1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.64.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAʼLIM MUASSASALARINI DAVLAT AKKREDITATSIYASIDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470 -sonli “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 25-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-fevral,
21-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 21-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 25-moddalariga muvofiq idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari)ni davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
3. Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Davlat inspeksiyasi) tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
Attestatsiya taʼlim muassasasi faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanib, taʼlim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
4. Davlat akkreditatsiyasi taʼlim muassasasi faoliyatining davlat taʼlim standartlari va davlat talablari mezon va talablariga javob berishining davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda uning bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarni topshirish huquqini berishdan iborat.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etilgan taʼlim muassasalari birinchi attestatsiyadan oʻtgunga qadar akkreditatsiyalangan deb hisoblanadi.
6. Litsenziyaga ega boʻlgan, davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan nodavlat taʼlim muassasalari bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha imtihonlar topshirgandan keyin beriladi.
7. Taʼlim muassasalari attestatsiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
II. Attestatsiya oʻtkazish tartibi
8. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 9 yilda, boshqa taʼlim muassasalari 5 yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Oliy taʼlim muassasasi tarkibida filiallar va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim turi mavjud boʻlsa, ularning attestatsiyasi oliy taʼlim muassasasining asosiy taʼlim faoliyati attestatsiyasi bilan bir vaqtda oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
9. Yangi tashkil etilgan taʼlim muassasasi attestatsiyasi birinchi bitiruv yakunlariga koʻra taʼlim oluvchilar tayyorlash davri toʻla tugagandan soʻng oʻtkaziladi.
10. Attestatsiya jarayonida taʼlim turlari boʻyicha taʼlim muassasalarining oxirgi uch yillik faoliyatini kompleks tahlil etish asosida quyidagilarga alohida eʼtibor beriladi:
a) maktabgacha taʼlim muassasalarida:
taʼlim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi;
bolalar rivoji uchun oʻyinchoqlar, uslubiy qoʻllanma va bolalar adabiyoti bilan taʼminlanganligi, sport maydonchalari va zarur sharoitlarning yaratilganligi, ovqatlanish hamda dam olish xonalarining belgilangan sanitariya-gigiyenik va estetik talablarga mosligi, shuningdek, foydalanish holati;
b) umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida:
taʼlim jarayoniga davlat taʼlim standartlarining joriy etilganligi;
oʻquvchilar bilim darajalarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligi;
oʻquv-uslubiy ishlarning olib borilishi va oʻquvchilarning darslik hamda uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlanganlik darajasi;
pedagog kadrlar salohiyati;
taʼlim jarayoniga zamonaviy oʻqitish uslublari va axborot texnologiyalarining joriy etilganligi;
moddiy-texnik salohiyatni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturining bajarilish holati;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning tashkil etilish sifati;
v) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida:
oʻquv-tarbiyaviy jarayonning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tashkil etilganligi;
taʼlim muassasalarining normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlanganlik darajasi va ularning taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etilganlik holati;
oʻquvchilarning oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirish darajasi (bilimi);
pedagog, muhandis-pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi va ularning sifat tarkibi;
oʻquv rejasidagi fanlar boʻyicha zarur oʻquv adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanma, lugʻat, maʼruzalar toʻplami, uslubiy qoʻllanma, elektron darslik)ning mavjudligi va kutubxona fondining ular bilan toʻldirilganligi;
kutubxonaning oʻqitish tiliga mos holda oʻquv, uslubiy, siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilishi;
moddiy-texnik taʼminoti, oʻquv, laboratoriya va amaliyot xonalari hamda ustaxonalarning jihozlanishi, axborot kommunikatsion texnologiyalarining joriy etilganligi, kompyuterlashtirish darajasi, moddiy-texnik bazasining mavjud taʼlim yoʻnalishlariga mosligi;
mavjud oʻquv-laboratoriya jihozlari, dastgoh, asbob-uskuna va texnikalarning oʻquv jarayonida ishlatilishi;
