Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MODDIY BALANSLARNI IShLAB ChIQISh VA TASDIQLASh
UChUN KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
UChUN KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Moddiy balanslarning prognoz parametrlari sifatli ishlab chiqilishi, ularning tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosarlari rahbarligida balanslarni bevosita ishlab chiquvchi idoralar va xoʻjalik birlashmalarining birinchi rahbarlari (istisno hollarda ularning birinchi oʻrinbosarlari), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlarning masʼul xodimlarini jalb etgan holda moddiy balanslar loyihalarini ishlab chiqish va kiritish boʻyicha ishchi guruhlar tashkil qilish amaliyotga joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, ishchi guruhlarning shaxsiy tarkiblari hamda moddiy balanslar loyihalarini ishlab chiqish va kiritish jadvallari har yili Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-iyun,
124-son
Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlarining oʻzaro hamkorligi tartibini, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarning asosiy turlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning moddiy balanslari loyihalarini (keyingi oʻrinlarda matnda “moddiy balanslar” deb yuritiladi) ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Asosiy moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi va muddatlari toʻgʻrisida” 2003-yil 29-sentabrdagi F–1845-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va imzolash tartibi toʻgʻrisida” 2005-yil 4-fevraldagi F–2118-son farmoyishlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Ishchi guruhlar tarkiblarini hamda moddiy balanslar loyihalarini ishlab chiqish va kiritish jadvalini tasdiqlash
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining moddiy balanslar loyihalarini ishlab chiqish va kiritish boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda matnda “ishchi guruhlar” deb yuritiladi) tarkiblarini hamda moddiy balanslar loyihalarini ishlab chiqish va kiritish jadvalini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoyishi loyihasini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va har yili 15-iyulgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har yili 25-iyulgacha moddiy balanslar loyihalarini ishlab chiqish va ularni Iqtisodiyot vazirligiga kiritish hamda keyinchalik Iqtisodiyot vazirligi tomonidan muddatlari va masʼul tashkilotlar koʻrsatilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish jadvalini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jadval bilan bir vaqtda Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosarlari rahbarligida balanslarni bevosita ishlab chiquvchi idoralar va tashkilotlarning rahbarlarini yoki rahbarlarning birinchi oʻrinbosarlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi masʼul xodimlarini jalb etgan holda ishchi guruhlar tarkiblari tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishchi guruhlar, zaruriyat boʻlsa, balanslar loyihalarini ishlab chiqish davrida boshqa vazirliklar va idoralarning vakillarini hamda Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari masʼul xodimlarini (kelishuv boʻyicha) jalb etish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Tarmoq vazirliklari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari darajasida moddiy balanslarni ishlab chiqish va ularni Iqtisodiyot vazirligiga kiritish
5. Moddiy balanslar loyihalari Iqtisodiyot vazirligiga kiritilgunga qadar balans ishlab chiqilishi uchun masʼul boʻlgan tarmoq vazirliklari, idoralar va xoʻjalik birlashmalari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligi (agar tasdiqlangan jadval boʻyicha loyiha oktyabr oyida va undan keyin kiritilsa — toʻqqiz oy) uchun tarmoq rivojlanishining amaldagi natijalari baholanishi va joriy yilga prognozlar hisobga olingan holda tarmoq darajasida prognoz moddiy balanslarning ssenariy variantlari tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Moddiy balanslar loyihalari tarmoq vazirliklari, idoralar va xoʻjalik birlashmalari tomonidan mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq ularni kiritish jadvalida nazarda tutilgan muddatlarda Iqtisodiyot vazirligiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Iqtisodiyot vazirligiga kiritiladigan moddiy balanslar loyihasi boʻyicha hujjatlar turkumida quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
idora rahbari tomonidan imzolangan ilova qilinadigan xat;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, farmoyishi yoki Hukumat qarori (Vazirlar Mahkamasining qarori, farmoyishi) loyihasi;
Mazkur Nizomga ilovaga muvofiq Xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarning eng muhim turlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish moddiy balanslarini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalarga muvofiq ishlab chiqilgan balans loyihasi va koʻrib chiqish jadvallari;
balans loyihasiga rahbar tomonidan imzolangan tushuntirish xati;
ehtiyojning, quvvatlardan foydalanish darajasining hisob-kitobi va balans moddasini asoslaydigan boshqa zarur hisob-kitob materiallari.
