Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi respublika organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, havo qatnoviga xizmat koʻrsatishni, parvozlar xavfsizligini tekshirish va nazorat qilishni tashkil etish, aviatsiya faoliyati sohasida sertifikatlashtirish tartib-qoidalarini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida davlat nazorati;
parvozlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha fuqaro aviatsiyasi faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etish va taʼminlash;
yoʻlovchilar va yuk tashish, aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish va fuqaro aviatsiyasida aviatsiya ishlarini bajarish boʻyicha faoliyatni litsenziyalashni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatlari doirasida havo qatnoviga xizmat koʻrsatish tashkil etilishi va Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish ustidan nazorat qilish;
xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlarining cheklangan soni 90 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 65 nafar boʻlgan apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻiga “Davavianazorat” inspeksiyasi tuzilmasiga zarurat boʻlganda xodimlarning belgilangan cheklangan soni va taʼminotga xarajatlar smetasi doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-fevral,
90-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining apparati tuzilmasi
Xodimlarning umumiy cheklangan soni 90 nafar, shu jumladan: boshqaruv xodimlari — 65 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda “Davavianazorat” inspeksiyasi” deb yuritiladi) fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyati, havo kemalari ekspluatantlari, aviatsiya korxonalari va tashkilotlari tomonidan havo kemalari qatnovlari xavfsizligini taʼminlovchi belgilangan qoidalar va normalarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati sohasidagi siyosatni olib borish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya maʼmuriyati funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanadi.
“Davavianazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. “Davavianazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
3. “Davavianazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
4. “Davavianazorat” inspeksiyasining moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek xodimlar mehnatiga haq toʻlash:
Oldingi tahrirga qarang.
olingan litsenziyalarga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan aviatsiya faoliyatidan olinadigan daromadlarning 0,5 foizi miqdorida majburiy toʻlovlar toʻlanishi;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil22-yanvardagi 28-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 3-4-son, 24-modda)
havo transporti sohasida faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim;
fuqaro aviatsiyasi faoliyati sohasida sertifikatlashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Davavianazorat” inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
II. “Davavianazorat” inspeksiyasining vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar “Davavianazorat” inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida davlat nazorati;
parvozlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha fuqaro aviatsiyasi faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etish va taʼminlash;
parvozlar xavfsizligini taʼminlash, fuqaro havo kemalari hamda fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha normativ va qoidalarni ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatlari doirasida havo qatnoviga xizmat koʻrsatish tashkil etilishi va Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish ustidan nazorat qilish;
fuqaro havo kemalarini hamda fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqaro aviatsiyasining aviatsiya texnikasi ishlanmalari, modifikatsiyalari va foydalanish-texnik hujjatlarini tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqaro va eksperimental havo kemalari bilan yuz bergan aviatsiya halokati va baxtsiz hodisalarni surishtirish;
yoʻlovchilar va yuk tashish, aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish va fuqaro aviatsiyasida aviatsiya ishlarini bajarish boʻyicha faoliyatni litsenziyalashni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi manfaatlarini ifodalash, “Davavianazorat” inspeksiyasi vakolatlariga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha boshqa davlatlarning aviatsiya maʼmuriyatlari va tuzilmalari bilan oʻzaro aloqa qilish hamda hamkorlikni taʼminlash.
7. “Davavianazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) quyidagilarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi:
parvozlarni tashkil etish, taʼminlash va bajarish qoidalari, fuqaro havo kemalaridan foydalanish va ularni taʼmirlash qoidalari;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqaro havo kemalarini ishlab chiqarish qoidalari (ulardan foydalanish jarayonida ushbu kemalarning parvozlari xavfsizligiga taʼsir qiluvchi ishlab chiqarish nuqsonlari aniqlangan taqdirda);
fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlaridan, birgalikda foydalaniladigan (joylashgan) aerodromlardan fuqaro havo kemalari qatnovlari xavfsizligini taʼminlashga oid qismi yuzasidan foydalanish qoidalari, shuningdek yer ustidagi asbob-uskunalardan foydalanish qoidalari;
fuqaro havo kemalari parvozlari xavfsizligini taʼminlashga tegishli qismi yuzasidan (xodimlarni tekshirish va ularni ishga qoʻyish ham shu jumlaga kiradi) aviatsiya xodimlarini tayyorlash qoidalari;
fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqliligi normalari;
fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlari foydalanishga yaroqliligi normalari;
fuqaro va eksperimental aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish qoidalari;
aviatsiya xavfsizligini taʼminlash normalari, qoidalari va tartib-qoidalari, shuningdek boshqa normativ hujjatlardagi aviatsiya qoidalari;
b) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarni tashkil etadi va amalga oshiradi:
havo kemalari ekspluatantlarini sertifikatlashtirish, aviatsiya texnikasiga texnika xizmati koʻrsatish va taʼmirlashni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini, birgalikda foydalaniladigan (joylashgan) aerodromlarni, aeroportlarni, aviatsiya xodimlarini, fuqaro aviatsiyasining aviatsiya oʻquv markazlarini sertifikatlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
yagona nusxadagi havo kemalari turini, ushbu havo kemalarini ishlab chiquvchilar va ishlab chiqaruvchilarni, shuningdek faoliyati parvozlar xavfsizligini taʼminlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan fuqaro aviatsiyasining boshqa obyektlari va subyektlarini sertifikatlashtirish (tegishli sertifikatlar yoki guvohnomalar berilgan holda);
Keyingi tahrirga qarang.
