1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
super elita, ELITA VA KEYINGI AVLODLARGA MANSUB URUGʻLIK PAXTA YETIShTIRISh HUQUQIGA EGA BOʻLISh UChUN XOʻJALIKLAR OʻRTASIDA TANLOV OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(Buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-martda 1551-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 31-yanvardagi “2006-yilda paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-271-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur buyruq kuchga kiritilgan vaqtdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2003-yil 18-yanvardagi 14-sonli “Urugʻlik paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni tanlov asosida roʻyxatga olish haqidagi” buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning oʻrinbosari O.Ollaberganov zimmasiga yuklatilsin.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-fevral,
39-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 21-fevraldagi 39-sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
(Nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 497-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-yanvardagi PQ-271-sonli qarorlariga muvofiq tajriba va fermer xoʻjaliklariga super elita, elita va keyingi avlodli urugʻlarini yetishtirish huquqini berish uchun tanlov oʻtkazish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
I. Umumiy shartlar
1. Tumanda urugʻlik paxta yetishtirish maydoni, urugʻlik uchun ekiladigan gʻoʻza navlari va kutiladigan urugʻlik paxta xomashyosi hajmlari gʻoʻza urugʻchiligi Respublika markazi hududiy birlashmalari takliflari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan belgilanadi.
2. Tuman hokimi super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov oʻtkazish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tarkibini tasdiqlaydi va tanlovni eʼlon qilish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Komissiya tarkibiga tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (komissiya raisi), tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, xizmat koʻrsatuvchi tegishli bank(lar) hamda irrigatsiya tizimi boshqarmasi rahbarlari, tegishli paxta tozalash korxonasi, tuman “Davurugʻnazoratmarkaz” inspeksiyasi, “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) filiali, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi hamda tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi vakillari, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi hosiloti (agronomi) hamda boshqa tegishli korxona va tashkilotlar vakillari (rahbarlari) kelishuv asosida kiritilishi lozim.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2017-yil 4-dekabrdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-5, 14.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/1551-5/0417-son)
Komissiya kotibi etib, qoida tariqasida, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi xodimi tayinlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-yanvardagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-3, 03.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 5-son, 46-modda)
3. Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda yigʻilish oʻtkazishga haqli hisoblanadi.
Urugʻlik paxta yetishtirish toʻgʻrisidagi huquq 1 yilga beriladi.
4. Tuman hokimining tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari boshqaruvi (maʼmuriyati) binolarida osib qoʻyilishi kerak. Eʼlonda tanlovning oʻtkazish vaqti va joyi, taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxati va tanlov oʻtkazish tartibi koʻrsatilishi lozim.
5. Tanlov uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kundan keyin oʻtkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish huquqiga paxta yetishtiruvchi fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklar ega.
Gʻoʻzaning yangi, istiqbolli navlarini dastlabki koʻpaytiruvchi va rayonlashgan navlarining birlamchi urugʻchiligi bilan shugʻullanuvchi maxsus jihozlangan laboratoriya hamda malakali mutaxassislarga ega boʻlgan xoʻjaliklar (elita xoʻjaliklari) tanlovda ishtirok etmay super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-yanvardagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-3, 03.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 5-son, 46-modda)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
7. Komissiya super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun ruxsat berish boʻyicha tanlov oʻtkazadi. Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlash uchun tuman hokimiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnoma nusxalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari hamda gʻoʻza urugʻchiligi Respublika markazining hududiy birlashmalariga taqdim etiladi.
8. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
(7-8-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
II. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun ruxsat berish umumiy shartlari
(II-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
9. Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kun davomida arizalar qabul qilinadi.
10. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov eʼlon qilingan kunning 30-kuni soat 18-00 da toʻxtatiladi. Agar 30-kun dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuni soat 18-00 da arizalarni qabul qilish toʻxtatiladi.
11. Ariza va hujjatlarni komissiyaning kotibi qabul qiladi. Komissiyaning kotibi daʼvogarlarga tanlovda yuqori ball olishi uchun imkon beradigan barcha holatlarni tushuntirib, lozim boʻlganda uning hujjatlaridagi kamchiliklarni ishchi tartibda bartaraf etish choralarini koʻradi. Komissiya kotibi tanlovda ishtirok etish kunigacha daʼvogarning baholanadigan imkoniyatlarini asoslantiruvchi hujjatlarning toʻliq taqdim qilinishini, ularning toʻgʻri rasmiylashtirilishini taʼminlashga koʻmaklashishi lozim.
III. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash tartibi
12. Tanlov 5 ish kunida oʻtkaziladi. Tanlov ikki bosqichdan iborat boʻladi:
birinchi bosqichda hujjatlarning toʻliqligi va mazmuni tekshiriladi;
ikkinchi bosqichda daʼvogarlarning arizalarida bayon qilingan imkoniyatlarining asoslanganligi oʻrganib chiqiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
13. Daʼvogarlar imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida baholanadi.
14. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda komissiya muayyan super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun berilgan ariza taqdim etgan daʼvogarlarning hujjatlari asosida ularning takliflarini puxta oʻrganib chiqadi. Bunda ariza beruvchining oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning toʻliqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
15. Tanlovda ishtirok etuvchi qatnashuvchilarni tanlashning birinchi bosqichida daʼvogarlarning imkoniyatlari quyidagi koʻrsatkichlar asosida baholanadi:
a) xoʻjaliklar yer maydonining tuproq unumdorligi — tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasiga asosan 1 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
b) xoʻjaliklarning paxta ekiladigan maydoni — tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi maʼlumotnomasiga asosan 2 balldan 10 balgacha baholanadi (paxta ekiladigan maydon 10 gektardan kam boʻlgan holda 0 ball qoʻyiladi). Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
v) xoʻjaliklarning oqar suv taʼminoti — irrigatsiya tizimi boshqarmasi maʼlumotnomasiga asosan 0 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
g) soʻnggi 3 yil ichida gʻoʻza maydonlari kasalliklarga chalinmaganligi va zararkunandalar bilan zararlanmaganligi, shuningdek ularda begona oʻtlar tarqalmaganligi — “Oʻzagrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining tuman (shahar) filiali maʼlumotnomasiga asosan 1 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
(15-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 30-dekabrdagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-4, 12.01.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 38-modda)
d) xoʻjalik rahbarining mutaxassisligi va maʼlumoti — maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli koʻrsatilgan holda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
e) xoʻjalik rahbarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish staji — mehnat daftarchasiga asosan 2 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli koʻrsatilgan holda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
j) xoʻjalikda ishlayotgan urugʻchi hosilotning (agronomning) maʼlumoti — maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli koʻrsatilgan holda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
z) xoʻjalikning majburiyatlardan holi boʻlgan bank hisobvaragʻida pul mablagʻlari mavjudligi — bank tomonidan berilgan maʼlumotnoma (bank rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan) asosida 0 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
i) daʼvogarning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi (ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib) — texnika vositalari texnik pasportlari va “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasiga asosan 2 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga texnika vositalari texnik pasportlarining asli koʻrsatilgan holda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi va “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasining asli taqdim etiladi.
Texnika vositalarini baholashda texnik pasportda texnika vositasining sozligini tasdiqlovchi belgi mavjud boʻlgan texnika vositalarigina baholanadi.
Texnika vositalarini baholashda ular uchun qoʻyilgan ballar yigʻindisi 10 balldan oshmasligi lozim;
k) daʼvogar tomonidan soʻnggi 3 yil ichida paxta xomashyosi yetkazib berish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilganligi — shartnoma tuzgan paxta tozalash korxonasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida 1 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
l) xoʻjalikning soʻnggi 3 yil ichidagi paxta hosildorligi — shartnoma tuzgan paxta tozalash korxonasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida 1 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi.
Daʼvogarning har bir koʻrsatkichi boʻyicha tegishli ballni berish masalasi komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir koʻrsatkich boʻyicha bitta ball beriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-yanvardagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-3, 03.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 5-son, 46-modda)
16. Yigʻilishda komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovoziga koʻra qoʻyilgan reyting ballariga asosan tanlov gʻoliblari aniqlanadi.
Tanlovda har bir komissiya aʼzosi tomonidan daʼvogarga qoʻyilgan ballar yigʻindisi komissiyada ball qoʻygan aʼzolar soniga boʻlinadi va daʼvogarga qoʻyilgan oʻrtacha ball hisoblab chiqariladi.
17. Eng koʻp ball toʻplagan daʼvogar tanlov gʻolibi deb komissiya raisi tomonidan eʼlon qilinadi.
18. Tumanda urugʻlik yetishtirish uchun talab etiladigan maydonga qarab, keyingi oʻrinlarni egallagan daʼvogarlar ham urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻladi.