8. Mazkur Nizomning 7-bandi talablariga rioya qilinmasdan Iqtisodiyot vazirligiga kiritilgan moddiy balanslar loyihalari tushgan sanasidan boshlab 2 kundan kechikmay aniq mulohazalar koʻrsatilgan holda ishlab chiquvchilarga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda mulohazalar hisobga olingan holda qayta ishlangan moddiy balans loyihasi 3 kun muddatda takroran Iqtisodiyot vazirligiga kiritiladi.
IV. Moddiy balanslarni Iqtisodiyot vazirligida ishlab chiqish
Keyingi tahrirga qarang.
9. Iqtisodiyot vazirligi tomonidan qabul qilingan moddiy balanslar loyihalari soʻngra ishchi guruhlar tomonidan koʻrib chiqiladi. Moddiy balanslar loyihalarini koʻrib chiqish davomida tarmoq rivojlantirish dasturlari, Investitsiya dasturi, eksportning prognoz parametrlari, davlat strategik zaxirasining ehtiyojlari va iqtisodiy oʻsish surʼatlarining umumiy koʻrsatkichlari hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Ishchi guruhlar tarmoq vazirliklari, idoralar va xoʻjalik birlashmalari tomonidan kiritilgan moddiy balanslar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi, ularni kelishadi va jadvalda nazarda tutilgan muddatlarda mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq Iqtisodiyot vazirining imzosi bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Moddiy balanslar loyihalari Vazirlar Mahkamasining Ish tartibida belgilangan tartibda tegishli moddiy balanslarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmoyishlari yoki Hukumat qarorlari (Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari) shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
V. Moddiy balanslarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish tartibi
11. Tegishli moddiy balanslarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarorlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Zaruriyat boʻlsa, moddiy balanslar loyihalarini va ularni tasdiqlash toʻgʻrisidagi tegishli qarorlarni qaytarish Vazirlar Mahkamasining Ish tartibida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshirilishi mumkin.
Bunda hujjatlar mulohazalar hisobga olingan holda ishchi guruhda puxta qayta ishlanishi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaytarilgan kundan boshlab 3 kundan kechikmay takroran Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kerak.
13. Kiritilgan moddiy balanslar loyihalarini koʻrib chiqishga tayyorlash Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari tomonidan 10 kun muddatda amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan muddatning faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining qarori bilan uzaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Savollar va mulohazalar paydo boʻlgan taqdirda moddiy balans loyihasini puxta qayta ishlash ishchi guruh vakillarini jalb etgan holda Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari tomonidan amalga oshiriladi.
VI. Moddiy balanslar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish tartibi
14. Moddiy balanslar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va imzolash tartibi toʻgʻrisida” 2005-yil 4-fevraldagi F-2118-son farmoyishida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarning eng muhim turlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish moddiy balanslarini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Asosiy moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi va muddatlari toʻgʻrisida” 2003-yil 29-sentabrdagi F–1845-son farmoyishiga, Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Tavsiyalarda turlari Hukumat qarorlari bilan belgilangan mahsulotlar, xomashyo va materiallarni ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning tasdiqlanadigan va hisoblab chiqiladigan moddiy balanslarini ishlab chiqish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar mavjud.
2. Xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarning eng muhim turlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balanslari (keyingi oʻrinlarda matnda “moddiy balanslar” deb yuritiladi) respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
3. Moddiy balanslar mahsulotlarning strategik turlarini ishlab chiqarishning prognozlashtirilayotgan oʻsishini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada ularga boʻlgan talab bilan kompleks bogʻlash maqsadida ishlab chiqiladi.
