1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Voyaga yetmagan shaxslarga ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmonida voyaga yetmagan shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Oʻquvchining doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgani sababli uni taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
3. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlanadigan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar.
4. Adliya vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
maʼmuriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlarining YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ularning faoliyati boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
maʼmuriy reglamentlar talablarini buzganlik uchun vakolatli organlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
5. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Emansipatsiya qilingan shaxslar reyestri yuritilishini hamda reyestr maʼlumotlarining “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi D.S. Kattaxanova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-iyul,
380-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 380-son qaroriga 1-ILOVA
Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (keyingi oʻrinlarda — emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-moddasiga asosan oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan boʻlsa, u toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
Ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi boʻlmagan taqdirda, voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP), “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — tizim), ijtimoiy xodim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi

5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga, vakolatli organga yoki ijtimoiy xodimga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda yoxud tizimda roʻyxatdan oʻtadi.
Arizalar YIDXP yoki tizim orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida kelib tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi, vakolatli organ xodimi yoki ijtimoiy xodim ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki tizim orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
7. Davlat organlari va tashkilotlari soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishini taʼminlaydi.
Bunda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
voyaga yetmagan shaxsning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishiga oid maʼlumotlar — Adliya vazirligining Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
mehnat shartnomasi asosida ishlashiga oid maʼlumotlar — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
voyaga yetmagan shaxsning ota-onasiga oid maʼlumotlar — Adliya vazirligining “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
voyaga yetmaganning oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va davomati boʻyicha maʼlumotlar — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Elektron kundalik” axborot tizimi;
voyaga yetmagan shaxsning homiysiga oid maʼlumotlar — tizim orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.
Ariza beruvchidan soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
8. Ariza toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, Face-ID, Mobile-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP yoki tizim orqali murojaat etgan taqdirda, arizani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
9. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
10. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
11. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning arizasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa ichida, YIDXP yoki tizim orqali murojaat qilinganda esa, ariza avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun ariza yuborishda ota-ona, farzandlikka oluvchilar yoki homiyning roziligi Yagona identifikatsiyalash tizimi yoxud shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli orqali tasdiqlangandan soʻng ariza vakolatli organga yuboriladi.
Bunda ota yoki ona, farzandlikka oluvchilardan biri ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan, bedarak yoʻqolgan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda, faqat bir tarafning tasdigʻi bilan ariza yuboriladi.
12. Vakolatli organning masʼul xodimi 7 ish kuni ichida arizani koʻrib chiqadi, shuningdek, ariza beruvchi bilan suhbat oʻtkazadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.02.00 Fuqarolarning huquq layoqati va muomala layoqati;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
13. Vakolatli organ xodimi ariza beruvchini quyidagi shartlar mavjud boʻlganda, toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi 3-ilovaga muvofiq qarorni rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda), YIDXP yoki tizim (elektron shaklda murojaat etganda) orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi:
ariza beruvchi psixologik jihatdan yetuk boʻlganda va oʻz xatti-harakatlarining oqibatini anglaganda;
tadbirkorlik yoki mehnat faoliyati bilan kamida uch oydan buyon uzluksiz shugʻullanib kelayotganda;
ariza beruvchining oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va davomati boʻyicha ijobiy maʼlumot mavjud boʻlganda.
Ariza beruvchini toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, ushbu maʼlumotlar avtomatik ravishda Emansipatsiya qilingan shaxslar reyestriga kiritiladi.
14. Quyidagi holatlarda davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi va bu haqida ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi:
soʻrovnomada maʼlumotlar notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilganda;
ariza beruvchi oʻz xatti-harakatlarining oqibatini anglamasa, xususan, aqliy zaiflikning barcha darajalarida;
tadbirkorlik yoki mehnat faoliyati bilan shugʻullanmayotgan yoxud shugʻullanayotganligiga uch oy toʻlmagan boʻlsa;
ariza beruvchining oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va davomati boʻyicha salbiy maʼlumot mavjud boʻlsa.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik vaji bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
15. Ariza vakolatli organga taqdim etilganda, vakolatli organ qaror yoki xabarnomani ariza beruvchining elektron manziliga yoxud YIDXP yoki tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Vakolatli organ yoki ijtimoiy xodim ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra qaror yoki xabarnoma elektron shaklda yoxud qogʻoz shaklda taqdim etishi shart.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
16. Davlat xizmatlari markazi qaror yoki xabarnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa ichida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra qaror yoki xabarnomani elektron shaklda yoxud qogʻoz shaklda taqdim etishi shart.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
17. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
19. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
20. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
(oʻn olti yoshga toʻlgan shaxs)
Davlat
xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga, “Inson” ijtimoiy
xizmatlar markaziga yoki ijtimoiy xodimga oʻzi kelib murojaat etadi yoxud davlat
xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda yoki “Yagona milliy ijtimoiy
himoya” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtadi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. “Inson” ijtimoiy xizmatlar
markazi, ijtimoiy xodim
1. “Inson”
ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi yoki ijtimoiy xodim ariza beruvchi nomidan
soʻrovnomani toʻldiradi.
