|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
o‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasining
o‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
“YuRIDIK ShAXS TAShKIL ETMAGAN HOLDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADIDAN QAT’IY BELGILANGAN HAJMLARDA OLINADIGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-yanvarda 1230-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2004-yildagi parametrlari to‘g‘risida”gi 567-son qaroriga asosan, qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2003-yil 26-fevraldagi 37-son va 2003-33-sonli “Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning daromadidan qat’iy belgilangan hajmlarda olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (2003-yil 3-aprel 1230-sonli ro‘yxat raqami — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-yanvar,
4-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi J.B. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-yanvar,
2004-04-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 24-son, 50-modda)