4. Prognoz moddiy balanslar har yili ishlab chiqiladi.
5. Moddiy balans ikki qismdan iborat boʻladi:
a) “Resurslar” qismi moddiy resurslar jalb etilishining barcha manbalarini, shu jumladan ishlab chiqarish (qazib olish), import, davr boshidagi qoldiq, davlat strategik zaxirasidan tushum va hokazolarni aks ettiradi;
b) “Taqsimlash (talab) qismi quyidagi hajmlarni aks ettiradi:
davlat ehtiyojlari (budjet isteʼmolchilari) uchun mahsulot yetkazib berish;
tarmoq ichki isteʼmoli, shu jumladan texnologik ehtiyojlar uchun foydalanish va ishlab chiqarish nobudgarchiligi;
respublika ichki isteʼmoli, unda balansning oʻziga xosligidan kelib chiqib mahsulotni birja savdolari (kim oshdi) orqali sotish va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha yetkazib berish hajmlari alohida koʻrsatiladi;
davlat strategik zaxirasini toʻldirish va yangilash uchun yetkazib berish;
Oldingi tahrirga qarang.
eksportga yetkazib berish, unda balansning oʻziga xosligidan kelib chiqib Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining valyuta maydonchalari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo tashkilotlari va “Oʻzpaxtaeksport” AJ orqali sotiladigan hajm alohida koʻrsatiladi;
(5-bandning “b” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 57-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 9-son, 91-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
davr oxiridagi qoldiq.
6. Balanslarga har qaysi balansning xususiyati aks ettiriladigan koʻrib chiqish jadvallari uning moddalari (resurslar va taqsimlanadigan qismi) mazmunini hamda hisobot, joriy va prognoz davrlaridagi koʻrsatkichlar surʼatlarini yoyib koʻrsatgan holda ilova qilinadi.
7. Balanslar oʻz tarkibida xomashyoning ushbu turini, materiallar va tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan (qazib oladigan va ulgurji yetkazib beradigan) vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etiladi.
8. Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan prognoz moddiy balanslarga takliflar majburiy tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan boʻlishi hamda ularga rahbarlar imzolagan tushuntirish xatlari ilova qilingan boʻlishi kerak.
Tushuntirish xatida quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
resurslarning u yoki bu turi uchun hisobot va prognoz yili boʻyicha balansning har qaysi moddasiga alohida qisqacha asoslash;
balanslar mazmunini baholash, ularning ichki bozorni toʻldirish muammolarini hal etishga va eksport potensialini rivojlantirishga, mehnatga layoqatli aholi bandligini oshirishga va shu kabilarga taʼsiri;
resurslarni birja savdolari va kim oshdi savdolari orqali sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish bilan bogʻliq masalalar;
Hukumat darajasida alohida koʻrib chiqishni talab qiladigan muammolar va ularni hal etish boʻyicha takliflar.
II. Yoqilgʻi-energetika kompleksi mahsulotlari balanslari
9. Resurslar balanslari va yoqilgʻi-energetika kompleksi mahsulotlarini taqsimlash loyihalari umumlashtirilgan holda:
Oldingi tahrirga qarang.
neft va gaz kondensati, neft mahsulotlari, neft mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qayta ishlash xomashyosi, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz boʻyicha — “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tomonidan;
(9-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 414-modda)
elektr energiyasi va koʻmir boʻyicha — “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etiladi.
10. Vazirliklar, idoralar, davlat budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻz tasarruflaridagi korxonalarning avtomobil benziniga, dizel yoqilgʻisiga, koʻmirga boʻlgan ehtiyojini asoslaydilar hamda tegishli hisob-kitoblarni Moliya vazirligining hududiy organlariga yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi neft mahsulotlari va koʻmirni ishlab chiqarish hamda taqsimlash boʻyicha balanslar loyihalari Iqtisodiyot vazirligiga kiritilgunga qadar vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari boʻyicha budjet mablagʻlari limitlarini belgilaydi.
“Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda ushbu maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida natural ifodada avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisi limitlarini belgilaydi.
11. Davlat buyurtmasi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiradigan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari uchun dizel yoqilgʻisi yetkazib berish hajmlari davlat buyurtmasiga muvofiq belgilanadi.
III. Qora va rangli metallurgiya mahsulotlari balanslari
12. Qora va rangli metallurgiya mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balanslari loyihalari:
qora metallar prokati, qora metallar parchalari va chiqitlarini tayyorlash hamda ishlatish boʻyicha — “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
ikkilamchi alyuminiy, rangli metallar parchalari va chiqitlarini tayyorlash hamda ishlatish boʻyicha — “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
rangli metallar (tozalangan mis va metall rux) boʻyicha — “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etiladi.
(12-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-sentabrdagi 197-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 379-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Vazirliklar, idoralar, davlat va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iqtisodiyot vazirligiga, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan yuboriladigan shakllar boʻyicha, zarur asoslashlar va hisob-kitoblar bilan birga tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarning metallurgiya sanoati mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini, “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan yetkazib beriladigan qora metallar prokati umumiy miqdoridan ajratgan holda, adresli dasturlarni amalga oshirishga ehtiyojni, shu jumladan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarini va umumtaʼlim maktablarini, shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilishga ehtiyojni taqdim etadilar.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga, foydalanish yoʻnalishlarini (qurilish-montaj ishlarini, mahsulotlar ishlab chiqarishni, foydalanish ehtiyojlarini) hamda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha solishtirma xarajatlarni koʻrsatgan holda hisobot, joriy va prognoz davrlari dinamikasida mufassal hisob-kitoblar taqdim etiladi.
Qora va rangli metallar parchalari, chiqitlarini tayyorlash (topshirish) boʻyicha topshiriqlar Iqtisodiyot vazirligi tomonidan “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi hamda “Oʻzikkilamchiranglimetall” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda, vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar, xoldinglar takliflarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va har yili oktyabr oyidan kechikmay Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
IV. Kabel-sim mahsulotlari uchun ishlab chiqarish va ishlatish balanslari
14. “Oʻzeltexsanoat”, “Oʻzagromashservis” uyushmalari, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati va boshqa tashkilotlar tasarrufidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan kabel-sim mahsulotlarining tegishli turlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish boʻyicha takliflar taqdim etadilar, bunda ishlab chiqariladigan kabel turini va misning solishtirma sarfini hisobga olgan holda tozalangan misga ehtiyoj hisob-kitoblari ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Kabel-sim mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoj tasarrufidagi korxonalar boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Iqtisodiyot vazirligi yuboradigan shakllar boʻyicha Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etiladi.
Ehtiyoj foydalanish yoʻnalishlari (qurilish-montaj ishlari, ishlayotgan tarmoqlarni almashtirish, sanoat mahsuloti va shu kabilar bilan komplektatsiya qilish) boʻyicha, ushbu yoʻnalishlar boʻyicha sarflarning solishtirma normalarini qoʻllangan holda hisob-kitoblar bilan asoslanadi.
16. Umumiy ehtiyojda “davlat ehtiyojlari uchun” satri ajratib koʻrsatiladi, u davlat moliya mablagʻlari hisobiga kabel-sim mahsulotlari xarid qilish hajmlarini aks ettiradi.
V. Mineral oʻgʻitlar balansi
17. Mineral oʻgʻitlarni turlari boʻyicha ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balansi loyihasi fizik vazn va 100 foiz oziqli modda miqdori boʻyicha ishlab chiqiladi hamda quyidagi asoslashlar bilan birga “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etiladi:
turlariga koʻra korxonalar boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish moʻljali;
oʻgʻitlarning amaldagi va moʻljallanayotgan eksporti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
respublika isteʼmolchilariga oʻgʻitlarni amalda yetkazib berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va prognoz qilinayotgan davr uchun takliflar.
