarga tarqatish daftarlari yuritiladi. Ular raqamlanib, tikilib, adliya boshqarmasining rahbariyati tomonidan imzolanib, muhrlanadi (2-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar gerbli blankalarni sarflanishi yuzasidan 15A, 15B-shakllar asosida har oyda hisobot yuritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Adliya boshqarmasi davlat notarial idoralari va xususiy notariuslarni gerbli blankalar bilan bir yillik ehtiyoji miqdorida taʼminlaydi va sarflanishi ustidan har oylik 15A, 15B-shakllar hisobotlarini qabul qilishda sarflash daftari bilan taqqoslab tekshirib, nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Adliya boshqarmasidan gerbli blankalar ikki yoki undan ortiq notarius ishlaydigan davlat notarial idoralaridan katta notariusga, u vaqtincha boʻlmaganida (xizmat safari, taʼtil, kasallik va h. k.) tegishli buyruq bilan uning vazifasini bajarish vaqtincha yuklatilgan notariusga, qolgan davlat notarial idoralarida davlat notariusi va xususiy notariusga gerbli blankalarni tarqatish daftarida ularning familiyasi yozilib, imzosi qoʻydirilgan holda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Gerbli blankalar bilan ishlashda ushbu Nizomda belgilangan tartibga rioya qilinishi uchun notariuslar, ikki yoki undan ortiq notarius ishlaydigan davlat notarial idoralaridan katta notariuslar hamda xususiy notariuslar shaxsan masʼuldir.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Gerbli blanklarning yoʻqolganligi yoki noqonuniy sarflanganligi holatlari aniqlangan holda 24 soat ichida Adliya vazirligiga maxsus xabar berilishi va besh kun ichida xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi, zarur hollarda, tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Adliya boshqarmasida gerbli blankalarning hisobga olinishi, saqlanishi va sarfi boʻyicha masʼuliyat boshqarma boshligʻining notarial idoralariga rahbarlik qiluvchi oʻrinbosariga yuklatiladi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan masʼul shaxs uzrli sabablarga koʻra ishda vaqtincha boʻlmaganida (taʼtil, xizmat safari, kasallik sababli va h. k.), javobgarlik tegishli buyruq bilan tayinlangan shaxsga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Davlat notariusi va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius faoliyati toʻxtatilgan yoki tugatilgan taqdirda, undagi gerbli blankalar dalolatnoma orqali Adliya boshqarmasiga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Notarial idoralari adliya boshqarmasidan gerbli blankalarni qabul qilib olayotganida, maxsus komissiya aʼzolari ishtirokida har bir blanka oʻrami alohida ochilgan holda tekshirib koʻriladi. Blankalarning yetishmasligi yoki nuqsoni borlari (himoya kataklarining, bosma matnning yoʻqligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar, hududiy kodi yoki tartib raqamlari boʻlgan, qiyshaygan shriftli, notoʻgʻri kesilgan va notoʻgʻri shaklli, seriya va tartib raqamlari yoʻq boʻlgan yoki oʻram yorligʻiga boshqacha tarzda nomuvofiq boʻlgan blankalar) aniqlangan taqdirda maxsus komissiya tomonidan uch nusxada dalolatnoma tuziladi va shu kuniyoq Adliya vazirligiga faks orqali maxsus xabar qilinadi. Dalolatnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari nuqsonli blankalar chiqqan oʻram yorligʻi va nuqsoni bor blankalar hamda ilova xat bilan uch kun ichida Adliya vazirligiga joʻnatiladi. Bu holda dalolatnomaning ikkinchi nusxasi Adliya vazirligida qoldirilib, birinchi nusxasi oʻram yorligʻi va nuqsoni bor blankalar bilan tegishli xat orqali “Davlat belgisi” bosma fabrikasiga joʻnatiladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi oʻram yorligʻi kseronusxasi bilan bevosita adliya boshqarmasida qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Notarial idoralarda adliya boshqarmasidan qabul qilib olingan blankalarni kirim qilish daftari raqamlanib tikiladi va adliya boshqarmasi boshligʻi yoki uning notarial idoralarga rahbarlik qiluvchi oʻrinbosari tomonidan imzolanib, muhrlanadi.
Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli blankalar notarial idoralari tomonidan shu kuniyoq ularning hisobi va saqlanishi uchun masʼul shaxs tomonidan kirim qilish daftariga gerbli blankaning turi, seriyasi, raqami, soni va qabul qilingan vaqti koʻrsatilgan holda kirim qilinadi (3-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
15. Notarial idoralarda gerbli blankalarning hisobga olinishi, sarflanishi va saqlanishi uchun masʼul shaxs almashgan hollarda gerbli blankalarni va ularning hisobot hujjatlarini qabul qilish-topshirish ishlari adliya boshqarmasi boshligʻining notarial idoralarga rahbarlik qiluvchi oʻrinbosari ishtirokida amalga oshiriladi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Yangi masʼul xodimga gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash va sarflash javobgarligi yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Qatʼiy hisobdagi gerbli blankalar adliya boshqarmasida maxsus jihozlangan, begona shaxslar kirishi taqiqlangan alohida xonalarda, notarial idoralarda poʻlat seyflarda yoxud maxsus temir shkaflarda saqlanishi zarur.
Gerbli blankalar bilan ishlash huquqiga, ularning hisobga olinishi, saqlanishi va sarfi uchun masʼul boʻlgan shaxslargina egadir. Gerbli blankalar saqlanayotgan xonaga kirish va gerbli blankalarning saqlanish ahvolini koʻrib chiqishga, ular uchun masʼul shaxslardan tashqari, ularning ishtirokida adliya boshqarmasi va Adliya vazirligining masʼul xodimlari haqlidirlar.
17. Ishdan tashqari vaqtlarda gerbli blankalar saqlanayotgan temir shkaflar, seyflar va xonalar belgilangan tartibda muhrlangan boʻlishi lozim.
18. Notarial idoralari faoliyati Adliya vazirligi va adliya boshqarmasi tomonidan oʻrganilganda gerbli blankalarning hisobga olinishi, saqlanishi va sarflanishi holatlari albatta tekshiriladi va natijasi haqida alohida maʼlumotnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Notarial idoralarda gerbli blankalarni sarflash daftarlari gerbli blankalarning har bir turi uchun alohida yuritiladi (4-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
20. Notarial idoralarning gerbli blankalar sarfini hisobga olish daftarlari tikilib, raqamlanib, adliya boshqarmasi boshligʻi yoki uning notarial idoralarga rahbarlik qiluvchi oʻrinbosari tomonidan imzolanib, sanasi koʻrsatilgan holda muhrlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Oʻtgan yilning yillik hisobotidan ortib qolgan gerbli blankalar sarfi sarflash daftarida joriy yilning 1-yanvarida 1-tartib raqamidan boshlab olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Qayta rasmiylashtirilgan ishonchnomalar uchun berilgan gerbli blankalar sarflash daftarida umumiy tartibda qayd etiladi (4-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
23. Sarflash daftarlariga kiritilgan har bir tuzatish shu varaqning pastki qismida tegishli tartibda izohlanib, muhr bilan tasdiqlanishi zarur.
Gerbli blankalarni sarflashda ularning raqamlari yozilishida ketma-ketlik qoidasini buzish, sarflash daftaridagi yozuvlarni oʻchirish, boʻyash, ustidan qogʻoz yopishtirish qatʼiyan man etiladi.
Sarflash daftarida har oyda, chorakda sarflangan guvohnomalarni orada ochiq qatorlar qoldirib ajratishga yoʻl koʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Notarial idoralarida toʻldirish vaqtida buzilgan gerbli blankalar tegishli dalolatnoma tuzilib, har oyda gerbli blankalar hisoboti bilan birga adliya boshqarmasiga topshiriladi.
Adliya boshqarmasining gerbli blankalar uchun masʼul xodimi ishtirokida ularning seriya, tartib raqamlari qirqib olinib dalolatnomaning 1-nusxasiga ilova qilingandan keyin, maxsus komissiya ishtirokida yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.
25. Sarflangan va qoldiq gerbli blankalar toʻgʻrisida hisobotlar tuziladi va notarial idoralari har oyda adliya boshqarmasiga, adliya boshqarmasi esa har chorakda Adliya vazirligiga topshiradi. Hisobotlarning toʻgʻriligi uchun bevosita notariuslar, adliya boshqarmasida boshqarma boshligʻining notarial idoralariga rahbarlik qiluvchi oʻrinbosari masʼul boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Qabul qilingan gerbli blankalarni kirim qilish daftari
| Yukxat raqami va sanasi | Kirim qilingan sana |
Blanka nomi | Guvohnoma seriyasi va raqamlari |
Soni | Izoh |
| № 23 20.06.06 y |
22.06.2006 | Ishonchnoma | AI-№000001-TN AI-№020000-TN |
20000 | |
| № 23 20.06.06 y |
22.06.2006 | Shartnoma | ASh-№000001-TN ASh-№030001-TN |
20000 | |
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Gerbli blankalarni sarflash (tarqatish) daftari
| Notarial idora nomi |
Sarf qilingan sana |
Blanka nomi | Blanka seriyasi va raqamlari |
Soni | Qabul qilgan masʼul shaxsning familiyasi va imzosi |
| Yunusobod tuman № 1 davlat notarial idorasi |
25.06.2006 | Ishonchnoma | AI-№000001-TN AI-№000200-TN |
200 | |
| 25.06.2006 | Shartnoma | ASh-№000001-TN ASh-№000300-TN |
300 | | |
| Yakkasaroy tuman № 1 davlat notarial idorasi |
25.06.2006 | Ishonchnoma | AI-№000201-TN AI-№000700-TN |
500 | |
| 25.06.2006 | Shartnoma | ASh-№000301-TN ASh-№001000-TN |
700 | |
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalariga
3-ILOVA
3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli blankalarni kirim qilish daftari
| Kirim qilingan sana |
Blanka nomi | Blanka seriyasi va raqamlari |
Soni | Izoh |
| 25.06.2006 | Ishonchnoma | AI-№000001-TN AI-№000200-TN |
200 | |
| 25.06.2006 | Shartnoma | ASh-№000001-TN ASh-№000300-TN |
300 | |
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalariga
4-ILOVA
4-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Gerbli blankalarni sarflash daftari*
| t/r | Berilgan sana | Blanka seriyasi va raqami |
Notarial harakat nomi | Reyestr raqami va sana | Izoh |
| 1. | 01.07.2006 | AI-№ 000120 TN |
Neksiya rusumli avtomashinasidan foydalanish huquqi bilan ishonchnoma Rasulov S.I. |
№ 1130 | |
| 2. | 02.07.2006 | AI-№ 000121 TN |
Matiz avtomashinasini boshqarish huquqi bilan ishonchnoma |
№ 340 12.01.2005 |
Qayta rasmiylashtirildi |
| | |||||
* Izoh: Sarflash daftari gerbli blankalarning har bir turi uchun alohida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.