1. Real vaqt rejimida
2. Davlat xizmatlari markazi
2. Davlat
xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomani toʻldirib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar
markaziga yuboradi.
2. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng
10 daqiqa ichida
3. YIDXP, “Yagona milliy ijtimoiy
himoya” axborot tizimi
3. Toʻldirilgan
soʻrovnoma avtomatik tarzda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yuboradi.
3. Real vaqt rejimida
3-bosqich
“Inson” ijtimoiy xizmatlar
markazi
Arizani koʻrib
chiqadi va ariza beruvchi bilan suhbat oʻtkazib, uni toʻla muomalaga layoqatli deb
eʼlon qilingani toʻgʻrisidagi qarorni yoki toʻla muomalaga layoqatli deb topishni
rad etish haqidagi xabarnomani ariza beruvchiga taqdim etadi yoki tegishli Davlat
xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda), YIDXP yoki “Yagona milliy
ijtimoiy himoya” axborot tizimi (elektron shaklda murojaat etganda) orqali
ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.
7 ish kuni ichida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Qarorni yoki
QR-kod qoʻyilgan xabarnomani ariza beruvchiga taqdim etadi.
10 daqiqa ichida
Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
NAMUNA
Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1. F.I.O:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
7. Xizmatdan foydalanish asosi:
□ mehnat shartnomasi boʻyicha ishlash;
□ tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish.
8. Ish joyi haqidagi maʼlumotlar (mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa):
9. Ariza beruvchi muassisligidagi yuridik shaxsning STIRi yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning JSHSHIR maʼlumotlari (tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan boʻlsa):
II. Ariza beruvchining ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
10. Ota-onasi, farzandlikka oluvchilar yoki homiysining JSHSHIR maʼlumotlari:
11. Ota-onasi, farzandlikka oluvchilar yoki homiysining pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
12. Ota-onasi, farzandlikka oluvchilar yoki homiysining telefon raqami:
Ota yoki ona, farzandlikka oluvchilardan biri ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan, bedarak yoʻqolgan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda, sudning hal qiluv qarori ilova qilinadi.
Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
NAMUNA
_________ tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
Hujjat yaratilgan sana:
Hujjat berilgan:
Ariza raqami: 11000000
JShShIR:12345678912345
Toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish haqida
QAROR
Ushbu qaror bilan fuqaro ___________________________ toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilindi.
(F.I.O.)
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
QR-kod
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 380-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻquvchining doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgani sababli uni taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchining doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgani sababli uni umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti) oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ota-onalar oʻqish, ishlash, uzoq muddatli davolanish yoki boshqa maqsadlarda doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgan boʻlsa, farzandini doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ketayotgan davlatdagi taʼlim tashkilotiga oʻtkazish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) va taʼlim tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
3. Davlat xizmatlari markazlari va Komissiya oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
5. Davlat xizmatidan foydalanish uchun ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida kelib tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning Komissiyaga tushgan va Komissiya tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Davlat organlari va tashkilotlari soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishini taʼminlaydi.
Ariza beruvchidan soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
7. Ariza toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, Face-ID, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, arizani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
8. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
9. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
10. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning arizasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa ichida, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, ariza avtomatik tarzda Komissiyaga yuboriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun ariza yuborishda ota yoki onaning, farzandlikka oluvchilardan birining bolani taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarishga roziligi Yagona identifikatsiyalash tizimi yoki shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli orqali tasdiqlangandan soʻng ariza Komissiyaga yuboriladi.
Bunda bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik uchun javobgarlik ariza beruvchilarning zimmasiga yuklanadi.
11. Komissiya 5 ish kuni ichida arizani koʻrib chiqadi va oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida 3-ilovaga muvofiq shakldagi qarorni rasmiylashtiradi yoki oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarishni rad etadi.
Komissiya zaruratga koʻra ota-ona va bola bilan suhbat oʻtkazishi mumkin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
Oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror tegishli tuman (shahar) hokimi tomonidan ERI bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Komissiya oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga yoxud YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi.
Oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror elektron ravishda tegishli taʼlim tashkilotiga ham yuborilishi lozim.
Komissiya xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazilayotgani sababli taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarilganlarning elektron reyestrini yuritadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
12. Quyidagi holatlar davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi:
arizada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi;
bolaning manfaatlariga zid kelishi mumkin boʻlgan holatlarning mavjudligi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etishda aniq asoslar bayon etilishi kerak.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
13. Oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kelib tushgach, taʼlim tashkiloti direktori bir ish kunida tegishli axborot tizimida oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqaradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
14. Davlat xizmatlari markazi qaror yoki xabarnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa ichida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra qaror yoki xabarnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi shart.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
17. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻquvchining doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgani sababli uni taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
(ota-ona, farzandlikka oluvchi,
vasiy yoki homiy)
Davlat
xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi
yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan
oʻtadi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Davlat
xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomani toʻldirib, tegishli Bolalar masalalari
boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng
10 daqiqa ichida
2. YIDXP
2. Toʻldirilgan
soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishli Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar)
komissiyasiga yuboradi.
