Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston xalqi va Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan islohotlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
I. 2026-yilga moʻljallangan ustuvor islohotlarni belgilash va ularning ijrosini tashkil etish chora-tadbirlari
1. Quyidagilar mahallani rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan ustuvor islohotlarning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) mahallalarda 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish loyihalarini ishga tushirish orqali qoʻshimcha 100 mingta yangi ish oʻrnini yaratish;
(b) kambagʻallik va ishsizlikdan xoli mahallalar sonini 3,5 mingtaga yetkazish;
(v) mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirib, ularga Yangi Oʻzbekiston qiyofasini olib kirish;
(g) mahallalardagi muammolarni bir vaqtning oʻzida tezkor hal etishda barcha davlat organlariga masʼuliyatni yuklab, ijroni 24/7 rejimda onlayn nazorat qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
2. Mahallalar infratuzilmasini takomillashtirish va ularga Yangi Oʻzbekiston qiyofasini olib kirish boʻyicha ustuvor islohotlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Mahalladagi islohotlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Qoʻchqorov va A. Ramatov, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi K. Kuranbayev Mahalladagi islohotlar dasturi ijrosini taʼminlash va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
4. Quyidagilar iqtisodiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) soha va tarmoqlarni texnologik oʻsish modeliga oʻtkazish orqali yalpi ichki mahsulot hajmini 2030-yilgacha 240 milliard AQSH dollaridan oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib, joriy yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 167 milliard AQSH dollariga yetkazish;
(b) iqtisodiy oʻsishni 6,6 foizga yetkazish, inflyatsiya darajasini 6 — 6,5 foizga tushirish, budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz darajasida saqlash;
(v) 1 million nafar fuqaroni doimiy ish bilan taʼminlash va 263 ming oilani kambagʻallikdan chiqarish orqali kambagʻallik darajasini 2,8 foizgacha hamda ishsizlik darajasini 4,5 foizgacha tushirish;
(g) iqtisodiyotga 50,4 milliard AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
(d) xizmatlar bozori hajmini 100 milliard AQSH dollaridan oshirish choralarini koʻrish;
(j) qurilish ishlari hajmini 11 foizga koʻpaytirib, 30 milliard AQSH dollariga yetkazish va 4 milliard AQSH dollarilik 3,5 mingdan ziyod yangi xizmat koʻrsatish obyektlari ishga tushirilishini taʼminlash.
5. Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtkazish hamda ichki bozorda talabni ragʻbatlantirish boʻyicha ustuvor islohotlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiy islohotlar dasturi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Qoʻchqorov va J. Xodjayev, Markaziy bank raisi T. Ishmetov Iqtisodiy islohotlar dasturi ijrosini taʼminlash va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
7. Quyidagilar kasblarni rivojlantirish boʻyicha ustuvor islohotlarning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab 7 ta hududda ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchalari”ni tashkil etib, ular orqali maktab oʻquvchilarini zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish;
(b) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya toʻlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
(v) hududlarda 24 ta malakani baholash markazlarini tashkil etib, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikat berishni joriy etish;
(g) Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi kabi davlatlarning ilgʻor taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar sonini 100 taga yetkazish.
8. Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish boʻyicha ustuvor islohotlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Kasblarni rivojlantirish dasturi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidov Kasblarni rivojlantirish dasturi ijrosini taʼminlash va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
10. Quyidagilar ekologik muvozanatni taʼminlash va suvdan oqilona foydalanishni tashkil etish boʻyicha ustuvor islohotlarning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga 7 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish va atmosferaga 11 million tonna zararli moddalar chiqishining oldini olish;
(b) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab dual taʼlim tizimi asosida har bir hududda 14 ta “yashil” texnikum tashkil etish;
(v) ekspluatatsiya muddati oʻtgan avtomobillar utilizatsiyasini tashkil etish va uning komponentlarini qayta ishlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
(g) elektromobil sotib olishni ragʻbatlantirish uchun aholiga 16 foizgacha stavkada boʻlgan kreditlar ajratish tartibini joriy etish;
(d) ochiq drenaj, kollektor va kanallarni yopiq tizimga oʻtkazish boʻyicha amaliy tadbirlarni tashkil etish;
(j) 504 ming gektar maydonda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish orqali 5 milliard metr kub suv iqtisod qilinishini taʼminlash;
(z) 1,3 ming kilometr kanallar, sugʻorish tarmoqlari va boshqa irrigatsiya obyektlarini betonlashtirish orqali yiliga qoʻshimcha 500 million metr kub suv iqtisod qilinishini taʼminlash.
11. Ekologik muvozanatni taʼminlash va suvdan oqilona foydalanishni tashkil etish boʻyicha ustuvor islohotlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A. Abduhakimov, Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev, energetika vaziri — J. Mirzamaxmudov tegishliligi boʻyicha:
(a) Ekologik muvozanatni taʼminlash va suvdan oqilona foydalanishni tashkil etish boʻyicha ustuvor islohotlar dasturi ijrosini taʼminlash;
(b) belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
13. Quyidagilar davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini takomillashtirish boʻyicha ustuvor islohotlarning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) Oliy Majlis palatalarining tashqi qarzni boshqarish sohasidagi vakolatlarini kengaytirish;
(b) deputatlarning ekologik muammolar oqibatlarini yumshatish doirasida aholi uchun mahallalarda yashil bogʻlar, yashil jamoat parklarini tashkil etishdagi vakolatlarini kengaytirish;
(v) jamiyatni yuksaltirishda va mavjud dolzarb muammolarni hal etishda davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining birlashgan holda hamnafas boʻlib faoliyat yuritishini taʼminlash;
(g) oʻta ogʻir jinoyatlarga doir ishlarni sudda jamoatchilik vakillaridan iborat xalq vakillari hayʼati ishtirokida koʻrib chiqish amaliyotini joriy etish;
(d) jinoyat protsessida majburlov choralari qoʻllanishi ustidan sud nazoratini kuchaytirib, tergov sudyalari vakolatlarini kengaytirish;
(j) korrupsiya, giyohvandlik, ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik kabi jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarga qarshi kurashish boʻyicha samarali tizimni yoʻlga qoʻyish.
14. Davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini takomillashtirish, jamiyatda birdamlikni taʼminlash orqali uni yuksaltirish boʻyicha ustuvor islohotlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat boshqaruvi va sud-huquq islohotlari dasturi) 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov, Oliy sud raisi B. Islamov, Sudyalar oliy kengashi raisi X. Yodgorov, Bosh prokuror N. Yoʻldoshev tegishliligiga koʻra Davlat boshqaruvi va sud-huquq islohotlari dasturi ijrosini taʼminlash va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
16. Quyidagilar:
(a) Bosh vazir A. Aripov islohotlar dasturlarida nazarda tutilgan tashabbuslarning oʻz vaqtida, sifatli va soʻzsiz ijrosini taʼminlash, bu borada vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib, ijro holatini qatʼiy nazoratga olish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar hokimlariga islohotlar dasturlarini hududlar kesimida amalga oshirish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklansin;
(v) islohotlar dasturlari ijrosi va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi uchun masʼul rahbarlar har chorak yakuni boʻyicha islohotlarning ijro holati va natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borsin;
(g) islohotlar dasturlarida ijro uchun masʼul vazirlik va idoralar ikki hafta muddatda tegishli bandlarda yil yakuni boʻyicha erishiladigan natijalarni taʼminlash mexanizmlari va choraklik samaradorlik koʻrsatkichlarni nazarda tutuvchi ish rejalarini ishlab chiqib, tasdiqlash va ularning nazoratini yuritish, ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
II. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturini bajarish va nazorat qilish
17. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) doirasida quyidagilar 6 — 8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
(a) amaliy tadbirlar rejasi;
(b) ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari roʻyxati;
(v) strategik normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari roʻyxati.
18. Belgilansinki, mazkur Farmonning 17-bandida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar belgilangan tartibda qabul qilingandan soʻng ijro nazoratidan chiqariladi.
19. Quyidagilar:
(a) Adliya vazirligi va Hisob palatasi Davlat dasturi doirasida:
(i) yoʻnalishlar boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari bajarilishi;
(ii) maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi;
(iii) tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishi boʻyicha tizimli monitoring yuritilishini taʼminlasin;
(b) Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi strategik normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari roʻyxatida belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish jarayonlarini muvofiqlashtirib borsin;
(v) “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakati Davlat dasturining amalga oshirilishini, shu jumladan:
(i) joylarga chiqib, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tanqidiy oʻrganib borsin;
(ii) natijalari boʻyicha har oyda Adliya vazirligi, Hisob palatasi hamda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga axborot kiritib borsin;
(g) davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakatining Davlat dasturi ijrosini oʻrganib borish boʻyicha faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashib borsin.
20. Vazirlar Mahkamasi:
(a) har oy yakuni boʻyicha Davlat dasturi ijrosi yuzasidan maʼlumotlarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin;
(b) har chorak yakuni boʻyicha Davlat dasturida yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini Vazirlar Mahkamasining Rayosati yigʻilishida muhokama qilib borsin;
(v) har yarim yilda Davlat dasturi ijrosi yuzasidan hisobotlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritib borsin.
21. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
(a) Davlat dasturini amalga oshirish natijalari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
(b) Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarning borishi va natijalari toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotlar aholiga tezkorlik bilan yetkazilishini taʼminlasin.
22. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
23. Mazkur Farmon ijrosini muntazam ravishda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.
24. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-fevral,
PF-22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga
1-ILOVA
Mahalla infratuzilmasini yanada takomillashtirish va ularga Yangi Oʻzbekiston qiyofasini olib kirish boʻyicha ustuvor
ISLOHOTLAR DASTURI

T/r

Islohot mazmuni

Islohotni amalga oshirish shakli va mexanizmlari

Moliyalashtirish manbalari

Ijroni boshlash muddati

Ijrochilar

Yil yakuni boʻyicha erishiladigan natija

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Oʻzbekiston mahallari uyushmasi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi

1.

Mahallada sanoat va xizmat koʻrsatish loyihasini amalga oshirish.

1. Mahallalar hududida qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqarish korxonalari va xizmat koʻrsatish nuqtalarini tashkil etish uchun kredit mablagʻlarini ajratishga jami 5 trillion soʻm mablagʻlarni yoʻnaltirish.

2. Mazkur maqsadlarda tadbirkorlik subyektlari uchun ajratiladigan kredit foizining milliy valyutada 10 foizgacha, xorijiy valyutada 4 foizgacha boʻlgan qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab berilishini yoʻlga qoʻyish.

Tijorat banklari mablagʻlari

(kelishuv asosida),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablagʻlari

2026-yil 1-mart

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish loyihalari ishga tushiriladi.

2. Mahallalarda qoʻshimcha 100 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi va tashkilot — Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

2.

Mahallalarga oʻz muammolarini mustaqil hal etishi uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirib, qoʻshimcha manbalar yaratish.

1. Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi mablagʻlarini qoʻshimcha ravishda quyidagilar hisobidan shakllantirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish:

jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 15 foizi;

mahalla hududida sanitariya, noqonuniy qurilish boʻyicha undiriladigan jarimalarning 10 foizi.

2. Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan qoʻshimcha yoʻnalishlar etib quyidagilarni belgilash:

mahalla hududidagi ichki yoʻllarni shagʻallashtirish;

piyodalar yoʻlakchalarini barpo etish va taʼmirlash;

tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish;

mahalla fuqarolar yigʻini binosini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash hamda jihozlash;

mahalla hududini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish hamda ommaviy hasharlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tovar (ish, xizmat)lar xarid qilish.

3. Mahalla raislarining mahalla mablagʻlarining sarfi boʻyicha har chorakda ommaga ochiq hisobot berishi amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi

2026-yil 1-oktabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

1. Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga yiliga qoʻshimcha 300 milliard soʻm mablagʻ tushishi uchun sharoit yaratiladi.

2. Jamgʻarmaga tushgan jami mablagʻlar shu jumladan, quyidagi masalalarni hal etishga yoʻnaltiriladi:

2 500 ta mahallaga 138 ming dona tungi yoritish chiroqlari oʻrnatiladi;

329 ta mahallada ichki yoʻllar shagʻallashtiriladi;

1 708 ta mahallada salomatlik yoʻlakchalari barpo etiladi;

1 346 ta mahallada bolalar maydonchalari tashkil etiladi;

1 242 ta mahalla binolari taʼmirlanadi va jihozlanadi;

54 ta yangi mahalla binolari qurilib, foydalanishga topshiriladi.

3. Mahalla mablagʻlarining sarfi boʻyicha har chorakda ommaga ochiq hisobot berish amaliyoti kiritilib, mablagʻlar sarflanishi ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi va tashkilot — Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

3.

Mahallalarda aholi muammolarini “xonadonbay” oʻrganish va davlat organlari tomonidan ularning hal etilishini onlayn nazorat qilish tartibini joriy etish.

1. “Mahalla yettiligi” vakillari tomonidan har bir xonadon kesimida muammolarni reja-grafikka asosan oʻrganib borish, aniqlangan muammolarni “Raqamli mahalla” elektron platformasiga kiritish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2. Muammolarni tegishliligi boʻyicha “Raqamli mahalla” elektron platformasida sunʼiy intellekt orqali tegishli vazirlik va idoralarga taqsimlash imkoniyatini yaratish hamda ular hal qilinmagunga qadar ijro holatini Vazirlar Mahkamasi tomonidan qatʼiy nazoratga olish.

3. Aholining aniqlangan muammolari ijobiy hal etilishini vazirlik va idoralar, ularning rahbariyati faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri sifatida belgilash.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) bilan “Raqamli mahalla” platformasini integratsiya qilish orqali aholining vazirlik va idoralarga yuborgan murojaatlarini mahalla raisi tomonidan real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini yaratish.

5. “Xonadonbay” aniqlangan muammolarning hal etilishini Hisob palatasi tomonidan vazirlik va idoralar kesimida tahlil qilish, baholash va qatʼiy nazoratga olish hamda natijasi boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga maʼlumot kiritib borish.

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Energetika vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Transport vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Hisob palatasi,

Boshqaruv samaradorligi agentligi

Savdo-sanoat palatasi,

tegishliligi boʻyicha boshqa vazirlik va idoralar

1. Aholining barcha muammolarini hal etishni bir vaqtning oʻzida tegishli idoraga yuklash va natijasi boʻyicha aniq muddatda soʻrov qilish tizimi yaratiladi.

2. 100 dan ziyod davlat organlarining aholi muammolarini hal etishdagi toʻgʻridan-toʻgʻri ishtiroki taʼminlanadi.

Ijro uchun masʼul tashkilot va davlat organi — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va Boshqaruv samaradorligi agentligi

4.

“Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish jarayonlarini isloh qilish.

1. 500 ta mahallada eksperiment tariqasida “mahalla yettiligi” vakillarini ularning oʻzi istiqomat qilayotgan va yondosh mahalladan tayinlash amaliyotini joriy etish.

2. “Mahalla yettiligi” aʼzolarini yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish faqat fuqarolar yigʻini raisining ruxsati bilan amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish, ularning vazifa va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalarni yuklashni qatʼiy taqiqlash.

3. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan mazkur talabni buzganligi uchun davlat organlari va tashkilotlari masʼul va mansabdor shaxslarini egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan jazo choralarini qoʻllash boʻyicha har oyda Bosh vazirga takliflar kiritib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

-

2026-yil 1-iyul

Adliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar,

tuman (shahar)lar hokimliklari

1. “Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etishda fuqarolar yigʻini raisining roli keskin oshiriladi.

2. “Mahalla yettiligi” vakillarini lavozimga tayinlashda tegishli hudud, umuman mahalladagi real holatni bilgan mutaxassislarni saralash imkoniyati yaratiladi.

3. “Mahalla yettiligi” vakillariga oʻz faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan topshiriqlarni yuklash taqiqlanadi, ular faoliyatini samarali tashkil etishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi va tashkilot — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

5.

Olis hududlardagi mahallalarda aholining jamiyat hayotida ijtimoiy faol boʻlishini taʼminlash, fuqarolar yigʻinlarining aholi muammolarini hal etishdagi rolini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.

1. Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga har yili quyidagi maqsadlar uchun qoʻshimcha ravishda 200 milliard soʻm mablagʻlarni ajratish:

oʻz xizmat binosiga ega boʻlmagan mahallalarga xizmat binolarini qurish va jihozlash;

aholi orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish doirasida bolalar maydonchalarini tashkil etish;

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar aʼzolarining ishlash ishtiyoqini va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan “Farovon hayotga qadam”, “Ishonch” loyihalari va “Maʼrifat orqali kambagʻallikni qisqartirish” dasturlarini amalga oshirish.

2. Aholi oʻrtasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

3. Mablagʻlarning sarflanishi va tadbirlarning natijadorligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Hisob palatasiga axborot kiritib borish.

Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi,

Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,

“Mahalla yettiligi” vakillari

651 ta olis hududlardagi mahallalarda istiqomat qiluvchi 300 mingdan ziyod aholining ijtimoiy faol boʻlishi, 48 mingta xonadonning mavjud muammolari hal etilishi taʼminlanadi.

Ijro uchun masʼul tashkilot va davlat organlari — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

6.

Mahalla xodimlari faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish, ularning bilim va koʻnikmalarini doimiy rivojlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Mahallani rivojlantirish milliy institutini (keyingi oʻrinlarda — Milliy institut) hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallarini tashkil etish.

2. Mahalla fuqarolar yigʻini raislari hamda mahalla tizimidagi rahbar va mutaxassis kadrlarning aniq reja-grafikka asosan bir yilda bir marta malakasini oshirish tizimini joriy qilish.

3. Milliy institutda “Mahalla boshqaruvi”, “Hududiy rejalashtirish va rivojlanish”, “Liderlik va barqaror rivojlanish”, “Ijtimoiy loyihalarni boshqarish va muvofiqlashtirish” taʼlim mutaxassisliklari boʻyicha magistratura bosqichida quyidagi shartlarda oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish:

ishlab chiqarishdan ajralgan holda bir yillik;

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikki yillik oʻqitish tizimi.

4. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan Milliy institutga uning faoliyatini yoʻlga qoʻyishi uchun 5 milliard soʻm mablagʻlarni ajratish.

5. Milliy institut va uning hududiy filiallarini bino bilan taʼminlash.

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

2026-yil 1-mart

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimliklari

1. 20 mingga yaqin mahalla tizimi xodimlari va “mahalla yettiligi” vakillari malakasini oshirish tizimi va magistratura taʼlim mutaxassisligi joriy etiladi.

2. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab jami 120 nafar mahalla tizimi xodimi va “mahalla yettiligi” vakili magistraturada oʻqishi tashkillashtiriladi.

Ijro uchun masʼul tashkilot va davlat organi — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va Boshqaruv samaradorligi agentligi

7.

“Mahalla yettiligi” vakillari faoliyatini baholashda belgilangan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini mavjud holat hamda imkoniyatlardan kelib chiqib belgilash.

1. Hokim yordamchisi faoliyatini KPI asosida baholashda “Elektron savdo platformasi (Online Bozor)”da mahsulot sotish koʻrsatkichini chiqarib tashlash.

2.Mahalla yettiligi vakillarining faoliyati samaradorligini baholashda ularning ish rejasida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi natijalarini inobatga olish tartibini joriy qilish.

-

2026-yil 1-mart

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Soliq qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. “Mahalla yettiligi” faoliyatiga ularning ish rejasida belgilangan vazifalarning natijadorligiga qarab samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

2. “Mahalla yettiligi”ning oʻz ahamiyatini yoʻqotgan 30 ga yaqin samaradorlikni baholash koʻrsatkichlari qayta koʻrib chiqilib, bekor qilinadi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8.

Mahallalar infratuzilmasini takomillashtirish uchun 20 trillion soʻm mablagʻlarni yoʻnaltirish hamda ularning samaradorligi va natijadorligini qatʼiy nazorat qilish.

1. Quyidagi yoʻnalishlar uchun mablagʻlarni ajratish:

“Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan tuman (shahar)larni rivojlantirish;

sanoat, qishloq xoʻjaligi hamda xizmat koʻrsatish sohalarida tadbirkorlikni rivojlanishiga turtki beruvchi drayver loyihalar uchun zarur infratuzilmani yaratish;

Toshkent shahrida mahallalarni obodonlashtirish, turizm va gastronomik koʻchalarni kengaytirish hamda sugʻorish tizimini rivojlantirish;

“Tashabbusli budjet” tadbirlari uchun;

“Mahalla budjeti” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish;

100 ta eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallaga 2 milliard soʻmdan ajratish;

ichki yoʻllarni taʼmirlash;

Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish.

2. Hisob palatasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarning samarali va qonuniy sarflanishi yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish.

Davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Hisob palatasi,

Bosh prokuratura,

tegishliligi boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar

Mablagʻlarning mahallalar markazini shakllantirish, mikrosanoat, hunarmandchilik va xizmat koʻrsatish markazlari, kichik bozor, kichik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish, ichki yoʻllarni yaxshilashga sarflanishi taʼminlanadi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

9.

Mahallalardagi masalalarni ularning oʻzida fuqarolar ishtirokida hal etish boʻyicha “Mahallam — loyiham” dasturini amalga oshirish.

1. “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan hududlardagi mahallalarda eksperiment tariqasida ijtimoiy, iqtisodiy yoki ekologik yoʻnalishdagi masalalarni (kanalizatsiya, koʻchani yoritish, bolalar maydonchasi, daraxt ekib, bogʻ yaratish, yoshlar va tadbirkorlar markazini ishga tushirish) ovoz berish orqali hal etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2. Tegishli mahalla aholisi uchun loyihalarga ovoz berish jarayonlarini “Raqamli mahalla” platformasi orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish.

3. Ovoz yigʻish orqali gʻolib boʻlgan loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini tashkillashtirish, hamda mahallalar kengashlari tomonidan ularni nazorat qilish va aholiga shaffof hisobot taqdim etish tartibini joriy etish.

Davlat grantlari, homiylik va xayriya mablagʻlari

2026-yil 1-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Mahallada fuqarolarning tashabbusi va ijtimoiy faolligi ortadi.

2. Tegishli mahallalarda yiliga kamida 1-2 ta tashabbusli loyiha amalga oshirilishi taʼminlanadi.

3. Fuqarolar nafaqat muammoni, balki uning yechimini ham tashabbus qilishi amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

4. Har bir mahalla oʻz loyihasini (ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy) ishlab chiqadi.

Islohot uchun masʼul davlat organlari va tashkilot — Boshqaruv samaradorligi agentligi, Adliya vazirligi va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

10.

Tumanlarning olis hududlarida joylashgan mahallalar aholisi uchun “bir qadam” tamoyili asosida davlat, bank va boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.

1. Eksperiment tariqasida Sirdaryo viloyatining Xovos tumani va Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanlarida mahalla axborot va servis markazlarini tashkil etish.

2. Markazlar faoliyatini tuman markazidan, qoida tariqasida 20 kilometr va undan olisda joylashgan 5 ta mahallada yoʻlga qoʻyish, ularga yondosh mahallalarni tuman hokimligi tomonidan biriktirish.

3. Markazlarda aholiga barcha turdagi davlat va bank xizmatlari koʻrsatish sharoitlarini yaratish.

4. Markazlarda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlari, infratuzilma va ijtimoiy obyektlar holati, tomorqa va bogʻlar, profilaktika kabi maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi situatsion boshqaruv platformasini joriy qilish.

5. Eksperiment natijalari boʻyicha boshqa hududlarda mazkur amaliyotni joriy qilish yuzasidan asosli takliflarni tayyorlash va yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida taqdimot qilish.

Xorijiy tashkilotlarning grant va homiylar mablagʻlari

2026-yil 1-may

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

tegishliligi boʻyicha boshqa vazirlik va idoralar

1. Belgilangan tumanlarda 250 ming nafar aholi uchun mahallalarning oʻzida 500 ga yaqin davlat va bank xizmatlarini koʻrsatish amaliyoti joriy qilinadi.

2. Belgilangan tumanlarda 51 ta mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlari va infratuzilma holatini aniq koʻrsatkichlar asosida monitoring qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga
2-ILOVA
Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtkazish hamda ichki bozorda talabni ragʻbatlantirish boʻyicha ustuvor
ISLOHOTLAR DASTURI

T/r

Islohot mazmuni

Islohotni amalga oshirish shakli va mexanizmlari

Moliyalashtirish manbalari

Ijroni boshlash muddati

Ijrochilar

Yil yakuni boʻyicha erishiladigan natija

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

1.

Iqtisodiyotga 50,4 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

1. Yuqori qoʻshilgan qiymatga ega jahon bozorlarida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlovchi loyihalarni amalga oshirish uchun jami 50,4 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish, shundan:

Xalqaro moliya tashkilotlari,

xorijiy investorlar va kreditorlar

2026-yil 1-mart

Tegishli vazirlik,

idora va xoʻjalik birlashmalari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, Raqamli texnologiyalar vazirligi

1. Jami 50,4 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi va oʻsish surʼati 117 foizga yetkaziladi.

2. Sohalar kesimida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni:

yoqilgʻi-energetikada9,6 milliard dollar;

togʻ-kon sanoatida2,9 milliard dollar;

kimyo sanoatida — 2,4 milliard dollar;

tekstil va toʻqimachilik sanoatida2,4 milliard dollar;

qurilish materiallari sanoatida — 3,4 milliard dollar;

qishloq xoʻjaligida4,8 milliard dollarga yetkazish.

3. Kafolatlangan xorijiy kreditlarni oʻzlashtirish:

yoʻl transport infratuzilmasini rivojlantirish — 684 million dollar, qishloq xoʻjaligida477 million dollar, ichimlik va oqova suv taʼminotida — 541,8 million dollar, suv xoʻjaligida308 million dollar va sogʻliqni saqlashda208 million dollar miqdorida taʼminlanadi.

5,1 milliard dollar davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar;

Xalqaro moliya tashkilotlari

2026-yil davomida

45,4 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar.

Xorijiy investorlar va kreditorlar

2026-yil davomida

2. Tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida raqamli platforma (PMI.miit.uz) orqali oylik monitoringni amalga oshirish.

har oy

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

Sanoatda mehnat unumdorligini va energiya samaradorlikni ikki karra oshirish.

Mehnat unumdorligi va energiya samaradorligini oshirish dasturini amalga oshirish. Bunda:

1. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlar malakasini oshirish, texnologiyalar transfertini qoʻllab-quvvatlash.

2. Mehnat unumdorligini oshirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar taqdim etish.

3. Energiya auditini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, biroq bir korxona uchun 100 million soʻmdan oshmagan miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish.

4. Energiya samaradorligi tadbirlari uchun ajratiladigan kreditlar stavkasining 18 foizdan oshgan qismi, biroq 6 foizlik banddan oshmagan miqdorda tijorat banklariga qoplab berish.

200 million AQSH dollari xalqaro moliya institutlari mablagʻlari,

50 milliard soʻm Davlat budjeti mablagʻlari

2026-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energiya samaradorligi milliy agentligi

2026-yilda sanoatda mehnat unumdorligi koʻrsatkichi 20 ming dollardan oshiriladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3.

Robototexnika, internet buyumlari, “Industriya 4.0” yechimlarini sanoat korxonalarida joriy etish.

“Toʻrtinchi sanoat inqilobi markazi”ni tashkil etish va unda:

1. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin sinovdan oʻtkazish.

2. Innovatsiya asosida yuqori texnologik mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish.

3. Ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalarini ragʻbatlantirish amalga oshiriladi.

Tashabbuskorlar va Davlat budjeti mablagʻlari

2026-yil 1-aprel

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Yengil sanoat agentligi

Mamlakatimiz ishlab chiqarish tarkibida oʻrta va yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni 57 foizga oshirishga erishiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

4.

Investitsiya gʻoyasidan eksport koʻrsatkichiga erishish jarayonlarini toʻliq axborot platformada (PMI.miit.uz va eksport.miit.uz) amalga oshirish.

1. Investitsiya gʻoyasini shakllantirish, kelishish, muzokaralar oʻtkazish, loyiha monitoringi va postmonitoringi boʻyicha vazirlik va idoralar vazifalarini belgilovchi tartibni tasdiqlash.

2. Oʻzbekistonda investitsiya faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, investorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, investitsiya loyihalari samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida raqamli platformaga (PMI.miit.uz) barcha davlat interaktiv xizmatlarini integratsiya qilish hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali zarur xizmatlar yoʻlga qoʻyilishini taʼminlash.

Vazirliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

2026-yil 1-mart

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, Raqamli texnologiyalar vazirligi

Davlat organlarining loyihalarni amalga oshirishda proaktiv koʻmaklashishi va toʻgʻridan-toʻgʻri ishtiroki taʼminlanadi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

5.

Strategik investorlarga loyiha uchun yer ajratish tizimini soddalashtirish.

1. Strategik investorlar uchun yerni bozor qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish tartibini aniq belgilashni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Vazirliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

2026-yil 1-mart

Adliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kadastr agentligi

1. “YERELEKTRON” va “invest.gov.uz” tizimlarining integratsiyasi yer tanlash va ajratish jarayonini toʻliq raqamlashtiradi.

2. Ilgari oylab vaqt talab qilgan yer ajratish jarayoni bir necha ish kunigacha qisqaradi.

3. Investorlarga onlayn rejimda boʻsh yer uchastkalari, ularning bozor qiymati va muhandislik tarmoqlariga (elektr, gaz, suv) ulanish imkoniyatlari haqida maʼlumot olish imkoniyati yaratiladi.

2.YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimining “invest.gov.uz” elektron platformasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiyasini amalga oshirish.

2026-yil 1-sentabr

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

6.

Invest.gov.uz” platformasini takomillashtirish.

1. Vazirlik va idoralar tomonidan ISSV tasdiqlagan shaklga asosan Brownfield/ Greenfield loyihalarini “Invest.gov.uz” platformasiga kiritishni taʼminlash.

Budjet mablagʻlar

hisobidan

2026-yil 1-mart

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari

1. Xorijiy va mahalliy investorlar uchun mavjud yer maydonlari va boʻsh turgan binolar haqida tezkor va ishonchli maʼlumot olish imkoniyati kengayadi.

2. Yagona shakl asosida maʼlumot kiritilishi loyihalarning xalqaro standartlarga mos kelishini taʼminlaydi.

2. ISSVga “Invest.gov.uz” platformasini texnik qoʻllab-quvvatlash uchun tizim administratori, axborot xavfsizligi va kontent menejerlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil sentabr

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

7.

