Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining
Qarori
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish boʻyicha nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 23 oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2198-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida” va “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2014-yil 15-iyuldagi 194-son “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 13-apreldagi 309-son “Suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2011-yil 19-yanvardagi 1, 2, 01-88-son qarori (roʻyxat raqami 2198, 2011-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish boʻyicha nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 21 sentabr,
399-son
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 11 sentabr,
5-15070-son
Kelishildi:
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
2026-yil 31 iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 21-sentabrdagi 399-son va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 11-sentabrdagi 5-15070-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish boʻyicha nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom asosiy faoliyat turi kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan koʻrsatilayotgan ichimlik suvi taʼminoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish, issiq suv taʼminoti va isitish (issiqlik taʼminoti) xizmatlari (bundan buyon matnda kommunal xizmatlar deb yuritiladi) boʻyicha tariflarni shakllantirish va xarajatlar tarkibini aniqlash tartibini belgilaydi”.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Kommunal xizmatlarning tariflarini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
3. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Tashkilotlar koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlarga narxlarni (tariflarni) raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiq mustaqil belgilaydi.”.
5. 26-bandning beshinchi xatboshisidagi “meʼyoriy hujjatlarni” degan soʻzlar “normativ hujjatlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Ilovada:
ilova belgisidan “va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ilova matnidagi “Issiqlik energiyasini ishlab chiqish, uzatish uchun yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining meʼyorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1687, 2007-yil 7-iyun)” degan soʻzlar “Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, ochiq va yopiq tizimlar orqali uzatish uchun yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining meʼyorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3846, 2026-yil 4-iyun)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2026 y., 10/26/2198-3/1074-son)