zamonaviy pedagogik texnologiyalarning oʻquv jarayonida qoʻllanilishi;
iqtidorli oʻquvchilar, respublika va xalqaro fan olimpiadalari, koʻrik-tanlovlar gʻoliblari salmogʻi;
taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi, taʼlim muassasalarida vasiylik kengashlarining tashkil etilganligi hamda ular faoliyatining samarasi;
kasbga yoʻnaltirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarining samaradorligi, taʼlim muassasasiga oʻquvchilar qabul qilish jarayonining tashkil etilishi va amalga oshirilishi;
bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichlariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish darajasi;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning reja asosida tashkil etilganligi va uning samarasi;
oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar hamda ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish holati;
g) oliy taʼlim muassasalarida:
davlat taʼlim standartlarining oʻquv jarayoniga joriy etilishi;
talabalarning fan dasturlarini oʻzlashtirish darajasi (bilimi);
ilmiy-tadqiqot ishlarining isteʼmolchilar talablaridan kelib chiqib olib borilayotganligi;
talabalarning darslik (jumladan, elektron darsliklar) va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlanganlik darajasi;
moddiy-texnik taʼminoti, oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlashtirish salmogʻi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan toʻldirilish holati va ulardan foydalanilishi hamda foydali oʻquv-laboratoriya maydoni bilan taʼminlanganlik darajasi;
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi;
taʼlimning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasi;
tayanch doktorantura va doktorantura orqali hamda mustaqil izlanuvchilik asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyati;
(10-bandning “g” kichik bandi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bilan hamkorligi;
maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati;
bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichlariga oʻqishga yoki ishga joylashishi;
xalqaro hamkorlikning yoʻlga qoʻyilganligi;
g1) oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida:
davlat talablarining taʼlim jarayoniga joriy etilishi;
falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyalari mavzulari va bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarning respublika ilmiy-texnik hamda texnologik rivojlanish va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi;
(10-bandning “g1” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
ilmiy maslahatchilar tarkibining sifat koʻrsatkichlari hamda ularning ilmiy-tashkiliy faoliyati natijalari;
kadrlar tayyorlash boʻyicha istiqbol rejaning ustuvor yoʻnalishlarga mosligi;
taʼlimni amalga oshirish jarayoniga jalb etilgan pedagog va ilmiy xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi eʼtirof etgan jurnallarda, shuningdek xorijiy nashrlarda ilmiy maqolalarni chop etish faoliyati;
tayanch doktorant va doktorantlarga ijtimoiy, ilmiy, ijodiy hamda loyihalash ishlarini olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
(10-bandning “g1” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
tayanch doktorant va doktorantlarning shaxsiy ish rejalarining bajarilishi, hisobotlarining oliy taʼlim muassasalarining kengashi yoki ilmiy tadqiqot muassasalarining ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashlari, tegishli boʻlim, laboratoriya va boshqalarda muhokama qilinganligi hamda tasdiqlangan rejaga mos deb topilganligi;
(10-bandning “g1” kichik bandi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
tayanch doktorant va doktorantlar faoliyati samaradorligi monitoringini olib borilishi holati;
(10-bandning “g1” kichik bandi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutini bitirgan tayanch doktorantlarning falsafa doktori (PhD) va doktorantlarning fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyalarini himoya qilish holati;
(10-bandning “g1” kichik bandi oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyalari doirasida olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etish holati va ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi.
(10-bandning “g1” kichik bandi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
d) kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalarida:
davlat talablarining oʻquv jarayoniga joriy etilishi;
moddiy-texnik, oʻquv-laboratoriya taʼminoti, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanish holati;
ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyati va ular faoliyatining samaradorligi;
oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi (jumladan, multimedia va boshqa uslublarning qoʻllanilishi);
taʼlimning ishlab chiqarish bilan integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik faoliyati.
11. Taʼlim muassasalari attestatsiyasi xolislik, toʻla oshkoralik, davriylik va pedagogik etika meʼyorlariga amal qilingan holda oʻtkaziladi.
111. Nodavlat taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun yigʻim Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
12. Davlat inspeksiyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarini ishlab chiqadi hamda attestatsiya ular asosida oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
13. Tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar attestatsiya jadvalini hamda attestatsiya tekshiruviga oid hujjatlarni attestatsiya boshlanishidan 3 oy oldin Davlat inspeksiyasidan oladilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
14. Davlat inspeksiyasida attestatsiyadan oʻtuvchi taʼlim muassasasi uchun attestatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar yigʻma jildi yigʻiladi. Unda:
Komissiya tuzish haqidagi buyruq (qaror);
taʼlim muassasasining komissiyaga taqdim etgan hujjatlari nusxalari;
attestatsiya natijalari boʻyicha komissiya xulosasi;
attestatsiya natijalari boʻyicha Davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi jamlanadi.
Hujjatlar yigʻmajildi navbatdagi attestatsiya oʻtkazilgunga qadar Davlat inspeksiyasida saqlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
III. Attestatsiya komissiyalarini tashkil etish va ularning tarkibi
15. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Davlat inspeksiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda qoʻshma qaror qabul qiladi. Attestatsiya komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya)lari mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tuziladi va tarkibiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼul xodimlari, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mutaxassislari, fan va taʼlim kasaba uyushmasi hamda jamoatchilik vakillari jalb etiladi. Komissiyani tuman (shahar) hokimining masʼul oʻrinbosari boshqaradi.
Davlat inspeksiyasi taʼlim muassasalari attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
16. Bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga boʻysunuvchi umumiy oʻrta maktab taʼlim muassasalari uchun Komissiyalar tarkibiga ushbu vazirlik hamda uning viloyatlardagi boshqarmalari mutaxassislari, taʼlim muassasalari pedagoglari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼul xodimlari jalb etiladi. Komissiya Davlat inspeksiyasi tomonidan tuzilib, unga Davlat inspeksiyasi xodimi rahbarlik qiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
17. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, oliy taʼlim muassasalari, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalari uchun Komissiyalar tarkibiga mos ravishda taʼlim muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, taʼlimni boshqaruv boʻyicha vakolatli davlat organlarining masʼul xodimlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari va tegishli ishlab chiqarish korxonalarining yuqori malakali mutaxassislari jalb etiladi hamda ular attestatsiya qilinayotgan taʼlim muassasalariga aloqador boʻlmasligi lozim.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Komissiya Davlat inspeksiyasi tomonidan tuzilib, unga Davlat inspeksiyasi xodimi rahbarlik qiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
18. Komissiya aʼzolarining xizmat safarlari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar ularning asosiy ish joyi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Bunda tegishli budjet tashkilotlaridan jalb qilingan attestatsiya komissiyasi aʼzolarining xizmat safari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlari ushbu budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida xizmat safari uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
19. Komissiyalar tarkibi va ish muddati taʼlim muassasalarining turi hamda taʼlim yoʻnalishlariga qarab belgilanadi.
IV. Attestatsiya yakunlari
20. Komissiya taʼlim muassasasidagi taʼlim dasturlari, yoʻnalishlar va mutaxassisliklarni attestatsiya qilib, ularda kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligi haqida xulosa tayyorlaydi.
