Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.2004 05.10.1993 yildagi 481-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.2004
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON HAVO TRANSPORTI EKSPLUATANTLARINI SERTIFIKATSIYA QILISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-son “O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga, sifat bo‘yicha xalqaro standartlarga, Xalqaro aviatsiya tashkiloti (IKAO)ning tavsiyalariga muvofiq va boshqaruv faoliyatini markazlashtirishdan chiqarish jarayonida parvozlarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining davlat boshqaruvi va parvozlarning xavfsizligini nazorat qilishga oid qismida bayon qilingan Aviatsiya ma’muriyati funksiyasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Davlat boshqaruvi va nazorati bosh inspeksiyasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasida Havo transporti ekspluatantlarini sertifikatsiya qilish joriy etilsin. Sertifikatsiya qilish havo transportidan foydalanishni tartibga soluvchi amaldagi qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa normativ hujjatlar bo‘yicha amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zdavstandart” bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Davlat boshqaruvi va nazorati bosh inspeksiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida tuzilgan bitim ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi foydalanuvchi sertifikatsiya tartib-qoidalari va ekspluatantlarga yo‘l-yo‘riq berish bo‘yicha dasturulamalni tasdiqlasin va uni, idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha aviatsiya tashuvchilariga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil etiladigan ekspluatantlar ishlab chiqarish faoliyati boshlangunga qadar sertifikatsiya qilinadi. Ekspluatant guvohnomasi (sertifikat) ularga ishlab chiqarish-texnika negizi, havo kemalari va boshqa asbob-uskunalar tashkil etishning texnologik jarayonlarining huquqiy holati, parvozlarning bajarilishi va ularni ta’minlash, aviatsiya xodimlarining tayyorgarlik darajasi amaldagi talablarga muvofiqligi tekshirilgandan keyin beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat ko‘rsatayotgan ekspluatantlar 1993-yil 1-dekabrga qadar guvohnoma olish uchun buyurtmanoma berishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq. K. N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 5-oktabr.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
481-son