O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining sxematik va rangli tasviri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro maydonda: O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.
Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. Bayroqning o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Bayroqning yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangi oy va yulduzlarning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 75x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yulduzlar diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2) xalq deputatlari Sovetlarining sessiyalari o‘tkazilayotgan binolar va uylarda — butun sessiya davomida;
Keyingi tahrirga qarang.
3) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan bayram kunlarida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, boshqa davlat va jamoat idoralari binolarida, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda, shuningdek turar joy binolarida;
4) O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari, Respublika xalq deputatlari mahalliy Sovetlari deputatlari saylovi kunlarida yoki referendum kunlarida — ovoz berish o‘tkazilayotgan binolarda va uylarda;
Keyingi tahrirga qarang.
5) O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya, savdo vakolatxonalari va konsullik muassasalari binolarida va harakatlanish vositalarida — diplomatiya protokolining xalqaro qonun-qoidalariga muvofiq;
6) chet eldagi respublikaga qarashli bo‘lgan, rasmiy shaxslar sifatida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi, O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vaziri, O‘zbekiston Respublikasining mudofaa ishlari vaziri — Milliy gvardiya qo‘mondoni, O‘zbekiston Respublikasi diplomatiya va konsullik vakolatxonalarining boshliqlari tushgan dengiz kemalarida va daryo kemalarida va boshqa harakatlanish vositalarida;
Keyingi tahrirga qarang.
8) respublikaning davlat va jamoat idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘tkazadigan marosimlarda, tantanali tadbirlarda;
9) sport maydonlarida — O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va birinchiliklarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish chog‘ida hamda O‘zbekiston Respublikasining sport terma komandalaridan vakil bo‘lgan xalqaro musobaqa g‘oliblarini mukofotlash munosabati bilan marosimlar o‘tkazish vaqtida ko‘tariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning 5-moddasi 3-bandida ko‘zda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i soat 6 da ko‘tariladi va soat 22 da tushirib qo‘yiladi, 5-moddaning 4-bandida ko‘zda tutilgan hollarda esa ovoz berishni yoki referendumni o‘tkazish davrida ko‘tarib qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda boshqa davlatning bayrog‘i ko‘tarilsa, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning old tomoniga qarab turganda) o‘ng tomondan, boshqa davlatning bayrog‘i chap tomondan ko‘tarilmog‘i kerak.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda bir qancha davlatlarning bayroqlari ko‘tarilganida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i alohida, qolganlari esa o‘zbek alfaviti bo‘yicha ko‘tariladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i boshqa davlatlarning bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul bo‘lgan boshqa joyda, yoxud tegishli tutqichi bo‘lgan dastada, yo bo‘lmasa flagshtokda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko‘pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda ko‘tariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Motam munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i motamga moslab ko‘tariladi. Bunday hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng bo‘lgan kenglikdagi qora tasma bog‘lanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bayroq motam munosabati bilan flagshtokda ko‘tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 bo‘lagicha tushirib qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i va uning tasviri katta-kichikligidan qat’iy nazar, hamma vaqt ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va sxematik tasviriga aniq mos bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar binolarida ko‘tarish chog‘ida ushbu Qonunda bayon etilgan talablarga rioya qilinishi uchun mas’uliyat ularning rahbarlari zimmasiga, bayroq turar joy binolarida ko‘tarilgan vaqtda esa — ularning egalari yoki uylardan foydalanishni tashkil etish topshirilgan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning aniq bajarilishini kuzatib borish xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qo‘mitalariga va O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatxonalariga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini behurmat qilganlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.