Shu bilan birga, balansga Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga mineral oʻgʻitlar yetkazib berish jadvali azot, fosfor va kaliy oʻgʻitlari boʻyicha oylarga boʻlgan holda ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mineral oʻgʻitlar balansi loyihasiga ammiak, fosfor xomashyosi, texnik oltingugurt, oltingugurt kislotasi va shu kabi xomashyolarni ishlab chiqarish balanslari loyihalarini ilova qiladi.
18. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda ekin maydonlari balansi, mineral oʻgʻitlar solish normalari asosida qishloq xoʻjaligiga, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun, shuningdek boshqa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini taʼminlash uchun, shu jumladan birja savdolari orqali hamda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha mineral oʻgʻitlar ajratish prognozi hisoblab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
ishlab chiqarilayotgan mineral oʻgʻitlar qiymati, qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan oʻgʻitlar qiymati hisobini hamda prognoz qilinayotgan yilda davlat ehtiyojlari uchun mineral oʻgʻitlar xarid qilishga ajratilishi koʻzda tutilayotgan mablagʻlar hajmlarini;
“Oʻzkimyosanoat” davlat–aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining moliya resurslari va pul oqimlari hisob-kitob balanslarini;
eksport qiymatini va korxonalar ixtiyorida qoladigan valyuta tushumining korxonalar boʻyicha hajmini;
korxonalar boʻyicha import qiymatini;
rejali — oldini olish taʼmirlashlarini oʻtkazish jadvallarini;
korxonalar boʻyicha texnologik ehtiyojlar uchun mineral oʻgʻitlarga ehtiyoj prognozini taqdim etadi.
VI. Oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlash balansi
20. Qishloq xoʻjaligining kimyoviy preparatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash hamda oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari balansi loyihasini tayyorlash Vazirlar Mahkamasining “Oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy preparatlarini yetkazib berish va ulardan foydalanish samaradorligini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 24-fevraldagi 31-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning qishloq xoʻjaligini kimyoviy preparatlar bilan taʼminlash borasida hamkorlik qilish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
VII. Agrosanoat kompleksi qayta ishlash tarmoqlari mahsulotlarining balanslari
Oziq-ovqat bugʻdoyi
21. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda “Oʻzdavdoninspeksiya” Iqtisodiyot vazirligiga jadval materiallari va tahliliy xat tarzida oziq-ovqat bugʻdoyi boʻyicha prognoz balansi koʻrsatkichlarini taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Soʻngra qayta ishlash uchun yetkazib beriladigan bugʻdoyni tayyorlash hajmlari aniqlanadi, oldingi yildagi haqiqiy maʼlumotlarni, prognoz yili boshidagi qoldiqlarni koʻrsatgan holda oziq-ovqat bugʻdoyidan foydalanishning har oydagi hajmlari ishlab chiqiladi.
22. Iqtisodiyot vazirligi prognoz yili boshidagi qoldiqlar toʻgʻrisidagi haqiqiy maʼlumotlar asosida oziq-ovqat bugʻdoyining davlat resurslaridan un ishlab chiqarish, eksport qilish va respublika ichidagi isteʼmolchilarga sotish hajmlarini prognoz qiladi. Shundan kelib chiqqan holda prognoz yili uchun balansning resurs qismi shakllantiriladi.
Paxta tolasi
Oldingi tahrirga qarang.