fuqaro aviatsiyasi obyektlariga xorijiy sertifikatlarni, xorijiy davlatlarning aviatsiya mutaxassislariga berilgan sertifikatlarni (guvohnomalarni) eʼtirof etish;
v) fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqliligi normalarini, fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlari foydalanishga yaroqliligi normalarini, shuningdek:
aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlashni tashkil etishni sertifikatlash;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini, birgalikda foydalaniladigan (joylashgan) aerodromlarni va aeroportlarni sertifikatlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqaro aviatsiyasi aviatsiya oʻquv markazlarini, shuningdek faoliyati parvozlar xavfsizligini taʼminlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan fuqaro aviatsiyasining boshqa obyektlari va subyektlarini sertifikatlashtirish;
parvozlarni tashkil etish va taʼminlash, fuqaro va eksperimental havo kemalaridan uchishda va texnik maqsadlarda foydalanishni tashkil etish, fuqaro havo kemalari va aerodromlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, havo qatnovini tashkil etish, parvozlarni aerodrom bilan taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
havo kemalarida tashish va aviatsiya ishlari;
aviatsiya xodimlarini kasb faoliyatiga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
g) oʻz vakolatlari doirasida havo qatnovini hamda Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini belgilangan tartibda tashkil etadi va amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) havo qatnoviga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshiradi;
e) xorijiy davlatlarning ekspluatantlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam qatnovlar bajarilishi uchun foydalanish ruxsatnomalari beradi va havo transporti orqali xavfli yuklar, qurol-yaroq, harbiy texnika, harbiy mol-mulk, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy kontingentlar tranzitini amalga oshirish uchun xulosalar beradi;
j) fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlari davlat reyestrini va fuqaro havo kemalari davlat reyestrini yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
z) fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni, fuqaro havo kemalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni va fuqaro havo kemasi nusxasiga uchishga yaroqlilik sertifikatlarini belgilangan tartibda beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
i) eksperimental havo kemalarining davlat hisobini yuritadi va belgilangan tartibda eksperimental havo kemalarini davlat hisobiga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
k) fuqaro aviatsiyasi aviatsiya texnikasi ishlanmalari, modifikatsiyalarini, havo kemalaridan texnik va uchishda foydalanish boʻyicha hujjatlarni tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
l) fuqaro aviatsiyasining havo kemalari va boshqa obyektlarining resurslarini va xizmat qilish muddatlarini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
m) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiyasi havo kemalari hamda xorijiy davlatlarning fuqaro aviatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuz bergan aviatsiya halokati va baxtsiz hodisani tekshirishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
n) Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalari bilan boshqa davlatlar hududida yuz bergan aviatsiya halokati va baxtsiz hodisalarni tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
o) aviatsiya halokati va baxtsiz hodisa materiallarini belgilangan tartibda tegishli organlarga taqdim etadi;
p) yoʻlovchilar va yuk tashishni tashkil etish, aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish va fuqaro aviatsiyasiga aviatsiya ishlarini bajarish faoliyati litsenziyalanishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
r) parvozlar xavfsizligini taʼminlash, normativ-huquqiy bazani, havo kemalaridan uchishda va texnik maqsadlarda foydalanishni takomillashtirish, havo navigatsiyasi, havo qatnovini tashkil etish, fuqaro aviatsiyasi inspektorlar tarkibi tayyorgarligini takomillashtirish, aviatsiya halokati va baxtsiz hodisani tekshirish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar, konferensiyalar va seminarlar ishida ishtirok etadi.