Maxsus iqtisodiy zonalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlardan kelib chiqib qayta koʻrib chiqish.

1. Ekologik va mehnat standartlarini qoʻllash, investitsiyaviy, soliq, bojxona va huquqiy rejim va arbitraj nizolarini oʻzida jamlagan Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari hisobidan

2026-yil 1-mart

Vazirlar Mahkamasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Quyidagilar:

oʻrta muddatlarda 1 milliard dollarga yaqin toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etish;

oʻrta muddatlarda eksport hajmini 500 million dollarga oshirish.

yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlar yoʻlga qoʻyishning huquqiy asoslari yaratiladi.

2. Erkin iqtisodiy zonalarga dunyoning mashhur brendlarini jalb qilish.

2026-yil 1-martdan boshlab

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8.

Aholini uy-joy bilan taʼminlashda ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirish.

2026-yil uchun bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini qabul qilish. Dastur doirasida:

Davlat budjeti, tijorat banklari,

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ mablagʻlari

2026-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Markaziy bank,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ,

tijorat banklari

1. Ajratiladigan ipoteka krediti mablagʻlari hisobiga 73 mingdan ziyod oilalar uy-joylar bilan taʼminlanadi.

2. 30 ming nafar fuqaroga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlari uchun subsidiyalar ajratiladi.

jami 23 trillion soʻm ipoteka kreditlarini ajratish, shundan, Davlat budjetidan 12,2 trillion soʻm, banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan 7,8 trillion soʻm va “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ hisobidan 3 trillion soʻm yoʻnaltirish.

bitta kvartira uchun ajratiladigan ipoteka kreditlarining miqdorini Toshkent shahrida 480 million soʻm, hududlarda esa 380 million soʻmga yetkazish;

2,7 trillion soʻm ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratish.

2026-yil davomida

9.

Aholining isteʼmol talabini qoʻllab-quvvatlash maqsadida moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Tijorat banklari tomonidan aholiga jami 125 trillion soʻmlik isteʼmol kreditlari yoʻnaltirilishini taʼminlash.

-

2026-yil davomida

Tijorat banklari (kelishuv asosida)

Ichki talab va iqtisodiy faollik qoʻllab-quvvatlanadi, yalpi ichki mahsulot oʻsishi uchun qoʻshimcha omil yaratiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

10.

2026-yilda qurilish ishlari hajmini 11 foizga koʻpaytirib, 30 milliard dollarga yetkazish.

1. “Yangi Toshkent” loyihasi doirasida infratuzilma, turar-joy va maʼmuriy binolarni qurishni jadallashtirish.

2. Hududlarda uy-joy qurilish koʻlamini oshirish va renovatsiya dasturlarini amalga oshirishni kengaytirish.

3. Ijtimoiy obyektlar va infratuzilma obyektlari qurilishini hajmini, jumladan xalqaro moliya institutlari va tashabbuskor investorlar hisobidan kengaytirish.

Davlat va mahalliy budjet mablagʻlari,

xorijiy va mahalliy investorlar mablagʻlari,

Loyiha tashabbuskorlarining mablagʻlari,

tijorat banklari kreditlari

2026-yil 1-martdan boshlab yil davomida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Urbanizatsiya

va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Transport vazirligi, Energetika vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

mahalliy hokimiyat organlari

1. Jami 140 ming xonadonli yangi uy-joylar foydalanishga topshiriladi.

2. Uy-joy ipotekasiga 23 trillion soʻm resurs ajratiladi va uy-joy sotib olishda boshlangʻich toʻlov va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash maqsadida 2,7 trillion soʻm subsidiya beriladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi

11.

Xizmatlar sohasiga 85 trillion soʻm kredit, 9 trillion soʻm subsidiya ajratish. Xususan, taʼlim xizmatlari uchun 7 trillion soʻm yoʻnaltirish.

1. Hududlarda turizm va xizmatlar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga 85 trillion soʻm kredit mablagʻlarini ajratish.

Tijorat banklari kredit mablagʻlari

2026-yil 1-martdan boshlab yil davomida

Tijorat banklari,

Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Tijorat banklari tomonidan ajratilgan ushbu kredit mablagʻlari hamda banklar tomonidan koʻrsatilgan boshqa xizmatlar hisobiga yil yakuniga qadar moliyaviy xizmatlarning prognoz qilingan 122 foiz oʻsish koʻrsatkichiga erishiladi.

2. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan sifatli va barqaror taʼlim xizmatlari koʻrsatib borilishiga erishiladi.

2. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga 4,66 trillion soʻm subsidiyalar ajratish, ularni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari hamda yil yakunigacha kutilayotgan xarajatlar boʻyicha tahlillarni amalga oshirib borish.

Davlat budjetida mos yoʻnalishga koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi

12.

2026-yilda xususiy sektor tomonidan 4 milliard dollarlik 3,5 mingdan ziyod yangi servis obyektlarini ishga tushirish uchun sharoitlar yaratish.

1. Hududlarda turizm yangi servis obyektlarini tashkil etish uchun boʻsh yer maydonlarini “E-auksion” va “K-SAVDO” platformalari orqali auksion savdolariga chiqarish.

2. Turizm maskanlarini tashkil qilish uchun kelgusi uch yilda 5 ming gektar yer maydoni auksionga chiqarish.

3. Yil yakuniga qadar 3,5 mingdan ziyod yangi servis obyektlari ishga tushirilishini taʼminlash.

Tadbirkorlar oʻz mablagʻlari hisobidan

2026-yil 1-martdan boshlab yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. 2026-yil yakuniga qadar tomonidan 4 milliard dollarlik 3,5 mingdan ziyod yangi servis obyektlari ishga tushiriladi.

2. Xizmatlar sohasida 14,5 foizga oʻsish taʼminlanadi.

3. Turizmga ixtisoslashtirilgan mahallalarda 170 dan ortiq turizm va servis obyektlari ishga tushiriladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi

13.

2026-yilda xizmatlar bozorini 100 milliard dollardan oshirish.

1. Hududlar (shu jumladan, tuman va shahar) kesimida 2026-yil yakuniga qadar xizmatlar bozorini 100 milliard dollardan oshirish boʻyicha choraklik prognoz parametrlarini ishlab chiqish.

-

2026-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Aholi gavjum koʻchalarda hamda sohil boʻyida amalga oshirilgan loyihalar hisobiga 800 dan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil etiladi.

2. Turizmga ixtisoslashgan mahallalarda 170 dan ortiq servis obyektlari ishga tushiriladi.

2. Prognoz parametrlarni tasdiqlash va ijrosini taʼminlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 1-mart

3. Prognoz parametrlari ijrosi boʻyicha doimiy monitoring oʻrnatish.

Doimiy

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) va Transport vazirligi

14.

Milliy aviaparkdagi havo kemalari sonini 105 tadan 120 taga yetkazish.

1. Aviakompaniyalar tomonidan lizing shartnomasi asosida qoʻshimcha 15 ta havo kemalarini olib kelish.

aviakompaniyalarning oʻz mablagʻlari

2026-yil davomida

Rezident aviakompaniyalar (kelishuv asosida)

1. Aviaqatnovlar sonini 140 mingtaga yetkazish imkoni yaratiladi.

2. Xizmat koʻrsatilgan yoʻlovchilar soni 16 million nafardan oshadi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) va Transport vazirligi

15.

Fuqaro aviatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2026/2027 oʻquv yilidan Uchuvchilar, texnik xizmat koʻrsatuvchilar, aeroport servisi va boshqaruvi boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlashga boʻyicha Fuqaro aviatsiyasi universitetini faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Davlat budjeti mablagʻlari

2026-yil 1-iyul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, barcha fuqaro aviatsiyasi korxonalari

Fuqaro aviatsiyasi sohasida uchuvchilar, texnik xizmat koʻrsatuvchilar, aeroportlar uchun servis va boshqaruv sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha yagona markazlashgan tizim yoʻlga qoʻyiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) va Transport vazirligi

16.

Shaharlarni tezyurar poyezdlar qatnovi bilan bogʻlash uchun 2026-yilda 500 km temir yoʻl qurishni boshlash.

1. Baytqoʻrgʻon-Parkent yoʻnalishida uzunligi 24 km boʻlgan elektrlashtirilgan temir yoʻl liniyasini qurishni yakunlash.

Davlat budjeti mablagʻlari va “Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ

2026-yil 1-martdan boshlab

“Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ

1. Yangi yoʻnalishlar yoʻlga qoʻyiladi, yoʻlovchilar soni 12 millionga yetkaziladi.

2. Yoʻlovchi poyezdlar harakat vaqti qisqaradi.

3. Yirik shaharlar oʻzaro temir yoʻl bilan bogʻlanadi.

4. Tumanlarda ijtimoiy iqtisodiy oʻsishga zamin yaratiladi.

5. Iqtisodiyot tarmoqlari uchun qulay va arzon logistika xizmatlari tashkil etiladi.

6. Yuklarni yetkazib berish muddatlari qisqaradi.

2. Navoiy-Buxoro yoʻnalishida uzunligi 92 km boʻlgan yuqori tezlikdagi temir yoʻl liniyasini foydalanishga topshirish.

2026-yil 1-iyul

3. Xovos-Dashtobod yoʻnalishida temir yoʻl liniyasini qurishni boshlash.

2026-yil davomida

4. Boʻka, Piskent, Bekobod, Boyovut tumanlari hamda Nurafshon shahrini poytaxt bilan bogʻlovchi uzunligi 110 km boʻlgan temir yoʻl tarmogʻini qurishni boshlash.

2026-yil davomida

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) va Transport vazirligi

17.

2026-yilda 110 kilometr temir yoʻl tarmogʻini qurish.

1. Loyihani amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Temir yoʻl liniyasini qurish uchun zarur boʻlgan yer maydonlarini aniqlash.

3. Loyiha doirasida qurilish ishlarini boshlash.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ mablagʻlari

2026-yil 1-mart

“Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ

Loyiha foydalanishga topshirilgandan soʻng:

mazkur uchastkada 3 ta yoʻlovchi hamda 10 juft yuk poyezdini oʻtkazish, yiliga 13,9 million tonna yuk tashish imkoniyati yaratiladi;

yoʻlovchi poyezdlar harakat vaqti 2 soatga, yuk poyezdlari esa 4,5 soatga qisqaradi;

yangi ish oʻrinlari ochiladi;

mavjud Nurafshon-Toʻqimachi-Yangiyer temir yoʻl uchastkalariga tushadigan poyezd oʻtkazish yuklamalari kamaytiriladi, natijada 6,5 million tonna yuk Toshkent uzeliga kirmasdan tashiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) va Transport vazirligi

18.

Toshkent-Samarqand yoʻnalishida yuqori tezlikda harakatlanadigan yoʻlovchi poyezdlar uchun yangi temir yoʻl liniyasini qurish.

1. Toshkent — Samarqand yoʻnalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi alohida temir yoʻl liniyasini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asosining yakuniy tahririni ishlab chiqish.

Davlat budjeti mablagʻlari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-aprel

 “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilishi investorlarni jalb qilishga asos boʻlib xizmat qiladi.

2. Loyiha foydalanishga topshirilgandan soʻng:

mazkur uchastkaning oʻtkazuvchanlik qobiliyati sezilarli darajada oshib, yuk va yoʻlovchi tashish hajmi koʻpayadi;

yoʻlovchi poyezdlar tezligi oshadi hamda yuk poyezdlarining harakatlanish vaqti 13 soatdan 8 soatga qisqaradi;

yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

2. Loyihani moliyalashtirish boʻyicha xorijiy moliya institutlari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil davomida

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) va Transport vazirligi

19.

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Navoiy temir yoʻl vokzallarni davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sheriklarga berish.

1. XMI grantini jalb qilish va konsultant yollash.

Investor tomonidan jalb qilingan mablagʻlar

2026-yil 1-iyun

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Temir yoʻl transportida yoʻlovchi tashish sohasiga xususiy sektor jalb qilinib, yangi xizmatlar tashkil etiladi hamda ularning sifati yaxshilanadi.

2. Yoʻlovchilar uchun vokzallarda barcha zarur shart-sharoitlar tashkil etiladi.

3. Vokzallar zamon talablariga asosan modernizatsiya qilinadi.

2. Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish.

3. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish va tender jarayonlarini tashkillashtirish boʻyicha XMI grant mablagʻlarini jalb qilish.

4. Texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish boʻyicha konsultant tanlash.

5. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini (texnik, ekologik, ijtimoiy, moliyaviy va yuridik) ishlab chiqish.

2026-yil 1-sentabr

6. Davlat-xususiy sheriklik shartnomasini imzolash.

7. Qurilish ishlarini boshlash.

kelishuvga koʻra

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) va Transport vazirligi

20.

Andijon bilan Qoʻngʻirotni, Toshkent bilan Termizni, Samarqand bilan Shahrisabzni, Olot bilan Sariosiyoni bogʻlaydigan uzunligi 4 ming km magistral yoʻllarni xalqaro talablarga mos “avtoban”larga aylantirish.

1. 2026 — 2030-yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturini ishlab chiqish.

Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2026-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Yoʻl xoʻjaligi sohasini zamonaviy bosqichga olib chiqish, jumladan, xalqaro avtomobil yoʻllari tarmogʻini jadal rivojlantirish orqali respublikaning tranzit salohiyatini yanada oshirish, avtomobil yoʻllari sifatini yaxshilashga erishiladi.

2. Dastur doirasida magistral yoʻllarni xalqaro talablarga moslashtirish loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2026-yil davomida

3. Dastur doirasida 2026-yil uchun belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash.

2026-yil davomida

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (A.Ramatov) va Transport vazirligi

21.

Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo hududidan oʻtgan umumiy foydalanishdagi yoʻllarni rekonstruksiya qilish.

Umumiy foydalanuvdagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi 220 km hamda 80 km mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish.

Xalqaro moliya institutlari,

Davlat budjeti mablagʻlari

2026-yil yakuniga qadar

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Yoʻlning kunlik oʻtkazish qobiliyati ortadi, avtotransportdan oʻqqa tushadigan yuklamani koʻtarish darajasi 13 tonnaga oshishi, harakat vaqti 6 soatga va ekspluatatsiya xarajatlari 2 barobar kamayishi taʼminlanadi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (A.Ramatov) va Transport vazirligi

22.

Toshkent — Samarqand yoʻlini qurish hamda qoʻshimcha 1,2 ming km yoʻllarni 2030-yilgacha qayta qurish.

1. Loyihani amalga oshirish boʻyicha xorijiy hamkorni aniqlash.

Davlat budjeti, xorijiy hamkor tomonidan jalb qilingan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 15-mart

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Loyiha doirasida qurilish ishlari boshlanadi.

2. Toshkent-Andijon boʻyicha tender jarayonining 2-bosqichi yakunlanadi hamda shartnomaoldi muzokaralar oʻtkaziladi.

3. Qarshi-Shahrisabz-Kitob va Pungan-Namangan loyihalari doirasida keng koʻlamli qurilish ishlari boshlanadi.

2. Xorijiy hamkor bilan shartnoma (kelishuv) imzolash.

2026-yil sentabr

3. Loyiha doirasida qurilish ishlarini boshlash.

2026-yil 1-dekabr

4. Qolgan 1,2 ming km yoʻllar, Toshkent-Andijon boʻyicha tender jarayonining 2-bosqichini amalga oshirish hamda Qarshi-Shahrisabz-Kitob va Pungan-Namangan loyihalari boʻyicha qurilish ishlarini boshlash.

2026-yil 1-iyuldan boshlab

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Markaziy bank hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi

23.

Tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif muvozanatini taʼminlash orqali yillik inflyatsiya darajasi 6 — 6,5 foizdan oshmasligini taʼminlash.

1. Inflyatsiya darajasi 6 — 6,5 foiz atrofida boʻlishini taʼminlash maqsadida pul-kredit sharoitlarini nisbatan qatʼiy fazada saqlab qolish.

2. Pul bozorida ijobiy 5-6 foizlik real stavkalar shakllanishini taʼminlash.

3. Zarur hollarda likvidlikni jalb qilish instrumentlari hajmlarini oshirish.

4. Inflyatsiya kutilmalarini pasaytirish doirasida kommunikatsion siyosatni takomillashtirib borish.

5. Asosiy turdagi tovar va xizmatlar narxlarini hududlar boʻyicha kuzatib borish, ularga taʼsir koʻrsatgan omillarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

-

2026-yil davomida

-

Iqtisodiyotda narxlar barqarorligi taʼminlanishiga hamda aholi va tadbirkorlarning daromadlari oshishiga xizmat qiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi

24.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmini hozirgi 40 milliarddan 2030-yilgacha 60 milliard dollarga yetkazish boʻyicha islohotlarni boshlash.

1. Paxtachilikda tezpishar, hosildorligi 70 — 80 sentner boʻlgan, tola chiqimi yuqori navli joylashtirish, shuningdek, paxta maydonlarining 80 foiziga zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni joriy etish.

2. Gʻallada tuproq-iqlim sharoitga mos stress omillarga bardoshli tindirilgan bugʻdoy navlarini ekish, zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etish natijasida hosildorlikni 100 sentnerga yetkazish.

3. Intensiv sabzavot maydoni 80 ming gektarga kengaytirilib, ushbu maydonlarda hosildorlik boʻyicha 400 — 450 s/ga erishish.

4. 79,2 ming gektar sanoatlashgan mevali bogʻ va 28,6 ming gektar yangi tokzorlarni barpo etish.

5. Bogʻlar maydonini 383 ming gektarga, hosildorlikni oʻrtacha 144 s/ga, tokzorlar maydonini 215 ming gektarga, hosildorlikni oʻrtacha 172 s/ga yetkazish.

6. Qishloq xoʻjaligida texnika parki har yili yangilanib, texnika taʼminotini 83 foizdan 90 foizga, paxtani mashinada terib olish darajasini 80 foizga yetkazish.

7. 200 ming gektar yerlarni qayta foydalanishga kiritish.

8. Oziq-ovqat sanoatida donni qayta ishlash hajmini 60,8 foizga, meva-sabzavotni qayta ishlashni 16,2 foizga, goʻshtni qayta ishlashni 16,6 foizga, sutni qayta ishlashni 25,2 foizga yetkazish.

Davlat budjeti, xorijiy hamkor tomonidan jalb qilingan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari

Oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 173,6 trillion soʻmga yetkaziladi.

1. Umumiy paxta maydonlarining 40 foiziga tezpishar, hosildorligi 70 — 80 sentner boʻlgan tola chiqimi 40 — 45 foizdan kam boʻlmagan navlarni joylashtirish, shuningdek, paxta maydonlarining 20 foiziga zamonaviy intensiv agrotexnologiyalar joriy etiladi.

2. Gʻallada tuproq iqlim sharoitga mos stress omillarga bardoshli tindirilgan bugʻdoy navlari ekilib, zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etish natijasida hosildorlik

85 sentnerga yetkaziladi.

3. Intensiv sabzavot maydonlari 60 ming gektarga yetkazilib, ularda hosildorlik 350 s/ga erishish imkoniyati yaratiladi.

4. 17,7 ming gektar sanoatlashgan mevali bogʻ va 5,2 ming gektar yangi tokzorlar barpo etiladi

5. Eski 11 ming gektar bogʻlar va 5 ming gektar tokzorlar rekonstruksiya qilinadi.

6. Texnika taʼminotini 83 foizga, paxtani mashinada terib olish darajasi 70 foizga yetkaziladi.

7. 53 ming gektar yerlar qayta foydalanishga kiritiladi.

8. Qayta ishlash koʻrsatkichlari donda 56 foiz, meva-sabzavotda 15,8 foiz, goʻshtda 16,1 foiz, sutda 23 foizga yetkaziladi.

9. Oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 173,6 trillion soʻmga yetkaziladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi

25.

Qishloq xoʻjaligi uchun 52 trillion soʻm ajratib, dehqon va fermer xoʻjaliklari, sohadagi klasterlarni qoʻllab-quvvatlash.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohalarini qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagi manbalar hisobidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlash;

a) Davlat budjetidan 15 986,6 milliard soʻm;

qishloq xoʻjaligi uchun 4 613,7 milliard soʻm, shundan, subsidiya mablagʻlari 2 237,3 milliard soʻm;

suv xoʻjaligi uchun 11 372,9 milliard soʻm, subsidiya mablagʻlari 6 400,0 milliard soʻm, investitsiya dasturi xarajatlari 1 570,0 milliard soʻm;

b) Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan — 34 206,0 milliard soʻm;

v) Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi hisobidan — 1 500,0 milliard soʻm;

g) “Uzagrostar xolding” kompaniyasiga ajratilgan mablagʻlar — 195,0 milliard soʻm.

Davlat budjeti, mahalliy budjet, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-martdan boshlab

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari

1. Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash uchun:

shundan gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish uchun 4 trillion soʻm;

paxta yetishtirishni moliyalashtirish uchun 13,1 trillion soʻm;

meva-sabzavot yetishtirish uchun 1 trillion soʻm imtiyozli kredit ajratiladi;

subsidiyalashga 2,2 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.

2. Hosildorlik paxtachi-likda 50 sentnerdan oshiriladi, gʻallachilikda 100 sentnerga yetkaziladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlariQishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

26.

Aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror va uzluksiz taʼminlash, narxlarning keskin tebranishlarini yumshatish maqsadida bozor mexanizmlari asosida zaxira intervensiya tizimini joriy etish.

1. Oziq-ovqat xavfsizligi doirasida zaxira intervensiyasini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotni davlat-xususiy sherikligi asosida tashkil etish choralarini koʻrish.

2. Zaxira intervensiyasi boʻyicha pilot loyihasini amalga oshirish uchun hududni (tuman/shahar)ni tanlash, intervensiyalarni amalga oshirish shartlari, hajmlari va muddatlarini aniq belgilash.

3. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida zaxira intervensiyasi (kartoshka misolida) namunaviy modelini ishlab chiqish va pilot loyihasi doirasida sinovdan oʻtkazish. Bunda:

bozordagi oʻrtacha narxlar dinamikasi, aholi ehtiyoji va mavjud zaxiralar hajmidan kelib chiqqan holda indikativ (yoʻnaltiruvchi) xarid narxlarini belgilash, ularning majburiy yoki kafolatlangan minimal narx sifatida qoʻllanilmasligini taʼminlash;

bozorda mavjud mahsulot hajmi aholi ehtiyojidan sezilarli darajada ortiq boʻlgan hollarda, bozor narxlariga yaqin shartlarda va cheklangan hajmlarda mahsulotlarni sotib olish, hamda zaxiralarni shakllantirish;

bozorda vaqtinchalik tanqislik yoki narxlarning keskin oʻsishi kuzatilganda, zaxiraga olingan mahsulotlarni ichki bozorga bozor sharoitida chiqarish, bunda xususiy sektor faoliyatini siqib chiqarmaslik va eksport operatsiyalarini amalga oshirmaslik;

zaxiraga olingan mahsulotlarning sifatini taʼminlash maqsadida omborxonalarni litsenziyalash va saqlash standartlarini joriy etish, ushbu talablarning barcha bozor ishtirokchilari uchun teng qoʻllanilishini taʼminlash.

4. Pilot loyiha natijalari asosida, intervensiya mexanizmlarining samaradorligi, bozorga taʼsiri va fiskal yuki baholangan holda, 2030-yilga qadar oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan ahamiyatli mahsulotlar boʻyicha zaxira intervensiya mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etishga oid takliflar ishlab chiqish.

Davlat budjeti, mahalliy budjet, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-iyundan boshlab

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari

1. Oziq-ovqat narxlarining mavsumiy tebranishi 1 — 5 foizgacha muvofiqlashtiriladi.

2. Uy xoʻjaliklarining oziq-ovqat xarajatlari 1 — 3 foiz oraligʻida, kam taʼminlangan oilalarning xarajatlari esa 3 — 6 foizgacha qisqarishiga erishiladi.

3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning daromadi 5 — 10 foizga barqarorlashadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga
3-ILOVA
Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish boʻyicha ustuvor
ISLOHOTLAR DASTURI

T/r

Islohot mazmuni

Islohotni amalga oshirish shakli va mexanizmlari

Moliyalashtirish manbalari

Ijroni boshlash muddati

Ijrochilar

Yil yakuni boʻyicha erishiladigan natija

Ijro uchun masʼul davlat organi — Kasbiy taʼlim agentligi

1.

Oʻquvchilarni erta yoshdan boshlab kasbga qiziqtirish va ularning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish sohalarini isloh qilish.

1. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlaridagi ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchalari”ni tashkil etish va ularning huquqiy asoslarini belgilash.

2. “Kasblar shaharchalari”ning asosiy vazifalari etib maktab oʻquvchilarini qurilish, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yoʻnaltirishni belgilash.

3. “Kasblar shaharchalari”da maktab oʻquvchilari uchun ekskursiyalar tashkil etib, amaliy harakatlar orqali kasblar bilan tanishish imkoniyatini yaratish.

4. Oʻquvchilarda muayyan kasbga qiziqish moyilligini test va boshqa zamonaviy interfaol usullar orqali aniqlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-aprel

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

1. 7 ta texnikumda “Kasblar shaharchalari” tashkil qilinadi.

2. Maktab oʻquvchilari qiziqqan kasbi boʻyicha amaliy koʻnikmasini sinab koʻradi.

3. Yoshlarning kasbga boʻlgan qiziqishi test va interfaol usul orqali aniqlanadi.

4. Texnikumlarda qurilish, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblar boʻyicha oʻqitish kengaytiriladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Vazirlar Mahkamasi

2.

Mustaqil kasb oʻrgangan aholiga mehnat bozorida tan olinadigan malaka sertifikati berish tizimini yoʻlga qoʻyish

1. Har bir hududning sanoat ixtisoslashuvi, ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatish xususiyatlaridan kelib chiqib, 24 ta malakani baholash markazini tashkil etish va markazlarda mehnat bozorida dolzarb boʻlgan kamida ikkita kasb boʻyicha malaka sertifikati berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-mart

Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlariga masʼul vazirlik va idoralar,

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi huzuridagi Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti,

Kasbiy taʼlim agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

1. 60 ta dolzarb kasblar boʻyicha kasbiy imtihon uchun baholash vositalari ishlab chiqilib, ekspertizadan oʻtkaziladi.

2. Tarmoq kengashlari tomonidan taqdim etilgan 120 nafar baholovchi ekspertlarning malakasi oshiriladi, ekspertlar korpusi shakllantiriladi.

3. Mustaqil kasb oʻrgangan ehtiyojmand, ishsiz va band boʻlmagan aholi uchun malakani baholash xarajatlari vaucher tizimi asosida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tashkil etiladi.

2. Ehtiyojmand, ishsiz va band boʻlmagan aholining malakani baholash boʻyicha xizmatlardan foydalanishini vaucher tizimi asosida, Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tashkil etish.

2026-yil 1-iyuldan boshlab

Ijro uchun masʼul davlat organi — Kasbiy taʼlim agentligi

3.

Kasblarni mustaqil egallash va sertifikat berish tizimini isloh qilish.

1. “Kasbiy rivojlanish platformasi”ni ishga tushirib, aholiga mustaqil ravishda 100 dan ziyod kasblar boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish, mustaqil taʼlim yakunlari boʻyicha sertifikat berish tizimini joriy etish.

2. “Kasbiy rivojlanish platformasi”ning mustaqil kasbiy taʼlim olish uchun zarur boʻlgan oʻquv materiallari, videodarslik va simulyatsion mashqlarni oʻz ichiga olgan kontentlar bilan toʻldirilishini taʼminlash.

3. Yoshlar ishlari agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi, Savdo-sanoat palatasining kasb va tadbirkorlikka oʻrgatishga oid elektron platformalarini “Kasbiy rivojlanish platformasi”ga integratsiya qilish.

Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-sentabr

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi,

Savdo-sanoat palatasi

1. Aholiga qisqa muddatda mustaqil oʻrganadigan 100 dan ortiq kasblar roʻyxati belgilanadi.

2. Kasblarni mustaqil oʻrganish uchun taʼlim kontentlari, videodarslik va simulyatsion mashqlar tayyorlanadi.

3. Kasblarni mustaqil oʻrganish yakunida sertifikat beriladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Kasbiy taʼlim agentligi

4.

Oliy taʼlim tashkilotlariga kirish istagida boʻlmagan yoshlarni texnikumlarga yoʻnaltirish.

1. 11-sinf bitiruvchilari orasida oliy taʼlimga qiziqishi past boʻlgan oʻquvchilarni aniqlash.

-

2026-yil 1-aprel

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

1. Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Kasb tanlash haftaligi” tadbiri oʻtkazilib, har bir kasb xususiyatlari boʻyicha maktab oʻquvchilariga maʼlumot beriladi.

2. Kasb oʻrganish istagida boʻlgan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari aniqlanadi.

3. Oliy taʼlimga kirish istagida boʻlmagan 200,0 mingga yaqin oʻquvchilar kasbga oʻqitiladi.

2. Maktablar va mahalla yoshlari yetakchilari orqali oʻquvchilarni texnikumlarda oʻqitiladigan kasb va mutaxassisliklar bilan tanishtirish uchun maktablarda “Kasb tanlash haftaligi” tadbirini va kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil qilish.

2026-yil may — avgust

3. Texnikumlarda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarni texnikumlarga qabul qilish.

2026/2027 oʻquv yilida

Ijro uchun masʼul davlat organi — Kasbiy taʼlim agentligi

5.

Masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushini 22 foizga yetkazish.

1. Masofaviy malaka oshirish kurslari uchun taʼlim kontentlarini ishlab chiqish.

Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1. Texnikumlar oʻqituvchilari uchun masofaviy va aralash malaka oshirish kurslari yoʻlga qoʻyiladi.

2. Uch yoshgacha farzandi bor, nogironligi boʻlgan hamda nafaqa yoshidagi pedagog kadrlar talablari asosida masofaviy yoki aralash shaklda malaka oshirish yoʻlga qoʻyiladi.

2. Uch yoshgacha farzandi bor, nogironligi boʻlgan hamda nafaqa yoshiga yetgan boshqaruv va pedagog kadrlarni ularning ehtiyojidan kelib chiqib masofaviy yoki aralash malaka oshirish shakllarida malakasini oshirishni tashkil qilish.

2026-yil dekabr

Ijro uchun masʼul davlat organi — Kasbiy taʼlim agentligi

6.

400 ming nafar band boʻlmagan shaxslar va kambagʻal oilalarning ishsiz aʼzolari, davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishga jalb qilish.

