Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROGʻI TOʻGʻRISIDA
1-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining sxematik va rangli tasviri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi Respublika davlat suverenitetining ramzidir.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi xalqaro maydonda: Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chogʻida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon koʻrgazmalarida, sport musobaqalarida Oʻzbekiston Respublikasining timsoli boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi — bayroqning butun uzunligi boʻylab oʻtgan toʻq moviy rang, oq rang va toʻq yashil rangli uchta endan tarkib topgan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi matodir.
Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. Bayroqning oʻrtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar oʻtkazilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Bayroqning yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida oʻn ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangi oy va yulduzlarning tasviri moviy rangli yuqori enning oʻrtasidan 75x30 santimetrga teng toʻgʻri toʻrtburchakka sigʻadigan qilib joylashtirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangi oy vertikal holatda doʻng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan boʻlib, diametri 30 santimetrli doiraga sigʻadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yulduzlar diametri 6 santimetrli doiraga sigʻadi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, oʻrta qatorda toʻrtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi:
1) doimiy suratda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining apparati binosida;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining binosida;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining binosida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi va hukumati binosida;
Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari mahalliy Sovetlari binosida;
Oʻzbekiston Respublikasi doimiy vakolatxonalari binosida;
Keyingi tahrirga qarang.
2) xalq deputatlari Sovetlarining sessiyalari oʻtkazilayotgan binolar va uylarda — butun sessiya davomida;
Keyingi tahrirga qarang.
3) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan bayram kunlarida Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari, boshqa davlat va jamoat idoralari binolarida, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda, shuningdek turar joy binolarida;
4) Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari, Respublika xalq deputatlari mahalliy Sovetlari deputatlari saylovi kunlarida yoki referendum kunlarida — ovoz berish oʻtkazilayotgan binolarda va uylarda;
Keyingi tahrirga qarang.
5) Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya, savdo vakolatxonalari va konsullik muassasalari binolarida va harakatlanish vositalarida — diplomatiya protokolining xalqaro qonun-qoidalariga muvofiq;
6) chet eldagi respublikaga qarashli boʻlgan, rasmiy shaxslar sifatida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa ishlari vaziri — Milliy gvardiya qoʻmondoni, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya va konsullik vakolatxonalarining boshliqlari tushgan dengiz kemalarida va daryo kemalarida va boshqa harakatlanish vositalarida;
Keyingi tahrirga qarang.
7) Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining farmoyishiga muvofiq;
8) respublikaning davlat va jamoat idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlari oʻtkazadigan marosimlarda, tantanali tadbirlarda;
9) sport maydonlarida — Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va birinchiliklarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish chogʻida hamda Oʻzbekiston Respublikasining sport terma komandalaridan vakil boʻlgan xalqaro musobaqa gʻoliblarini mukofotlash munosabati bilan marosimlar oʻtkazish vaqtida koʻtariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda.
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi bilan bir vaqtda boshqa davlatning bayrogʻi koʻtarilsa, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi (binoning old tomoniga qarab turganda) oʻng tomondan, boshqa davlatning bayrogʻi chap tomondan koʻtarilmogʻi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi bilan bir vaqtda bir qancha davlatlarning bayroqlari koʻtarilganida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi alohida, qolganlari esa oʻzbek alfaviti boʻyicha koʻtariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi boshqa davlatlarning bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul boʻlgan boshqa joyda, yoxud tegishli tutqichi boʻlgan dastada, yo boʻlmasa flagshtokda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan koʻpi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda koʻtariladi.
Koʻtarib qoʻyilgan Davlat bayrogʻining matosi yerdan kamida 2,5 metr balandlikda boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda.
Motam munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi motamga moslab koʻtariladi. Bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng boʻlgan kenglikdagi qora tasma bogʻlanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bayroq motam munosabati bilan flagshtokda koʻtarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 boʻlagicha tushirib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi va uning tasviri katta-kichikligidan qatʼiy nazar, hamma vaqt ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va sxematik tasviriga aniq mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻini davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar binolarida koʻtarish chogʻida ushbu Qonunda bayon etilgan talablarga rioya qilinishi uchun masʼuliyat ularning rahbarlari zimmasiga, bayroq turar joy binolarida koʻtarilgan vaqtda esa — ularning egalari yoki uylardan foydalanishni tashkil etish topshirilgan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda.
Ushbu Qonunning aniq bajarilishini kuzatib borish xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qoʻmitalariga va Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatxonalariga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek Oʻzbekistonda turgan boshqa shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini hurmat qilishlari shart.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini behurmat qilganlik Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 18-noyabr,
407-XII-son
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi
(Rangli tasviri)
(Rangli tasviri)
Oldi tomoni
Orqa tomoni
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi
(Sxematik tasviri)
(Sxematik tasviri)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2010-y., 51-son, 484-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son; 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)