Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TADBIRKORLIK FAOLIYATI YURITISH UCHUN RUXSATNOMA TURLARINI QISQARTIRISH VA ULARNI BERISH TARTIB-QOIDALARINI SODDALASHTIRISH TOʻGʻRISIDA” 2005-YIL 21-SENTABRDAGI PQ-186-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-may,
92-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan undiriladigan xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalarida:
a) IV boʻlimda:
3-banddagi “(tijorat banklari filiallari — 500 AQSh dollari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) “Bojlar, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni toʻlashdan tushadigan valyuta tushumlarini taqsimlash jadvali”ning 1 va 13-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 11-iyuldagi 296-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ular tomonidan avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyati amalga oshirilishi uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish huquqi berilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “1998-yil hosili meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 6-avgustdagi 338-son qarorida:
b) 6-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 9-banddagi “yuqorida bayon qilib oʻtilgan Tartibga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 19-martdagi 125-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 14-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilab qoʻyilsinki:
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tovarlarni naqdinasiz hisob-kitob boʻyicha faqat:
yuridik shaxslarga;
tegishli ruxsat beruvchi guvohnomalarga ega boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga (kichik turkumlar bilan);
maxsus isteʼmolchilarga, davlat taʼminotidagi muassasalarga, davlat taʼminotidagi muassasalarni taʼminlovchi ixtisoslashtirilgan savdo firmalariga hamda ulardan oʻz ishlab chiqarish faoliyati uchun foydalanuvchi korxonalarga ulgurji sotiladi;
isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni oʻz firma doʻkonlari orqali faqat belgilangan namunalardagi nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda chakana sotishlari mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 3.3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Korxonani ixtiyoriy ravishda tugatish haqida qaror qabul qilgan yoki korxonani tugatish vazifasi ularga sud qarori bilan yuklangan korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tugatishni amalga oshirish tartibi va muddatlarini koʻrsatgan holda uni tugatish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadilar. Korxonani tugatish vazifasi sud qarori bilan korxonaning muassislariga (qatnashchilariga) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organiga yuklangan taqdirda ular roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tugatish komissiyasi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham taqdim etadilar”;
b) 3.6-bandga quyidagi tahrirdagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Korxona ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda oraliq tugatish balansini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishib olish talab etilmaydi”;
v) 3.8-bandga quyidagi tahrirdagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Korxona ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda tugatish balansini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishib olish talab etilmaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-apreldagi 63-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 107-modda)
7. Vazirlar Mahkamasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga 2-ilovaning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 32-modda) 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalar blankalari tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 78-modda),
a) qarorga 1-ilova 3-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziyaning amal qilish muddati (amal qilishi cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun)”;
b) qarorga 2-ilova 7-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziyalarning amal qilish muddatlari (amal qilishi cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun);
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ularning amal qilish muddatini uzaytirish (amal qilishi cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun), amal qilishini toʻxtatib qoʻyish va tiklash asoslari va sanalari”.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya blankasini hamda litsenziyalar blankalarini saqlash, hisobga olish, berish va hisobdan chiqarish, shuningdek ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida” 2001-yil 2-maydagi 200-son qaroriga 1-ilovaning “Litsenziyaning amal qilish muddati ___________” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“Litsenziyaning amal qilish muddati ___________________________________________________” | ||
|
(aniq muddat yoki amal qilish muddati cheklanmagan) |
11. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar roʻyxatida:
a) “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” boʻlimining oʻn uchinchi—oʻn beshinchi, yigirmanchi, yigirma birinchi va yigirma yettinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
b) “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi” boʻlimidan keyin quyidagi mazmundagi boʻlimlar qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
arxitektura va qurilish qoʻmitasi
arxitektura va qurilish qoʻmitasi
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish.
Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish.
Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish.
“Oʻzstandart” agentligi
Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish.
v) quyidagi mazmundagi boʻlim qoʻshilsin:
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari
Ulgurji savdo”.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasi obyektlari faoliyatidagi tartib buzilishi hollari toʻgʻrisida” 2002-yil 21-noyabrdagi 402-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“oʻzaro majburiyatlar toʻgʻrisidagi bitimlarda va faoliyat shartlarida muayyan davrda korxona ixtisoslashuvini saqlab turish majburiyati mavjud boʻlgan taqdirda, koʻrsatib oʻtilgan davrda xususiylashtirilgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarining faoliyat yoʻnalishini oʻzgartirish faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”.
13. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) qarorga ilovada:
1-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Nizom savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yagona yondashuvlar va talablarni taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda yuridik shaxslar tomonidan ulgurji va chakana savdoni amalga oshirish, shuningdek jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish va ular tomonidan chakana savdoni amalga oshirish tartibini belgilaydi”;
2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ulgurji savdo — tijorat maqsadlarida yoki oʻz ishlab chiqarish-xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanish uchun hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish”;
II boʻlim nomidagi “roʻyxatdan oʻtkazish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, faqat ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi tuman (shahar) hokimliklarida ulgurji savdoni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olgan taqdirda, shugʻullanishlari mumkin”;
4—9-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
12-bandning ikkinchi xatboshidagi “ruxsat guvohnomasi” soʻzlari “litsenziya” soʻzi bilan almashtirilsin;
III boʻlim nomidagi “roʻyxatdan oʻtkazish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
13—18-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
21-bandning uchinchi xatboshidagi “chakana savdoni amalga oshirish uchun ruxsat guvohnomasiga ega boʻlishlari kerak” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 4-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sugʻurtalovchi va sugʻurta brokerining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi”;
b) 9-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi hamda “b” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “hamda koʻrsatib oʻtilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 14-bandning birinchi xatboshidagi “ularning amal qilish muddatini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 16-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) 22-bandda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi—toʻqqizinchi xatboshi tegishli ravishda beshinchi—sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
e) 24-bandning birinchi xatboshidagi “va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yo) VII boʻlim nomidagi “uning amal qilish muddatini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
j) 28-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
z) 29-bandning birinchi xatboshidagi “Amal qilish muddati oʻtmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
16. Vazirlar Mahkamasining “Birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida” 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 14-modda):
a) 5-bandning beshinchi xatboshidagi “(amal qilish muddatini uzaytirish)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) qarorga ilovada:
3-banddagi “litsenziyalar muddatini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi”;
7-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshidagi hamda “b” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “hamda koʻrsatilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
16-bandning yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
V boʻlim nomidagi “ularning amal qilish muddatini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
27-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
28-bandning birinchi xatboshidagi “Amal qilish muddati oʻtmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
34-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
39-banddagi “va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
a) qarorga 1-ilovada:
2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yuridik shaxslar”;
3-bandning oʻn ikkinchi xatboshiga “muvofiq boʻlgan taqdirda” soʻzlaridan keyin “yakka tartibdagi tadbirkorlarga” soʻzlari qoʻshilsin;
67-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“67. Pivo kuchsiz alkogolli mahsulot hisoblanadi va V boʻlim talablari pivoni sotishga tatbiq etilmaydi. Sotish joyi cheklanmasdan pivoning:
yuridik shaxslar tomonidan;
chakana savdoga ruxsatnoma boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslar tomonidan sotilishiga yoʻl qoʻyiladi”;
b) qarorga 2-ilovada:
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Umumiy ovqatlanish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyekt — bu umumiy ovqatlanish sohasida kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va isteʼmol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxsdir*”;
9-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Umumiy ovqatlanish savdo obyektlarining ish rejimi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, mustaqil ravishda, sanoat korxonalari,muassasalar, oʻquv yurtlari huzuridagi umumiy ovqatlanish korxonalarining ish rejimi esa — maʼmuriyat va kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“standartlar, texnik shartlar talablariga javob bermaydigan tovarlarni, mahsulotlarni sotish, mahalliy yigʻimlarni toʻlamaslik yoki oʻz vaqtida toʻlamaslik”
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 36-modda):
a) 3-banddagi “ularning muddatini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi”;
v) 8-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshidagi “hamda koʻrsatilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 17-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) V boʻlim nomidagi “uning amal qilish muddatini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 28-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
yo) 29-bandning birinchi xatboshidagi “Amal qilish muddati oʻtmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
j) 35-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
z) 38-banddagi “yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
20. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi”;
b) 9-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshidagi “va faoliyatning koʻrsatib oʻtilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 22-bandning birinchi xatboshidagi “ularning muddatlarini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 24-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) V boʻlim nomidagi “uning amal qilish muddatini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 34-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
yo) 35-bandning birinchi xatboshidagi “Amal qilish muddati oʻtmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
j) 40-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
z) 42-bandda:
birinchi xatboshidagi “yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
22. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 5-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
b) 8-bandning ikkinchi xatboshidagi “hamda faoliyatning ushbu turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 7-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
b) 12-bandning ikkinchi xatboshidagi “va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son)
26. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 87-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2009-y., 18-son, 224-modda)
b) qarorga 2-ilovada:
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Litsenziyalarni berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda matnda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun “Davarxitektqurilish” qoʻmitasida ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining faoliyati “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi”;
5-bandning ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
7-bandning ikkinchi xatboshidan “va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hujjatlar “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi)”;