1. Band boʻlmagan shaxslar va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolariga kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik koʻnikmalari oʻqitiladigan texnikumlar va nodavlat taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirish.

2. Band boʻlmagan shaxslar va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolarini kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli kurslar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. 400 ming nafar band boʻlmagan shaxslar va kambagʻal oilalarning ishsiz aʼzolarini, davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish.

Kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini moliyalashtirish uchun belgilangan davlat budjeti mablagʻlari

2026-yil davomida

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi

1. Ishsiz fuqarolar va yoshlar uchun kasb-hunar va xorijiy tilga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilinadi.

2. 400 ming nafar band boʻlmagan shaxslar va kambagʻal oilalarning ishsiz aʼzolari kasb-hunar, xorijiy til va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitiladi.

3. Band boʻlmagan shaxslar va kambagʻal oilalarning ishsiz aʼzolarini kasb-hunar, xorijiy til va tadbirkorlikka oʻqitish vaucher tizimi asosida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yoʻlga qoʻyiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Kasbiy taʼlim agentligi

7.

Texnikum oʻquvchilari va yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini oʻtkazish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Texnikum oʻquvchilari, yoshlar, xotin-qizlar oʻrtasida kasblar boʻyicha tanlov oʻtkazilishi boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish.

3. Texnikum oʻquvchilari, yoshlar, xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini oʻtkazish.

Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-mart

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1. Tanlov oʻtkaziladigan dolzarb 10 ta kasb belgilanadi.

2. Hududlar darajasida 10 ta kasb boʻyicha 700 nafar sovrindorlar saralab olinadi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kasblar boʻyicha 120 ta sovrindorlar aniqlanadi.

4. Tanlov gʻoliblari va ularning ustozlari 4,9 million soʻmdan 41,2 million soʻmgacha miqdorda ragʻbatlantiriladi.

5. Tanlovning respublika sovrindorlari xalqaro musobaqalarga tayyorlanadi hamda xalqaro musobaqa gʻoliblari 1 milliard soʻm miqdorigacha ragʻbatlantiriladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Kasbiy taʼlim agentligi

8.

Kasbiy taʼlim tashkilotlari direktori va oʻrinbosarlariga menejerlik sertifikati berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Texnikum direktori va uning oʻrinbosarlariga menejerlik sertifikati berish tartibini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Texnikum direktorlari uchun menejerlik boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil qilish.

Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-iyun

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Texnikum direktori va oʻrinbosarlarining menejerlik boʻyicha bilimi baholanadi va ularga sertifikat beriladi.

2. Texnikumlarning 600 nafardan ortiq rahbar va oʻrinbosarlari menejerlik boʻyicha oʻqitiladi.

3. Menejerlik sertifikatiga ega texnikum direktoriga 50 foiz va oʻrinbosariga 30 foiz miqdorida har oylik ustamalar beriladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Kasbiy taʼlim agentligi

9.

Kasbiy taʼlim tashkilotlarida rivojlangan davlatlar tajribalari asosida kasb va mutaxassisliklarning modulli taʼlim dasturlarini joriy etish.

1. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida modulli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.

Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1. Modulli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh shakllantiriladi.

2. 60 ta mutaxassisliklarning modulli taʼlim dasturlari ishlab chiqiladi hamda oʻquv jarayoniga joriy etiladi.

2. Kasb va mutaxassisliklarning modulli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha xorijiy tajribalarni oʻrganish.

2026-yil 1-aprel

3. Texnikumlarda tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklarning modulli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish hamda oʻquv jarayoniga joriy etish.

2026-yil 1-sentabr

Ijro uchun masʼul davlat organi — Kasbiy taʼlim agentligi

10.

Xitoy tajribasi asosida texnikumlarda Oʻzbekiston — Xitoy ustaxonalarini tashkil etish.

1. Oʻzbekiston — Xitoy ustaxonalari tashkil etiladigan texnikumlar roʻyxatini shakllantirish.

Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1. Oʻzbekiston — Xitoy ustaxonalari tashkil etiladigan texnikumlar roʻyxati shakllantiriladi.

2. Oʻzbekistondagi texnikumda Oʻzbekiston Xitoy ustaxonalari tashkil etiladi.

2. Belgilangan texnikumlarda Xitoy tomoni bilan ustaxonalarni tashkil etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil 1-may

3. Muzokaralar natijalariga koʻra Oʻzbekistondagi 20 ta texnikumda Oʻzbekiston — Xitoy ustaxonalarini tashkil etish.

2026-yil 1-avgust

Ijro uchun masʼul davlat organi — Kasbiy taʼlim agentligi

11.

Texnikumlarda xalqaro taʼlim asosida kadrlar tayyorlashni kengaytirish.

1. Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya Respublikasi va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning xalqaro taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar roʻyxatini shakllantirish.

Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

1. Xalqaro taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar roʻyxati shakllantiriladi.

2. Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya Respublikasi va Buyuk Britaniya davlatlarining taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

3. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha qabul parametrlari tasdiqlanadi.

4. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadigan 60 ta kasb (mutaxassislik)larning taʼlim dasturlari ishlab chiqiladi.

5. Xalqaro taʼlim dasturlari asosida 8 ming nafar oʻquvchilar qamrab olinadi.

2. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha qabul parametrlarini tasdiqlash.

2026-yil 1-aprel

3. Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadigan kasb (mutaxassislik)larning taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va taʼlim jarayonlariga joriy etish.

2026-yil avgust-sentabr

4. Xalqaro taʼlim dasturlari asosida 8 ming nafar oʻquvchilarni qamrab olish.

2026-yil 1-noyabr

Ijro uchun masʼul davlat organi — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

12.

Texnikum oʻquvchilarini ragʻbatlantirish islohotini amalga oshirish.

Texnikumlarda 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab dual taʼlimda tahsil olayotgan oʻquvchilarga stipendiya toʻlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish. Bunda:

har bir oʻquvchiga fanlarni oʻzlashtirishidan qatʼi nazar bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;

fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari 85 foizdan yuqori hamda kasblar boʻyicha respublika va xorijiy tanlovlar gʻolibi boʻlgan oʻquvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida stipendiya toʻlanishini koʻzda tutish.

Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi

1. Texnikumlarning 100 mingdan ziyod oʻquvchilarini ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi.

2. Oʻquvchilarga 412,0 ming soʻmdan 1,2 million soʻmgacha miqdorda Davlat budjetidan stipendiya beriladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

13.

Respublika oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari talabalari va bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash jarayonlarini raqamlashtirish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab respublika oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari talabalari va bitiruvchilarini ularning ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi “Karyera” elektron platformasini ishga tushirish.

Bunda “Karyera” elektron platformasi orqali:

1) talabalar va bitiruvchilar hamda ish beruvchilarni bogʻlovchi onlayn mehnat bozori maydonini tashkil etish;

2) sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida:

talabalar va bitiruvchilarning qobiliyati, oʻzlashtirish darajasi hamda qiziqishlaridan kelib chiqib, ularga maqbul vakant ish oʻrinlari boʻyicha va ish beruvchilarga esa munosib nomzodlarni taklif qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

talabalar va bitiruvchilarni ish beruvchilar bilan suhbatga onlayn tayyorlash imkoniyatini yaratish;

3) talabalar va bitiruvchilarning tegishli ishga joylashishi jarayonlari ustidan monitoringni avtomatik tarzda yuritish tartibini joriy etish.

Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-sentabr

-

1. 1,6 million nafar talaba va bitiruvchilar uchun munosib kasb tanlash imkoniyati yaratiladi.

2. 50 mingdan ziyod ish beruvchilar “Karyera” elektron platformasiga integratsiya qilinib, munosib kadrlarni topish sharoitlari yaratiladi.

3. 150 ming nafar texnikum bitiruvchilari uchun munosib ish topishga imkoniyat yaratiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Vazirlar Mahkamasi

14.

Kasbga oʻrgatish uchun texnikum oʻquvchilarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash.

Kasbga oʻrgatish uchun texnikum oʻquvchilarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga oʻquvchilarga toʻlanadigan ish haqidan olinadigan ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlash huquqini beruvchi amaliyotni 2030-yilga qadar uzaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-mart

Soliq qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi

1. Texnikum bitiruvchilarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga oʻquvchilarga toʻlanadigan ish haqidan olinadigan ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlash huquqi 2030-yilga qadar uzaytiriladi.

2. Texnikum oʻquvchilari bandligini taʼminlash koʻrsatkichi ortadi.

3. Texnikumlar jozibadorligini oshirish hisobiga kasb oʻrganadigan yoshlar soni koʻpayadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga
4-ILOVA
Ekologik muvozanatni taʼminlash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni samarali tashkil etish boʻyicha ustuvor
ISLOHOTLAR DASTURI

T/r

Islohot mazmuni

Islohotni amalga oshirish shakli va mexanizmlari

Moliyalashtirish manbalari

Ijroni boshlash muddati

Ijrochilar

Yil yakuni boʻyicha erishiladigan natija

Ijro uchun masʼul davlat organi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1.

Atmosfera havosini zararlantirmaydigan va ekologik toza avtomobillarni sotib olish uchun aholiga qulay sharoitlarni yaratish.

1. Elektromobillarni sotib olish uchun 16 foizgacha stavkada bank avtokreditlarini adolatli ajratishni yoʻlga qoʻyish.

2. Elektromobillarni sotib olish uchun ajratiladigan bank kreditlari foizlarining oshgan qismini tijorat banklariga Davlat budjeti hisobidan qoplash tartibini joriy etish.

Tijorat banklari mablagʻlari

(kelishuv asosida),

Xorijiy tashkilotlarning grantlari va homiylar mablagʻlari

2026-yil 1-sentabr

Markaziy bank, “Oʻzavtosanoat” AJ,

Bojxona qoʻmitasi

Birinchi bosqichda aholiga 15 mingta elektromobil xaridi uchun 16 foizgacha stavkada kredit mablagʻlari ajratiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Energetika vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2.

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalari sonini koʻpaytirish uchun mazkur yoʻnalishni ragʻbatlantirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish.

1. Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarida 1 kilovatt soat elektr energiyasi narxining 300 soʻmdan oshgan qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibini joriy etish.

2. Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli maqsadli kreditlarni ajratish.

3. Quvvatlash stansiyalari uchun sotib olinadigan yer maydonlarining auksiondagi boshlangʻich narxini ularning bozor qiymatidan 2 baravar arzon narxda belgilash.

Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar,

Xorijiy tashkilotlarning grant va homiylar mablagʻlari,

tijorat banklari mablagʻlari

(kelishuv asosida)

2026-yil 1-may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalari soni 4 mingtaga yetkaziladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

3.

Ekspluatatsiya muddati oʻtgan avtomashinalarning utilizatsiyasini tashkil etish va uning komponentlarini qayta ishlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1. Ekspluatatsiya muddati oʻtgan avtomashinalarni qabul qilib oluvchi korxonalar faoliyatini tashkil etish, shu jumladan Trade-in dasturi orqali amalga oshirish mexanizmlarini belgilash.

2. Ekspluatatsiya muddati oʻtgan avtomashinalarni topshirishni ragʻbatlantirish, shu jumladan, avtokredit foizining bir qismini qoplab berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Davlat budjeti, Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi,

homiylar mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ

Ekspluatatsiya muddati oʻtgan va atmosferaga zararli tashlanmalar chiqaruvchi 3 000 mingta avtomashinani aholidan qabul qilib olib, ularning komponentlarini qayta ishlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Kasbiy taʼlim agentligi

4.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida texnikumlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab dual taʼlim tizimi asosida 14 ta hududda “yashil” texnikumlarni tashkil etish va quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish:

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmon xoʻjaligi;

landshaft dizayni va koʻkalamzorlashtirish;

choʻllanishga qarshi kurashish va gidrometeorologiya;

chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash.

Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-sentabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida professional taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyilib, sohaga yiliga 500 nafar kadrlarni yetkazib berish amaliyoti joriy etiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov va J. Xodjayev)

5.

Atmosferaga zararli tashlanmalarni chiqarayotgan korxonalarning ekologik toza uskunalardan foydalanishini ragʻbatlantirish tizimini isloh qilish.

1. Yirik korxonalarga filtr, tozalash inshooti va havoga chiqariladigan zararli moddalarni monitoring qilish stansiyasini oʻrnatish uchun 100 million dollarlik 7 yilga moʻljallangan kredit liniyalarini ochish.

2. Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarni koʻchirish maqsadida Surxondaryo viloyatida agroklasterni tashkil etish, kamida 200 gektar yer maydoni ajratilishini taʼminlash.

3. Agroklasterlar tarkibiga oʻtgan issiqxonalar uchun bir sotixiga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida subsidiyalar taqdim etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Xorijiy tashkilotlarning grantlari va homiylar mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

tijorat banklari (kelishuv asosida), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. Toshkent viloyati va Toshkent shahri atrofidagi 6 517 ta issiqxonani tegishincha filtrlar bilan taʼminlash yoki boshqa hududlarga koʻchirish, ularni ragʻbatlantirish boʻyicha yangi tizim joriy etiladi.

2. Toshkent viloyati va Toshkent shahrining atmosfera havosini ifloslantirishdagi ulushi 70 foizga tushiriladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6.

Elektromobilda taksi xizmati koʻrsatuvchi fuqarolarga imtiyozlarni joriy etish.

Oʻzini oʻzi band qilgan fuqaro sifatida roʻyxatdan oʻtib, taksi xizmatini koʻrsatuvchi fuqarolar uchun:

belgilangan ijtimoiy soliqni toʻlashda 10 foizgacha chegirma berish;

davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan, shu jumladan, aeroport va vokzallarning pulli avtoturargohlaridan 30 daqiqagacha bepul foydalanishga ruxsat berish;

huquqbuzarlik va yoʻl-transport hodisasi sodir etmasdan 1 million kilometr masofada taksi xizmatini koʻrsatgan fuqarolarga “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishonini berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-mart

Transport vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. Elektromobilda taksi xizmatini koʻrsatuvchi oʻzni oʻzi band qilgan fuqarolar soni 300 ming nafarga yetkazilishi uchun sharoitlar yaratiladi.

2. Yonilgʻi dvigatelli avtomobillarning atmosfera havosini ifloslantirishdagi ulushini 7 foizga kamaytirishga erishiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

7.

Respublikaning chang-toʻzonlar tez-tez sodir boʻladigan hududlarida aholining salomatligini asrash uchun zarur tadbirlarni amalga oshirish.

1. Amaliy tadbirlar doirasida:

yashil bogʻlar va yashil devorlarni barpo etish;

365 ming gektar yerda daraxt va butalarni ekish;

har bir hududda botanika va dendrologiya bogʻlari va soya-salqin sayr koʻchalarini barpo etish ishlari tashkillashtiriladi.

Davlat budjetidan mazkur masalalarga ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar, Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi

2026-yil 1-martdan boshlab

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

1. Surxondaryoda 10 ming gektarda yashil makon va Sirdaryoda 84 kilometrli “yashil devor” barpo etiladi.

2. Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda jami 250 ming gektar, jumladan, Orolning qurigan tubida 115 ming gektar yerda daraxt va butalar ekiladi.

3. Respublika hududlarida 14 ta botanika va dendrologiya bogʻlari, 20 tadan soya-salqin sayr koʻchalari barpo etiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan xorijiy tajribani oʻrgangan holda (Fransiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni) sunʼiy yomgʻir yogʻdirish texnologiyasiga ilmiy asoslangan holda pilot amaliy loyihani ishlab chiqish.

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi

2026-yil 1-martdan boshlab

Toshkent viloyati hokimligi,

Fanlar akademiyasi

1. Pilot tajribalar doirasida kamida 3 — 5 ta amaliy sinov oʻtkaziladi.

2. Yogʻingarchilik oʻzgarishi tabiiy fonga nisbatan 10 — 20 foizga oʻsishi taʼminlanadi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

8.

Toshkent shahrida shamol rejimi parametrlarining vaqt-makon taqsimotini baholash va raqamli xaritalash tizimini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlarni oʻtkazib, aholi uchun ekologik qulay yashash sharoitlarini yaratish.

1. Toshkent shahri va shahar atrofida joylashgan meteorologik va avtomatik meteorologik stansiyalar maʼlumotlarini tahlil qilish asosida:

shamol rejimi parametrlarining sutkalik, oylik va mavsumiy oʻzgarishini statistik usullar orqali tahlil qilish;

shamol gullari, vaqt qatorlari va bazaviy tematik xaritalar tayyorlash.

2. Jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan Toshkentda shamol harakatlarini rayonlashtirish uchun dastlabki raqamli kartografik model ishlab chiqish.

3. Tadqiqot natijalari boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi

2026-yil davomida

Toshkent shahri hokimligi,

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

1. Havo ifloslanishi xavfi yuqori hududlarni prognoz qilish samaradorligi 2027-yilgacha shahar hududining kamida 80 foiz qismida havo ifloslanishi xavfi yuqori boʻlgan zonalarni oldindan aniqlash imkoniyati yaratiladi va prognoz aniqligi 75 — 85 foiz darajaga yetkaziladi.

2. Shahar hududlarida havo sifati indeksi (AQI) “yaxshi” va “qoniqarli” kunlar soni yiliga kamida 20 foizga koʻpaytirilishi uchun sharoit yaratiladi.

3. Ekologik axborot ochiqligi va aholini qamrab olish koʻrsatkichi, Atrof-muhit holati boʻyicha ochiq maʼlumot platformasi orqali aholining kamida 60 foiz qismi muntazam ekologik axborot bilan qamrab olinadi, hamda havo sifati boʻyicha ochiq maʼlumotlarni yangilash chastotasi kunlik rejimga chiqariladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi

9.

504 ming gektar maydonda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish tadbirlarini amalga oshirish.

1. Mazkur tadbirlarni moliyalashtirishga tijorat banklarining 2,6 trillion soʻm kredit mablagʻlari hamda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 700 milliard soʻm subsidiyalarni yoʻnaltirish.

2. Suv tejovchi texnologiyalarni quyidagilar hisobidan joriy etish:

75,4 ming gektarda tomchilatib;

97 ming gektarda yomgʻirlatib;

26,2 ming gektarda diskret;

101,3 ming gektarda egiluvchan quvur va egatlarga plyonka toʻshab;

203 ming gektarda lazerli tekislash.

Tijorat banklari mablagʻlari

(kelishuv asosida),

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari,

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

2026-yil 1-martdan boshlab

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Suv tejovchi texnologiya joriy qilinishi hisobidan 5 milliard metr kub suvni iqtisod qilishga erishiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Suv xoʻjaligi vazirligi

10.

1,3 ming kilometr yirik magistral kanallar, shu jumladan, sugʻorish tarmoqlari va irrigatsiya obyektlarini betonlashtirish.

1. 700 km sugʻorish tarmoqlarini (shu jumladan, lotok, yopiq quvur, ichki sugʻorish tarmoqlari) betonlashtirish.

2. Investitsiya loyihalari doirasida 600 km irrigatsiya obyektlarini betonlashtirish.

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2026-yil 1-martdan boshlab

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Yiliga qoʻshimcha ravishda 500 million metr kub suvni iqtisod qilishga erishiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Suv xoʻjaligi vazirligi

11.

Eksperiment tarzida hududlarda kanallarni bosimli quvurga oʻtkazish boʻyicha loyihani amalga oshirish.

1. Hududlarda kanallar aniqlab, eksperiment tarzida shisha bilan mustahkamlangan plastik quvurlar orqali toʻliq yopiq tizimga oʻtkazish boʻyicha loyiha ishlab chiqib, tegishli hamkorlar bilan kelishish.

2. Loyihani 2026-yil yakuniga qadar amalga oshirish choralarini koʻrish.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2026-yil 1-apreldan boshlab

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Kanallarning kamida 54,1 km qismi shisha bilan mustahkamlangan plastik quvurlar orqali toʻliq yopiq tizimga oʻtkaziladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Suv xoʻjaligi vazirligi

12.

Hududlarda ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga oʻtkazish boʻyicha alohida dasturni qabul qilib, amalga oshirish.

1. 10 ming kilometr ochiq kollektorlarni yopiq tizimga oʻtkazish yuzasidan 3 yillik dasturni ishlab chiqib, amalga oshirishni boshlash.

2. Birinchi bosqichda Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga oʻtkazish.

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2026-yil 1-martdan boshlab

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Birinchi bosqichda Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 3 ming kilometr drenaj va kollektorlar yopiq tizimga oʻtkaziladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Toshkent shahri hokimligi

13.

Toshkent shahridagi drenaj va yomgʻir suvi infratuzilmasini tubdan yangilash, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda shaharning ekologik holatini yaxshilash loyihasini amalga oshirish.

1. Loyiha uchun 160 million dollarni jalb qilib, alohida dastur qabul qilish.

2. Dasturda belgilangan tadbirlar doirasida aniq manzilli roʻyxat asosida:

yangi drenaj tizimini barpo etish;

kanal va kollektorlarni taʼmirlash;

yangi kanallarni barpo etish.

“Toshkent invest kompaniyasi” AJ,

xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2026-yil 1-sentabr

Suv xoʻjaligi vazirligi

Toshkent shahrida:

150 kilometr yopiq drenaj tizimi barpo etiladi;

197 kilometr kanal va kollektorlar taʼmirlanadi;

3 kilometr yangi kanallar barpo qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga
5-ILOVA
Davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini takomillashtirish, jamiyatda birdamlikni taʼminlash orqali uni yuksaltirish boʻyicha ustuvor
ISLOHOTLAR DASTURI

T/r

Islohot mazmuni

Islohotni amalga oshirish shakli va mexanizmlari

Moliyalashtirish manbalari

Ijroni boshlash muddati

Ijrochilar

Yil yakuni boʻyicha erishiladigan natija

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Boshqaruv samaradorligi agentligi

1.

Aholi murojaatlari va muammolarini hal etishning yagona integratsiyalashgan tizimini yaratib, har bir davlat organi va tashkilotining ularni hal etishdagi masʼuliyatini oshirish.

1. “Raqamli hukumat” tizimining Yagona raqamli platformasi konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Barcha davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari ushbu platformaga ulanishini taʼminlash va mahalladan tortib respublika darajasida hal boʻladigan har bir masalaning ijrochisi, muddati, resursini bir joyda jamlash.

3. Kelib tushgan murojaatlar, ularni ijrochilarga taqsimlash va koʻrib chiqish muddatini nazorat qilishni sunʼiy intellekt orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.

4. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi jamlanma shaklda koʻrsatiladigan xizmatlarni 100 taga yetkazish. Bunda birinchi bosqichda joriy yilda qurilish, adliya, oliy taʼlim, soliq idoralarining proaktiv va jamlanma shaklda koʻrsatiladigan xizmatlari Namangan, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida toʻliq sinovdan oʻtkazilishini taʼminlash.

Davlat budjetidan sohalarga ajratilgan mablagʻlar doirasida, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklari

Barcha davlat organlari va tashkilotlarining:

1 mingdan ziyod davlat xizmatlari;

5 mingdan ortiq funksiya va vazifalari;

200 ta maʼlumot bazasi va axborot tizimi;

100 mingdan ziyod davlat xizmatchisining mahalla, tuman, viloyat, respublika darajasidagi vakolatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi.

Ijro uchun masʼul davlat organi va tashkilot — Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

2.

Davlat xizmatlarini koʻrsatishda aholi uchun qulayliklarni yanada kengaytirish.

1. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan tadbirkorlik subyektlariga litsenziya va ruxsatnomalar muddatini avtomatik ravishda uzaytirish tartibini joriy etish.

2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish asossiz rad etilganda, undirilgan toʻlovni qaytarib berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

3. Ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda zarur boʻladigan hujjat va maʼlumotlarni mustaqil ravishda olish imkoniyatini yaratish, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyili asosida soddalashtirish.

-

2026-yil 1-mart

Biznes ombudsman,

tegishligi boʻyicha vazirlik va idoralar

1. 30 mingdan ziyod tadbirkorlik subyektlari uchun litsenziya va ruxsatnomalar muddatini avtomatik ravishda uzaytirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

2. Davlat xizmatlarini koʻrsatishga masʼul boʻlgan 100 ming nafar davlat xizmatchisining masʼuliyat va javobgarligi oshiriladi.

3. Davlat xizmatlarini koʻrsatishda 40 dan ziyod hujjat va maʼlumotlarni aholini ovora qilmasdan elektron ravishda mustaqil olish imkoniyati yaratiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida)

3.

Parlamentning tashqi qarzni boshqarish sohasidagi vakolatlarini kengaytirish.

Davlat kafolati ostida tashqi qarz olish masalasini maʼqullashni Oliy Majlis palatalari vakolatiga oʻtkazish orqali davlat tashqi qarzini boshqarish ustidan parlament nazoratini kuchaytirish.

-

2026-yil 1-may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

Davlat kafolati ostida tashqi qarz olish masalasini hal etish Hukumatdan Oliy Majlis palatalariga oʻtkazilib, bu yoʻnalishda parlament nazorati kuchaytiriladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida)

4.

Deputatlar, saylovchilar va jamoatchilikning “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish jarayonlarida oʻzaro hamkorligini taʼminlash.

1. “Ochiq budjet” axborot portalida tanlovda ishtirok etgan, lekin yetarlicha ovoz toʻplay olmagan “Mening bogʻim” loyihalarini hududning ekologik holati va sharoitlariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda deputatlar tomonidan gʻolib deb eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2. Deputatlar tomonidan qoʻshimcha gʻolib deb topilgan “Mening bogʻim” loyihalarini muvofiqlashtirish ishlarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tuzilgan Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiyasi tomonidan tashkil etish.

Ijrochilar mablagʻlari

2026-yil 1-mart

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Har bir deputatga bir mavsumda bitta loyihani “gʻolib” deb eʼlon qilish imkoniyati yaratiladi va buning uchun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 50 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Oliy sud va Bosh prokuratura

5.

Sudlar faoliyatiga xalqaro andozalarga mos yangi institutlarni joriy etish orqali odil sudlov sifatini yanada oshirish.

1. Jinoyat ishlari boʻyicha sud protsesslarini xalq vakillari hayʼati (jury) ishtirokida oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2. Jinoyat ishlarida xalqaro tan olingan “Xabeas korpus” instituti doirasida tergov sudyalariga qamoqqa olish, uy qamogʻi tarzidagi va boshqa ehtiyot choralarini oʻzgartirish va bekor qilish vakolatini berish.

-

2026-yil noyabr

Adliya vazirligi

1. Birinchi bosqichda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida oʻta ogʻir jinoyatlarni “xalq vakillari hayʼati” ishtirokida koʻrib chiqish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi (tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar bundan mustasno).

2. Jinoyat protsessida majburlov choralari qoʻllanilishi, inson huquqlariga rioya etilishi ustidan sud nazorati kuchaytirilib, respublikadagi barcha tergov sudyalari vakolatlari kengaytiriladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Adliya vazirligi

6.

Sud ishlarini yuritishda himoya institutini takomillashtirish.

1. Jinoyat ishini sudga yuborishda ayblov xulosasi bilan birga “himoya fikri”ni taqdim etish tartibini joriy etish.

2. Jinoyat ishida himoyachiga oʻz himoyasi ostidagi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki jabrlanuvchi ishtirokida oʻtkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar hamda dalillar bilan tanishib, undan nusxalar olish, surishtiruv va dastlabki tergov davomida istalgan vaqtda oʻz himoyasi ostidagi gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan yuritilayotgan jinoyat ishini qoʻzgʻatish va tugatish haqidagi qarorlardan nusxa olish vakolatlarini berish, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

3. Advokat soʻroviga maʼlumotlar bepul taqdim etilishi, shuningdek, notarial harakatlar va kadastr organlaridan olinadigan maʼlumotlarni advokat soʻrovi orqali olish imkoniyatini yaratish.

-

2026-yil 1-iyun

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Advokatlar palatasi

7 ming nafardan ziyod advokatlar uchun jinoyat protsessida himoya ostidagi shaxslarning huquqlarini ishonchli himoya qilishdagi qonuniy vakolatlari kengaytiriladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

7.

Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunchilikdagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish.

1. Qonunchilikda kolliziyalar, nomuvofiqliklar, “noaniq” qoidalar, “oq dogʻlar” va boshqa korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish.

2. “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida davlat xizmatchisining malakasini oshirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

3. Ochiq maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda davlat idoralari faoliyati ochiqligini taʼminlash, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashishga xizmat qiluvchi dasturiy taʼminotlar, onlayn platformalar ishlab chiqish boʻyicha tanlov oʻtkazish (“Open Data Challange” xakatoni).

-

2026-yil oktabr

Sudyalar oliy kengashi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi

1. Eng asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 2 mingdan ziyod qonunchilik hujjatlari xatlovdan oʻtkazilib, ulardagi kolliziyalar, nomuvofiqliklar, “noaniq” qoidalar va boshqa korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar bartaraf etiladi.

2. 30 ming nafar davlat xizmatchilari korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitish tizimi bilan qamrab olinadi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi

8.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiya holatlarining oldini olish boʻyicha yangi tizim joriy etish.

1. 2026-yil davomida quyidagi davlat organlari va tashkilotlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosarlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish:

Sogʻliqni saqlash vazirligi;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi;

Energetika vazirligi;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;

“Uzbekistan Airways” AJ;

“Uzbekistan Airports” AJ;

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ;

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ;

“Navoiyuran” DK;

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ;

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ (kelishuv asosida);

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi;

Transport vazirligi;

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ;

“Oʻzkimyosanoat” AJ;

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ;

Raqamli texnologiyalar vazirligi;

“Hududgaztaʼminot” AJ;

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi;

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;

Kadastr agentligi;

Qishloq xoʻjaligi vazirligi;

Suv xoʻjaligi vazirligi;

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi;

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi;

“Oʻzbekkoʻmir” AJ;

“Oʻzavtosanoat” AJ;

“Oʻzmetkombinat” AJ.

2. Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosarlar faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish.

Ijrochilar mablagʻlari

2026-yil 1-mart

Tegishligi boʻyicha vazirlik va idoralar

1. 2026-yil davomida kamida 32 ta davlat organlari va tashkilotlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosarlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

2. Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiya holatlarining oldini olish va nazorat qilish tizimi mustaqilligi hamda xolislik darajasini oshirishga erishiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi

9.

Sohalar va hududlar kesimida korrupsiyaviy xavflar xaritasini (kartogramma) yaratish.

“Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksida soha va hududlarning korrupsiyaviy xavflar xaritasini quyidagilarni nazarda tutgan holda shakllantirish:

sohalar boʻyicha korrupsiya xavflari xaritasida vazirlik va idora hamda uning tizim tashkilotlaridagi funksiya va vazifalaridagi korrupsiya xavflari hamda korrupsiya xavf darajasi yuqori boʻlgan lavozimlar reyestrini yuritish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

hududlar boʻyicha korrupsiya xavflari kartogrammasida korrupsiyaga oid jinoyatlar soni, korrupsiya xavfini keltirib chiqarayotgan muammolar, aholining korrupsiyaga boʻlgan munosabati (soʻrovnoma natijalari), hududiy tashkilotlardagi korrupsiya yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy holatlar aks ettiriladi.

Ijrochi mablagʻlari

2026-yil 1-sentabr

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar

1. 160 dan ortiq tashkilot va 208 ta tuman-shaharning korrupsiyaviy xavflar xaritasi yaratiladi.

2. Korrupsiyaviy xavflar xaritasi asosida raqamlashtirish, ochiqlikni taʼminlash, ichki nazorat va boshqa yoʻnalishlarda takliflar ishlab chiqiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

10.

Korrupsiyaga qarshi kurashish media-portalini tashkil etish.

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xavf-tahlil markazi negizida “Ommaviy axborot vositasi — murojaat-tekshiruv — natija — qayta nazorat” tizimi asosida ishlovchi va quyidagilarni oʻzida aks ettirgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish media-portalini” ishga tushirish:

ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi korrupsiyaga oid materiallarni Portalda eʼlon qilish;

“Ochiq muloqot taqvimi” tashkil qilinib, davlat organlari va tashkilotlari masʼul rahbarlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlari haqida jamoatchilik uchun yiliga kamida bir marta ochiq muloqotlar tashkil etish.

2. Har chorak yakuni boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eng koʻp muhokama qilingan vazirlik va idoralar hamda hududlar boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borish.

Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-aprel

Raqamli texnologiyalar vazirligi

1. Korrupsiyaning oqibatlari haqida chuqurroq tushunchaga ega boʻlgan aholi va davlat xizmatchilarida korrupsiya jinoyatlarini sodir etish ehtimoli 20 — 40 foizgacha kamayadi.

2. Yiliga 10-15 ming ta korrupsiyaga oid xabar va materiallarni yagona tizimda sunʼiy intellekt orqali tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.

3. 100 dan ziyod davlat organlarining korrupsiya muammolarini hal etishdagi toʻgʻridan-toʻgʻri ishtiroki taʼminlanadi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

11.

Tadbirkorlarni korrupsiyadan himoya qilish maqsadida “Korrupsiyasiz, halol va oshkora biznes — Oʻzbekiston barqaror rivojlanishining asosi” (Toza biznes) milliy dasturini ishga tushirish.

1. “Oʻzbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi kurashish xartiyasi” elektron platformasini ishga tushirish va uning ishtirokchilari uchun ragʻbatlantirish va imtiyozlar tizimini joriy etish.

2. Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini oʻz tizimiga samarali joriy etgan tadbirkorlik subyektlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha yilning eng yaxshi kompaniyasi” yillik mukofotini joriy qilish.

3. Korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillariga sodiqligini tasdiqlovchi kompaniyalar oʻzlarining reklama va veb-saytlarida foydalanishlari mumkin boʻlgan maxsus belgi (compliance mark) yoki sertifikat namunasini yaratish.

4. Oʻzbekiston biznes hamjamiyatida halollik forumini muntazam tashkil qilib borish.

5. Xususiy korxonalarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

6. Xususiy sektorda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish boʻyicha masʼul organlarning, jumladan Savdo-sanoat palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Biznes-ombudsmanning vazifalarini aniq belgilash.

Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishliligi boʻyicha boshqa vazirlik va idoralar

1. “Oʻzbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi kurashish xartiyasi”ga aʼzo boʻlgan tadbirkorlar soni 1 000 tagacha yetkazish choralari koʻriladi.

2. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etgan tadbirkorlik subyektlari soni 20 — 30 foizgacha oshadi.

3. Xususiy sektorda korrupsiyaning oldini olish ishlarni tashkil etish boʻyicha vakolatli organlarning vazifalari aniq belgilanadi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

12.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga, prekursorlarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqib, qabul qilinishini taʼminlash:

giyohvandlikka, narkojinoyatlarga va prekursorlarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishdagi davlat siyosati yoʻnalishlari hamda asosiy prinsiplari;

ushbu yoʻnalishda masʼul va ishtirokchi davlat organlari va tashkilotlarning vazifalari hamda vakolatlari;

narkotiklar, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bogʻliq faoliyat ustidan qatʼiy davlat nazoratining xususiyatlari;

narkotiklar, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va prekursorlarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishdagi yangi mexanizmlar.

giyohvandlikka, narkojinoyatlarga va prekursorlarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari masʼuliyatini belgilash.

-

2026-yil 1-aprel

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi,

tegishliligi boʻyicha boshqa vazirlik va idoralar

1. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasi zamon talablariga moslashtiriladi.

2. Ushbu yoʻnalishda masʼul vazirlik va idoralarning aniq vazifa va vakolatlari belgilanadi.

3. Ushbu yoʻnalishda qatʼiy davlat nazorati mexanizmlari oʻrnatiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Sogʻliqni saqlash vazirligi

13.

Aholiga sifatli narkologik xizmat koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish.

Narkologik xizmat koʻrsatish tizimini transformatsiya qilish boʻyicha quyidagilarni amalga oshirish:

davlat-xususiy sheriklik asosida aholiga sifatli va qulay narkologik xizmat koʻrsatish tizimini yaratish;

narkologik xizmat koʻrsatish muassasalarida giyohvandlikka chalingan voyaga yetmaganlar va ayollar uchun alohida ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarni tashkil etish;

narkologik xizmat koʻrsatish muassasalarida alkogolizm va giyohvandlikka chalingan bemorlarni bir-biridan ajratgan holda davolash mexanizmlarini belgilash;

narkologiya xizmati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash.

Ijrochilar mablagʻlari

2026-yil 1-aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

tegishliligi boʻyicha boshqa vazirlik va idoralar

1. Narkologik xizmat koʻrsatishni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish asosi yaratiladi.

2. Narkologik kasallikka chalingan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish samaradorligi oshib, barcha toifadagi bemorlarni qamrab olishga erishiladi.

3. Davlat-xususiy sheriklik asosida tizimda yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Bosh prokuratura

14.

Ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik kabi jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarga qarshi kurashish boʻyicha samarali ishlaydigan tizimni yoʻlga qoʻyish.

1. Ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha koʻrinishlariga barham berish maqsadida javobgarlik choralari kuchaytirilib, 14 yoshga toʻlmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha boʻlgan jazo choralarini belgilash.

2. Voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy va zoʻravonlikka oid jinoyatlarni tergov qilishni prokuratura organlari vakolatiga oʻtkazish.

3. Voyaga yetmagan shaxslar va xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlarni tergov qilish va koʻrish maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan tergovchi va sudyalar tomonidan amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish.

4. Oila va xotin-qizlar maskanlarida yosh nikohlanuvchilar uchun maxsus oʻqitish dasturlarining samaradorligini oshirish, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida psixolog, huquqshunos va boshqa mutaxassislarni jalb qilish orqali oilaviy (maishiy) zoʻravonlikka qarshi kurashish.

Ijrochilar mablagʻlari

2026-yil 1-aprel

Oliy sud,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Bosh prokuratura,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili

1. Jamiyatda “zoʻravonlikka toqatsizlik” tamoyili ijtimoiy meʼyor sifatida shakllantiriladi.

2. Qonunda belgilangan nikoh yoshiga yetmasdan turmush qurish holatlarini bartaraf etishning samarali tizimi yaratiladi va ota-onalarning oʻz farzandlari kamoloti uchun masʼuliyati oshiriladi.

3. Oila va xotin-qizlar maskanlarida yosh nikohlanuvchilarning kamida 40 foizi maxsus bepul oʻqitish bilan qamrab olinadi.

Ijro uchun masʼul davlat organi — Bosh prokuratura

15.

Majburiy ijro organlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va ijro hujjatlari undiruvi inson omilisiz amalga oshirilishini taʼminlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1. Ijro hujjatlari majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushishi bilan qarzdorni SMS xabarnoma va ovozli robotlarning avtoqoʻngʻiroqlari orqali darhol xabardor qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2. Ixtiyoriy ijro muddati oʻtganidan soʻng qoʻllanadigan ayrim majburiy ijro choralari doirasida undiruvni inson omilisiz toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish tartibini joriy etish.

3. Ijro harakatlari davomida undirilgan va majburiy ijro byurosi organlari hisobvaraqlariga kelib tushgan pul mablagʻlarini avtomatik ravishda undiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning hisobraqamlari hamda bank kartalariga darhol oʻtkazish tizimini yaratish.

4. Fuqarolar tomonidan 24/7 rejimda qoʻngʻiroqlar orqali ovozli robotlar yordamida identifikatsiya qilingan holda qarzdorlik mavjudligi yoki yoʻqligi, shuningdek, ijro harakatlariga oid barcha maʼlumotlarni olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

2026-yil 1-dekabr

Majburiy ijro byurosi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Majburiy ijro harakatlarining 30 foizi inson omilisiz amalga oshirilishi uchun zarur huquqiy va texnologik sharoitlar yaratiladi.

Ijro uchun masʼul davlat organlari — Adliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi

16.

Fuqarolarni jamiyat oldidagi dolzarb masalalarni hal etish, jamiyat hayotidagi rolini oshirish maqsadida “Jamiyatdagi faollikni ragʻbatlantirish” loyihasini amalga oshirish.

1. Loyiha doirasida quyidagi masalalar boʻyicha jamiyatda faol boʻlgan fuqarolarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda chegirmalar berish, oliy taʼlim tashkilotlarida shartnoma asosidagi toʻlovlarning va avtomashina xaridi uchun kreditlarning bir qismini qoplab berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish:

“yashil makon” va boshqa ekologik loyihalarda ishtirok etish;

yolgʻiz nafaqadagi keksalarga, nogironligi boʻlgan fuqarolarga gʻamxoʻrlik qilish;

mahalla fuqarolar yigʻinlarida nizoli oilalar masalasini hal etishda jamoatchi mediator sifatida ishtirok etish;

jamoatchilik hasharlarida, mahallaning infratuzilmaviy muammolarini olib chiqish va hal etishda faol ishtirok etish;

oʻzining qobiliyatlaridan kelib chiqib mahallalardagi yoshlarni til va kasbga bepul oʻqitish va boshqalar.

2. Jamiyatda faol boʻlgan fuqarolarni aniqlashda ular “faol” boʻlgan soatlarni ballar tizimiga konvertatsiya qilish, ularni jamgʻarib borish va yigʻilgan ballarini imtiyozlar uchun sarflash amaliyotini (Time banking) yoʻlga qoʻyish

Ijrochilar mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar, homiylik va xayriya mablagʻlari

2026-yil 1-aprel

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

1. 350 ming nafargacha fuqaro jamiyatdagi masalalarni hal etish ishlariga jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

2. Jamiyat uchun fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar soati 1 — 1,5 million soatgacha yetkazish choralari koʻriladi.

3. Amalga oshirgan ishlari natijasida “Jamiyatdagi faol fuqaro” deb topilgan fuqarolar uchun:

davlat xizmatlarini koʻrsatishda 10 foizgacha chegirmalar berish;

oliy taʼlim tashkilotlarida shartnoma asosidagi toʻlovlarni 5 foiz qismigacha qoplab berish;

avtomashina xaridi uchun kreditlarning 3 foiz qismini qoplab berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga
6-ILOVA
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi boʻyicha
AMALIY TADBIRLAR REJASI

T/r

Vazifalar

Amaliy chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Hamijrochilar

 

I. HAR BIR INSONGA OʻZ SALOHIYATINI ROʻYOBGA CHIQARISH UCHUN MUNOSIB SHAROITLAR YARATISH

 

1-maqsad: Maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova)

 

1.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (DXSH va oilaviy)ni oʻquv-metodik qoʻllanmalar va didaktik materiallar bilan taʼminlash.

1. Oʻquv-metodik qoʻllanmalar va didaktik materiallar roʻyxatini tasdiqlash.

2026-yil may

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

 

2. Oʻquv-metodik qoʻllanmalar va didaktik materiallar bilan taʼminlanadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (DXSH va oilaviy) roʻyxatini tasdiqlash.

2026-yil iyun

 

3. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (DXSH va oilaviy)ni oʻquv-metodik qoʻllanmalar va didaktik materiallar bilan taʼminlash.

2026-yil sentabr

 

2.

Maktabgacha taʼlim bilan qamrovni aholining demografik oʻsish koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda amaldagi 78 foiz darajasida saqlab qolish.

1. 1 500 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish.

2. 2026-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali qoʻshimcha yangi quvvatlar yaratish.

2026-yil dekabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

2-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Taʼlim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Yu. Risyukova)

 

3.

Umumiy oʻrta taʼlimda inklyuziv taʼlim ishtirokchilarini metodik qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish.

1. UNESCOning “Policy Guidelines on Inclusion in Education” hujjati asosida pedagog va psixologlarda shakllanishi lozim boʻlgan koʻnikma va kompetensiyalarni belgilash va tegishli qoʻllanmalar ishlab chiqish.

2026-yil aprel

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(M. Olloyorov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova)

 

2. Inklyuziv taʼlim ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida metodik resurslar ishlab chiqish.

2026-yil avgust

 

3. Inklyuziv taʼlim ishtirokchilari malakasini oshirish kursi va modulini yaratish, oʻquvlarni tashkil etish.

2026-yil sentabr

 

3-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Yu. Risyukova)

 

4.

Taʼlim ishtirokchilarini psixologik qoʻllab-quvvatlash sifatini oshirish maqsadida respublika taʼlim tashkilotlaridagi psixologik xizmat xodimlarini ilgʻor xorijiy tajriba va amaliyotlarga asoslangan malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

1. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi taʼlim ishtirokchilarini psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tajribani oʻrganish.

2026-yil aprel

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

(G. Ismailova),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova)

 

2. Respublikaning har bir hududidan psixologik xizmat xodimini tanlash va tayyorlash.

2026-yil iyun

 

3. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda rivojlangan xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovkalarni tashkil etish.

2026-yil noyabr

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova)

 

5.

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari ulushini oshirish.

1. 2025/2026 oʻquv yili yakunida 3 434 ta umumtaʼlim maktabida joriy etilgan oʻquvchilar bilimni baholashning yangi tartibi samaradorligini tahlil qilish.

2026-yil iyul

Ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

2. Tahlillar natijasiga koʻra, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar sonini 4 500 taga yetkazish.

2026-yil sentabr

 

6.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar sonini 2 ming nafarga yetkazish.

1. Vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va veb-saytlar orqali mavjud ish oʻrinlari toʻgʻrisida eʼlonlar berish.

2. Kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish va saralash.

3. Saralashdan oʻtgan nomzodlar bilan suhbatlar tashkil etish.

4. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni umumtaʼlim maktablariga jalb etish choralarini koʻrish.

5. Xorijiy mutaxassislarni jalb etishda ularning amaliy tajribasi, pedagogik mahorati va mahalliy muhitga moslashish qobiliyatiga alohida eʼtibor qaratish.

6. Jalb etilgan mutaxassislar bilimini samarali oʻzlashtirish uchun mahalliy oʻqituvchilar bilan qoʻshma darslar va tajriba almashish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil sentabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahri hokimliklari

 

7.

Ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarini zamonaviy darslik majmualari bilan taʼminlash.

1. Xorijiy taʼlim tashkilotlarining 3 nomdagi darslik majmualarini mahalliylashtirish.

2. Ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining taʼlim qoraqalpoq tilida olib boriladigan sinflari uchun 6 nomdagi yangi darsliklar yaratish.

2026-yil sentabr

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(S. Shakirova)

 

8.

Umumtaʼlim maktablarini zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan taʼminlash.

Umumtaʼlim maktablarini respublika budjetidan 1 000 ta kompyuter sinfi hamda 6 300 ta interaktiv doska bilan taʼminlash.

2026-yil dekabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va grant mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

9.

Umumtaʼlim maktablariga jalb etilgan xorijlik mutaxassislar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Hududlar kesimida xorijlik mutaxassislarga boʻlgan talabni shakllantirish va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim qilish.

2026-yil may

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova)

 

2. Xorijdan kelgan mutaxassislarni turarjoylarga joylashtirish va zarur sharoitlar bilan taʼminlash.

2026-yil sentabr

 

3. Turarjoy uchun ijara toʻlovlarini har oy kechiktirmasdan amalga oshirib borish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab har oy

 

4-maqsad: Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova)

 

10.

Taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachi va oʻqituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

1. Reja-jadval ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan reja-jadval asosida 150 nafar pedagog xodimlarni malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

2026-yil mart — dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

11.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish.

1. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari xodimlarining 2026-yilga moʻljallangan malaka oshirish boʻyicha reja koʻrsatkichlarini tasdiqlash.

2026-yil mart

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

 

2. Reja koʻrsatkichlari boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil qilish va 120 ming nafar xodimning malakasini oshirish.

2026-yil dekabr

 

5-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova)

 

12.

Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari qamrovini kengaytirish.

Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari sonini 800 taga yetkazish choralarini koʻrish.

2026-yil dekabr

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

 

13.

Nodavlat maktablar faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

Quyidagi masalalar boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, axborot xati shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish:

nodavlat maktablar faoliyatini rivojlantirish uchun aniq, barqaror va shaffof litsenziyalash hamda nazorat mexanizmlarini joriy etish.

sifatli nodavlat taʼlimni ragʻbatlantirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik va ijtimoiy buyurtma mexanizmlarini kengaytirish.

2026-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova)

 

6-maqsad: Kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish orqali oʻquvchilarni zamonaviy bilim va koʻnikmalarga oʻrgatish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

 

14.

Kasbiy taʼlim tizimida taʼlim dasturlari davomiyligidan kelib chiqib, taʼlim muassasasida oʻquvchilar nazariy bilimlarni egallash bilan birga amaliyot bilan shugʻullanib (zavod, fabrika, ishlab chiqarish korxonalarida) kasbiy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv-uslubiy mexanizmlarni yoʻlga qoʻyish.

1. Kasbiy taʼlim tizimida taʼlim dasturlarini kasbiy standartlar va ish beruvchilarning takliflari asosida amaliyotga yoʻnaltirilgan holda ishlab chiqish va oʻquv jarayoniga joriy etish

2. Kasbiy taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish subyektlari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish.

2026-yil sentabr

-

Kasbiy taʼlim agentligi

(A. Xusanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

 

15.

Kasbiy taʼlim muassasalarida malaka toifasiga ega boʻlgan pedagog kadrlar ulushini oshirish.

1. Majburiy va ixtiyoriy ravishda attestatsiyaga jalb etiladigan pedagoglarning Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “pedagog.edu.uz “ platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlarini taʼminlash.

2. Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga tegishli malaka toifalarini berish.

2026-yil dekabr

-

Kasbiy taʼlim agentligi

(A. Xusanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

16.

Hududlarda tadbirkorlikka qiziquvchi maktab bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash.

Hududlarda tadbirkorlikka qiziquvchi maktab bitiruvchilarini tegishli tadbirkorlarga biriktirib, ularning koʻnikmalarini oshirish choralarini koʻrish.

2026-yil may

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Kasbiy rivojlanish agentligi (A. Xusanov)

 

17.

“Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish.

“Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali ishlab chiqarish ustalari orasidan fanlar kesimida mentor-ustalar tarkibini shakllantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil aprel

-

-

 

7-maqsad: Oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

 

18.

Oliy taʼlimda kadrlar tayyorlash uchun davlat granti kvotalarini raqamli texnologiyalar yoʻnalishlari uchun oshirish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab iqtisodiyotning real tarmoqlari va sohalarida kadrlarga boʻlgan haqiqiy talabni oʻrganish asosida bosqichma-bosqich AT sohasiga, shu jumladan, sunʼiy intellekt, maʼlumotlar tahlili va ilmi, AT muhandislik, bulutli texnologiyalar, fintex hamda kiberxavfsizlik kabi jadal rivojlanayotgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlarini oshirib borish

2026-yil davomida

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

 

8-maqsad: Oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

 

19.

Oliy taʼlim muassasalarida talabalarni yotoqxona bilan qamrab olish darajasini yaxshilash, qoʻshimcha oʻquv binolari barpo etish.

1. Davlat-xususiy sheriklik loyihalari, oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha 12 110 oʻrinli talabalar turarjoylarini qurish.

2. Davlat-xususiy sheriklik loyihalari, oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha 4 000 oʻrinli oʻquv binolarini qurish.

2026-yil dekabr

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari, tadbirkorlarning mablagʻlari va investitsiya dasturlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

 

20.

Oliy taʼlim tashkilotlari Axborot-resurs markazlari kutubxona fondini toʻldirish va raqamlashtirish.

1. Oliy taʼlim tashkilotlari axborot-resurs markazlari kutubxona fondini 220 000 ta zamonaviy adabiyotlar bilan toʻldirish va har chorakda monitoring qilib borish.

2. Axborot-resurs markaziga kirim qilingan oʻquv adabiyotlarini raqamlashtirib borish.

2026-yil davomida

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

 

9-maqsad: Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yoʻnalishlar bilan boyitish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Innovatsion rivojlanish agentligi

 

21.

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida texnika, tabiiy va ijtimoiy fanlardan fundamental loyihalar tanlovini tashkil qilish.

1. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida texnika, tabiiy va ijtimoiy fanlar boʻyicha dolzarb yoʻnalishlarni tahlil qilish.

2026-yil iyul

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

2. Shakllantirilgan yoʻnalishlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil avgust

 

3. Texnika, tabiiy va ijtimoiy fanlar boʻyicha fundamental loyihalar tanlovini tashkil qilish.

2026-yil sentabr

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

 

22.

Fundamental tadqiqotlarni xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda olib borish va tadqiqot doirasida xorijiy davlatlardagi ilmiy yangilik va ilgʻor tajribalarni Oʻzbekiston sharoitida joriy qilish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Xorijiy davlatlarning tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda tadqiqot olib borish boʻyicha hamkorlik rejalarini ishlab chiqish.

2. Xorijiy davlatlarning tadqiqot markazlarini Oʻzbekiston olimlari bilan tadqiqot olib borishga jalb qilish.

3. Xorijiy davlatlardagi ilmiy yangilik va ilgʻor tajribalarni oʻrganish va Oʻzbekistondagi dolzarb (suv tanqisligi, iqlim oʻzgarishi, qurilish, kambagʻallik) muammolarni hal etishga qaratilgan qoʻshma loyihalarini amalga oshirish.

2026-yil sentabr — dekabr

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

 

10-maqsad: Iqtisodiyotning eng tez oʻsib borayotgan yoʻnalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish.

 

Ijro uchun asosiy masʼulInnovatsion rivojlanish agentligi

 

23.

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarida amaliy tadqiqot loyihalari tanlovini tashkil qilish

1. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tegishli vazirlik va idoralardan takliflarni yigʻib olish.

2026-yil iyul

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

2. Taqdim etilgan takliflarni umumlashtirish va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil avgust

 

3. Ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha amaliy tadqiqot loyihalari tanlovini tashkil qilish.

2026-yil sentabr

 

11-maqsad: Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Innovatsion rivojlanish agentligi

 

24.

Xalqaro maʼlumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini nashr etgan yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash.

1. Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining professor-oʻqituvchilari, olimlari uchun xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazasidan erkin foydalanish imkonini yaratish.

2026-yil iyun

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

2. Xalqaro maʼlumotlar bazalarida indekslanuvchi nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalarni nashr etish boʻyicha seminar- treninglar oʻtkazish.

2026-yil noyabr

 

3. Oʻzbekiston olimlarining ilmiy noshirlik faolligi boʻyicha tahliliy hisobot tayyorlash va nashr etish.

2026-yil dekabr

 

12-maqsad: Barcha yoʻnalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Innovatsion rivojlanish agentligi

 

25.

Iqtisodiyot tarmoqlarining ilmiy ehtiyojlari asosida tadqiqotlarni tashkil etish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish jarayonlaridagi ilmiy yechimga ehtiyoji mavjud muammolar boʻyicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy loyihalar uchun mavzular roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil iyul

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalar va uyushmalar

 

2. Iqtisodiyot tarmoq va sohalaridagi muammolarining ilmiy yechimiga qaratilgan amaliy tadqiqot loyihalari boʻyicha alohida tanlovni eʼlon qilish.

2026-yil sentabr

 

13-maqsad: Aholining oʻrtacha umr davomiyligini oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

 

26.

Aholi oʻrtasida eng koʻp uchraydigan kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanishni keskin kamaytirish.

1. Profilaktik koʻriklar jadvalini tasdiqlash.

2. 18 — 40 yoshli 11,0 million nafar aholini profilaktik koʻrikdan oʻtkazish.

3. 7,3 million nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida eng koʻp uchraydigan yurak-qon tomir, qandli diabet, sil kasalliklari xavfini aniqlash maqsadida profilaktik koʻriklarni oʻtkazish.

Bunda infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi joriy qilingan hududlarda yurak qon-tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta bosqichda aniqlash 30 yoshdan oshgan aholi oʻrtasida oʻtkazilishi inobatga olinadi.

2026-yil mart tarmoq rejasi asosida

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

27.

Boshqariluvchi yuqumli kasalliklar boʻyicha epidemiologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida profilaktik emlash tadbirlarini izchil amalga oshirish.

5,6 million nafar bolani 13 turdagi vaksinalar bilan boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash.

2026-yil yakuniga qadar

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

(B. Yusupaliyev),

 

14-maqsad: Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

 

28.

Oilaviy shifokorlar tayyorgarligini oshirish.

1. Ilgʻor standartlarga muvofiq oilaviy tibbiyot yoʻnalishida bir yillik internaturani joriy etish.

2. Oilaviy shifokorlar lavozim yoʻriqnomalari va malaka talablarini tasdiqlash.

2026-yil sentabr

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi,

(B. Yoʻldoshev)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

 

15-maqsad: Bolalar oʻrtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

 

29.

Irsiy kasalliklar bilan kasallangan bolalarni dori vositalari, tibbiy jihozlar va shifobaxsh ozuqalar bilan 100 foiz taʼminlash.

1. Neonatal skrining natijasida aniqlangan tugʻma gipotireozga chalingan bolalarni dori vositalari bilan taʼminlash.

2. Fenilketonuriyaga chalingan bolalarni maxsus davolovchi ovqatlanishini taʼminlash.

3. Mukovissidoz kasalligiga chalingan bolalarni orfan dori vositalari (Dornaza-alfa) va maxsus oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul taʼminlash.

4. Gemofiliya kasalligiga chalingan bolalarni orfan dori vositalari (VIII, IX qon ivish omillari) bilan bepul taʼminlash.

5. Talassemiya kasalligiga chalingan bolalarni orfan dori vositalari (Deferoziroks) bilan bepul taʼminlash.

6. Epidermoliz kasalligiga chalingan bolalarni tibbiy jihozlar bilan bepul taʼminlash.

7. Yuvenil artrit kasalligiga chalingan bolalarni orfan dori vositalari (Totsilizumab) bilan bepul taʼminlash.

doimiy

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

 

30.

Bolalar orasida irsiy kasalliklarni aniqlash uchun ommaviy va selektiv skrining oʻtkazish.

1. Barcha chaqaloqlarni tugʻma gipotireoz, fenilketonuriya va mukovissidoz kasalliklarini aniqlash boʻyicha neonatal skriningdan oʻtkazish.

2. 6 ta lizosomal (Goshe, Pompe, Fabri, Krabbe, A va B turdagi Nimmana-Pika kasalliklari hamda I tipi) kasalliklarga koʻrsatma asosida xavf guruhiga kiruvchi chaqaloq va bolalarda har yili selektiv skrining oʻtkazish.

Tarmoq rejasiga muvofiq

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

 

16-maqsad: Onalar va bolalar oʻlimini qisqartirish, sogʻlom bolalikni taʼminlash

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

 

31.

Bolalar orasida ommaviy va selektiv skrining oʻtkazish.

1. 3 — 18 yoshli 10 million nafar bolalarni ularda onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha ommaviy va selektiv skriningdan oʻtkazish.

Tarmoq rejasiga muvofiq

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

 

2. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyatini aniqlash boʻyicha audioskriningdan oʻtkazish.

Doimiy

 

32.

Tugʻish yoshidagi va homilador ayollarga hamda bolalarga 7 turdagi vitaminlar, yod va foliy kislotasini bepul tarqatish ishlarini davom ettirish.

Bunda:

barcha homilador va 1,5 million nafar bola emizuvchi ayollarni yod preparati bilan;

5,9 million nafar 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarni koʻrsatmaga muvofiq temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlash.

2026-yil dekabr

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

 

33.

Bolalarning sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash orqali ratsional oʻsishi va rivojlanishi, aqlan barkamol boʻlib shakllanishini taʼminlash.

1. 6 — 23 oylik boʻlgan jami 1,2 million nafar bolani mikronutriyent kukuni bilan bepul taʼminlash.

2. Olti million nafar 2 — 10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash.

3. 8,8 million nafar 3 — 15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul taʼminlash.

Doimiy

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

 

17-maqsad: Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

 

34.

Xavf guruhiga mansub boʻlgan aholini onkologik kasalliklar boʻyicha skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish.

1. Yiliga 700 ming ayollarda bachadon boʻyni saratoni va 1,7 million ayollarni koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash boʻyicha maqsadli skriningdan oʻtkazish.

2. Kasalliklar aniqlangan bemorlarni oʻz vaqtida davolash choralarini amalga oshirish.

2026-yil mart oyidan boshlab

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

35.

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni aniqlangan bemorlar uchun “tezkor yoʻlak” (fast-trak) davolash mexanizmini joriy etish.

Skrining orqali bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni aniqlangan bemorlar uchun “tezkor yoʻlak” (fast-trak) davolash mexanizmini joriy etish, tashxis qoʻyilgan kundan boshlab davolashga oʻtishgacha boʻlgan muddatni qatʼiy belgilash va nazorat qilishning yangi tizimi boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil aprel

-

-

 

18-maqsad: Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

 

36.

Aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish.

Aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish. Bunda:

1. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollik boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. “Mahalla yettiligi” bilan birgalikda aniq reja-grafik asosida mahallalarda toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollik boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etish.

