Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.03.2010
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2005 YIL 2 MAYDAGI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASh DAVLAT QO‘MITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA”GI QARORIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi PQ-1293-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi PF–3675-son Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ–66-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-yanvar,
PQ–265-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2006-yil 20-yanvardagi PQ–265-sonli qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ–66-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. 3-bandning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish Respublika muvofiqlashtirish kengashining ishchi organi hisoblanadi”.
yigirmanchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) vakil qilingan respublika komissiyalari va kengashlari, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari takliflari asosida korxonalarni bankrot deb e’lon qilish, ularni tarkibiy o‘zgartirish va ixchamlashtirish tartibotini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi”;
yigirma ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“j) ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bo‘lgan korxonani sudgacha sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi”;
yigirma to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“i) tarkibiy o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarning, shuningdek, ularga nisbatan bankrotlik tartibotlari qo‘llangan korxonalarning qurilishi tugallanmagan obyektlarini va asosiy fondlarini konservatsiya qilish va sotish masalalarini ko‘rib chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi”;
mazmuni quyidagicha bo‘lgan yigirma yettinchi—o‘ttizinchi xatboshilar qo‘shimcha ravishda kiritilsin:
“m) davlat tomonidan madad olgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilishni uzaytirish va muddatidan ilgari to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
n) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, ixchamlashtirish, moliyaviy sog‘lomlashtirish va sudgacha sanatsiyalash ishlarini amalga oshirish davrida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
o) o‘z hay’ati majlislarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, ixchamlashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlari amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini tinglaydi;
p) davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yoki mulkida davlat ulushi bo‘lgan sanatsiya qilinadigan korxonalar tashqi boshqaruvchilari, shuningdek, rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi”.
yigirma yettinchi—o‘ttiz ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ttiz birinchi—o‘ttiz oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 10-band mazmuni quyidagicha bo‘lgan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tarkibiy o‘zgartirish va sanatsiya amalga oshirilayotgan korxonalarning ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari balansiga o‘tkazish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
o‘n to‘rtinchi—o‘n to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n beshinchi—yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. 17-bandning uchinchi xatboshidagi “tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati,” so‘zlaridan keyin “korxonalarni sudgacha sanatsiyalashni joriy etish va uzaytirish, iqtisodiy nochor korxonalarni bankrot deb e’lon qilish, tarkibiy o‘zgartirish va ixchamlashtirish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy sog‘lomlashtirish,”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 4-5-son, 24-modda)