21. Komissiya taʼlim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari hamda taʼlim muassasasi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqadi. Davlat inspeksiyasi attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni oʻz vaqtida bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil qiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
22. Maktabgacha taʼlim muassasalari attestatsiyasi boʻyicha ekspertlar tomonidan tarbiyalanuvchilar uchun oʻtkazilgan nazorat ishlari natijalari, davlat talablarini oʻzlashtirish darajasi, taʼlim muassasasi Ustavida belgilangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha taʼlim muassasasi toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
oʻtkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 80 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi faoliyati mezonda belgilangan umumiy ballning 80 foizi va undan yuqori ball toʻplaganda “Attestatsiyadan oʻtdi”;
oʻtkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 60 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 65 foizi va undan yuqori baholanganda “Attestatsiyadan shartli oʻtdi”;
oʻtkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 60 foizidan kami ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 65 foizidan past baholanganda “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
23. Maktabgacha taʼlim muassasalari “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilganda, ular bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
24. Maktabgacha taʼlim muassasalari “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilganda:
ularni tugatish yoki qayta tashkil etish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobini berish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) masalasi qoʻyiladi.
25. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari attestatsiyasi boʻyicha soʻnggi uch yilda taʼlim muassasasi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va ekspertlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat ishlari natijalari, taʼlim muassasasi davlat taʼlim standartlari va Ustavida belgilangan vazifalarning bajarilish darajasi asosida taʼlim muassasasi toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
bitiruvchilarning 75 foizi va undan koʻpi, nazorat ishlarida oʻquvchilarning 60 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 70 foizi va undan koʻpini toʻplaganda “Attestatsiyadan oʻtdi”;
bitiruvchilarning 60 foizi va undan koʻpi, nazorat ishlarida oʻquvchilarning 50 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan koʻpini toʻplaganda “Attestatsiyadan shartli oʻtdi”;
bitiruvchilarning 50 foizi va undan kami “qoniqarli” baholangan boʻlib, nazorat ishlarida oʻquvchilarning 50 foizi va undan koʻpi “qoniqarsiz” baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball toʻplaganda “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilganda, ular bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
26. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilca:
taʼlim muassasasi rahbarlarini navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etish;
taʼlim muassasasi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini boshqa taʼlim muassasasi bitiruvchilari bilan qoʻshib oʻtkazish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobini berish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) masalasi qoʻyiladi.
Bunda “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan nodavlat taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini boshqa umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga koʻchirish masalasi xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
27. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalaridagi mavjud taʼlim yoʻnalishlarining 70 va undan koʻp foizi attestatsiyadan oʻtgan holda taʼlim muassasasi “Attestatsiyadan oʻtdi”, 30 dan 70 foizgacha — “Attestatsiyadan shartli oʻtdi”, 30 va undan kam foizida “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
28. “Attestatsiyadan oʻtdi” va “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim (tayyorlov) yoʻnalishlari boʻyicha koʻrsatilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish uchun bir yil muddat beriladi va ushbu muddat tugagandan soʻng bu taʼlim (tayyorlov) yoʻnalishlari qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
29. Qayta attestatsiya natijalariga koʻra “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan taʼlim (tayyorlov) yoʻnalishlari tugatiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
30. “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan taʼlim muassasalari boʻyicha taʼlimni boshqaruv davlat organlariga taʼlim muassasasi rahbariyati, attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlarga masʼul boʻlim boshliqlari va kafedra mudirlarining oʻz lavozimlariga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish hamda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni tugatish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish tavsiya qilinadi.
31. “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
taʼlim muassasasi faoliyatini qayta tashkil etish boʻyicha taʼlimni boshqaruv davlat organlariga taklif kiritish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobini berish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun).
Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan nodavlat taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini boshqa oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga koʻchirish masalasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
32. Oliy taʼlim muassasasida mavjud yoʻnalishlar va mutaxassisliklarning umumiy soniga nisbatan 75 va undan koʻp foizi “Attestatsiyadan oʻtdi” deb xulosa qilinsa, taʼlim muassasasi “Attestatsiyadan oʻtdi”, 67 foizdan 75 foizgacha —“Attestatsiyadan shartli oʻtdi”, 67 va undan kam foizida “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
33. “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan oliy taʼlim muassasasining attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir yil vaqt beriladi. Ushbu muddat tugaganidan soʻng oliy taʼlim muassasasining attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlari va mutaxassisliklari qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda taʼlim muassasasi faoliyatida qayd etilgan boshqa kamchiliklarning bartaraf etilganligi oʻrganiladi.
