Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BuyruGʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETI GʻAZNAChILIK IJROSI BUXGALTERIYA HISOBINING YAGONA HISOBLAR REJASINI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-mayda 1570-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 2-apreldagi 26-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona schetlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2101, 26.04.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjeti gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–3618-sonli Farmonining 1-ilova IV boʻlim 6-bandi ijrosini amalga oshirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti gʻaznachilik ijrosi buxgalteriya hisobining yagona hisoblar rejasi ilovaga* asosan tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda keltirilgan.
2. Ushbu buyruq moliya va gʻaznachilik organlari, budjet mablagʻlari oluvchilar va davlat maqsadli fondlar taqsimlovchilariga joriy etilsin.
3. Mazkur buyruq 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiritilsin.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-aprel,
37-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 159-modda; 2007-y., 48-49-son, 496-modda)