2. Real vaqt rejimida
3-bosqich
Bolalar masalalari boʻyicha tuman
(shahar) komissiyasi
Arizani koʻrib
chiqib, oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida qarorni
rasmiylashtiradi yoki oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarishni
rad etadi.
Davlat xizmatini
koʻrsatish natijasini Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza
beruvchiga yuboradi.
5 ish kuni ichida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Oʻquvchini taʼlim
tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida qaror yoki xabarnoma kelib
tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza
beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
10 daqiqa ichida
Oʻquvchining doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotganligi sababli uni taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
NAMUNA
Oʻquvchini taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
7. Xizmatdan foydalanish sababi:
□ Oʻqish
□ Ishlash
□ Uzoq muddatli davolanish
□ Boshqa sabab
8. Xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
II. Bola haqidagi maʼlumotlar
9. Bolaning F.I.O.:
10. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
11. Bolaning tugʻilishi qayd etilgani haqidagi maʼlumotlar:
12. Bola taʼlim olayotgan taʼlim tashkiloti va sinf:
13. Oʻqishi koʻchirilayotgan xorijiy davlat:
14. Bolaning ota-onasining nikohi haqidagi maʼlumotlar:
15. Bolaning xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
□ Bolani voyaga yetguniga qadar boqishga, uning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻlom, toʻlaqonli va har tomonlama kamol topishi xususida gʻamxoʻrlik qilishga rozilik bildiraman hamda bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik uchun javobgarlik haqida ogohlantirildim.
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 47-moddasiga muvofiq bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.
Oʻquvchining doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotganligi sababli uni taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
NAMUNA
Bolalar masalalari boʻyicha ______ tuman (shahar) komissiyasi
Hujjat yaratilgan sana:
Hujjat berilgan:
Ariza raqami: 11000000
JShShIR:12345678912345
Oʻquvchini _________________ oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida
______(taʼlim tashkiloti nomi)________________________________
QAROR
Ushbu qaror bilan voyaga yetmagan shaxs _____________________________ ___________________,
____________________________________________________(F.I.O.)________________(hududiy birlik nomi)
_____________ tumani __________________ oʻquvchilari safidan chiqarildi.
______________________(taʼlim tashkiloti nomi)
Voyaga yetmagan shaxs ________________________ningtarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻlom, toʻlaqonli
__________________________________(F.I.O.)
va har tomonlama kamol topishi uchun uning ota-onasi/vasiy/homiysi masʼul ekanligi hamda bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik javobgarlikka olib kelishi tushuntiriladi.
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
QR-kod
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 380-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yoki uning muassisligidagi tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligi Yagona identifikatsiyalash tizimi yoki shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli orqali tasdiqlanishi lozim.
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yoki uning muassisligidagi tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish taqiqlanadi, tadbirkorlik subyektining ustav fondidagi ulushlar meros sifatida oʻtadigan holatlar bundan mustasno”;
b) 21-band quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Voyaga yetmagan shaxsga tadbirkorlik subyektining ustav fondidagi ulushlar meros sifatida oʻtadigan holatlarda, voyaga yetmagan shaxs nomidan uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilar, vasiylik va homiylik organi ruxsati bilan vasiy yoki homiysi harakat qiladi”;
v) 4-ilova quyidagi mazmundagi II1-boʻlim bilan toʻldirilsin:
“
II1.
Ariza beruvchining ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysi haqida maʼlumotlar
21-1
Ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining familiyasi:
21-2
Ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining ismi:
21-3
Ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining pasport seriyasi:
21-3-1
Ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining pasport raqami:
21-4
Ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining JSHSHIRi:
21-5
Ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining telefon raqami:
quyidagi mazmundagi 3-4-9-band bilan toʻldirilsin:
“
3-4-9
Muassisning ota-onasi, farzandlikka
oluvchilari yoki homiysining pasport seriyasi:
3-4-9-1
Muassisning ota-onasi, farzandlikka
oluvchilari yoki homiysining pasport raqami:
3-4-9-2
Muassisning ota-onasi, farzandlikka
oluvchilari yoki homiysining telefon raqami:
”;
2-izohda:
quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4) 3-4-9-band muassis voyaga yetmagan shaxs boʻlgan taqdirda toʻldiriladi”;
d) 9-ilova quyidagi mazmundagi 5-5-11-band bilan toʻldirilsin:
“
5-5-11
Voyaga yetmagan muassisning ota-onasi,
farzandlikka oluvchilari yoki homiysining pasport seriyasi:
5-5-11-1
Voyaga yetmagan muassisning ota-onasi,
farzandlikka oluvchilari yoki homiysining pasport raqami:
5-5-11-2
Voyaga yetmagan muassisning ota-onasi,
farzandlikka oluvchilari yoki homiysining telefon raqami:
”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
46-band “xorijiy davlatga ketayotgan boʻlsa,” soʻzlaridan keyin “Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3. Vazirlar Mahkamasining “Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisidagi nizomni va Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 6-iyuldagi 363-son qaroriga 3-ilovaning 14-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 09/26/380/0728-son)