ikkinchi xatboshida “oʻttiz kundan” soʻzlari “oʻn besh kundan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshining ikkinchi gapi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Litsenziya blankalari namunalari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi;
ikkinchi xatboshida “Komissiya” soʻzi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandda “Komissiya” soʻzi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning ikkinchi xatboshidan “ishchi guruh yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“oʻn kundan” soʻzlari “besh kundan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
26-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
28-bandning birinchi xatboshidan “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi soʻzlari chiqarib tashlansin;
29 va 30-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi”;
“Subyektlar” ustunining ikkinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
“Tadbirlar” ustunining ikkinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining masʼul shaxsi hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
2. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
3. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin litsenziya talabgori tomonidan hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda hujjatlarni koʻrib chiqadi”;
3-bosqich chiqarib tashlansin;
4—7-bosqichlar tegishli ravishda 3—6-bosqichlar deb hisoblansin;
“Tadbirlar” ustunining toʻrtinchi pozitsiyada “Komissiya” soʻzi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Subyektlar” ustunining toʻrtinchi pozitsiyada “Komissiya” soʻzi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) qarorga 3-ilovada:
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Litsenziyalarni berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda matnda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun “Davarxitektqurilish” qoʻmitasida ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining faoliyati “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi”;
5-bandning ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
7-bandning ikkinchi xatboshidan “va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hujjatlar “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi)”;
ikkinchi xatboshida “oʻttiz kundan” soʻzlari “oʻn besh kundan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshining ikkinchi gapi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Litsenziya blankalari namunalari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi”;
ikkinchi xatboshida “Komissiya” soʻzi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandda: “Komissiya” soʻzi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning ikkinchi xatboshidan “ishchi guruh yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“oʻn kundan” soʻzlari “besh kundan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
26-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarni toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
28-bandning birinchi xatboshidan “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
29 va 30-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi”;
“Subyektlar” ustunining ikkinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi”:
“Tadbirlar” ustunining ikkinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining masʼul shaxsi hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
2. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
3. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin litsenziya talabgori tomonidan hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda hujjatlarni koʻrib chiqadi”;
3-bosqich chiqarib tashlansin;
4—7-bosqichlar tegishli ravishda 3—6-bosqichlar deb hisoblansin;
“Tadbirlar” ustunining toʻrtinchi pozitsiyasida “Komissiya” soʻzi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Subyektlar” ustunining toʻrtinchi pozitsiyasida “Komissiya” soʻzi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) qarorga 4-ilovada:
5-bandning ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
7-bandning ikkinchi xatboshidan “va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) qarorga 5-ilovada:
5-bandning ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
7-bandning ikkinchi xatboshidan “va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) qarorga 6-ilovada:
5-bandning ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
7-bandning ikkinchi xatboshidan “va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 91-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 142-modda)
29. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-noyabrdagi 479-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2003-y., 11-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidan “ularning muddatlarini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi”;
v) 9-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshidan “va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
17-bandning yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) V boʻlimning nomidan “ularning amal qilish muddatini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 24-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
yo) 25-bandning birinchi xatboshidan “amal qilish muddati oʻtmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
j) 32-bandning “g” kichik bandi chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 231-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 27-sentabrdagi 205-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 39-son, 390-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
34. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-noyabrdagi 506-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2003-y., 11-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 4-bandning ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshidan “va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2003-y., 11-son, 119-modda) bilan tasdiqlangan Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 6-bandning ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
b) 11-bandning ikkinchi xatboshidan “va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
40. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-fevraldagi 67-son qaroriga ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
41. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 99-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 3-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi ikkinchi gapi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-sonli qaroriga asosan 2018-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
48. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 3-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 6-bandning ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
b) 11-bandning ikkinchi xatboshidan “va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin.
49. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 6-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Noshirlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 6-bandning ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
b) 9-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshidan “va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin.
50. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(50-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son)
b) qarorga 20-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 28-29-son, 272-modda, 39-son, 390-modda; 2008-y., 14-15-son, 102-modda; 2009-y., 18-son, 224-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda, 107-modda, 18-19-son, 142-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda, 35-son, 403-modda, 44-son, 507-modda; 2015-y., 49-son, 613-modda; 2017-y., 14-son, 231-modda, 31-son, 781-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son; 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; 23.05.2020-y., 09/20/328/0652-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son)