|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.05.2018
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 26-oktabrda 1518-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1518-4, 01.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd puldagi toʻlovlarni uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-avgustdagi PQ–147-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi banklarida pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (yangi tahrirda) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Ushbu qarorning amalga kiritilgan kundan boshlab, Markaziy bank Boshqaruvining 2002-yil 25-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisida yoʻriqnoma” (yangi tahrirda)ni tasdiqlash toʻgʻrisida qarori va unga kiritilgan 2002-yil 24-avgustdagi 6-1-sonli 1-qoʻshimcha, 2003-yil 1-martdagi 6-2-sonli 2-qoʻshimcha, 2003-yil 27-dekabrdagi 6-3-sonli 3-qoʻshimcha va 2004-yil 2-oktabrdagi 6-4-sonli 4-qoʻshimcha oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng, oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-avgust,
18/1-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 334-modda; 2007-y., 41-42-son, 421-modda)