2026-yil mart oyidan boshlab reja-grafik asosida yil davomida

Mablagʻ talab etilmaydi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

19-maqsad: Sogʻlom va faol keksalikni taʼminlash

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

 

37.

Har yili 60 va undan katta yoshdagi aholini sogʻlomlashtirish.

60 va undan katta yoshdagi aholi roʻyxatini shakllantirib reja-jadval asosida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish.

2026-yil dekabrga qadar

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida hisob-kitoblarga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev)

 

38.

Katta yoshdagi aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy faollik va yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi boʻyicha individual va ommaviy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

1. Keksa yoshdagi aholining kun tartibini toʻgʻri tashkillashtirish, jismoniy faolligi va kasalliklar profilaktikasi boʻyicha targʻibot materiallarini tarqatish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2026-yil mart-mart

“Nuroniy” jamgʻarmasi va homiylar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi

 

2. Katta yoshdagi aholi orasida skandinavcha yurish va ularga mos boshqa sport turlarini joriy qilish, “Keksalik gashti” shiori ostida yengil sport musobaqalarini oʻtkazib borish.

2026-yil aprel — noyabr

 

20-maqsad: Aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

 

39.

Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish.

Toʻgʻri ovqatlanish tamoyillari va ularga amal qilish boʻyicha tavsiyanoma ishlab chiqish hamda keng targʻibot ishlarini tashkil etish

2026 — 2030-yillar

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Ijrochilar oʻz mablagʻlari hisobiga

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi; viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

21-maqsad: Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

 

40.

Raqamli texnologiyalar joriy etilgan tibbiyot muassasalari ulushini oshirish.

Respublikadagi tibbiyot muassasalarini tibbiyot axborot tizimiga ulash orqali raqamlashtirish darajasini 100 foizga yetkazish.

Barcha davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini “Yagona sogʻliqni saqlash platformasiga” ulanishini taʼminlash.

2026-yil dekabrdan boshlab reja-grafik asosida

Tibbiyot muassasalariga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

22-maqsad: Professional ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

 

41.

Aholining ehtiyojmand qatlamlariga hududlarda kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Respublikaning kamida 10 ta tuman va shaharlarida hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyish. Bunda:

hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlari loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va binolarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishni boshlash;

binolarni zarur moddiy-texnik jihozlar bilan taʼminlash;

hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlarida tadbirkorlik subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilish orqali kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish.

2026 dekabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

 

23-maqsad: Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizimni yaratish hamda ular uchun qulay va maqbul muhitni yaratish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

 

42.

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay muhit va toʻsiqsiz harakatlanish imkoniyatini yaratish.

1. Davlat oliy taʼlim muassasalari bino-inshootlarini nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi va taʼlim olish imkoniyatini yaratish uchun ushbu taʼlim muassasalarining bino-inshootlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash choralarini koʻrish.

2026-yil 1-iyun

Davlat oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

davlat oliy taʼlim muassasalari,

Ijtimoiy inspeksiya

 

2. Davlat dasturlari doirasida rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashga tushgan koʻp kvartirali uylarni ularning asosiy kirish yoʻlaklaridan liftgacha boʻlgan qismida nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun belgilangan talablar asosida pandus bilan taʼminlash.

2026-yil 1-martdan boshlab doimiy ravishda

Davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablagʻlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

 

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududidagi 60 tadan umumfoydalanishdagi hojatxonalarni nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz foydalanishlari uchun jihozlash.

2026-yil yakuniga qadar

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

 

43.

Reabilitatsiya xizmatlari qamrovini oshirish va ularni koʻrsatishni yangi sifat bosqichiga olib chiqish

1. Kasallikning ilk davridan boshlab organizmning yoʻqotilgan funksiyalarini tiklashda uzluksiz reabilitatsiya tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish.

2. Reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatuvchi shifokor reabilitolog, jismoniy terapevt va ergoterapevt lavozimlarini joriy etish.

3. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida tibbiy reabilitatsiya kafedrasini tashkil etish hamda reabilitologiya, jismoniy terapiya va ergoterapiya, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.

4. Reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatiladigan kasalliklarni tibbiy reabilitatsiya qilish bosqichlari, statsionar va ambulator sharoitda reabilitatsiya qilish tartibini, tashxislash va davolash standartlari hamda milliy klinik protokollarini ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

 

44.

Nogironlik bilan bogʻliq kasalliklarni erta aniqlash, baholash va “aralashuv” xizmatlarini tashkil etish.

Nogironlik bilan bogʻliq kasalliklarni erta aniqlash, baholash va “aralashuv” xizmatlarini yoʻlga qoʻyish. Bunda:

tugʻilganidan boshlab uch yoshgacha boʻlgan bolalarning rivojlanishida kuzatiladigan nuqsonlarni (buzilishlarni) erta aniqlash va oʻz vaqtida kompleks ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olishga qaratilgan “erta aralashuv” xizmatini yoʻlga qoʻyish;

nogironlik belgilari bilan tugʻilgan bolalarga qoʻshimcha murojaat va tibbiy tekshiruvlar talab etmagan holda nogironlik belgilash tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

2026-yil dekabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

 

24-maqsad: Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

 

45.

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shugʻullanishini taqiqlash.

1. Mehnat qonunchiligida taʼlim, tarbiya, bolalar sogʻlomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarda bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning kelgusida bolalar bilan ishlash boʻyicha mehnat faoliyatini davom ettirishini cheklovchi yoki taqiqlovchi qoidalarni belgilash.

2. Taʼlim, tarbiya, bolalar sogʻlomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarning “Alohida toifadagi shaxslar” axborot tizimidan foydalanish imkoniyatini yaratish.

3. Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlariga bino va inshootlarni majburiy kamera bilan taʼminlash hamda videoyozuvlar qaydlarini kamida olti oygacha saqlash shartlarini kiritish.

2026-yil mart

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

Ichki ishlar vazirligi,

(A. Tashpulatov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

 

46.

Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish tizimini takomillashtirish.

Ilgʻor xorijiy davlat tajribalarini oʻrgangan holda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

2026-yil mart

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi

(F. Rustamov),

Bolalar ombudsmani

(S. Raxmonova),

Bosh prokuratura,

(N. Yoʻldoshev),

Oliy sud,

(B. Islamov),

Ichki ishlar vazirligi,

(A. Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

 

47.

Bolalarga nisbatan sodir etilgan zoʻravonlik holatlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkazish va jinoyat ishini sudda koʻrish jarayonini takomillashtirish.

1. Zoʻravonlikning har qanday shaklidan jabrlangan bolalarga va zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarga ular tegishli protsessual xatti-harakatlarga jalb etilgan vaqtdan eʼtiboran davlat hisobidan yuridik yordamdan foydalanish huquqini berish.

2. Bolaga nisbatan uning qonuniy vakillari yoki boshqa qarindoshlari tomonidan sodir etilgan zoʻravonlik holatlari boʻyicha ishni sudga qadar yuritish va sud muhokamasi jarayonlaridagi barcha protsessual harakatlarni majburiy tartibda bolalarga nisbatan vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida amalga oshirish tartibini joriy etish.

3. Bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etish bilan bogʻliq ishlar doirasida bolalar va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻrtasidagi yuzlashtirish tergov harakatini faqat tergovchi va prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan oʻtkazish mexanizmini joriy etish.

4. Ilgʻor xorijiy davlatlar tajribalarini, xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini oʻrganish hamda tajriba-sinov tariqasida “Barnaxus” modelini joriy etish.

5. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar bilan protsessual harakatlar davomida ishlashga masʼul boʻlgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudyalar, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi xodimlari, shuningdek, advokatlarni ularning surishtiruv, dastlabki tergov va sud protsessida bolalar bilan ishlashning maxsus usullariga oid kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish uchun milliy va xorijiy ekspert hamda mutaxassislarni jalb etgan holda qisqa muddatli kurslarda oʻqitish.

2026-yil iyun

Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Ichki ishlar vazirligi,

(A. Tashpulatov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Oliy Majlisning

Bola huquqlari boʻyicha vakili

(S. Raxmonova)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (kelishuv asosida)

 

48.

Bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashishda murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash.

Bolalarni “raqamli makon”da himoya qilish boʻyicha kompleks tizimni yaratish doirasida kiberbulling, onlayn taʼqib, noqonuniy kontent va psixologik zoʻravonlik holatlariga tezkor javob berish uchun 24/7 monitoring va xabar berish platformasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Ijtimoiy himoya milliy agentligiga kiritish.

2026-yil may

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

 

25-maqsad: Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Z. Maxkamova)

 

49.

Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 200 nafar koʻp bolali (toʻrt va undan ortiq), kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan ayollarni bepul sogʻlomlashtirish.

1. Roʻyxatlarni shakllantirish.

2. Bayramlar arafasida aksiya tashkil etib, yoʻllanmalar berish.

3. Ayollar salomatligini mustahkamlash.

2026-yil davomida

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

(K. Rafikov)

 

50.

Xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga oʻqitish orqali bandligini taʼminlashga koʻmaklashish hamda ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida:

124 254 nafar xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish;

210 242 nafar xotin-qizlarga ishga joylashishiga koʻmaklashish;

43620 nafar xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish choralarini koʻrish.

1. Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish grafigini ishlab chiqish.

2026-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Kasbiy taʼlim agentligi

(A. Xusanov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

(K. Sharipov),

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

(M. Adilov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

2. Ishsiz va daromad topish istagidagi xotin-qizlarni qisqa muddatli oʻquv kurslarga jalb qilish.

Tasdiqlangan grafik asosida

 

3. Ishlash istagidagi xotin-qizlar uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkalarini tashkil etish.

Har chorakda

 

51.

1091 ta mahallada xususiy sektorlarni jalb qilgan holda xotin-qizlar bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida yoki kasb-hunar oʻrgatish faoliyati bilan belgilangan tartibda shugʻullanuvchi tashabbuskor tadbirkorlar binolarida tashkil etish.

1. Mahallalarda boʻsh turgan yer maydonlari yoki boʻsh binolarni aniqlash.

2. Markazlarni tashkil etish choralarini koʻrish.

2026-yil davomida

Tashabbuskorlar mablagʻlari, qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa mablagʻlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Kadastr agentligi

(M. Mirmaksudov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

 

52.

Axborot texnologiyalari sohasida 100 ming nafar xotin-qizlar savodxonligini oshirish.

1. Onlayn platformalar orqali xotin-qizlarni axborot texnologiyalari sohasida oʻqitish.

2. Chekka hududlarda tashkil etilgan IT shaharchalarda xotin-qizlarning IT yoʻnalishidagi kurslarda taʼlim olishini taʼminlash.

2026-yil har chorakda

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

(Sh. Shermatov)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

(E. Karimova)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

(K. Sharipov),

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi

 

53.

Har bir hududda xotin-qizlarni kasanachilik asosida band qilgan lider tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish va ularning xorijiy davlatlarda tajriba almashishini tashkil etish.

1. Hududlarda ming nafardan xotin-qizlarni kasanachilik asosida band qilgan tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish.

2026-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Savdo-sanoat palatasi,

(D. Vaxabov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

(L. Kudratov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

2. Dasturga muvofiq ularni qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.

2026-yil yakuniga qadar

 

54.

Xotin-qizlar oʻrtasida “Hududning eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihalari” tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlovni hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yuqori saviyada tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Ijrochilar mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

 

2. Reja asosida haftalikni tashkil etish.

2026-yil oktabr

 

55.

Milliy merosni asrash, kashtachilik sanʼatini targʻib qilish, ishsiz ayollarni daromad topishga oʻrgatish, koʻrgazmalarda ishtirok etishiga koʻmaklashish maqsadida kashtachi va dizaynerlar oʻrtasida “Ipak kashta jilosi” respublika tanlovini oʻtkazish.

1. “Ipak kashta jilosi” respublika tanlovini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.

2026-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

“Hunarmand” uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

2. “Anʼanaviy kashtachilik va ipak matolari sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida forum hamda kashtachilik va ipak matolari sanʼatiga oid koʻrgazma tashkil qilish.

3. Festival doirasida faol boʻlgan kashtachi xotin-qizlarni taqdirlash.

2026-yil sentabr

 

56.

Gender tengligi boʻyicha amaldagi qonunchilik normalarini amaliyotga joriy etishda muammolarni oʻrganib, bartaraf etish choralarini koʻrish.

Jamiyatda saqlanib qolayotgan oilaviy stereotiplarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan choralar ishlab chiqib, mahallalarda amalga oshirish choralarini koʻrish

2026-yil may oyidan boshlab reja-grafikka asosan

-

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev)

 

26-maqsad: Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash

 

Ijro uchun asosiy masʼul — “Nuroniy” jamgʻarmasi (S. Turdiyev)

 

57.

Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.

1. “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan keksalar va nuroniylar hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va urush orti mehnat faxriylari holidan muntazam xabar olish.

2. Respublikamizdagi diqqatga sazovor joylarga, tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning soʻlim goʻshalariga 1,5 million nafar nuroniylarning sayohatlarini tashkil etish.

Oʻlchov birligi — ming nafar

2026-yil — 1500

I chorak — 148;

II chorak — 443;

III chorak — 462;

IV chorak — 447.

3. Mahallalarda, oʻquv yurtlarida, tashkilot va idoralarda yoshlar, shuningdek, uyushmagan, tarbiyasi ogʻir, muammoli yoshlar va kam taʼminlangan oilalardagi yoshlar oʻrtasida, shuningdek, harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar oʻrtasida keksa avlod vakillari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlarini oʻtkazish.

2026-yil davomida

“Nuroniy” jamgʻarmasi va homiylar mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(M. Ollayorov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Turizm qoʻmitasi

(A. Akkulov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Mudofaa vazirligi

(Sh. Xolmuxammedov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralar

 

27-maqsad: Mamlakatda kambagʻallik darajasini qisqartirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)

 

58.

2026-yilda jami 1,1 million nafar kambagʻal aholini kambagʻallikdan chiqarish xizmatlari bilan qamrab olish.

1. Kambagʻallikdan chiqariladigan aholi sonining hududlar kesimida parametrlarini tasdiqlash.

2. 263 mingta kambagʻal oilalarga xizmat koʻrsatish choralarini koʻrish.

2026-yil mart

Tegishli jamgʻarma mablagʻlari,

bank krediti

Tijorat banklari

(kelishuv asosida),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(M. Olloyorov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

3. Ijtimoiy reyestrdan chiqqan, lekin kambagʻallikka qayta kirish xavfi mavjud boʻlgan 200 ming nafar aholi bilan manzilli ishlash.

har oyda

 

59.

2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida 163 ming nafar aholini kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olish.

1. Yangicha yondashuvlar asosida kambagʻallikdan chiqariladigan aholini vazirlik va idoralar kesimida rejasini ishlab chiqish.

2026-yil mart

-

Tegishli vazirlik va idoralar

 

2. Belgilangan rejalarga muvofiq oilalarni ularning daromadini oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olish.

Har oyda

 

60.

2026-yilda mahallalarda jami 90 mingta mikroloyihani amalga oshirish.

1. Mahallalarda amalga oshiriladigan mikroloyihalarning mahallalar va oylar kesimida parametrlarini tasdiqlash.

2026-yil mart

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

2. Hokim yordamchilari koʻmagida tashabbuskorlarni aniqlash va mikro loyihalarni ishga tushirish orqali 2026-yilda 180 ming nafar aholi bandligini taʼminlash.

har oyda

 

61.

2026-yilda chuqur ixtisoslashgan toifadagi mahallalar sonini 2 500 taga yetkazish.

1. 2026-yilda 2 500 ta mahallani chuqur ixtisoslashtirish, jumladan:

50 foiz xonadonda eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻygan 50 ta mahalladagi usta dehqonlarga subsidiyalar berish;

295 ta mahallada tadbirkorlar, eksportyorlar va brokerlar bilan hamkorlikda yetakchi tadbirkorlar faoliyati yoʻlga qoʻyish;

Bunda:

ushbu mahallalarga ixtisoslashuv yoʻnalishidan kelib chiqib, tadbirkorlik tashabbuslariga ega fuqarolarga imtiyozli kredit hamda ssudalar ajratish;

har bir mahallani ixtisoslashuv yoʻnalishidan kelib chiqib, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ixtisoslashtirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Eksportbop mahsulot yetishtirish yoʻlga qoʻyiladigan mahallalarni aniqlash.

3. Ushbu mahallalarga usta dehqonlarni biriktirish orqali mahallada eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyish.

4. Eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻygan usta dehqonlarga subsidiya ajratish.

2026-yil davomida

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)

 

62.

2026-yilda bandlik dasturlari doirasida aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash hamda tadbirkorlikka jalb etish orqali ishsizlik darajasini 4,5 foizga tushirish.

1. 2026-yilda dasturlar doirasida yaratilgan yangi ish oʻrinlari orqali aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash. Bunda:

qishloq xoʻjaligi sohasi, xizmat koʻrsatish, qurilish sohasi hamda investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash.

2. Norasmiy sektorda band boʻlganlarni rasmiylashtirish.

2026-yil davomida

Tadbirkor mablagʻi, bank krediti,

tegishli jamgʻarma mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

masʼul vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

63.

2026-yilda jami 1 million aholini doimiy ishga joylashtirishga koʻmaklashish.

1. Dasturlar doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga yaratilgan yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtirish orqali aholi bandligini taʼminlash.

Bunda:

150 ming — korxona va tashkilotlardagi mavjud boʻsh ish oʻrinlariga;

804 ming — bandlik dasturlari doirasida yaratilgan yangi ish oʻrinlariga;

46 ming nafarini zaxiralangan (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish orqali bandligini taʼminlash.

2. Korxona va tashkilotlardagi mavjud boʻsh va zaxiralangan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish orqali bandligini taʼminlash choralarini koʻrish.

2026-yil davomida

Tadbirkor mablagʻi, bank krediti,

tegishli jamgʻarma mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

(I. Abdurahmonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

masʼul vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

64.

2026-yildan boshlab “Bandlik organlari — ish beruvchilarning hamkori” tamoyili asosida ish beruvchilarga amaliy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni topib berish tizimini joriy etish.

1. Ish beruvchilarning talabini aniqlash orqali 150 mingta boʻsh (vakant) ish oʻrinlari bazasi shakllantirish va maxsus platformaga joylashtirish.

Bunda 30 mingta ish beruvchilarning talabini aniqlash orqali 150 mingta boʻsh (vakant) ish oʻrinlari bazasini shakllantirib, maxsus platformaga joylashtirish; amaliy bilim va koʻnikmalarga ega 100 ming nafar ish qidiruvchilarni ishga joylashtirish; ish beruvchining talabidan kelib chiqib, ish qidiruvchilarni kasbga oʻqitishga yoʻnaltirish.

2. Amaliy bilim va koʻnikmalarga ega ish qidiruvchilarni ishga joylashtirish.

3. Ish beruvchining talabidan kelib chiqib, ish qidiruvchilarni kasbga oʻqitishga yoʻnaltirish.

4. Bandlikka koʻmaklashish borasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va natijadorligini oshirish orqali aholini boʻsh va zaxiralangan hamda yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtirish choralarini koʻrish.

2026-yil davomida

-

Tegishli vazirlik va idoralar

 

65.

2026-yilda jami 100 ming nafar norasmiy ishlayotgan aholining qonunchilik talablariga muvofiq mehnat faoliyatini rasmiylashtirish, aholi orasida mehnat shartnomasi tuzishning afzalliklari (pensiya, taʼtil, ijtimoiy sugʻurta) haqida ommaviy axborot vositalarida doimiy targʻibotlar olib borish.

Mehnat faoliyatini rasmiylashtirish, aholi orasida mehnat shartnomasi tuzishning afzalliklari haqida OAVlarda targʻibot va tashviqot ishlarini tashkil etish.

2026-yil davomida

-

MTRK

(A. Djurabayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Koʻchimov)

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi

 

66.

28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Mehnatni muhofaza qilish” haftaligi hamda haftalik doirasida xalqaro konferensiya oʻtkazish.

1. 28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Mehnatni muhofaza qilish” haftaligini oʻtkazish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Farmoyish bilan haftalik oʻtkazish uchun rejalashtirilgan tadbirlar reja-grafigi, haftalikka puxta tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi hamda tashkiliy qoʻmita tasdiqlanishini nazarda tutish.

2026-yil mart

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi,

(K. Rafikov)

Oʻzbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi

 

67.

Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek, xodimlarning oʻzi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etgan shaxslar faoliyatini kuchaytirish.

1. Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek, xodimlarning oʻzi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etgan shaxslar barcha tashkilotlarda saylanishi va roʻyxatlari shakllantirilishi.

2. Oʻquv dasturi va qoʻllanma ishlab chiqib tasdiqlash.

3. Oʻqitish reja-jadvalini hududlar va tarmoqlar kesimida tayyorlash va tasdiqlash.

4. Oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil davomida

-

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi,

(K. Rafiqov)

Oʻzbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi

 

29-maqsad: Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish boʻyicha kasbiy koʻnikma va malakalarini rivojlantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Kasbiy taʼlim agentligi (A. Xusanov)

 

68.

2026-yilda kasb-hunarga oʻqitish jarayonlarida xususiy sektor ulushini 40 foizga oshirish.

1. Talab yuqori boʻlgan kasb va xorijiy tillar roʻyxati hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xususiy oʻquv markazlarining reyestrini shakllantirish.

Bunda ishsizlar bilan bir qatorda doimiy ishga ega boʻlgan va malakasini oshirish istagida boʻlgan shaxslarni ham kasb-hunarga oʻqitish yoki malakasini oshirish uchun “kasb vaucheri” tizimi orqali keng qamrab olish.

2. Kasb-hunarga oʻqitishda xususiy sektor ulushini oshirish choralarini koʻrish.

2026-yil davomida

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

Adliya vazirligi

(A. Toshqulov )

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

(Z. Maxkamova),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

 

69.

2026-yilda 200 nafar oʻqituvchi va muhandis ustalarning xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish.

1. Malaka oshiradigan oʻqituvchilar roʻyxatini shakllantirish.

2. 200 nafar texnikum oʻqituvchilarining xalqaro standartlar asosida xorijiy ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan treninglarda malakasini oshirish.

2026-yil davomida

Xalqaro moliya jamgʻarmalari,

ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)

 

70.

Vaucher tizimi asosida ishsizlar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolari yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan ish qidirayotgan fuqarolarning kasb va xorijiy tillarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish.

Vaucher tizimi asosida 120 ming nafar fuqarolarning kasb va xorijiy tillarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish.

2026-yil davomida

Kasb-hunarga oʻqitish xarajatlari uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

(Z. Maxkamova),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

 

30-maqsad: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga oʻqitish tizimini yaratish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

 

71.

Yoshlarni chet tillariga oʻqitish tizimini takomillashtirish.

1. Chet tillarini ommalashtirishga koʻmaklashuvchi “Ibrat farzandlari” loyihasini rivojlantirish va uning doirasida “Ibrat academy” mobil ilovasini takomillashtirish, “Ibrat — tillar oromgohi” loyihalarini oʻtkazish.

2. Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish amaliyotini kengaytirish.

3. Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan 6 ming nafar yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish.

2026-yil davomida

Ijrochilarning mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova)

 

31-maqsad: Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini ragʻbatlantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼulYoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

 

72.

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini ragʻbatlantirish hamda iqtidorini qoʻllab-quvvatlash.

“Zakovat” va boshqa intellektual oʻyinlarga 800 ming nafar yoshlarni jalb etish.

2026-yil davomida

Ijrochilarning mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova)

 

Ijro uchun asosiy masʼul“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (G. Ismailova)

 

73.

Isteʼdodli yoshlarni xorijning eng nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuborish.

IT sohasiga, shu jumladan, sunʼiy intellekt, maʼlumotlar tahlili va ilmi, IT muhandislik, bulutli texnologiyalar, fintex va kiberxavfsizlik taʼlim dasturlari asosida taʼlim olish uchun stipendiya tanloviga ajratilayotgan kvotalar sonini oshirish.

2026-yil davomida

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

 

32-maqsad: Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

 

74.

Har bir vazirlik va idoralarning rahbarlari, tuman (shahar) hokimlari tomonidan mahallalarda istiqomat qilayotgan va xorijdagi yoshlar bilan muloqot qilib, ularning muammo va takliflarini oʻrganish hamda hal etish choralarini koʻrish.

1. “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlarini oʻtkazish rejasini tasdiqlash va ularni yuqori saviyada tashkil etish.

2. Uchrashuvlarda bildirilgan muammo va takliflarni hal etish choralarini koʻrish.

2026-yil davomida

Ijrochilarning mablagʻlari

Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar rahbarlari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

33-maqsad: Yoshlar oʻrtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

 

75.

“Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida yoshlarni oʻqitish.

1. “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasini yoshlar orasida taʼlim tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda keng targʻib qilish choralarini koʻrish.

2. Loyiha doirasida oʻqiganlar sonini 150 ming nafarga yetkazish.

3. Loyiha doirasida eng yaxshi natija koʻrsatgan yoshlar va ishtirokchilarni ragʻbatlantirib borish.

2026-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

(K. Sharipov)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

(E. Karimova)

Kasbiy taʼlim agentligi,

(A. Xusanov),

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

34-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

 

76.

Sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida ommaviy sport musobaqalarida aholi qamrovini kengaytirish.

1. Sport bilan shugʻullanishga jalb qilingan aholi ulushini 32 foizga yetkazish. Bunda:

mahallalarda istiqomat qilayotgan aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etishda targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish va tadbirlar nizomini ishlab chiqish;

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish;

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari, oliy taʼlim muassasalari talabalari, kasbiy taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari, idora va tashkilotlar xodimlari hamda 30 yoshdan yuqori boʻlgan aholi oʻrtasida ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish.

2. Aholining 11 ta yosh toifalari boʻyicha barcha hududlarda har yili jismoniy tayyorgarlik sinovlarini oʻtkazish.

2026-yil aprel — dekabr

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarini tashkil etishga ajratilgan mablagʻlar,

sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar, mahalliy budjet va ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

35-maqsad: Respublikada sport bilan professional va doimiy shugʻullanuvchi yoshlar ulushini oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

 

77.

Sport-taʼlim muassasalarida muntazam shugʻullanuvchi yoshlar sonini 570 ming nafardan oshirish.

1. Sport turlari boʻyicha yangi guruhlar faoliyatini tashkil etish.

2. Sport trenerlari va mutaxassislari malakasini oshirib borish.

3. Ommaviy sport tadbirlaridan seleksiya ishlarini amalga oshirish orqali sport-taʼlim muassasalarida muntazam shugʻullanuvchilar qamrovini oshirish.

2026-yil dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari hamda homiylar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

78.

Umumtaʼlim maktablarida sport bilan muntazam shugʻullanuvchi oʻquvchilar sonini 357 ming nafarga yetkazish.

1. Umumtaʼlim maktablarida sport turlari boʻyicha sport klublari va toʻgaraklari tarmogʻini kengaytirish.

2. Ommaviy sport tadbirlari va jismoniy tarbiya darslarida aniqlangan iqtidorli oʻquvchilarni maktab sport klublariga seleksiya qilish orqali shugʻullanuvchilar qamrovini oshirish.

2026-yil dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

 

36-maqsad: Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

 

79.

Sport razryadi va unvoniga ega sportchilar sonini oshirish.

Razryadli va unvonli sportchilar sonini 17 ming nafarga yetkazish.

Bunda sport unvonlari va sport razryadlarini berish boʻyicha davlat xizmatini proaktiv shaklga oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2026-yil dekabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

 

37-maqsad: Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

 

80.

2028-yilda Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilari tayyorgarligini tashkil etish.

1. Musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha uzluksiz respublika va xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish.

2. Yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari oldidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etish.

2026-yil dekabr

Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida, ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Umarov),

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev)

 

81.

2026-yil Aichi va Nagoya shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XX yozgi Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilari tayyorgarligini tashkil etish.

1. Milliy terma jamoalar uchun uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish hamda ularning ushbu musobaqalarda ishtirok etishini taʼminlash.

2. Milliy terma jamoalarni maxsus sport ekipirovkalari va sport inventarlari bilan taʼminlab borish.

3. Milliy terma jamoalarning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash.

2026-yil noyabr

Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida, ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Umarov),

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi

(M. Tashxodjayev),

sport federatsiyalari (uyushmalar)

 

82.

2026-yil Senegalda oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan “Dakar-2026” Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish va milliy terma jamoalarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash.

1. Milliy terma jamoalar uchun uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish hamda ularning ushbu musobaqalarda ishtirok etishini taʼminlash.

2. Milliy terma jamoalarni maxsus sport ekipirovkalari va sport inventarlari bilan taʼminlab borish.

3. Milliy terma jamoalarning Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash.

2026-yil noyabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Umarov),

sport federatsiyalari (uyushmalari)

 

38-maqsad: Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev)

 

83.

Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlab, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini keng targʻib qilish hamda aholiga xalqchil tarzda yetkazish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarini tadqiq etib, tarjimasini amalga oshirish va ular asosida ommabop kitob va risolalar nashr etish.

1. Malakali islomshunos olimlardan iborat ijodiy guruhni tuzish.

2026-yil mart

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi,

(M. Kamilov),

Imom Buxoriy xalqaro

ilmiy-tadqiqot markazi,

(Sh. Ziyodov),

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

(M. Joniyev),

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi

 

2. Tarjima qilinadigan asarlar roʻyxatini shakllantirish va tarjimasini amalga oshirish.

2026-yil avgust

 

3. Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlab 35 nafar movarounnahrlik allomalar haqida ommabop kitob va risolalar nashr etish.

2026-yil sentabr

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov)

 

84.

Madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat sohalarini rivojlantirish boʻyicha Respublika jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish.

1. Respublika jamoatchilik kengashi toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish.

2026-yil iyun

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

Kinematografiya agentligi

(Sh. Rizayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

2. Respublika jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirish.

2026-yil sentabr

 

3. Respublika va hududlarda jamoatchilik kengashlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil dekabr

 

85.

Hududlardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit hamda aholining kayfiyati va islohotlarga daxldorligi darajasini oʻrganish maqsadida sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish.

1. Ijtimoiy-maʼnaviy muhit hamda aholi kayfiyatini oʻrganishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish metodikasi, soʻrovnoma namunasi hamda “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2026-yil mart

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

2. Belgilangan reja asosida soʻrovnomalarni oʻtkazish.

2026-yil oktabr

 

3. Har bir hudud boʻyicha sotsiologik tahlilni amalga oshirish va yakuniy natijalari asosida xulosalar kiritish.

2026-yil dekabr

 

Ijro uchun asosiy masʼulMillatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita (K. Sariyev)

 

86.