III. “Davavianazorat” inspeksiyasining huquqlari va javobgarligi
8. “Davavianazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
oʻz vakolatlari doirasida havo kemalari ekspluatantlari, aviatsiya korxonalari va tashkilotlarining, shuningdek, agar xalqaro bitimda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshiruvchi xorijiy ekspluatantlarning fuqaro va eksperimental aviatsiya havo kemalari parvozlari xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini tasdiqlash;
tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlardan, yuridik va jismoniy shaxslardan “Davavianazorat” inspeksiyasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan masalalar boʻyicha maʼlumotlar va materiallarni qonun hujjatlariga muvofiq talab qilish va olish;
uchish ishlarini tashkil etish va havo qatnoviga xizmat koʻrsatishda, fuqaro va eksperimental aviatsiyaning havo kemalaridan uchishda va texnik foydalanishda aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etish, koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda parvozlarni taʼminlash, aviatsiya xodimlarining kasb tayyorgarligi toʻgʻrisida ijro etish uchun koʻrsatmalar kiritish;
parvozlar xavfsizligiga tahdid solayotgan kamchiliklar aniqlanganda havo kemalari ekspluatantlarining sertifikatlari amal qilishini, fuqaro havo kemasi nusxasiga uchishga yaroqlilik sertifikatlari amal qilishini, fuqaro havo kemasi turidagi sertifikat amal qilishini, fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarining muvofiqlik sertifikatlari amal qilishini, fuqaro aviatsiyasi mutaxassislarining guvohnomalari amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatib turish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarga zarur ishlarni bajarishni, fuqaro va eksperimental aviatsiyaning havo kemalari bilan yuz bergan aviatsiya halokati va baxtsiz hodisani tekshirish jarayonida surishtirish, sinash va oʻrganishni belgilangan tartibda topshirish;
“Davavianazorat” inspeksiyasi vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha boshqa davlatlarning tegishli tashkilotlari bilan belgilangan tartibda aloqa qilish va oʻz vakolatiga tegishli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini taʼminlash;
ichki va xalqaro havo yoʻllarida qatnovlarni amalga oshirishda “Davavianazorat” inspeksiyasi mutaxassislarini belgilangan tartibda havo kemalari ekipajlari tarkibiga tekshiruvchilar sifatida kiritish, shuningdek sinov uchishlari va bir joydan boshqa joyga koʻchirishda va aviatsiya ishlarining boshqa turlarida Oʻzbekiston Respublikasi ekspluatantining havo kemalari ekipajlari tarkibida parvozlarni bajarish.
Sertifikatlashtirish va doimiy nazorat qilish, fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining standartlari va tavsiya etilayotgan amaliyotiga muvofiqligini nazorat qilish boʻyicha havo kemasi ekipaji tarkibiga kiritilgan “Davavianazorat” inspeksiyasi mutaxassislarining faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar havo kemalari ekspluatantlari tomonidan qoplanadi.
“Davavianazorat” inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
“Davavianazorat” inspeksiyasi xodimlari “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nazoratni amalga oshirishda, oʻz vakolatlari doirasida xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda havo kemalari ekspluatantlariga, fuqaro va eksperimental aviatsiya sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan korxonalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda toʻsiqsiz kirishga haqlidirlar.
9. “Davavianazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
“Davavianazorat” inspeksiyasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinadi.
10. “Davavianazorat” inspeksiyasining mansabdor shaxslari oʻz xizmat majburiyatlari zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
IV. “Davavianazorat” inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
11. “Davavianazorat” inspeksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.
Boshliqning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 138-modda)
12. “Davavianazorat” inspeksiyasi boshligʻi:
yakkaboshchilik asosida “Davavianazorat” inspeksiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va “Davavianazorat” inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
“Davavianazorat” inspeksiyasi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida “Davavianazorat” inspeksiyasining shtat jadvalini, shuningdek Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “Davavianazorat” inspeksiyasining xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
“Davavianazorat” inspeksiyasining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
“Davavianazorat” inspeksiyasi xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
13. “Davavianazorat” inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston havo transporti ekspluatantlarini sertifikatsiya qilish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-oktabrdagi 481-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 16-iyundagi 255-son qarorining 2, 3, 4 va 10-bandlari, shuningdek mazkur qarorga 1 va 2-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 1-may 150-son qaroriga ilovaning 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 23 modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 99-modda; 2005-y., 3-4-son, 24-modda; 2010-y., 23-son, 138-modda; 2012-y., 13-son, 143-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 37-son, 487-modda)