34. “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan oliy taʼlim muassasasining prorektorlari, attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlar va mutaxassisliklarga masʼul dekanlari navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkaziladi. Tegishli mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudirlarining oʻz vazifalarini qoniqarsiz bajarayotganliklarini qayd etib, oliy taʼlim muassasasi rektoriga kelgusida ularning kafedralarni boshqarishi yoki boshqarmasligi masalasini oliy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashiga kiritish boʻyicha tavsiya beriladi.
Attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar bir yildan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
35. Qayta attestatsiya natijalariga koʻra “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari yopiladi.
36. Oliy taʼlim muassasalarining qayta attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu oliy taʼlim muassasasining yuqori turuvchi vazirlik (idora) tomonidan tashkil etilgan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
37. “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan oliy taʼlim muassasasi toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
taʼlim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish;
taʼlim muassasasining maqomini oʻzgartirish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobi berish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun).
371. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasida kamida bitta ixtisoslik attestatsiyadan oʻtgan taqdirda, mazkur muassasa ushbu taʼlim turi boʻyicha “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etiladi.
372. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim ixtisosliklarini oxirgi 3 yilda bitirgan tayanch doktorantlar va doktorantlardan dissertatsiyasi ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash tomonidan himoyaga qabul qilinganlar soni 10 foizdan kam boʻlsa ixtisoslikka nisbatan “Attestatsiyadan oʻtmadi” degan qaror qabul qilinadi.
(372-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
373. “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasining attestatsiyadan oʻtmagan ixtisosliklari bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
374. Qayta attestatsiya natijalariga koʻra “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan ixtisosliklarga qabul toʻxtatiladi. Qayta attestatsiya natijalari qabulni toʻxtatish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga yuboriladi.
(374-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
375. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilganda:
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim boʻyicha qabul toʻxtatiladi;
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim boʻyicha litsenziyaning amal qilishi tugatiladi (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun);
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim boʻyicha litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobi berish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun) masalasi koʻriladi;
taʼlim olayotganlar ilmiy ishlarini davom ettirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan boshqa turdosh taʼlim muassasalariga oʻtkaziladi.
(375-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
376. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining monitoringi natijalari hamda oliy yoki ilmiy-tadqiqot taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida joylarga chiqmagan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
(376-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
38. Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasa (MOM)lari boʻyicha:
MOMning davlat talablari va Ustavida belgilangan vazifalari, oʻquv jarayonining tashkil etilishi, ilmiy-pedagog kadrlar salohiyati va ular faoliyatining samaradorligi, moddiy-texnik va oʻquv-laboratoriya taʼminoti, oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi, ishlab chiqarish bilan integratsiya va xalqaro hamkorlik boʻyicha faoliyati Davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar bilan baholanadi. Mezonlar asosida MOMda mavjud kurslarning 75 va undan koʻp foizi attestatsiyadan oʻtsa, MOM “Attestatsiyadan oʻtdi”, 55 foizdan 75 foizgacha attestatsiyadan oʻtsa, MOM “Attestatsiyadan shartli oʻtdi”, 55 dan kam foizi attestatsiyadan oʻtsa, MOM “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi;
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
“Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan MOM bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
“Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan MOM toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
taʼlim muassasasini qayta tashkil etish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobi berish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun).
381. “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan taʼlim muassasalarining davlat akkreditatsiyasi qayta attestatsiya oʻtkazilgunga qadar uzaytirilgan hisoblanadi.
(381-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
382. Qayta attestatsiya natijalariga koʻra taʼlim muassasasiga nisbatan “Attestatsiyadan oʻtdi” yoki “Attestatsiyadan oʻtmadi” degan qarorlardan biri qabul qilinadi.
(382-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
39. Davlat inspeksiyasi taʼlim muassasalari attestatsiyasi jarayonida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning oʻz vaqtida bartaraf etilishini muntazam nazorat qiladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
40. “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash uchun zarur hujjatlar Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
V. Davlat akkreditatsiyasini oʻtkazish tartibi
41. Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Davlat inspeksiyasi qoshida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasi tuziladi. Komissiya tarkibi Davlat inspeksiyasi buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim muassasalarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda Akkreditatsiya komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimi jalb etiladi. Davlat inspeksiyasi direktori Akkreditatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
42. Davlat akkreditatsiyasi taʼlim muassasasining attestatsiyasi xulosalariga koʻra amalga oshiriladi. Akkreditatsiya komissiyasi taʼlim muassasasi faoliyatining davlat taʼlim standartlari va davlat talablari mezoni hamda talablariga javob berishini eʼtirof etish bilan birgalikda uning maqomini ham belgilaydi.
43. Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan taʼlim muassasasi attestatsiyasi xulosasi Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
44. Taʼlim muassasasini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish haqidagi qaror hujjatlar topshirilgandan keyin bir oy muddatda qabul qilinadi.
Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, taʼlim muassasasiga 2 hafta davomida davlat akkreditatsiyasi haqida ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi sertifikat beriladi.
Sertifikatda taʼlim muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli, turi, maqomi va sertifikatning amal qilish muddati qayd etiladi.
Sertifikatga taʼlim muassasasining taʼlim dasturlari, yoʻnalish va mutaxassisliklari roʻyxati ilova qilinadi (2-ilova).
Sertifikat 5 yil muddatga beriladi.
Sertifikat blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Sertifikat blankalari namunalari Davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va uning buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. Davlat inspeksiyasi boshligʻi sertifikat blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
(44-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
45. Taʼlim muassasasi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikat oʻz kuchini yoʻqotadi.
46. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim muassasasi tomonidan taʼlimga oid qonunlar buzilganligi yoki amalga oshirilayotgan taʼlim xizmatlari Davlat taʼlim standartlari va davlat talablariga mos kelmasligi yoki sertifikatda belgilangan koʻrsatkichlar doirasidan chetga chiqishlar aniqlangan taqdirda Davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikat bekor qilinishi mumkin.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
47. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim muassasalari Davlat inspeksiyasida hisobga olinadi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Taʼlim muassasalari yangi tashkil etilganda, qayta tashkil etilganda, tugatilganda manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan, nodavlat taʼlim muassasalari tugatilganda taʼsischilari tomonidan tegishli qaror nusxasi bir hafta muddatda Davlat inspeksiyasiga taqdim etilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan birgalikda tashkil etilgan taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlarining taʼlim muassasalari filiallari akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi yoki unga tenglashtirilgan hujjatni asosiy taʼlim muassasasidan olgandan soʻng, uning nusxasini ikki hafta muddatda Davlat inspeksiyasiga taqdim etishi shart.
Davlat inspeksiyasi ushbu hujjatlar asosida davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim muassasalari reyestriga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
48. Taʼlim muassasalari attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi natijalaridan norozi boʻlgan taʼlim muassasalari rahbarlari yoki ularning taʼsischilari belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
mosligini tasdiqlaydi va bitiruvchilarga mazkur sertifikat ilovasiga muvofiq taʼlim yoʻnalish (mutaxassislik)lari, dasturlari, bosqichlari boʻyicha davlat namunasidagi taʼlim haqidagi hujjatlarni berish huquqini kafolatlaydi (sertifikat ilovasi bilan haqiqiydir).
Amal qilish muddati ______ yil
M.Oʻ.
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi
___________
__________
(imzo)
(F.I.Sh.)
Seriya № 0000
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
200__ yil ____ ___________ da
№____ - raqami bilan qayd etilgan
Davlat akkreditatsiyasi toʻgʻrisidagi sertifikatga ilova