O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
I. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda) 6-moddasining birinchi qismidagi “kamida besh ming” degan so‘zlar “kamida yigirma ming” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi O‘RQ-1076-sonli Qonuniga asosan III bo‘limning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 31-oktabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
V. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda):
beshinchi qismining “a”, “b” va “v” bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda”;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, yangi sodir etgan o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada o‘tashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning o‘talmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazadi”;
2) 51-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Otib o‘ldirish tariqasidagi o‘lim jazosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi), terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi”;
3) 74-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi”;
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi”;
beshinchi qismidagi “umumiy yoki kuchaytirilgan tartibli” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi qismlari chiqarib tashlansin;
5) 90-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi”;
6) 151-moddasi ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
7) 153-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
8) 157-moddasi birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud O‘zbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam ko‘rsatish yo‘li bilan davlatga xoinlik qilish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati, iqtisodiyotiga zarar yetkazgan holda qasddan sodir etilgan qilmish — ”;
9) 160-moddasi birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, xuddi shuningdek yetkazish maqsadida qo‘lga kiritishi, yig‘ishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining topshirig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa ma’lumotlarni yetkazishi yoki yig‘ishi — ”;
10) 182-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasining o‘zbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni ko‘p miqdorda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — ”;
11) 184-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasining o‘zbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko‘rsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni, yig‘imlarni, boj yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ro‘y bergan bo‘lsa, — ”.
12) 221-moddasining birinchi qismidagi “kamera tipidagi xonaga (bir kishilik kameraga) yoki turmaga o‘tkazish qo‘llanilganidan” degan so‘zlar “jazoni ijro etish koloniyasining karseriga o‘tkazish tariqasidagi jazo qo‘llanilganidan yoki turmaga o‘tkazilganidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 222-moddasining nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“222-modda. Qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish
Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan shaxsning qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“405-modda. Sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilish muddati”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan e’tiboran ikki oydan oshmasligi kerak”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Jinoyat ishini ko‘rish to‘xtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi”;
uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 420-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin:
“Sud jinoyat ishini ko‘rishni to‘xtatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi”;
3) quyidagi mazmundagi 4201-modda bilan to‘ldirilsin:
“4201-modda. Jinoyat ishini ko‘rishni qaytadan boshlash
Jinoyat ishini ko‘rishni to‘xtatishning asosi sifatidagi, ushbu Kodeksning 420-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgach, to‘xtatilgan jinoyat ishini ko‘rish qaytadan boshlanadi.
Sud jinoyat ishini ko‘rishni qaytadan boshlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Jinoyat ishini ko‘rish qaytadan boshlanganda jinoyat ishini muhokama qilish muddatining o‘tishi ham bir vaqtning o‘zida qaytadan boshlanadi. Mazkur muddatni yana uzaytirish ushbu Kodeksning 405-moddasi asosida, jinoyat ishini muhokama qilishning jinoyat ishini ko‘rish to‘xtatilishidan oldingi muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi”;
4) 490-moddasining beshinchi qismidagi “tarbiya koloniyasi yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismi “jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining taqdimnomasiga” degan so‘zlardan keyin “yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismi “intizomiy qism qo‘mondonligining taqdimnomasiga” degan so‘zlardan keyin “yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi qismidagi “yuzasidan taqdim etilgan” degan so‘zlar “to‘g‘risidagi taqdimnomalar yoki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6) 537-moddasining uchinchi qismidagi “va umumiy tartibli tarbiya koloniyasidan kuchaytirilgan tartibli tarbiya koloniyasiga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7) 542-moddasining uchinchi qismidagi “bir tartibli tarbiya koloniyasidan boshqa tartibli tarbiya koloniyasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda) 320-moddasi uchinchi qismining o‘zbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest bo‘yicha hal qiluv qarori qaror shaklida chiqariladi va chiqarilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi O‘RQ-518-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 03/19/518/2589-son)
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda) 1015-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda mablag‘ bo‘lmagan yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi. Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham mazkur summalar davlat tomonidan to‘lanadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin.
X. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda):
1) 6-moddasining birinchi qismidagi “kamida besh ming” degan so‘zlar “kamida yigirma ming” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddasi ikkinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “besh ming nafar” degan so‘zlar “yigirma ming nafar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 2-moddasining uchinchi qismidagi “viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
1) 3-moddasining ikkinchi qismidagi, 4-moddasining uchinchi qismidagi va 13-moddasining ikkinchi qismidagi “viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 13-moddasining birinchi qismidagi “viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XIV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 3-dekabrdagi 713-II-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 1-son, 4-modda)
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda):
1) 45-moddasining beshinchi qismidagi “umumiy va kuchaytirilgan tartibli koloniyalarga bo‘linadi hamda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 46-moddasining ikkinchi xatboshisi “ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun” degan so‘zlardan keyin “shuningdek qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 47-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi:
og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida ko‘rsatilgan ayollar bundan mustasno”;
4) 48-moddasining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
5) 50-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50-modda. Tarbiya koloniyalari
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga mo‘ljallangan”;
6) 51-moddasi chiqarib tashlansin;
7) 53-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qasddan sodir etilgan og‘ir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin”;
8) 91-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga har yilgi mehnat ta’tili berilmaydi, jazoni manzil-koloniyalarda o‘tayotganlar bundan mustasno.
Manzil-koloniyalardagi mahkumlar muddati o‘n besh ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Ta’til ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan tartibda manzil-koloniya doirasidan chetga chiqish huquqi bilan beriladi. Mahkum jazoni ijro etish koloniyasining intizomiy bo‘linmasi turar joylarida saqlangan vaqt haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili berish uchun zarur muddatga qo‘shib hisoblanmaydi”;
9) 105-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazish;
saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan turmaga qaytarish”;
10) 111-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Mahkumning jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma’muriyat yo‘llanmasi bilan bo‘lishi kerak bo‘lgan boshqa joyni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi ham manzil-koloniyada jazoni o‘tash tartibini qo‘pol tarzda buzish deb hisoblanadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma’muriyat yo‘llanmasi bilan bo‘lishi kerak bo‘lgan boshqa joyni o‘zboshimchalik bilan yigirma to‘rt soatdan ko‘proq muhlat mobaynida tashlab ketgan mahkum ham manzil-koloniyada saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topiladi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
12) 113-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
13) 124-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarbiya koloniyalarida:
o‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan;
birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni o‘tagan mahkumlardan alohida saqlanadilar”;
uchinchi qismidagi “Umumiy tartibli” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yigirma bir yoshga to‘lganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa o‘n sakkiz yoshga to‘lganidan keyin jazo o‘tashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga o‘tkaziladi”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;
16) 164-moddasining ikkinchi qismi “taqdim etish masalasini” degan so‘zlardan keyin “agar mahkum yoki uning advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XVI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XVII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XVIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(XIX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 12-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son)
XX. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 86-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda) 35-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer xo‘jaligida mablag‘ bo‘lmagan yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(XXI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan – Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(XXII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
XXIII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda):
ikkinchi qismi “sudning hal qiluv qaroriga” degan so‘zlardan keyin “yoki sud buyrug‘iga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismi “sudga da’vo” degan so‘zlardan keyin “yoxud ariza” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 114-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aliment undirish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro etiladi”;
3) 115-moddasining birinchi qismidagi “sud qarori” degan so‘zlar “sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 135-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Alimentning ixtiyoriy ravishda to‘lab turilishi aliment undiruvchini aliment undirish haqidagi da’vo yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi”;
5) 136-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Mazkur shaxs, nizo bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli bo‘lib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko‘rib chiqiladi.
Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.
Agar ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(XXIV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
XXV. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
1) 5-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-modda. Kichik tadbirkorlik subyektlari
Kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar;
quyidagi tarmoqlardagi:
yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi;
fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (shu’ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng ko‘p bo‘lgan faoliyat turi mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi”;
2) 17-moddasining ikkinchi qismidagi “va o‘rta” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XXVI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(XXVII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-dekabr,
568-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2005-y., 1-son, 4-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 07.02.2019-y., 03/19/518/2589-son, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son; 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son; 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)