|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShLAB ChIQARILADIGAN TOVARLAR BOʻYIChA YuRIDIK ShAXSLAR TOMONIDAN AKSIZ SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 10-martda 1325-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabridagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 15-yanvardagi 16 va 2004-13-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan aksiz soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2004-yil 15-mart, roʻyxat raqami 1325 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 11-son, 133-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-yanvar,
24-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-yanvar,
2005-18-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-con, 80-modda)