19. Komissiya yakuniy yigʻilishining bayonnomasi mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda ikki nusxada tuzilib, komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
20. Komissiyaning yakuniy yigʻilishi bayoni va unga ilova qilingan hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalariga yuboriladi (tuman hokimiyati qoshidagi komissiya bilan kelishgan holda).
IV. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun daʼvogarlarni tanlash va tanlov oʻtkazish ishlari boʻyicha hujjatlarni yuritish
(IV-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
21. Tanlovda gʻolib boʻlgan xoʻjaliklar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (alohida-alohida) tanlov yakunlanganidan soʻng 7 kun ichida komissiya tomonidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalariga saqlash uchun topshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-yanvardagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-3, 03.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 5-son, 46-modda)
22. Tanlov oʻtkazish va uning yakuni boʻyicha yigʻilgan barcha hujjatlar va maʼlumotlar komissiya tomonidan umumlashtirilib, mazkur Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlardan iborat boʻlgan yigʻmajildda rasmiylashtiriladi.
Yigʻmajild tanlov yakunlanganidan soʻng 7 kun ichida komissiya tomonidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalariga topshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalari 7 kun ichida yigʻmajildlarni hudud boʻyicha umumlashtirib, umumlashtirilgan yigʻmajildni Gʻoʻza urugʻchiligi respublika markaziga topshiradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-yanvardagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-3, 03.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 5-son, 46-modda)
23. Har bir yigʻmajild quyidagi hujjatlar va maʼlumotlardan iborat boʻlishi lozim:
a) tuman hokimining tanlov oʻtkazish komissiyasi tarkibini tasdiqlash va tanlovni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
b) komissiyaning tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlari nusxasi;
v) har bir komissiya aʼzosi tomonidan toʻldirilgan tanlov varaqalari nusxasi;
g) tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi;
d) tanlov oʻtkazish va uning yakuni boʻyicha komissiya tomonidan qabul qilingan bayonnomalar nusxasi;
e) tanlov oʻtkazish va uning yakuni boʻyicha boshqa tahliliy maʼlumotlar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-yanvardagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-3, 03.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 5-son, 46-modda)
24. Tanlovda gʻolib boʻlgan xoʻjaliklarning hujjatlari (alohida-alohida) hamda yigʻmajildlarning toʻliq yuritilishi va ularning belgilangan muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalariga topshirilishi uchun komissiya raisi va kotibi masʼul hisoblanadi.
Komissiya tomonidan topshirilgan tanlovda gʻolib boʻlgan xoʻjaliklarning hujjatlari (alohida-alohida) hamda yigʻmajildlarning saqlanishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalari rahbari masʼul hisoblanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-yanvardagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-3, 03.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 5-son, 46-modda)
V. Tanlov gʻoliblarining vazifalari, funksiyalari va javobgarligi
25. Tanlov gʻoliblarining asosiy vazifalari:
respublika ehtiyojini qondirish uchun navlar boʻyicha zarur miqdordagi, standart talablariga mos keluvchi nav urugʻlarining avlodlarini hisobga olgan holda yetishtirish;
koʻpaytirilayotgan navning qimmatli xoʻjalik, texnologik xususiyatlarini saqlab qolish;
yuqori sifatli va nav sofligiga ega boʻlgan super elita va elita urugʻlarini yetishtirish;
super elita va elita urugʻliklarini yetishtirish va qayta ishlash tartib va qoidalariga amal qilish;
nav mualliflari va nav originatorlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va meʼyorlarda sifatli oʻtkazilishini taʼminlash.
Tanlov gʻoliblari oʻzlariga yuklatilgan vazifalarga asosan quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
urugʻlik maydonlarini yuqori unumdor, mexanizmlar yordamida ishlov berishga qulay, suv bilan yaxshi taʼminlangan, shoʻrlanmagan va tekis dalalarda joylashtiradi;
almashlab ekish va agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish dasturini tuzish va ularning hisobini olib boradi;
(25-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-yanvardagi 21-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1551-3, 03.02.2016-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 5-son, 46-modda)
super elita va elita maydonlarini ixcham qilib joylashtirish, belgilangan tartibda va maqbul muddatlarda oraliq himoya masofani saqlagan holda ekadi;
foydalanishga ruxsat etilgan preparatlar bilan zararsizlantirilgan urugʻlarni ekadi;
yiliga kamida ikki marta nav tozaligi boʻyicha dala koʻrigini oʻtkazib, navga xos boʻlmagan gʻoʻza tuplaridan tozalash ishlarini tashkillashtiradi.