16-noyabr — Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab respublikaning barcha hududlarida “Bagʻrikenglik haftaligi”ni oʻtkazish.

16-noyabr — Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab respublikaning barcha hududlarida “Bagʻrikenglik haftaligi”ni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni hal etish.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasining zaxira mablagʻlari

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

vazirlik va idoralar

 

Ijro uchun asosiy masʼulOʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (F. Abduxalikov)

 

87.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy majmuasini maʼrifat maskaniga aylantirish.

1. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy majmuasining rasmiy ochilish marosimlarini yuqori darajada tashkil etish.

2026-yil mart-aprel

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

(N. Xoliqnazarov),

Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari,

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Samarqand viloyati va Toshkent shahri hokimliklari

 

2. Imom Buxoriy majmuasini maʼrifat maskaniga aylantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

2026-yil mart

 

Ijro uchun asosiy masʼul Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov)

 

88.

Oila-mahalla-bogʻcha-maktab boʻgʻini uchun alohida metodika ishlab chiqib, shu asosda milliy tarbiya modelini yaratish.

1. Oila, mahalla, bogʻcha va maktabdagi mavjud tarbiyaviy tajribalarni oʻrganish va umumlashtirish.

2026-yil iyun

Ijrochilarning davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlari doirasida

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

(U. Abdullayeva),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev)

 

2. Zamonaviy metodik qoʻllanmalarni va maʼnaviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish hamda sinov tarzida joriy etish.

2026-yil sentabr

 

3. Milliy maʼnaviy tarbiya modelini hududlarda tatbiq etish.

2026-yil dekabr

 

89.

Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy volontyorlik loyihalarini kengaytirish.

1. Maʼrifat va ijtimoiy yoʻnalishdagi NNTlar uchun grant tanlovlarini eʼlon qilish.

2. Volontyorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Sen mamlakatga keraksan” davlat dasturi va imtiyozlar toʻplamini joriy etish.

3. Volontyorlar uchun grant dasturini ishlab chiqish.

2026-yil mart

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Bilim va malakalarni baholash agentligi

(M. Karimov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Nodavlat notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

 

90.

Yoshlarda ilmiy dunyoqarash va konstruktiv muloqot muhitini shakllantirish.

1. Oliy taʼlimda ijtimoiy fanlarni oʻqitish holatini oʻrganish boʻyicha ekspertlar guruhini shakllantirish.

2026-yil mart

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov),

Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev),

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov)

 

2. Ijtimoiy fanlarni (falsafa, siyosatshunoslik, sanʼat, sotsiologiya, psixologiya) oʻqitishning joriy holatini tahlil qilish.

2026-yil mart — iyun

 

3. Oliy taʼlimda ijtimoiy fanlarni oʻqitish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil aprel — iyul

 

4. Yoshlarda konstruktiv muloqot koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar, mashqlar toʻplami va mediamahsulotlar yaratish.

2026-yil yil davomida

 

5. Taʼlim muassasalarida oʻquvchi-talabalar va oʻqituvchilarning notiqlik va munozara klublarini tashkil qilish.

2026-yil sentabr — noyabr

 

6. Talaba yoshlar oʻrtasida notiqlik sanʼati boʻyicha respublika tanlovini oʻtkazish.

7. Oliy taʼlim muassasalari munozara klublari oʻrtasida debat chempionatini yoʻlga qoʻyish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

 

91.

Mahallalarni madaniy-maʼrifiy yuksaltirish boʻyicha metodik qoʻllab-quvvatlash mexanizmini joriy etish.

1. Sotsiolog, madaniyatshunos va boshqa mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhini shakllantirish.

2026-yil mart

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi

Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti

 

2. Mahallalarning madaniy-maʼrifiy holatini oʻrganish boʻyicha maqsadli tadqiqotlarni olib borish.

har yili doimiy

 

3. Metodik tavsiyalar toʻplamini ishlab chiqish va joylarda mahalla fuqarolar yigʻini raislariga yetkazish.

har yili noyabr-dekabr oylari

 

4. Ekspert guruhi faoliyati yuzasidan har yillik hisobotni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi kotibiga kiritish tartibini yoʻlga qoʻyish.

har yili dekabr

 

39-maqsad: Davlat tilining nufuzini oshirish, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni rivojlantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼulOʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov)

 

92.

Oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti atoqli namoyandalarining tavallud sanalarini adabiyot va kitobxonlik bayrami sifatida munosib nishonlash, ularning ijodiy merosini keng ommalashtirish.

Shoir va mutafakkir Mavlono Lutfiy tavalludining 660 yillik, jadid dramaturgiyasining atoqli namoyandasi Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yillik, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludining 100 yillik, Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 90 yillik, Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov tavalludlarining 85 yillik yubileylarini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Madaniyat vazirligi,

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

(O. Xasanov)

 

93.

Isteʼdodli yosh ijodkorlarning anʼanaviy Zomin seminarini yuqori saviyada oʻtkazish.

1. Seminarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2. Seminarning hududiy bosqichlarini tashkil etish va iqtidorli yosh ijodkorlarni saralab olish.

3. Seminarning respublika bosqichini oʻtkazish.

4. Seminar ishtirokchilarining birinchi kitoblarini koʻp ming nusxalarda nashr qilish va taqdimotlarini oʻtkazish.

2026-yil aprel — dekabr

Tashkilotchilar mablagʻlari doirasida

Jizzax viloyati hokimligi

(U. Mustafoyev),

AT “Xalq banki”

(Sh. Atabayev)

 

40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

 

94.

Teatrlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, ulardagi umumiy jarayonlarni aks ettiradigan teatr festivalini oʻtkazish.

Respublikamizdagi teatrlarning oʻzaro tajriba almashishini kuchaytirish, uzviy ijodiy hamkorligini yoʻlga qoʻyish kabi maqsadlar uchun 2026-yildan boshlab respublika teatrlari festivalini oʻtkazish boʻyicha taklif kiritish.

2026-yil oktabr

Ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

41-maqsad: Oʻzbek milliy sanʼatini targʻib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

 

95.

2026-yil may oyida Toshkent shahrida “Musiqa taʼlimi: jahon miqyosida yagona maydon sari” mavzusida xalqaro forum oʻtkazish.

1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh hamda xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan mehmonlar roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

 

2. Xalqaro forumni yuqori saviyada oʻtkazish.

2026-yil may

 

96.

“Yoshlik bahori” va “Oltin kuz” iqtidorli ijodkor yoshlar forumlarini tashkil etish orqali yoshlarni madaniyat va sanʼatga keng jalb etish, kasbiy koʻnikmalarini oshirish.

1. Forum konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Forum doirasida ijodiy tanlovlar, motivatsion sessiyalar, zamonaviy sohalar boʻyicha mahorat darslar va seminar-treninglar oʻtkazish.

3. Forumni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.

4. Forumni OAVda keng yoritish.

2026-yil reja asosida

Ijrochilar mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

42-maqsad: Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va ommalashtirish bilan bogʻliq faoliyatni yanada takomillashtirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov)

 

97.

Arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va muzeylashtirish.

1. 75 ta arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun 2 milliard soʻm ajratish choralarini koʻrish.

2026-yil mart

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

 

2. 75 ta arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

2026-yil yakuniga qadar

 

3. 4 ta arxeologiya yodgorliklarini konservatsiya va muzeylashtirish choralarini koʻrish.

2026-yil yakuniga qadar

 

98.

Madaniy meros obyektlarida restavratsiya va taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish hamda muzeylarning moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini xalqaro standartlarga moslashtirish, ekspozitsiyalarini yangilash choralarini koʻrish.

1. Respublikadagi 60 ta madaniy meros obyektlarida restavratsiya va taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish choralarini koʻrish.

2. Davlat muzeylaridagi elektron identifikatsiya qilinadigan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari sonini 650 ming donaga oshirish.

3. Davlat muzeylariga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini 5 million nafarga oshirish.

4. Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining 110 nafarining malakasini oshirish.

2026-yil yakuniga qadar

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

43-maqsad: Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarini rivojlantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul Badiiy akademiya (A. Nuridinov)

 

99.

Buyuk ipak yoʻli davlatlari, gʻarb va sharq, Oʻzbekiston tarixi, madaniyati, sanʼati va ilm-fanini chuqur oʻrganish va targʻib qilish, bu borada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Buyuk ipak yoʻli durdonalari” xalqaro plenerini tashkil etish.

1. Xalqaro plener konsepsiyasini ishlab chiqish.

2026-yil mart

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

“Ilhom” jamoat fondi

(lavozimga koʻra)

 

2. Buyuk ipak yoʻli oʻtgan davlatlar roʻyxatini shakllantirish hamda axborot xatini yuborish.

2026-yil aprel

 

3. Xalqaro plenerni yuqori darajada tashkil etish.

2026-yil sentabr-oktabr

 

Ijro uchun asosiy masʼullar — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

 

100.

Davlat teatrlariga aholi tashrifini oshirish maqsadida Davlat buyurtmasi asosida teatrlarda yangi spektakllarni sahnalashtirish.

Davlat buyurtmasi asosida teatrlarda yangi spektakllarni sahnalashtirish yuzasidan Madaniyat vazirligi buyrugʻini qabul qilish.

2026-yil yakuniga qadar

Davlat budjeti mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

 

44-maqsad: Milliy kinematografiyani rivojlantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼullar — Kinematografiya agentligi (Sh. Rizayev)

 

101.

Milliy kinematografiyani keng targʻib qilish hamda dunyodagi eng ommabop internet platformalariga milliy filmlarni joylashtirish.

1. 2026-yil davomida nufuzli va reytingi baland xalqaro onlayn platformalariga mavjud filmlarni moslashtirish.

2. Onlayn platforma ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar olib borish va filmlarni joylashtirish choralarini koʻrish hamda uning keng targʻibotini amalga oshirish.

3. 2026-yil davomida jahonning eng nufuzli 7 ta xalqaro kinobozor va kinofestivallarida ishtirok etish.

2026-yil davomida

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

 

II. BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH

 

45-maqsad: 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini oshirish va “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov)

 

102.

2026-yilda yalpi ichki mahsulot oʻsish surʼatlarini 6,6 foizdan kam boʻlmagan darajada taʼminlash.

Bunda sanoat mahsulotlari oʻsishini 6,4 foiz, bozor xizmatlari — 14,5 foiz, qishloq xoʻjaligi — 4,2 foiz va qurilish ishlari 10,2 foiz darajada taʼminlash.

2026-yil davomida

Mablagʻlar talab etilmaydi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Markaziy bank (T. Ishmetov)

 

103.

Tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif muvozanatini taʼminlash orqali 2026-yilda yillik inflyatsiya darajasining 6-6,5 foizdan oshmasligini taʼminlash.

2026-yilda inflyatsiya darajasi 6-6,5 foiz atrofida boʻlishini taʼminlash maqsadida pul-kredit sharoitlarini 2026-yilda ham nisbatan qatʼiy fazada saqlab qolish, pul bozorida ijobiy 5-6 foizlik real stavkalar shakllanishini taʼminlash.

Bunda:

zarur hollarda likvidlikni jalb qilish instrumentlari hajmlarini oshirish;

inflyatsiya kutilmalarini pasaytirishga qaratilgan kommunikatsiya siyosatini olib borish;

asosiy turdagi tovar va xizmatlar narxlarini hududlar boʻyicha kuzatib borish, inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi nomonetar omillar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni Hukumatga kiritib borish.

2026-yil davomida

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi

 

46-maqsad: Fiskal barqarorlikni taʼminlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

 

104.

Hududiy tenglik indeksini joriy etish va uning asosida budjet mablagʻlarini taqsimlash.

1. Indeks metodologiyasini ishlab chiqish.

Bunda amalga oshirishning quyidagi mexanizmini qoʻllash:

tahlil bosqichi — hudud iqtisodiyotining hozirgi holatini (YAIM tarkibi, eksport, ishchi kuchi) tahlil qilish;

salohiyatni aniqlash — har bir hudud uchun kamida 3-4 ta qoʻshimcha rivojlantirish yoʻnalishini belgilash;

investitsiya siyosatini yoʻnaltirish — davlat dasturlari va xususiy sarmoyalarni aniq diversifikatsiya yoʻnalishlariga qaratish;

monitoring tizimi — har yili Hududiy diversifikatsiya indeksini ishlab chiqish va baholash.

2026-yil mart

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

2. Hisob-kitoblarni amalga oshirish.

2026-yil iyul

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov)

 

105.

Soliq maʼmurchiligini takomillashtirish.

Noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan avtomat shakllantirishni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil oktabrdan boshlab

-

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

 

106.

Fazoviy-hududiy strategiyalar va rejalarni ishlab chiqishga xorijiy kompaniyalarni jalb qilish

1. Jahon bankining “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish loyihasi” doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha fazoviy-hududiy rejalashtirish strategiyalar hamda Yangi Oʻzbekiston qiyofasi maqomidagi tuman (shahar) boʻyicha fazoviy-hududiy rejalarni ishlab chiqish yuzasidan tender jarayonlarini yakunlash.

2026-yil iyul

Xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

2. Ushbu strategiya va rejalarni ishlab chiqishga xorijiy kompaniyalarni jalb qilish choralarini koʻrish.

2026-yil sentabr

 

3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.

2026-yil dekabr

 

47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilgʻor texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

 

107.

Investorlarni jalb qilgan holda sanoat tarmoqlarida raqobatbardosh ishlab chiqarishni rivojlantirish, tashqi bozorlarga yuqori darajada bogʻliq boʻlgan mahsulotlar boʻyicha mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatini kengaytirish.

Import hajmi yuqori boʻlgan sanoat mahsulotlarining toifalarini chuqur tahlil qilish, ularning isteʼmol va texnologik tarkibini oʻrganish.

Ushbu mahsulotlarni mahalliylashtirish va oʻrnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish uchun asosiy tarmoqlar va yirik korxonalarni aniqlash.

Iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblangan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini (xususiy, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, fondlar) koʻrsatgan holda takliflar kiritish.

Sanoatning drayver tarmoqlarida (mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika va boshqalar) import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish.

2026-yil davomida

-

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

(B. Xaydarov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini toʻliq ishga solish

 

Ijro uchun asosiy masʼulYengil sanoatni rivojlantirish agentligi (N. Xolmurodov)

 

108.

Toʻqimachilikda ip kalavani qayta ishlash darajasini 100 foizga yetkazish hamda yuqori sifatli matoga talabni qondirish uchun 400 ming tonna sunʼiy va aralash tola ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

1. Sunʼiy tola ishlab chiqarish boʻyicha yangi loyihalarni shakllantirish.

2. Sohaga oid dunyodagi mashhur brendlar bilan hamkorlikda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

2026-yil iyun

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

(M. Djumaniyazov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

3. 2026-yilda ip kalavani qayta ishlash boʻyicha qoʻshimcha loyihalarni amalga oshirish.

2026-yil dekabr

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

 

109.

Hududlar salohiyatidan kelib chiqib, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish uchun yangi investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish.

1. Har bir hududdagi loyiha ofislari tomonidan hududning iqtisodiy ixtisosligi, tabiiy resurslari, infratuzilmaviy imkoniyatlari va kadrlar salohiyatidan kelib chiqib, istiqbolli investitsiya loyihalarini shakllantirish.

2. Loyihalar uchun biznes-rejalar, texnik-iqtisodiy asosnomalar va hujjatlar tayyorlash, ularni investorlar uchun tayyor paket holatiga keltirish.

3. Yangi loyiha takliflarini mahalliy va xorijiy investorlarga taqdim etish, shu jumladan, xalqaro investitsiya forumlari va platformalarida faol targʻib qilish.

4. Hududlardagi loyiha ofislari va mahalliy hokimliklar tomonidan aniq investorlar bilan amaliy muzokaralar oʻtkazish, loyihalarni ishga tushirishga qaratilgan manzilli ishlarni boshlash.

2026-yil davomida

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi,

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev)

 

110.

“Olmaliq KMK” AJ asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini qayta qurish va barqarorlashtirish dasturi” investitsiya loyihasi doirasida yillik 180 ming tonna sulfat kislotasi ishlab chiqarish quvvatiga ega 6-son sulfat kislotasi sexini toʻliq ishga tushirish.

1. 6-son sulfat kislotasi sexi uchun asosiy texnologik uskunalarni oʻrnatish va montaj qilish.

2026-yil aprel

TIAga muvofiq (xorijiy bank kreditlari)

“Olmaliq KMK” AJ

(A. Xursanov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

 

2. Qurilish-montaj ishlarini yakuniga yetkazish.

2026-yil iyul

 

3. Asosiy texnologik uskunalarda sinov ishlarini oʻtkazish.

2026-yil avgust

 

4. Yillik 180 ming tonna sulfat kislotasi ishlab chiqarish quvvatiga ega 6-son sulfat kislotasi sexini foydalanishga topshirish va ishlab chiqarishni boshlash.

2026-yil sentabr

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

 

111.

Respublikaning istiqbolli hududlarida regional masshtabdagi geologiya-qidiruv ishlarini (aerogeofizika, seysmik-qidiruv, yerni masofadan zondlash, geokimyoviy tadqiqotlar va xaritalash ishlari)ni jadallashtirish.

Respublika hududining 12 ming km2 maydonida yirik va oʻrta masshtabda regional geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish hamda raqamli geologik xaritalarini tuzish.

2026-yil davomida

Davlat budjetidan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

112.

Iqtisodiyotning drayver tarmoqlari uchun mineral xomashyo bazasi zaxiralarini koʻpaytirish.

Geologiya sohasini istiqbolli rivojlantirish hamda olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan mineral xomashyo bazasini rivojlantirish dasturi doirasida quyidagilarni taʼminlash:

Boʻkantov, Tomditov, Chotqol-Qurama, Hisor, Kuljuktov, Sulton Uvays kabi jami 30 tadan ortiq obyektlarda tadqiqotlar oʻtkazish hisobiga oltin zaxirasini — 163 tonnaga, kumush zaxirasini — 70 tonnaga, mis zaxirasini — 100 ming tonnaga, qoʻrgʻoshin zaxirasini — 25 ming tonnaga, rux zaxirasini — 30 ming tonnaga, uran zaxirasini — 12 ming tonnaga, uglevodorod resurslarini 66 million tonna shartli yoqilgʻiga oʻstirish, yerosti suvlarining 196 ming kub m/sut zaxirasini aniqlash va natijasi bilan 750 mingdan ortiq aholini ichimlik suvi, 38 ming gektar yerlarni sugʻorish uchun suv resurslarini koʻpaytirish.

2026-yil davomida

Yillik dastur doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov)

 

113.

Foydali qazilma kon va uchastkalarini shaffof mexanizmlar asosida oʻzlashtirishga jalb qilish choralarini koʻrish.

Tashabbuskorlarga qimmatbaho, rangli, noyob metallar hamda noruda kon va uchastkalarini (jami 200 ta) auksion orqali taklif etish.

2026-yil davomida

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

 

114.

Ingichka konida volfram chiqindilarini qayta ishlash hajmini kengaytirish.

1. Texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

2026-yil iyul

-

“Oʻzbekiston TMK” AJ

(F. Abdullayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev)

 

2. Obyektni foydalanishga topshirish.

2026-yil avgust

 

115.

“Oʻzbekiston TMK” AJda nanotahlil laboratoriyasini tashkil etish.

1. Mavjud binoni rekonstruksiya qilish.

2026-yil aprel

-

“Oʻzbekiston TMK” AJ

(F. Abdullayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev)

 

2. Asbob-uskunalarni yetkazib berish va ularni montaj qilish ishlarini yakunlash.

2026-yil may

 

3. Obyektni foydalanishga topshirish.

2026-yil iyun

 

49-maqsad: Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qogʻozlar bozorini jadal rivojlantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

 

116.

Hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish va xalqaro bozorga integratsiyasini jadallashtirish.

1. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar huzurida eksport xablarini tashkil etish va ularda hududlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni muntazam namoyish qilish orqali xalqaro bozorga chiqishini qoʻllab-quvvatlash.

2. Vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish, ustuvor sohalarda (“yashil” energetika, IT, logistika, yuqori qoʻshilgan qiymatli sanoat) qoʻshma loyihalarni targʻib qilish.

3. Hududlar kesimida investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish va ularni xorijda faol targʻib qilish orqali yiliga kamida 20 ta yirik investitsiya shartnomasi imzolanishiga erishish.

2026-yil avgust

-

Tashqi ishlar vazirligi,

(B. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

117.

Yirik va salohiyatli xorijiy investorlarni Oʻzbekistonga keng jalb etish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar oqimini koʻpaytirish.

1. Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisiga yuksak darajada tayyorgarlik koʻrish va uni samarali tashkil etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash.

2. Yirik xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida ular uchun alohida shartlar va qulay investitsiya rejimlarini taklif qilish.

3. Forum va majlis doirasida istiqbolli investitsiya loyihalarini taqdim etish, Government-to-Business (G2B) muloqot formatini joriy etish.

4. Investitsiya muhitining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida mavjud toʻsiq va gʻovlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha kompleks choralarni xalqaro reytinglar tahlili asosida amalga oshirish.

5. Davlat organlari va investorlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri va tezkor hamkorlik platformasini yaratish (interaktiv portal, “Investor Care” xizmati va h.k.).

2026-yil davomida

-

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

 

118.

“Qoqpatas” va “Davgʻiztov” oltin konlarida maʼdan qazib olish. III-navbati” investitsiya loyihasini amalga oshirish.

1. Asbob-uskunalar va togʻ-kon transport uskunalarini xarid qilish va yetkazib berish.

2026-yil oktabr

Xalqaro banklarning sindikatlashgan revolver kredit liniyasi

“Navoiy KMK” AJ

(K. Sanakulov),

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

 

2. Togʻ-kon qurilish ishlarini amalga oshirish, chiqindi omborini kengaytirish, filtrlash, quritish va yoqish sexlari, bioksidlash sexi qurilishini yakunlash.

2026-yil noyabr

 

3. Obyektni foydalanishga topshirish.

2026-yil dekabr

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

 

119.

Moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va xalqaro investorlar bazasini kengaytirish.

1. Bozor sharoitidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirish boʻyicha taklif kiritish.

2026-yil dekabr

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Markaziy bank

(N. Achilov),

“UzAssets” AJ

(B. Abdinazarov)

 

2. Yillik chiqariladigan jami davlat gʻaznachilik obligatsiyalarining kamida 25 foizi oʻrta va uzoq muddatli obligatsiyalarni tashkil etishini taʼminlash.

2026-yil davomida

 

3. Xalqaro forumlar doirasida investorlar bilan uchrashuv tashkil etish hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazish.

2026-yil davomida

 

50-maqsad: Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Markaziy bank (T. Ishmetov)

 

120.

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, qarzdorlik darajasi ortib ketishini jilovlash maqsadida mikroqarzlar (onlayn) taqdim qilish tartibini takomillashtirish.

Bunda:

sohani tartibga soluvchi qonunchilikka shaffoflikni oshirish boʻyicha tegishli oʻzgartirishlar kiritish;

kredit reklamasiga talablarni kuchaytirish.

2026-yil noyabr

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

121.

Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlarni maqbullashtirish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlariga ajratilgan imtiyozli kreditlarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Kelgusi besh yilda umumiy kredit portfelida imtiyozli kreditlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib borish.

2026-yil davomida

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

122.

Bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalar (Fintex) bozori salohiyatini oshirish.

1. Oliy taʼlim muassasalari bilan birga dunyoning TOP-10 universitetlari bilan bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalar (fintex) oʻquv dasturlarini joriy qilish.

2. Oʻzbekistonni mintaqaviy bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalar (fintex) markazi sifatida targʻib etish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida mintaqaviy forumni tashkil etish.

2026-yil davomida

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

123.

Imtiyozli kreditlarni ajratishda “natijaga bogʻlangan imtiyoz” (performance-based subsidy) modelini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Quyidagi masalalar boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, axborot xati shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish

foiz stavkasining pasaytirilishini ish oʻrinlari yaratilishi, eksport hajmi yoki soliq tushumlari oshishi kabi aniq natijalarga bogʻlash;

imtiyozli kreditlarni maqsadli guruhlar va muammolar asosida yoʻnaltirish (masalan, birinchi marta biznes boshlayotgan tadbirkorlar, yuqori qoʻshilgan qiymatli ishlab chiqarish yoki raqamli xizmatlar);

imtiyozli kreditlar samaradorligini baholash uchun yagona raqamli monitoring platformasini joriy etish hamda har bir kredit boʻyicha natijalarni (faoliyat boshlanishi, daromad, qaytarish intizomi) ochiq indikatorlar orqali kuzatish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil aprel

-

Tijorat banklari

(kelishuv asosida)

 

51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov)

 

124.

Yashil iqtisodiyotga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish.

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 34,8 foizga yetkazish.

2026-yil davomida

-

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Energiya samaradorligi milliy agentligi

(Z. Badriddinov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan korxona va tashkilotlar, aholi turarjoylarida manbaning ishlash samaradorligini va erishilgan natijalarni doimiy monitoring qilib borish.

2026-yil davomida

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov)

 

125.

Koʻp kvartirali uylarning ichki issiqlik tizimini yanada takomillashtirish va ularda yashil energiya manbalardan foydalanishni kengaytirish.

1. Issiqlik tizimini energiya tejamkor texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2026-yil mart

xususiy investitsiyalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Energiya samaradorligi milliy agentligi

(Z. Badriddinov)

 

2. Quyosh panellari va geotermal quvvatdan foydalanish pilot loyihalarini amalga oshirishni boshlash.

2026-yil iyul

 

3. Joriy etilgan tizimlarda energiya tejash samaradorligini baholash.

2026-yil dekabr

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov)

 

126.

Yangi generatsiya quvvatlarini elektr tarmoqlariga integratsiya qilish va energetika tizimining barqarorligini taʼminlash.

1. 2026-yilda umumiy 516,1 million dollar miqdorida xorijiy investitsiya va kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish.

2. 164,4 km uzunlikdagi 220 — 500 kV havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda podstansiyalar quvvatini 650 MVA ga oshirish.

2026-yil dekabr

Xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlari, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

 

127.

Respublika boʻyicha 3,3 GVt yashil energiya manbalarini qurilmalarini ishga tushirish hisobiga elektr energiyasi generatsiya quvvatidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 34,8 foizga yetkazish.

1. Jami quvvati 2 800 MVtga teng quyosh fotoelektr stansiyalarini ishga tushirish.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Samarqand viloyatida jami quvvati 470 MVtga teng shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish.

3. Jami quvvati 884 MVtga teng energiya saqlash tizimini qurish.

2026-yil dekabr

Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

 

128.

Respublika hududlaridagi elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 6,3 ming km uzunlikdagi elektr taqsimlash tarmoqlari va 1,7 mingta transformator punktini yangi qurish va modernizatsiya qilish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

2026-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

 

129.

Quvvati 2,1 GVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyalarini ishga tushirish.

1. Sirdaryo viloyatida quvvati 1573 MVT boʻlgan IESni qurish (Sirdaryo-2 EDF) loyihasini ishga tushirish.

2. Navoiy IESda quvvati 600 MVt uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini ishga tushirish.

3. Toshkent shahrining issiqlik taʼminoti soʻngi nuqtalarida joylashgan mahallalarda quvvati 100 MVt boʻlgan 7 ta kogeneratsiya markazlarini ishga tushirish.

2026-yil dekabr

Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar mablagʻlari va jalb qilingan kreditlar

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

 

130.

Respublika hududlarida umumiy quvvati 98,1 MVt boʻlgan 1 799 dona kichik va mikro gidroelektrstansiyalarini oʻrnatish va barpo etish.

1. Loyihalarni, loyiha hujjatlari yigʻma jildini tayyorlagan holda auksion savdolariga chiqarish.

2026-yil mart

Tashabbuskorlar mablagʻlari,

Jahon banki kredit mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

2. Auksion savdolari asosida loyiha gʻoliblarini (tashabbuskorlar)ni aniqlash.

2026-yil may

 

3. Loyihalar tashabbuskorlari bilan loyihalar uchastkalarining rasmiylashtiruvini amalga oshirish.

2026-yil iyul

 

4. Belgilangan loyihalar uchun ularning tashabbuskorlari tomonidan loyihalash, qurilish va ishga tushirish ishlari olib borilishini nazorat qilish.

2026-yil dekabr

 

131.

Quvvati 67,7 MVt boʻlgan gidroelektrstansiyalarni ishga tushirish.

1. Qashqadaryo viloyatida quvvati 7,5 MVt boʻlgan “Tappasi” hamda quvvati 10,3 MVt boʻlgan “Tanchush” gidroelektrostansiyalarni ishga tushirish.

2026-yil iyul

“Oʻzbekgidroenergo” AJ mablagʻlari va jalb qilingan kreditlar

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

 

2. Namangan viloyatida Katta Andijon kanalida quvvati 5 MVt boʻlgan kichik GESlar kaskadi “Beshqoʻrgʻon” gidroelektrstansiyasini ishga tushirish.

2026-yil iyul

 

3. Janubiy Fargʻona kanalida quvvati 6,9 MVt boʻlgan “JFK-3” gidroelektrstansiyasini ishga tushirish.

2026-yil sentabr

 

4. Namangan viloyati Norin daryosida Norin GESlar kaskadida 38 MVt gidroelektrstansiyani ishga tushirish.

2026-yil dekabr

 

132.

Energetika sohasi tizimi tashkilotlarida investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etishni jadallashtirish.

1. Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etishni jadallashtirish.

2. 2024-yil uchun SASB/GRI, 2025-yil uchun ISSB (IFRS S1/S2) standartlari asosida barqaror rivojlanish va ESG hisobotini ishlab chiqish.

3. ESG hisobotlarini mustaqil auditor tomonidan tasdiqlash xalqaro reyting agentliklari tomonidan ESG reytingini olish uchun ariza yuborish.

2026-yil davomida

Oʻz mablagʻlari hisobidan

UzAssets,

“Oʻzbekneftgaz” AJ,

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ,

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ,

“Yashil energiya” MCHJ,

“Hududgaztaʼminot” AJ,

“Oʻzbekgidroenergo” AJ,

“Oʻztransgaz” AJ,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

 

133.

Respublikaning 251 ta ogʻir toifadagi mahallalarida umumiy quvvati 97 MVt boʻlgan kichik quyosh fotoelektr stansiyalarini barpo etish.

