|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.08.2019
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN FERMER XOʻJALIKLARINI YER UChASTKASINI IJARAGA OLISh HUQUQINI GAROVGA OLGAN HOLDA KREDITLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 31-dekabrda 1345-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 348-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1345-5, 19.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining (yangi tahriri) qabul qilinishi munosabati bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizom”ga (2004-yil 30-aprel, roʻyxat raqami 1345 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil aprel, 17-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-noyabr,
24/13-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 530-modda)