(25-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-yanvardagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-3, 03.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 5-son, 46-modda)
VI. Yakuniy qoidalar
27. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar Komissiya tomonidan amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan tartibda hal etiladi.
28. Mazkur Nizom “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
(Nizomning 27-28-bandlari Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) muvofiq 26-27-bandlar deb hisoblansin — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
“Kelishildi”
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi E. ZIKRIYOEV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-fevral,
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlovini oʻtkazish sxemasi
(1-ilovaning raqamlanishi va uning nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilovaning raqamlanishi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda daʼvogarlarning imkoniyatlarini baholaydigan REYTING BALLARI
Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasi
50 balldan
60 ballgacha
8 ball
40 baldan
50 ballgacha
1 ball
2.
Paxta ekiladigan maydon
40 gektar
va undan yuqori
10 ball
Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi maʼlumotnomasi
30 gektardan
40 gektargacha
6 ball
20 gektardan 30 gektargacha
4 ball
10 gektardan 20 gektargacha
2 ball
3.
Oqar suv taʼminoti
yaxshi
10 ball
Irrigatsiya tizimi boshqarmasi maʼlumotnomasi
oʻrtacha
5 ball
yomon
0 ball
4.
Soʻnggi 3 yil ichida gʻoʻza maydonlari kasalliklarga chalinmaganligi va zararkunandalar bilan zararlanmaganligi, shuningdek ularda begona oʻtlar tarqalmaganligi
soʻnggi 3 yilda kuzatilmagan
10 ball
“Ag�okimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) filiali maʼlumotnomasi
soʻnggi 2 yilda kuzatilmagan
5 ball
soʻnggi 1 yil davomida kuzatilmagan
1 ball
5.
Xoʻjalik rahbarining mutaxassisligi va maʼlumoti
urugʻchilik boʻyicha agronom
10 ball
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat
agronom
9 ball
iqtisodchi
8 ball
huquqshunos
7 ball
injener, hisobchi
5 ball
mexanik, zootexnik, veterinar va boshqa mutaxassislar
4 ball
6.
Xoʻjalik rahbarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish staji
Xoʻjalikning majburiyatlardan holi boʻlgan bank hisobvaragʻida mavjud pul mablagʻlari
eng kam ish haqining
1000 barobari
va undan yuqori miqdorda
10 ball
Bank tomonidan berilgan maʼlumotnoma
eng kam ish haqining
800 barobaridan 1000 barobarigacha miqdorda
8 ball
eng kam ish haqining
500 barobaridan
800 barobarigacha miqdorda
6 ball
eng kam ish haqining
200 barobaridan 500 barobarigacha miqdorda
4 ball
eng kam ish haqining
100 barobaridan 200 barobarigacha miqdorda
2 ball
eng kam ish haqining
100 barobaridan kam boʻlsa
0 ball
9.
Daʼvogarning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi
haydov traktori
2 ball
Texnika vositalari texnik pasporti, “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasi
chopiq traktori (kulʼtivator bilan)
2 ball
chopiq traktori (OVX-600) (2 ta tirkama bilan)
2 ball
er tekislagich — greyder, chizel(mola, borona komplektda), pushta olgich
2 ball
chigit ekish seyalkasi
2 ball
10.
Soʻnggi 3 yil ichida paxta xomashyosi yetkazib berish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilganligi
soʻnggi 3 yil
ichida bajargan
10 ball
Paxta tozalash korxonasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma
soʻnggi 2 yil
ichida �ajargan
5 ball
soʻnggi 1 yil
ichida bajargan
1 ball
11.
Soʻnggi 3 yil ichidagi paxta hosildorligi
40 sentner
va undan yuqori
10 ball
Paxta tozalash korxonasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma
35 sentnerdan
40 sentnergacha
8 ball
30 sentnerdan
35 sentnergacha
6 ball
25 sentnerdan
30 sentnergacha
2 ball
25 sentner
va undan kam
0 ball
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 30-dekabrdagi 30-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-4, 12.01.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 38-modda)
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(3-ilovaning raqamlanishi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
_________ viloyati _______ tumani ______________________________________ komissiyasi yigʻilishining
(komissiyaning nomi)
____________-SONLI BAYoNNOMASI
_____________ viloyati _________________ tumani “___” _________ 200_ yil