1. Kichik quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish uchun yashil grantlar hamda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish.

2. Kichik quyosh fotoelektr stansiyalarini foydalanishga topshirish va tarmoqqa ulash.

2026-yil dekabr

Xalqaro va moliya tashkilotlarining grant va tashabbuskor mablagʻlari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

134.

Yoqilgʻi-energetika sohasidagi muhandis-texnik, ishlab chiqarish va ishchi xodimlar malakasini har uch yilda kamida bir marta oshirish tizimini joriy etish.

1. Yoqilgʻi-energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. Nizomda yoqilgʻi-energetika sohasidagi davlat tashkilotlari hamda tarmoq korxonalarida faoliyat yurituvchi:

rahbar va mutaxassis xodimlar — har besh yilda kamida bir marta;

muhandis-texnik, ishlab chiqarish va ishchi xodimlar har uch yilda kamida bir marta majburiy tartibda malaka oshirish tartibini belgilash.

2026-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

 

2. Xorijiy yetakchi taʼlim muassasalari, hamkorlar va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan xalqaro standartlar asosida muhandis-texnik xodimlar, jumladan, tor doiradagi mutaxassisliklar, dispetcherlar, rele himoyasi va avtomatikasi hamda tarmoqlarni taʼmirlash va ularni ekspluatatsiya qilishga masʼul xodimlar malakasini oshirish va ularga xalqaro darajada eʼtirof etilgan malaka oshirish sertifikatlarini berish boʻyicha kelishuvlarni imzolash va uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash.

2026-yil dekabr

 

3. Markaz va uning hududiy filiallarida yoqilgʻi-energetika sohasidagi davlat tashkilotlari hamda xususiy sektor uchun xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.

2026-yil dekabr

 

135.

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash maqsadida 40,2 milliard metr kub tabiiy gaz qazib chiqarish choralarini koʻrish.

1. “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan quyidagi geologik-texnik tadbirlarni amalga oshirish:

79 ta yangi quduqlarni ishga tushirish;

40 ta quduqlarni ularda murakkab turdagi kapital taʼmirlash ishlarini olib borish hisobiga ishlab chiqarishga qaytarish;

17 ta yangi maydonlarda quduqlarni burgʻilash;

45 ta texnologik tadbirlarni amalga oshirish.

2. Bajarilgan ishlar evaziga 25,4 milliard metr kub tabiiy gazni qazib chiqarish.

2026-yil davomida

Korxonalarning oʻz mablagʻlari va xorijiy kreditlar

“Oʻzbekneftgaz” AJ

 

136.

Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmini 87 milliard kVt soatga yetkazish.

1. Issiqlik elektr stansiyalari va blok-stansiyalar tomonidan jami 61,7 milliard kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqish.

2. Gidroelektrstansiyalar tomonidan jami 7,1 milliard kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqish.

3. Quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 15,7 milliard kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqish.

4. Kichik quyosh panellari tomonidan 2,5 milliard kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

-

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ,

“Oʻzbekgidroyenergo” AJ

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

 

137.

Iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gaz resurslari taʼminotini yaxshilash maqsadida uglevodorod resurslarini 94,4 million tonna sh.yo.ga, hamda tabiiy gaz zaxiralarini 38,5 milliard metr kub va neft va kondensat zaxirasini 2,3 million tonna ga oshirish.

Geologik-qidiruv ishlarni amalga oshirish:

410,2 ming pogon metr izlov-qidiruv burgʻilash (shu jumladan, “Oʻzbekneftgaz” AJ — 195,2 ming pogon metr, xorijiy va qoʻshma korxonalar — 215,2 ming pogon metr);

2D — seysmoqidiruv 6500 pogon km (shu jumladan, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi — 6200 pogon km, xorijiy va qoʻshma korxonalar — 300 pogon km);

3D — seysmo qidiruv 5 750 km2 (shu jumladan, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi — 1 800 km2, “Oʻzbekneftgaz” AJ — 3 000 km2 va xorijiy korxonalar va qoʻshma korxonalar 950 km2).

2026-yil davomida

Korxona oʻz mablagʻlari va xorijiy kreditlar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

(B. Islamov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov)

 

138.

Koʻp kvartirali uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish va energiya yoʻqotishlarini kamaytirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish.

Quyidagilarni:

koʻp kvartirali uy-joylarning (fasad va tom qismlarini) issiqlik saqlovchi materiallar bilan qoplash, kirish yoʻlaklarida energiya tejamkor eshik va oyna romlarini oʻrnatish, ularni qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, (quyosh, shamol, biomassa) foydalanish orqali barqaror isitish va sovitish tizimlari bilan taʼminlash boʻyicha pilot loyihalarni;

energiya samaradorligini oshirish tadbirlarini bajarish orqali markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimlarida past haroratli isitish tizimini joriy etish boʻyicha pilot loyihalarni;

energiya samaradorligi tasdiqlangan koʻp kvartirali uylarda markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun chegirmalar taqdim qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

amalga oshirilgan loyihalar doirasida energiya samaradorligini va resurslar tejamkorligini baholab borish mexanizmlarini joriy qilish.

2026-yil davomida

xususiy investitsiyalar

Statistika qoʻmitasi

(B. Begalov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Energiya samaradorligi milliy agentligi (Z. Badriddinov)

 

139.

“Nol energiya sarfli binolar” konsepsiyasini ishlab chiqish hamda shu konsepsiya asosida pilot loyihalarni boshlash.

1. “Nol energiya sarfli binolar” konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Yangi konsepsiya asosida hududlardagi ijtimoiy soha va boshqa davlat muassasalari binolarini modernizatsiya qilish loyihalarini boshlash.

2026-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari kredit va grant mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

(A. Suvonqulov)

 

140.

2026 — 2030-yillarga moʻljallangan Energiya samaradorligini oshirish milliy strategiyasini tasdiqlash.

Strategiyaning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilarni belgilash, jumladan:

energiya samaradorligi sohasidagi huquqiy asoslarni takomillashtirish hamda institutsional salohiyatni rivojlantirish;

energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ragʻbatlantiruvchi va taʼsir etuvchi mexanizmlarni joriy qilish;

energiya samaradorligi sohasida raqamlashtirishni kengaytirish va raqamli ekotizimni yaratish;

energiya tejashdan daromad oluvchi energiya servis kompaniyalari (ESKO) xizmatlari bozorini shakllantirish;

energiya samaradorligi yuqori loyihalar portfelini shakllantirish hamda ularga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

energiya samaradorligi sohasida xalqaro standartlar va hisobotlar tizimini joriy qilish;

iqtisodiyot boshqa tarmoqlarida energiya samarador va resurs tejamkor texnologiyalarni va uskunalarni keng joriy qilish.

2026-yil mart

-

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov)

 

Ijro uchun asosiy masʼulIqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

 

141.

Mahalliy koʻmir narxlarini erkinlashtirish orqali sohada sogʻlom raqobat muhitini yaratish, bozor tamoyillariga asoslangan samarali koʻmir bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish hamda ulgurji va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish mexanizmlarini joriy etish.

1. Qazib chiqariladigan koʻmirning ulgurji va chakana narxlarini davlat tomonidan belgilash amaliyotini bekor qilish.

2026-yil aprel

Mablagʻ talab etilmaydi

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(M. Olloyorov)

 

2. 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun koʻmir xaridi maqsadida moddiy yordam ajratish mexanizmlarini joriy etish.

2026-2027-yillar davomida

 

52-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash

 

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻztransgaz” AJ (A. Isakov)

 

142.

“Oʻztransgaz” AJga qarashli kompressor stansiyalarida gaz haydash agregatlarini taʼmirlash.

1. Kompressor stansiyalarni taʼmirlash boʻyicha tarmoq jadvalini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

“Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari

“Oʻztransgaz” AJ

(A. Isakov)

 

2. Tasdiqlangan jadval asosida 60 ta gaz haydash agregatlarini taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2026-yil noyabr

 

143.

Kuz-qish mavsumida Fargʻona vodiysi isteʼmolchilarini barqaror tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida Xoʻjaobod gazni yer ostida saqlash inshootining foydalanuvchi quduqlarini taʼmirlash.

1. Quduqlarni taʼmirlash boʻyicha tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil mart

“Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari

“Oʻztransgaz” AJ

(A. Isakov)

 

2. Tasdiqlangan grafikka asosan 12 ta quduqlarni joriy va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2026-yil oktabr

 

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻzatom” agentligi (A. Axmedxadjayev)

 

144.

Suvli energo reaktori va RITM-200N reaktori asosida atom elektr stansiyasini qayta konfiguratsiyalashni hisobga olgan holda shartnomaga qoʻshimcha bitimni ishlab chiqish va tuzish.

1. Shartnomaga kiritish uchun asosiy shartlarni ishlab chiqishda konsalting xizmatlarini (yuridik, texnik va moliyaviy) jalb etish.

2. “Rosatom” DK bilan muzokaralar olib borish.

3. Qoʻshimcha bitim loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish boʻyicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengashi bilan kelishish.

4. Qoʻshimcha bitimni imzolash.

5. Qoʻshimcha bitimni roʻyxatdan oʻtkazish.

2026-yil davomida

-

“Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi” DK

(A. Kalmuratov),

Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish boʻyicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengashi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

145.

AES joylashgan hududda qurilish-montaj bazasining (QMB) birinchi bosqichi qurilish ishlarini olib borish.

1. Qurilish-montaj bazasining qurilishi uchun ishchi hujjatlarni ishlab chiqish.

2. Qurilishni nazorat qilish hududiy inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtish va qurilish ishlarining boshlanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

3. Qurilish-montaj ishlarini bajarish.

4. QMB obyektlarini qonunchilik talablariga muvofiq bosqichma-bosqich ishga tushirish.

5. QMBning birinchi bosqichini toʻliq ishga tushirish.

2026-yil dekabr

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

Qurilish va uy-joy, kommunal xoʻjalik sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

(S. Eshquvvatov),

“Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi” DK

(A. Kalmuratov)

 

146.

AESni joylashtirish xavfsizligini asoslash boʻyicha hisobot loyihasini tayyorlash va ijobiy ekspertiza xulosasini olish.

1. AES xavfsizligini asoslash boʻyicha hujjatlar toʻplamini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga taqdim etish.

2. Ekspertiza oʻtkazish uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Ekspertiza oʻtkazish boʻyicha shartnomani imzolash.

4. AESni joylashtirish xavfsizligini asoslash boʻyicha hisobotni ekspertizadan oʻtkazish.

5. Joylashtirishga ruxsat olish.

2026-yil dekabr

Ekspertizaning umumiy summasi xavfsizlikni asoslash boʻyicha ishlab chiqilgan hisobotning hajmiga bogʻliq boʻladi

“Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi” DK

(A. Kalmuratov),

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi

(I. Tashkenbayev)

 

147.

AES qurilishi uchun “birinchi beton” bosqichiga oʻtish.

1. Ustuvor loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Qurilish maydonchasini tashkil etish uchun yetkazib beruvchi tarmoqlar va yoʻllarni bosqichma-bosqich tayyorlash.

3. AES qurish uchun litsenziya olish.

4. “Birinchi beton” qoʻyish ishlarini amalga oshirish.

2026-yil dekabr

-

“Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi” DK

(A. Kalmuratov),

Jizzax viloyati hokimligi

(U. Mustafoyev),

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov)

 

148.

AES uchun yadro yoqilgʻisini yetkazib berish shartnomasini tuzish.

1. AES uchun yoqilgʻi ishlab chiqarishda buyurtmachi taqdim etgan xomashyodan foydalanish masalasini oʻrganish.

2. AES uchun yadro yoqilgʻisini yetkazib berish shartnomasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. AES uchun yadro yoqilgʻisini yetkazib berish shartnomasini imzolash.

2026-yil dekabr

-

“AES direksiyasi” DK

(A. Kalmuratov),

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

“Navoiyuran” DK

(J. Fayzullayev)

 

149.

Toshkent shahrida Yadro tibbiyoti markazini tashkil etish.

1. Yadro tibbiyoti markazini tashkil etish uchun maydon tanlash.

2. Markaz joylashuvi uchun taklif etilgan hududda muhandislik, geodeziya, geologiya, ekologiya va boshqa loyihaoldi tadqiqot ishlarini olib borish.

3. Investitsiya bitimi loyihasini ishlab chiqish.

4. Markazni tashkil etish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

5. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

6. Qurilish ishlarini amalga oshirish.

2026-yil dekabr

Investorning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(X. Turaxujayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Qurilish va uy-joy

kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

(S. Eshquvvatov)

 

53-maqsad: Oʻzbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Transport vazirligi (I. Maxkamov)

 

150.

Mahalliy va ichki yoʻllarni sement-beton qoplama asosida qurish va saqlash tizimini joriy etish.

Mahalliy va ichki yoʻllarni sement-beton qoplama asosida qurish.

2026-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

(J. Tursunov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

 

151.

Jamoat transporti tizimini rivojlantirish.

1. Jamoat transportining 60 ta yangi yoʻnalishlar tarmogʻini tashkil etish.

2. Hududlarda jamoat transporti uchun jami 600 ta avtobus xarid qilish.

3. Hududlar jamoat transportining brutto-shartnoma yoʻnalishlarida elektron toʻlovlar jozibadorligini oshirish va elektron toʻlovlar ulushini 60 foizga yetkazish (hozir 40 foiz).

4. Urganch, Samarqand, Namangan shaharlarida brutto-shartnoma yoʻnalishlaridagi bekatlarni naqd pullarni qabul qiluvchi bir martalik elektron chipta sotishning oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatuvchi avtomatlashtirilgan infokiosklar bilan jihozlash.

5. Urganch, Samarqand, Namangan shaharlarida brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan yoʻnalishlardagi barcha avtobuslarni QR chiptalarni qabul qiluvchi “QR reader” qurilmalari bilan jihozlash.

2026-yil davomida

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyat hokimliklari

 

152.

Jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Hududlarda 789 ta oraliq bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tashkillashtirish.

2. Hududlarda 11 ta avtovokzal va avtostansiyalar qurish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

3. Avtobuslar harakatiga ustuvorlik berish maqsadida hududlarda jamoat transporti uchun 100 km alohida avtobus yoʻlaklarini barpo etish.

2026-yil davomida

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyat hokimliklari

 

153.

Jamoat transportida “yashil” transportni rivojlantirish.

1. Urganch-Xiva yoʻnalishida trolleybus qatnovlarini brutto-shartnoma tizimiga oʻtkazish.

2026-yil mart

Qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan,

ijrochilarning oʻz mablagʻlari hisobidan

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

(I. Norqulov),

“Toshkent metropoliteni” DUK

(R. Usmanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand, Namangan, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari

 

2. Toshkent metropoliteni uchun 14 ta toʻrt vagonli metro poyezdlarini (56 ta metro vagonini) xarid qilish.

2026-yil davomida

 

154.

Xalqaro va viloyatlararo yoʻnalishlarda harakat xavfsizligini taʼminlash hamda turistik yoʻnalishlarda avtobus qatnovlarining ulushini oshirish maqsadida yangi yoʻnalishlar ochish.

1. Xalqaro avtobus yoʻnalishlar sonini 40 tadan 45 taga yetkazish.

2. Viloyatlararo yoʻnalishlarda 5 ta yangi avtobus va mikroavtobus yoʻnalishlarini tashkil etish.

2026-yil davomida

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

155.

Avtomobil transporti sohasini raqamlashtirish

Turkmaniston, Qirgʻiziston va Xitoy davlatlari bilan avtomobilda xalqaro yuk tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlashda elektron axborot tizimini joriy etish choralarini koʻrish.

2026-yil davomida

Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Avtomobil yoʻllar qoʻmitasi

(J. Tursunov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

 

156.

Parvozlar geografiyasini kengaytirish.

1. Rezident va norezident aviakompaniyalar tomonidan taklif etilayotgan yangi yoʻnalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar taqdim etish.

2. Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi oqimi va samaradorligi past boʻlgan qatnovlarni yoʻlovchi oqimi yuqori boʻlgan yoʻnalishlarga oʻzgartirib borish.

3. Xalqaro yoʻnalishlarda muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun xorijiy mamlakatlar aviatsiya maʼmuriyatlari bilan hukumatlararo kelishuvlarni IKAOning ISAN tadbirida hamda Aviatsiya hukumatlarining uchrashuvlarini tashkillashtirgan holda qayta koʻrib chiqish.

2026-yil davomida

Rezident aviakompaniyalar mablagʻlari

Fuqaro aviatsiyasi agentligi

(T. Nazarov),

rezident aviakompaniyalar,

“Uzbekistan Airports” AJ,

(J. Umarxodjayev)

 

157.

Aviatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish.

1. Toshkent yangi xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish va boshqaruvga berish loyihasi doirasida obyekt qurilishini boshlash.

2. Zarafshon aerodromini rekonstruksiya qilish.

2026-yil mart

“Uzbekistan Airports” AJ va xususiy sheriklar mablagʻlari

“Uzbekistan Airports” AJ

(J. Umarxodjayev),

“Navoiy KMK” AJ

(K. Sanaqulov),

Navoiy viloyati hokimligi

(N. Tursunov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

 

Bunda “Navoiy KMK” AJ tomonidan 2011-yilda dalolatnoma asosida qabul qilib olingan aeroport texnikalari hamda aviayoqilgʻi quyish kompleksini “Navoiy KMK” AJ hamda Zarafshon shahri hokimligi mablagʻlari hisobidan qayta tiklash.

2026-yil mart

“Navoiy KMK” AJ,

Zarafshon shahri hokimligi mablagʻlari

 

158.

Temir yoʻl sanoat korxonalarini rivojlantirish.

“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” AJ, “Quyuv mexanika zavodi” AJ va “Andijon mexanika zavodi” AJlarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish.

2026-yil davomida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

 

159.

Yuk va yoʻlovchi vagonlar parkini yangilash.

1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidagi yuk vagonlar parkini yangilash maqsadida 1000 ta yangi yuk vagonini ishlab chiqarish.

2. Yoʻlovchi vagonlar parkini yangilash maqsadida 50 ta yangi yoʻlovchi vagonini ishlab chiqarish.

2026-yil davomida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

 

160.

Lokomotiv parkini yangilash.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ lokomotiv parkini yangilash maqsadida 25 ta dizel va 25 ta gibrid manevr lokomotivlarini xarid qilish choralarini koʻrish.

2026 — 2030-yillar davomida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari hamda XMI kreditlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

 

161.

Yangi yoʻlovchi poyezdlar yoʻnalishini yoʻlga qoʻyish.

1. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd xarid qilinib, Toshkent-Xiva yoʻnalishida qatnovini yoʻlga qoʻyish.

2. Toshkent-Bekobod yoʻnalishida zamonaviy elektropoyezd qatnovini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil davomida

Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

 

162.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari holatini yaxshilash.

1. Ijtimoiy ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish hamda boshqa yoʻl dasturlari doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 190 kmdan ortiq umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 30 tadan ortiq koʻprik inshootlarini qayta qurish va taʼmirlash.

2026-yil davomida

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

(Sh. Nazarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

163.

Avtomobil yoʻllarida transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida 38 mingdan ortiq yoʻl belgilarini oʻrnatish va eskilarini yangilariga almashtirish.

2. Avtomobil yoʻllarida 80 tadan ortiq svetofor obyektlarini oʻrnatish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish.

2026-yil davomida

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida, Davlat budjeti mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

(Sh. Nazarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

(I. Norqulov)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

 

164.

Yuklar va yoʻlovchilarning xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish ishlariga xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish hamda loyihalarni boshlash choralarini koʻrish, jumladan:

“A-373” Guliston — Boʻka — Angren — Qoʻqon — Andijon avtomobil yoʻlining 0-37 km qismini rekonstruksiya qilish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash.

2026-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

(Sh. Nazarov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Xorazm va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

 

165.

Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan global inqirozlarni bartaraf etish, respublikada oziq-ovqat, iqtisodiyot tarmoqlari va energetika xavfsizligini taʼminlashni yanada mustahkamlash boʻyicha aniq mezonlarga asoslangan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish tizimini takomillashtirish.

Respublikada oziq-ovqat, iqtisodiyot tarmoqlari va energetika xavfsizligini yanada mustahkamlashni taʼminlovchi aniq mezonlarga asoslangan davlat moddiy zaxiralarini yangilangan nomenklaturasini qabul qilish va davlat zaxiralarini shakllantirish.

2026-yil davomida

-

Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi (M. Kurbanov)

 

54-maqsad: Qishloq xoʻjaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)

 

166.

2026-yilda “bir kontur-bir mahsulot” tamoyili doirasida ekin ekish ishlarini 145 ming gektarga yetkazish.

1. Ajratilgan ijara yer maydonlarida “bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida eksportbop serdaromad mahsulot yetishtirishni ijarachilar orasida ommalashtirish maqsadida seminar-trening tashkil qilish.

2. Belgilangan konturlarda serdaromad, eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga moʻljallangan namunali loyihalarni amalga oshirish.

Bunda dehqonchilik uchun ijaraga berilgan yer maydonlarida namunaviy oʻquv-tajriba yer uchastkalari tashkil etiladi, bunda har bir gektar yer maydonidan 100 million soʻmdan kam boʻlmagan daromad olish, ijara yerlarida mahsulot yetishtirish boʻyicha yetakchi tadbirkorlarni biriktirish.

2026-yil davomida

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov)

 

167.

Chorva mollari uchun ozuqabop ekinlarining suvsizlikka chidamli va serhosil navlari urugʻchiligi boʻyicha yangi ilmiy loyihalarni ishlab chiqish hamda maqsadli tanlovlarni eʼlon qilish.

1. Suvsizlikka chidamli navlarni aniqlash: mavjud ozuqabop ekinlarning (joʻxori, sudan oʻti, beda, donli dukkaklilar va boshqalar) genetik resurslarini oʻrganish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligida ilmiy loyihalarni ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

-

Fanlar akademiyasi

(Sh. Salixov),

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

(Sh. Jabborov)

 

168.

Paxtada hosildorlikni 40-45 sentnerga yetkazish.

1. 2026-yil hosili uchun 8 ta yangi tezpishar, serhosil gʻoʻza navlarini tanlash va joylashtirish.

2026-yil aprel

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

 

2. Zamonaviy agrotexnologiyalarni kengaytirish maqsadida jami maydonlarining 30 foiziga intensiv ekish sxemalarini joriy etish.

2026-yil iyun

 

3. Paxta yetishtiruvchilar uchun ilgʻor agrotexnologiyalarni qoʻllash boʻyicha seminarlar tashkil etish hamda tavsiyanomalar ishlab chiqish.

2026-yil mavsum davomida

 

169.

Gʻallada hosildorlikni 75-80 sentnerga yetkazish.

1. 2026-yil hosili uchun 8 ta yangi tezpishar, serhosil bugʻdoy navlarni tanlash va joylashtirish. Bunda biologik eskirgan navlar oʻrniga yangi yuqori hosilli, ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli kuzgi bugʻdoy maydonini 610 ming gektarga kengaytirish.

2026-yil sentabr

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

 

2. Zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni qoʻllash maqsadida ochiq maydonlarning 110 ming gektarini lazerli tekislash va 220 ming gektar zamonaviy resurstejamkor seyalkalarda ekish.

2026-yil oktabr

 

170.

Xorijiy (xalqaro) moliya institutlari, boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmaklari hamda grantlarini jalb etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda kamida bittadan namunali zamonaviy biolaboratoriyalarni tashkil etish.

1. Namunali zamonaviy biolaboratoriyalarning loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Biolaboratoriya uchun mablagʻ ajratadigan xorijiy donorlarni topish.

3. Namunali zamonaviy biolaboratoriyalar tashkil etish uchun zarur mablagʻlarni jalb qilish.

4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda kamida bittadan namunali zamonaviy biolaboratoriyalarni tashkil etish.

2026 — 2030-yillar

Xorijiy (xalqaro) moliya tashkilotlari

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

(I. Ergashev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

 

171.

Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urugʻlik materiallari taʼminotini 26 foizga yetkazish.

1. Vazirlik huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarining serhosil, ertapishar va kasallik hamda zararkunandalarga chidamli yangi navlarni yaratish boʻyicha loyihalar mavzularini ishlab chiqish hamda tanlovga taqdim etish.

2. Ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yaratilgan yangi navlarni ishlab chiqarishga joriy qilish.

3. Kartoshkaning mini-tuganaklarini koʻpaytirishga ixtisoslashgan “in-vitro” laboratoriyalari bilan hamkorlikda kartoshkaning yuqori avlodli urugʻliklarini koʻpaytirish va kartoshkachilikka ixtisoslashgan hududlarga ekish.

4. Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari urugʻliklarini yetishtirish uchun tender tanlovlarini eʼlon qilish hamda urugʻlik yetishtiruvchilarni tanlab olish.

5. Tanlab olingan maydonlarda dala monitoring kuzatuvlarini olib borish.

2026-yil yakuniga qadar

Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

(kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan tumanlar)

 

172.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmini oshirish va yangi turdagi eksportbop mahsulotlar turlarini kengaytirish.

1. 2030-yilgacha boʻlgan davrdagi meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash.

2. Yetishtirilgan mahsulotlarni sifatli saqlash, qadoqlash, birlamchi va chuqur qayta ishlash choralarini koʻrish.

3. Xorijiy bozorlarda talab yuqori boʻlayotgan mahsulot turlarini aniqlash va eksportni 2026-yil yakuniga qadar 4 milliard dollarga yetkazish choralarini koʻrish.

2026-yil davomida

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(I. Ergashev),

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

(N. Abdullayev)

 

173.

Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun sarflanayotgan suv resurslari mahsuldorligini baholash pilot loyihasini amalga oshirish.

1. Zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish orqali qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun sarflanayotgan suv resurslari mahsuldorligini baholash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralardan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun sarflanayotgan suv resurslari mahsuldorligini baholash boʻyicha xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birga ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribalarini oʻrganish.

3. Oʻrganish yakunlari boʻyicha xorijiy davlatlarning tajribalari asosida pilot loyihani amalga oshirish.

4. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida loyihalar asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun sarflanayotgan suv resurslari mahsuldorligini baholash pilot loyihasini amalga oshirish.

5. Ushbu amalga oshirilgan tadbirlarni respublikaning boshqa hududlariga tatbiq etish.

2026-yil dekabr

-

Suv xoʻjaligi vazirligi,

(Sh. Xamrayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

 

174.

Quvvati 45 ming tonna boʻlgan 9 ta agrologistika markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Respublika hududlarida tashkil etiladigan agrologistika markazlari va saqlash korxonalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil mart

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, tashabbuskorlar mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

2. Amalga oshiriladigan loyihalarda investitsiya mablagʻlarining oʻzlashtirilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha monitoring oʻrnatish.

3. Loyihalarni ishga tushirishda yuzaga keladigan muammolarni oʻrganish va bartaraf etish choralarini koʻrish.

2026-yil davomida

 

175.

Aholi soni va oziq-ovqatga boʻlgan talabning oʻsishidan kelib chiqib, toza va sifatli mahsulotlar yetishtirish, ularning nomenklaturasi hamda chuqur qayta ishlash darajasini oshirish.

1. Respublika tumanlarining ixtisoslashuvi, aholi soni va oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosi ishlab chiqarish salohiyatini inobatga olgan holda barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talab va uni qoplash imkoniyatlarini tahlil qilish.

2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlari prognozlarini ishlab chiqish.

2026-yil mart

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

(L. Kudratov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

3. Hududlarda oziq-ovqat sanoati yoʻnalishida tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini shakllantirish, bunda resurstejamkor yangi texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutish.

Doimiy

 

176.

Aholini arzon va parhezbop parranda goʻshti bilan taʼminlashni yaxshilash.

1. Jizzax viloyatida goʻsht yoʻnalishidagi parrandalarning birinchi tartibli naslchilik korxonasini ishga tushirish.

2. Respublikada tuxum yoʻnalishidagi parrandalarning birinchi tartibli naslchilik korxonasini tashkil etish.

2026-yil davomida

Xorijiy investitsiya mablagʻlari,

Xorijiy investitsiya mablagʻlari hamda oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

“Parrandasanoat” uyushmasi

 

177.

Mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash.

Agrotexnik tadbirlari qisqa muddatda, samarali va sifatli tashkil etilishini taʼminlash uchun qishloq xoʻjaligida texnika taʼminotini yanada oshirish, jismonan va maʼnan eskirgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini zamonaviy resurstejamkor texnikalarga almashtirish.

2026-yil davomida

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Soliq qoʻmitasi

(F.Pulatov),

Qoraqalpogʻiston respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

 

178.

Qishloq xoʻjaligida ilmiy-tadqiqot institutlari, “Uzagrostar xolding” korxonalari va tijorat banklari oʻrtasida strategik ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha hamkorlik zanjirini tashkil etish.

1. Ilmiy muassasalar tomonidan eng sara va hosildorligi yuqori urugʻ va koʻchatlar navlarini tayyorlash hamda yetkazib berish.

2. “Uzagrostar xolding” korxonalari faoliyat yuritayotgan tumanlarda ularning buyurtmasi asosida ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish.

2026-yil aprel

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev)

 

179.

Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) xizmatini koʻrsatish sohasida bozor raqobati muhitini yaratish.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) funksiyasini xususiy sektor tomonidan amalga oshirish tartibini joriy etish.

Bunda ushbu faoliyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda fumigatsiya xizmatini koʻrsatish uchun beriladigan litsenziya asosida xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutiladi.

2026-yil dekabr

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(X. Turaxujayev),

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

(B. Yusupaliyev)

 

55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

 

180.

Xorijiy davlatlardan ijaraga olinadigan savdo omborxonalaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. AQSH, Yevropa, Yaqin Sharq davlatlaridagi yirik savdo rastalariga yaqin hududlardan omborxonalarni markazlashgan tartibda ijaraga olish.

2. Mazkur omborxonalar orqali turli soha mahsulotlarini birlashtirib, logistika xarajatlarini kamaytirish, yetkazib berish muddatlarini qisqartirish va eksport hajmini oshirishga xizmat qiluvchi fulfillment markazlarini tashkil etish.

2026-yil davomida

Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

-

 

181.

Mahalliy korxonalarga xorijiy brendlar va buyurtmachilarni jalb etish uchun markazlashgan institutsional mexanizm yaratish.

1. “Sorsing akseleratsiyasi” dasturini amalga oshirish.

Bunda 25-30 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirokida xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda xalqaro sifat standartlari va sertifikatlashni joriy etish, marketing va brendingni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirokini taʼminlash.

