Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.06.1999
|
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-iyundagi “1999/2000 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi 282-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish yuzasidan zamonaviy bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini zamonaviy talablarga javob beradigan o‘qituvchi va pedagog-muhandislar bilan ta’minlash, hamda oliy ta’lim muassasalariga qobiliyatli yoshlarni sifatli tanlab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1998/99 o‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha umumiy qabul soni 42 ming, shu jumladan 21 ming davlat grantlari asosidagi qabul kvotalari belgilanib, ular O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalari hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1 va 2-ilovalarga* muvofiq taqsimlansin.