Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.09.2020
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish yuzasidan kompleks tadbirlar rejasini ishlab chiqib amalga oshirsin. Davlat budjetini tasdiqlashda milliy dasturning moliyaviy va moddiy ta’minotiga alohida e’tibor berilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 29-avgust,
463-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y.,11-12-son, 295-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 150-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda)