|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.08.2019
|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN FERMER XOʻJALIKLARINING YER UChASTKASINI IJARAGA OLISh HUQUQINI GAROVGA OLGAN HOLDA KREDITLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-aprelda 1345-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 348-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1345-5, 19.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-sonli “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida” Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-sonli “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan 10 kun oʻtgandan soʻng kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-mart,
564-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 204-modda; 2010-y., 24-25-son,207-modda; 2012-y., 25-son, 286-modda)