23. Paxta tolasi ishlab chiqarish va yetkazib berishning prognoz balanslari ikki davr boʻyicha — yanvar — avgust (joriy yil paxta xomashyosi hosilidan) va sentyabr — dekabr uchun (prognoz davri hosilidan) shakllantiriladi. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Iqtisodiyot vazirligiga ishlab chiqilgan quyidagi jadvallarni va hisob-kitoblarni taqdim etadi:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
sortlari boʻyicha paxta xomashyosini qayta ishlash hajmlari va uning umumiy hajmlardagi salmogʻi toʻgʻrisidagi, tola ishlab chiqarish va uning prognoz yilidan oldingi oxirgi uch yilda qayta ishlashda olingan miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
hududlar boʻyicha paxta xomashyosi tayyorlash, tola chiqishi miqdori, tola ishlab chiqarishning, shu jumladan davlat resurslaridagi va xoʻjaliklar resurslaridagi umumiy hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
sortlar boʻyicha joriy yil hosilidan paxta tolasi ishlab chiqarishning umuman, joriy yilning sentyabr—dekabr oylarida hamda prognoz yilining yanvar—iyul oylarida kutilayotgan hisob-kitobi. Bunda paxta xomashyosi tayyorlash, qayta ishlashga yetkazib berilayotgan paxta xomashyosi hajmlari, tola ishlab chiqarish va uning qayta ishlangan xomashyodagi salmogʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
joriy yilning sentyabr—dekabr oylaridagi haqiqiy maʼlumotlarni, prognoz yili boshidagi qoldiqlarni va yanvar—iyul oylaridagi prognozni koʻrsatgan holda sortlariga koʻra paxta xomashyosini qayta ishlashning oylar boʻyicha jadvali.
24. Iqtisodiyot vazirligi prognoz yili boshidagi paxta tolasi qoldiqlari va uni ishlab chiqarishning moʻljali, eksport prognozi hamda respublika isteʼmolchilariga yetkazib berish toʻgʻrisidagi haqiqiy maʼlumotlardan kelib chiqqan holda balansning resurs qismini shakllantiradi va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
Paxta linti
Oldingi tahrirga qarang.
25. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Iqtisodiyot vazirligiga, davlat resurslarini va xoʻjaliklar resurslarini ajratib koʻrsatgan holda joriy yilda paxta linti ishlab chiqarish va yetkazib berish, uning yil boshidagi qoldiqlari, undan foydalanish yoʻnalishlari, shu jumladan “Oʻzpaxtaeksport” AJ”, birjaning valyuta maydonchalari orqali eksport qilish hamda sanoatda qayta ishlash uchun respublika korxonalariga yetkazib berish toʻgʻrisidagi haqiqiy maʼlumotlarni taqdim etadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
26. Iqtisodiyot vazirligi paxta lintining prognoz yili boshidagi qoldiqlari va uni ishlab chiqarish moʻljali, eksport va respublika isteʼmolchilariga yetkazib berish prognozi toʻgʻrisidagi haqiqiy maʼlumotlardan kelib chiqqan holda balansning resurs qismini shakllantiradi va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
Paxta shroti (kunjara) va chigit sheluxasi
Oldingi tahrirga qarang.
27. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi shrot (kunjara) ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi takliflarni shakllantiradi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi, bunda “Oʻzpaxtasanoat” AJning texnik chigit yetkazib berish prognoz hajmlari toʻgʻrisidagi axborot asosida davlat resurslari va chigit resurslari (davlat resurslari va xoʻjaliklar resurslarini ajratib koʻrsatgan holda) davrlar boʻyicha: yanvar—avgust uchun — joriy yil paxta xomashyosi hosili chigiti hamda sentyabr—dekabr uchun — prognoz qilinayotgan davr hosili chigiti boʻyicha ajratib koʻrsatiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
28. Balans loyihasi ikki davr boʻyicha: yanvar—avgust uchun — joriy yil paxta xomashyosi hosilidan va sentyabr—dekabr uchun — prognoz qilinayotgan davr hosilidan shakllantiriladi.
29. Balansning resurs qismidan (davr boshidagi qoldiqlar va ishlab chiqarish) kelib chiqqan holda foydalanish, shu jumladan sotishning bozor mexanizmlari orqali foydalanish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining resurslardan foydalanishi uchun keng imkoniyat yaratish va eksport qilish yoʻnalishlari belgilanadi.
Oʻsimlik yogʻi
Oldingi tahrirga qarang.
30. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi “Oʻzpaxtasanoat” AJ axboroti asosida davrlarga boʻlgan holda: yanvar—avgustda — joriy yil paxta xomashyosi hosili texnik chigitini va sentyabr—dekabrda — prognoz qilinayotgan davr hosilidan olingan texnik chigitni yetkazib berish prognoz hajmlari toʻgʻrisida balansga takliflarni shakllantiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Prognoz yili boshidagi oʻsimlik yogʻi qoldiqlari va uni ishlab chiqarish moʻljali, eksport qilish va respublika isteʼmolchilariga yetkazib berish prognozi toʻgʻrisidagi haqiqiy maʼlumotlardan kelib chiqqan holda ulardan foydalanish, shu jumladan sotishning bozor mexanizmlari orqali foydalanish yoʻnalishlari belgilanadi.
Etil (oziq-ovqat) spirti
31. Etil (oziq-ovqat) spirti boʻyicha prognoz balansi koʻrsatkichlari Iqtisodiyot vazirligiga “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzvinosanoat-xolding” kompaniyasi, shuningdek “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi tomonidan davlat strategik zaxirasi normativ ehtiyoji boʻyicha taqdim etiladi.
32. “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzvinosanoat-xolding” kompaniyasi, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi, “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi respublikaning boshqa vazirliklari, idoralari, tashkilotlariga sarflashning solishtirma normalarini va shu kabilarni hisobga olgan holda foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqarish va foydalanish ehtiyojlari uchun spirtga boʻlgan asoslangan ehtiyoj toʻgʻrisida takliflar taqdim qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Goʻsht va goʻsht mahsulotlari
33. “Ishlab chiqarish” moddasi prognoz qilinayotgan davrda agrosanoat kompleksini rivojlantirish parametrlari asosida soʻyilgan vaznda goʻsht yetishtirish umumiy hajmini hamda barcha toifalardagi xoʻjaliklarda, shu jumladan uy xoʻjaliklarida (tirik vaznda) goʻsht yetishtirish hajmini aks ettiradi.
Goʻsht import qilish mamlakatning bir nafar aholisi hisobiga ehtiyojni qoplash zaruriyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Davlat strategik zaxirasidan goʻsht chiqarish hajmi gʻamlanadigan resurslarni yangilash zaruriyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi, parametrlar esa “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi bilan kelishiladi.
Goʻsht resurslardan foydalanish hisob-kitobi davlat ehtiyojlari (ijtimoiy soha muassasalari kontingentini, maxsus isteʼmolchilarni, ularga tenglashtirilgan shaxslarni taʼminlashni va davlat zaxirasini toʻldirishni, shuningdek sanoatda qayta ishlashni (ichki bozorni toʻldirish uchun kolbasa, goʻsht mahsulotlari va goʻsht konservalari ishlab chiqarishni) hamda bir kishi hisobiga aholi isteʼmolini nazarda tutadi.
VIII. Qurilish materiallari sanoati mahsulotlari
34. Sement ishlab chiqarish va ishlatish balansi loyihasini umumlashtirilgan holda Iqtisodiyot vazirligiga “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini koʻrsatgan holda respublika ishlab chiqaruvchi zavodlari boʻyicha taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika korxonalari ishlab chiqarish hajmlarining asoslangan hisob-kitoblari va mahsulot sarflashning tasdiqlangan normalari asosida tarmoqning shifer va asbotsement quvurlar ishlab chiqarish uchun sementga boʻlgan ehtiyoji aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shu bilan bir qatorda, sarflash normativlari boʻyicha aniq dasturni bajarish, shu jumladan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarini va umumtaʼlim maktablarini, shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilish, bolalar sportini, temir yoʻl va yoʻl qurilishini rivojlantirish uchun, shuningdek yakka tartibdagi qurilishga ichki bozorning sementga boʻlgan ehtiyoji hisobga olinadi.
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 237-modda; 37-38-son, 379-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; 2016-y., 9-son, 91-modda; 14-son, 132-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 52-son, 602-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda, 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1017/0460-son; 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 17.05.2019-y., 09/19/416/3146-son, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)