2. Xorijiy brend va buyurtmachilarni Oʻzbekistonga taklif etish va tashrif xarajatlarining bir qismini qoplab berish.

2026-yil davomida

Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

-

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov)

 

182.

Rossiya Federatsiyasining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish akademiyasi (ASMS) bilan hamkorlikda Oʻzbekiston standartlar instituti huzurida akademiya vakolatxonasini ochish.

1. Rossiya Federatsiyasining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish akademiyasining vakolatxonasini tashkil qilish rejasini ishlab chiqish.

2. Qoʻshma oʻquv dasturlarini tayyorlash va kelishish.

3. Harakatlar rejasi va smetani tayyorlash.

4. Pilot dasturlar doirasida oʻqitish ishlarini tashkil etish.

2026-yil dekabr

Kelishuvga asosan

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov,

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

 

183.

Xalqaro standartlarga asoslangan sifat tizimlarini 1 500 ta korxonaga joriy etish.

1. Hududlar va tarmoqlar kesimida 1 500 ta korxona roʻyxatini shakllantirish va faoliyat turidan kelib chiqib, joriy etish kerak boʻlgan xalqaro standartlarni aniqlash.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda tarmoq jadvalini ishlab chiqib, tasdiqlash.

3. Tarmoq jadvaliga asosan korxonalarga xalqaro standartlarni joriy qilish.

2026-yil dekabr

Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyat hokimliklari,

manfaatdor vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari

 

184.

Milliy sifat infratuzilmasi ishonchliligini taʼminlashga xizmat qiluvchi, xorijiy davlatlar amaliyotida ijobiy samara bergan hamda milliy akkreditatsiya tizimida joriy etilgan akkreditatsiya xizmatlarini xalqaro darajaga olib chiqish.

1. Milliy akkreditatsiya tizimida koʻrsatilayotgan xalqaro darajada tan olingan akkreditatsiya xizmati turini 14 taga yetkazish.

2. Xalqaro tajribaga asoslangan va ILAC talablaridan kelib chiqib, malakani tekshirish provayderlarini ISO/IEC 17043, standart namuna ishlab chiqaruvchilarni ISO 17034, tibbiy laboratoriyalarni ISO 15189 va inspeksiya organlarni ISO/IEC 17020 xalqaro standartlarga muvofiq joriy etilgan akkreditatsiya xizmatlarini xalqaro darajaga olib chiqish.

2026-yil dekabr

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

185.

Xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkor idoralarning grant va texnik koʻmaklari hisobiga onlayn-oflayn trening-seminarlar tashkil etish orqali 300 nafar mutaxassis malakasini oshirish.

1. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan mutaxassislar malakasini oshirish yuzasidan muzokaralar oʻtkazish.

2. Standartlashtirish, metrologiya, akkreditatsiya va bozor nazorati yoʻnalishida onlayn va oflayn seminar-treninglar tashkil etish.

2026-yil dekabr

Xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkor idoralarning grant va texnik koʻmaklari hisobiga

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

 

56-maqsad: Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil oʻtkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (B. Xaydarov)

 

186.

Davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvi hamda affillanganlik holatlari yuzaga kelishining oldini olish choralarini kuchaytirish.

Davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvi hamda affillanganlik holatlari ehtimoli yuzaga kelganda, bu haqida tizim orqali davlat buyurtmachilari va ishtirokchilarni avtomatik ogohlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.

2026-yil noyabr

-

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(X. Turaxujayev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Zaxidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

187.

Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish huquqining onlayn auksion platformasi orqali savdosini tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish va ulardan foydalanish qoidalari hamda ularni oʻrnatish chizmalari tasdiqlanishini nazoratga olish.

2. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq elektron auksion savdolariga chiqarishning boshlangʻich narxi tasdiqlangan yigʻim miqdorida belgilanishini tashkil etish.

3. Tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) oʻrnatish va unda reklamani joylashtirishga boʻlgan huquq boʻyicha elektron auksion savdolarini tashkil etishga koʻmaklashish.

4. “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUK bilan hamkorlikda ishlash hamda “E-auksion” — elektron savdo platformasining savdo portalida auksion savdolarini tashkil etish.

2026-yil davomida

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(X. Turaxujayev)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov)

 

188.

Soliq toʻlovchi oʻzining faollik holatini mustaqil oʻzgartirish imkoniyatini yaratish.

Soliq toʻlovchining yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali mustaqil ravishda oʻz faollik holatini oʻzgartirish imkonini yaratish.

2026-yil II chorak

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Savdo-sanoat palatasi,

(D. Vahobov)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (X. Turaxujayev)

 

189.

Yuqori likvidli mahsulotlarni toʻliq birjaga jalb qilish orqali yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish choralarini koʻrish.

Paxta klasterlari va yogʻ-moy korxonalaridagi texnik chigit, paxta yogʻi, shrot va sheluxani grafiklar asosida birja savdolariga qoʻyib borilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish.

2026-yil davomida

-

Respublika tovar-xom ashyo birjasi

 

190.

Tovar va moliya bozorlarida, shuningdek, davlat xaridlarida raqobat muhitini taʼminlash.

1. Tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini taʼminlash, “kartel” kelishuvlar hamda til biriktirish holatlarini oldindan aniqlash va kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻyilmaslikni taʼminlovchi xavf indikatorlarini ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq qilish.

2. Davlat xaridlarida oferta va eʼlonlardagi raqobatga zid holatlarni oldindan aniqlash va bunga yoʻl qoʻymaslikni taʼminlovchi amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish.

3. Davlat xaridlarida raqobatga zid holatlar haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilish va shubhali holat aniqlanganda bu haqida tegishli davlat buyurtmachisiga hamda nazorat organlariga avtomatik xabarnoma yuborishni yoʻlga qoʻyish.

4. Davlat buyurtmachi xodimlari uchun davlat xaridlarida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarning oldini olish boʻyicha viloyatlarda seminar treninglar tashkil etish.

2026-yil iyul

-

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

(B. Xaydarov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

 

57-maqsad: Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-NUB”ga aylantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

 

191.

Respublikada keng polosali maʼlumotlar uzatish tarmoqlarining qamrovini oshirish hamda mobil aloqasi sifatini yanada yaxshilash maqsadida optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligini 370 ming km.ga, tayanch stansiya qurilmalarining umumiy sonini 99 851 taga yetkazish.

1. Respublikada keng polosali maʼlumotlar uzatish tarmoqlarining qamrovini oshirish uchun 30 ming km optik tolali aloqa liniyalarini qurish.

2. Yuqori tezlikdagi internet xizmatini rivojlantirish va bunda ADSL texnologiyasini bosqichma-bosqich ekspluatatsiyadan chiqarish.

3. Aholi punktlari, shu jumladan, xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yoʻllardagi mobil aloqa qamrovini kengaytirish va mobil aloqa sifatini yanada yaxshilash maqsadida 1114 ta tayanch stansiya qurilmalarini oʻrnatish va modernizatsiya qilish.

2026-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra operator va provayderlarning oʻz mablagʻlari hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

192.

Internet xizmatining kichik tezlikdagi tarif rejasi tezligini oshirish.

Internet xizmatining kichik tezlikdagi tarif rejasi tezligini 13 Mbit/s. yetkazish.

2026-yil dekabr

-

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(X. Turaxoʻjayev)

 

193.

Xalqaro internetga ulanish tezligini oshirish.

Xalqaro internetga ulanish tezligini 4500 Gbit/s.ga yetkazish.

2026-yil dekabr

-

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(X. Turaxoʻjayev)

 

194.

Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yoʻllarda mobil internet qamrovini kengaytirish.

Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yoʻllarda mobil internet bilan qamrov darajasini 96 foizgacha yetkazish.

2026-yil dekabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

 

195.

Raqamli texnologiyalar sohasida eksport qiluvchi korxonalar soni hamda AT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar hajmini oshirish.

1. IT park eksport qiluvchi rezidentlari sonini 1 320 taga hamda xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalarni 1 100 taga yetkazish.

2. IT park rezidentlari sonini 3 500 taga hamda IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar hajmini 24 trillion soʻmga yetkazish.

2026-yil dekabr

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

196.

IT park rezidentlarida yaratilgan ish oʻrinlarini oshirish.

IT park rezidentlarida yaratilgan ish oʻrinlari sonini 50 mingtaga yetkazish.

2026-yil dekabr

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

197.

Raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va sohada yaratilgan ish oʻrinlari sonini oshirish.

“Raqamli startaplar” dasturi doirasida xorijiy tajriba asosida akseleratsiya dasturlarini tashkillashtirish va ularda 60 ta startap loyihalar ishtirokini taʼminlash.

2026-yil dekabr

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

 

198.

IT xizmatlar eksporti imkoniyatlarini kengaytirish choralarini koʻrish.

IT xizmatlar eksporti imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “KPO” bilimlar autsorsingini 2030-yilga qadar tizimli rivojlantirish, xususan, zarur kadrlarni tayyorlash, xorijiy bozorlarni izlash va ularga kirib borishga qaratilgan dastur ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

 

Ijro uchun asosiy masʼulMilliy statistika qoʻmitasi (B. Hamrayev)

 

199.

Ochiq maʼlumotlar portalida aholi ishtirokini kengaytirish orqali BMTning Elektron hukumat reytingining Elektron ishtirok etish indeksi boʻyicha Oʻzbekiston koʻrsatkichlarini yaxshilash choralarini koʻrish.

1. Ochiq maʼlumotlar portalida — “data.egov.uz” foydalanuvchilar tomonidan soʻralgan yangi turdagi maʼlumotlar toʻplamini eʼlon qilishni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil iyun

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

 

2. Tartib asosida Ochiq maʼlumotlar portalida foydalanuvchilarning yangi turdagi maʼlumotlar toʻplamini eʼlon qilish boʻyicha soʻrovlarini koʻrib borish.

2026-yil davomida

 

Ijro uchun asosiy masʼulKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)

 

200.

Mehnat huquqi buzilishi holati boʻyicha onlayn murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish orqali BMTning Elektron hukumat reytingining Elektron ishtirok etish indeksi boʻyicha Oʻzbekiston koʻrsatkichlarini yaxshilash choralarini koʻrish.

Davlat mehnat inspeksiyasining mehnat huquqi buzilishi holati boʻyicha murojaat qilish — “dmi.mehnat.uz” xizmati shaffofligini oshirish.

Bunda kelib tushgan murojaatlar holati boʻyicha statistik maʼlumotni ochiqlashni nazarda tutish.

2026-yil may

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti (A. Tashpulatov)

 

201.

BMTning Elektron hukumat reytingining Elektron ishtirok etish indeksi boʻyicha Oʻzbekiston koʻrsatkichlarini yaxshilash choralarini koʻrish.

“Petition.gov.uz” — “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalining muntazam va faol ishlashini taʼminlash maqsadida portal moderatoriga portalni yuritish boʻyicha shtat birliklarini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida nazarda tutish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda budjet soʻrovi kiritish.

2026-yil aprel

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

 

58-maqsad: Oʻzbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Turizm qoʻmitasi (A. Akkulov)

 

202.

Xorijiy sayyohlar oqimini 12 million nafarga yetkazish.

1. Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasida strategik bozor sifatida sayyohlar oqimini oshirish boʻyicha 2026-yilda ham amaliy ishlarni davom ettirish.

2. 2026-yilda Fors koʻrfazi mamlakatlarida Markaziy Osiyo turizm brendini targʻib qilish.

3. Oʻzbekistonning turistik salohiyatini xorijda targʻib qilishda, xususan, yirik PR-kampaniyalarni tashkil etish maqsadida 2026-yilda Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini targʻib qilish va mamlakatimizning xorijdagi nufuzini mustahkamlash.

2026-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari,

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

 

59-maqsad: Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

 

203.

Savdo, maishiy, sayilgoh va koʻngilochar xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish uchun boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish.

Hududlarda savdo, maishiy, sayilgoh va koʻngilochar xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish uchun boʻsh turgan 1 (bir) mingta qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish.

Bunda:

infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum hududlarda boʻsh yer maydonlarini aniqlash;

aniqlangan yer maydonlarini belgilangan tartibda auksionga chiqarish;

auksionga chiqarilgan yer maydonlarini ular toʻgʻrisida hokim yordamchilari tomonidan, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlarini jadallashtirish orqali sotish choralarini koʻrish.

2026-yil dekabr

-

Kadastr agentligi

(M. Mirmaksudov),

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

60-maqsad: Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash darajasini oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼulUrbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

 

204.

140 ming xonadonli koʻp qavatli uy-joylar qurish va “Yangi Oʻzbekiston” massivlari sonini 60 taga yetkazish.

1. 2026-yil uchun uy-joy qurilishi va ipoteka dasturini ishlab chiqishda yangidan barpo etiladigan “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarni shaharlar hamda ularga tutash hududlarda joylashtirish.

2. “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va uy-joyga talab yuqori boʻlgan hududlarda 140 ming (shundan 15 mingtasi Yangi Toshkent) xonadonli koʻp qavatli uy-joylar qurilishini amalga oshirishni tashkil etish.

2026-yil davomida

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov)

 

205.

Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash.

1. Hududlardagi aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda 3 ta toifali (renovatsiya, rekonstruksiya va konservatsiya) zonalarga ajratib, soddalashtirilgan tartibda ishlab chiqish amaliyotini joriy etish.

2026-yil davomida

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi (K. Rafikov)

 

206.

Mehnatkashlar va ular oila aʼzolarini sifatli sogʻlomlashtirish va dam olishini tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash.

2. Qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

3. Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Dilbuloq mahallasida joylashgan Federatsiyaga tegishli sport majmuasining futbol maydonini rekonstruksiya qilish va tomoshabinlar tribunasini yangidan qurish hamda uning hududida mehmonxona qurish.

4. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi “Qani” sanatoriyasi binosini rekonstruksiya qilish va yangi oshxona binosini qurish.

5. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Boʻston” sanatoriyasi hududida madaniyat saroyini qurish.

6. Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Nazarbek” sanatoriyasi binosini kapital taʼmirlash.

7. Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Oltinsoy” sanatoriyasi binosini kapital taʼmirlash va yangi jihozlar bilan taʼminlash.

2026-yil davomida

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mablagʻlari

-

 

61-maqsad: Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlash

 

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (A. Suvankulov)

 

207.

Ichimlik va oqova suv sohasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi 12 ta loyiha doirasida jami 588 km tarmoq tortish va 13 ta inshootlarda qurilish va rekonstruksiya ishlarini tashkil etish.

2026-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

III. SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

 

62-maqsad: Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

 

208.

Aholi oʻrtasida suv resurslarini tejab ishlatish madaniyatini shakllantirish orqali uy xoʻjaligida tomorqadan unumli foydalanishni rivojlantirish.

Suv resurslari maishiy ehtiyojlarda ishlatilishini kamaytirish, tomorqa xoʻjaligida sugʻorishning innovatsion va zamonaviy tejamkor texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari borasida aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini kuchaytirish hamda tajriba maydonchalarini tashkil etish.

2026-yil aprel oyidan boshlab yil davomida

Mahalliy jamoat fondlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

nodavlat notijorat tashkilotlar

 

209.

Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish boʻyicha davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish, suv resurslarini birgalikda boshqarishning oʻzaro maqbul mexanizmlarini ishlab chiqish hamda suvdan samarali foydalanish dasturlarini amalga oshirish maqsadida Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi va Markaziy Osiyo davlatlararo suv resurslarini muvofiqlashtirish komissiyasi yigʻilishlarida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston manfaatlarini himoya qilish.

Qoʻshni davlatlar bilan suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish mexanizmlarini shakllantirish orqali mintaqada suv xavfsizligini taʼminlash, barqaror rivojlanishga hissa qoʻshish hamda Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi pozitsiyasini yanada mustahkamlash.

2026-yil davomida

Budjet va donor tashkilotlar mablagʻlari hisobidan

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

 

210.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan suv resurslarini hisobga olish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish.

2. Suv tejovchi texnologiyalarini joriy qilish.

3. Tuproq qoplamali kanallarni beton qoplamaga oʻtkazish hamda yopiq quvurli sugʻorish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti koʻrsatkichini 0,69 gacha yetkazish.

2026-yil davomida

Ijrochilarning mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

211.

Xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida 190,5 million dollarni oʻzlashtirish.

1. Loyihalar doirasida qarz bitimlarini imzolash.

2. Tender savdolarini oʻtkazish.

3. Bosh pudratchilar bilan shartnomalar imzolash hamda qurilish ishlarini amalga oshirish.

4. Yashil iqlim jamgʻarmasi (GCF) hamda boshqa donorlar mablagʻlarini ustuvor moslashuv maqsadlariga jalb etishga qaratilgan, oʻzaro kelishilgan loyiha portfelini tayyorlash va ilgari surishni taʼminlash.

2026-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

masʼul buyurtmachi vazirlik, idoralar, tashkilotlar, mahalliy hokimliklar,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov)

 

212.

Qoʻshni davlatlar bilan suv resurslari va davlatlararo suv xoʻjaligi obyektlaridan birgalikda foydalanish masalalarida manfaatli hamkorlikni davom ettirish.

Davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasi, suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha ikki tomonlama ishchi guruhlar va komissiyalar doirasida mintaqadagi suv resurslari va suv xoʻjaligi obyektlaridan birgalikda foydalanish masalalarini muhokama qilib borish.

2026-yil davomida

-

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

(Sh. Xabibullayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

 

213.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish hamda shoʻr yuvish maqsadida isteʼmolchilarning suvga boʻlgan talabidan kelib chiqib, hududlar va manbalar kesimida suv olish limitlarini belgilash hamda ushbu limit asosida suv bilan taʼminlash.

1. Isteʼmolchilar kesimida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish hamda shoʻr yuvish ishlari uchun talab etiladigan suv miqdorini hisob-kitob qilish.

2026-yil 20-mart va 20-sentabr

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

2. Ekinlarni sugʻorish va shoʻr yuvish uchun talab etiladigan suv limitlarini tasdiqlash.

2026-yil 1-aprel va 1-oktabr

 

3. Respublika boʻyicha ekinlarni sugʻorish va shoʻr yuvish uchun ushbu suv olish limitlari asosida suv bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

Doimiy

 

214.

Suvni yetkazib berish va taqsimlash jarayoniga xususiy sektorni jalb etish, dalalarga suv yetkazadigan obyektlarni tadbirkorlar (fermer xoʻjaliklari va klasterlar) boshqaruviga berish.

Suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlar boshqaruviga berish. Bunda:

suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida jami 36 ta loyihani amalga oshirish;

tadbirkorlar bilan yangidan tuzilayotgan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarda nasos stansiyalarining texnik parametrlari va mavjud maydonlardan kelib chiqib, xususiy sherikning nasos stansiyalariga muqobil energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish boʻyicha majburiyatlar belgilanishini taʼminlash.

2026-yil dekabr

Respublika budjeti va tadbirkorlar mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

215.

Tuproq oʻzanli magistral va xoʻjaliklararo kanallarda beton qoplama ulushini 42 foizga yetkazish.

Irrigatsiya obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish.

2026-yil davomida

Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

 

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (A. Suvankulov)

 

216.

Ichimlik suv isteʼmolchilarini suv hisoblagichlar bilan taʼminlash.

Isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi hisobini yuritish maqsadida isteʼmolchilarga jami 305 090 dona suv hisoblagichlar oʻrnatilishini taʼminlash.

2026-yil davomida

Davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar va isteʼmolchilar mablagʻlari hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

 

63-maqsad: Qishloq xoʻjaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

 

217.

Melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali sugʻoriladigan yerlarda shoʻrlangan maydonlarni 1,8 ming gektargacha kamaytirish.

Meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha yillik dasturni tasdiqlab, ijrosini taʼminlash.

2026-yil davomida

Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

64-maqsad: Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

 

218.

Irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda sugʻorish quduqlarini oʻrnatish orqali jami 33,8 ming gektar maydonni qayta foydalanishga kiritish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish.

2026-yilda 33,8 ming gektar yangi yerlarni qayta foydalanishga kiritish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil sentabr

Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida hamda tashabbuskorlarning oʻz mablagʻi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Kadastr agentligi

(M. Mirmaksudov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

219.

Suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga kamida 7 milliard metr kub suvni iqtisod qilish.

1. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish hisobiga suv resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2. Suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydonlar hajmini 2,4 million gektardan 2,8 million gektarga yetkazish

3. Tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy etilgan maydonlar hajmini 610 ming gektardan 685 ming gektarga yetkazish.

2026-yil davomida

Davlat budjetida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida hamda tashabbuskorlar mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abdurahmonov),

 

65-maqsad: “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

 

220.

Nasos stansiyalarining elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish tadbirlarini amalga oshirish.

Energiya tejamkor qurilmalar oʻrnatish, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, ularning yillik elektr energiyasi isteʼmolini 6 400 milliard kVt/soatga yetkazish.

2026-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari hisobidan

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Energiya samaradorligi milliy agentligi

(Z. Badriddinov)

 

66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga taʼsir oʻtkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (A. Abduxakimov)

 

221.

“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

1. Koʻrik-tanlovni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibini shakllantirish.

2026-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari hisobidan

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

2. Koʻrik-tanlovni oʻtkazish muddatlarini belgilash.

2026-yil mart

 

3. Koʻrik-tanlov targʻiboti yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

2026-yil mart-aprel

 

4. Koʻrik-tanlovni bosqichma-bosqich tashkil etish.

2026-yil mart-aprel

 

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (A. Suvonqulov)

 

222.

Qayta ishlovchi suv tozalash stansiyalarini qurish.

Sanitariya talablariga mos ravishda 7 ta shahar va tumanlarda zamonaviy qayta ishlovchi tozalash inshootlarini qurish.

2026-yil dekabr

Xalqaro grantlar,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (A. Suvankulov)

 

223.

Oqova suv sifatini nazorat qilish milliy standartini ishlab chiqish va joriy etish.

Oqova suv sifatining doimiy nazoratini taʼminlash maqsadida zamonaviy sinov uslublarni birlashtiradigan standart(lar)ni joriy qilish.

2026-yil sentabr

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

(B. Yusupaliyev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov)

 

67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish

 

Ijro uchun asosiy masʼulOʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (E. Muxitdinov)

 

224.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika hududidagi 500 ming tup daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasportini yaratish.

1. Ishchi guruh roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2026-yil mart

Vazirlik, idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari,

korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar)lar hokimliklari,

korxona hamda tashkilotlar

 

2. Ishchi guruhlar tomonidan hududlardagi daraxtlarning turi, yoshi, boʻyi, holati va joylashuv koordinatasi haqidagi maʼlumotlarni “Yashil makon” elektron platformasiga kiritish.

2026-yil noyabr

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzoqov)

 

225.

Yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar, olimlar, urbanistlar, ekologlar hamda tashkilotlarni jalb qilgan holda Toshkent shahrining “yashil” master rejasini ishlab chiqish.

1. Yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar, olimlar, urbanistlar, ekologlar hamda tashkilotlarni jalb qilgan holda Toshkent shahrining “yashil” master rejasini ishlab chiqish boʻyicha takliflarni shakllantirish.

2. “Yashil” master rejani ishlab chiqish boʻyicha belgilangan tartibda loyiha tashkiloti bilan shartnoma tuzish.

3. “Yashil” master rejani belgilangan tartibda tasdiqlash va ijroga qaratish.

2026-yil avgust

Mahalliy budjet mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev)

 

68-maqsad: Oʻrmonlar maydonini kengaytirish

 

Ijro uchun asosiy masʼulOʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (E. Muxitdinov)

 

226.

6 163 gektar oʻrmon fondi yerlarini foydalanishga kiritish.

1. Oʻrmon xoʻjaliklarida foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarini oʻrmonlar kesimida taqsimlash.

2026-yil mart

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov)

 

2. Foydalanilmayotgan yer maydonlarini oʻzlashtirish va ulardan samarali foydalanish choralarini koʻrish.

3. Amalga oshirilgan tadbirlarni umumlashtirib, hisobot berib borish.

2026-yil mart-dekabr oylari

 

227.

Daraxt va butalarning 1 513 tonna urugʻlarini jamgʻarish.

1. Tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, oʻrmon xoʻjaliklari kesimida urugʻlar jamgʻarish taqsimotini ishlab chiqish.

2026-yil mart

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov)

 

2. Taqsimotdan kelib chiqib daraxt va butalarning urugʻlarini jamgʻarish.

3. Amalga oshirilgan tadbirlarni umumlashtirib, hisobot berib borish.

2026-yil mart-dekabr oylari

 

228.

Oʻrmon xoʻjaliklarida 129 million tup nihol va koʻchatlar yetishtirish.

1. Tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, oʻrmon xoʻjaliklari kesimida nihol va koʻchatlar yetishtirish taqsimotini ishlab chiqish.

2026-yil mart

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov)

 

2. Nihol va koʻchatlar yetishtirish uchun zarur boʻlgan agrotexnik tadbirlarni olib borish.

2026-yil dekabr

 

3. Daraxt va butalarning nihol va koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha hisobotlar berib borish.

2026-yil davomida

 

229.

Choʻllanish, qum koʻchishi va tuproq eroziyasining oldini olish maqsadida 2800 gektar maydonda himoya oʻrmonlarini barpo etish.

1. Himoya oʻrmonlari barpo etiladigan hududlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2026-yil mart

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlar

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov),

“Yashil loyiha” loyihalash instituti

(O. Xakimov)

 

2. Himoya oʻrmonlari barpo etish tadbirlarini amalga oshirish va hisobotlar berib borish.

2026-yil davomida

 

230.

Dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklarning 3511 tonna xomashyolarini tayyorlash.

1. Tabiiy holda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklarni tabiiy muhitdan yigʻish uchun kvota meʼyorlarini shakllantirish.

2026-yil mart

Oʻz mablagʻlari hisobidan

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov)

 

2. Dorivor oʻsimliklarni xomashyolarini yigʻish.

2026-yil davomida

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (O. Kudratov)

 

231.

Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil may

-

-

 

69-maqsad: Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy taʼsirini yumshatish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (A. Abduxakimov)

 

232.

Orolboʻyi mintaqasi va boshqa choʻl hududlaridagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari) 250 ming gektar maydonda “yashil qoplama”lar barpo etish.

1. “Yashil qoplama”lar barpo etiladigan hududlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2026-yil mart

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi ajratiladigan mablagʻlari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari mablagʻlari

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

(E. Muxitdinov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

 

2. “Yashil qoplama”lar barpo etish tadbirlarini amalga oshirish.

2026-yil davomida

 

70-maqsad: Iqlim oʻzgarishi salbiy taʼsirining oldini olish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

 

233.

Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan yer maydonlarini rekultivatsiya qilish.

Togʻ-kon sanoati va geologiya korxonalari tomonidan 1 000 gektar buzilgan yer maydonining rekultivatsiya qilinishini taʼminlash.

2026-yil dekabr

Hisob-kitoblar asosida

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov)

 

71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini taʼminlash

 

Ijro uchun asosiy masʼulEkologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (A. Abduxakimov)

 

234.

Respublika hududida sunʼiy sharoitlarda saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarning yashash sharoitlari amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish.

1. Pitomnik va hayvonot bogʻlarida saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarning umumiy ahvoli, yashash sharoitlari, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilinishini oʻrganish yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzish.

2. Ishchi guruhlar tomonidan joylarga chiqqan holda pitomnik va hayvonot bogʻlarida saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarning holatini oʻrganish.

2026-yil oktabr

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

235.

Surxondaryo va Toshkent viloyati hududidagi iqtisodiy ahamiyatga ega tanlab olingan hayvon turlarining (baliqlar, sudralib yuruvchilar va sutemizuvchilar) davlat roʻyxati va kadastrini yaratish

1. Tanlab olingan iqtisodiy ahamiyatga ega hayvon turlarini ilmiy manbalar asosida kameral oʻrganish.

2. Iqtisodiy ahamiyatga ega hayvon turlarini xatlovdan oʻtkazish maqsadida ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish.

3. Iqtisodiy ahamiyatga ega hayvon turlarining davlat roʻyxati va kadastrini yaratish.

2026-yil dekabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, budjetdan tashqari va taqiqlanmagan boshqa manbalar

Fanlar akademiyasi

(Sh. Ayupov)

 

72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash

 

Ijro uchun asosiy masʼulChiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (Sh. Hasanov)

 

236.

Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini qisqartirish darajasini 26 foizga yetkazish.

1. Rekultivatsiya qilinishi rejalashtirilgan poligonlar roʻyxatini Respublika komissiyasining yigʻilish bayoni bilan tasdiqlash.

2. Tender savdolarini oʻtkazish orqali gʻolib loyiha tashkilotini aniqlash, shartnoma tuzish hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Rekultivatsiya qilish uchun yigʻma-ekspert xulosasini olish.

4. Tender savdolari orqali pudrat tashkilotini aniqlash, shartnoma tuzish hamda rekultivatsiya ilish.

2026-yil davomida

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

 

237.

Sanitar tozalash xizmatlari qamrovini oshirish uchun 80 ta katta va kichik hajmdagi chiqindi tashuvchi maxsus texnika xarid qilish.

1. Chiqindi tashuvchi maxsus texnikaga ehtiyoji mavjud boʻlgan korxonalarni aniqlash.

2. Chiqindi tashuvchi maxsus texnika xaridi boʻyicha yetkazib beruvchilar bilan shartnoma imzolash.

3. Chiqindi tashuvchi maxsus texnikani xarid qilish va sanitar tozalash korxonalariga foydalanishga topshirish.

2026-yil davomida

Sanitar tozalash korxonalari mablagʻi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov)

 

238.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami 1950 ta maishiy chiqindi konteynerlarini oʻrnatish.

1. Maishiy chiqindi konteynerlariga ehtiyoji mavjud boʻlgan korxonalarni aniqlash.

2. Maishiy chiqindi konteynerlarini yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzish.

3. Maishiy chiqindi konteynerlarini xarid qilish va chiqindi yigʻish shoxobchalariga joylashtirish.

2026-yil davomida

Sanitar tozalash korxonalari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov)

 

73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash boʻyicha keskin choralar koʻrish

 

Ijro uchun asosiy masʼulEkologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (A. Abduxakimov)

 

239.

Atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 1,5 foizga kamaytirish.

1. Yangi ishga tushirilayotgan ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarining ifloslantiruvchi manbalarida samaradorligi 99,5 foizdan kam boʻlmagan chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatishni tashkil etish.

2. Atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga mansub 122 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilishni tashkillashtirish.

2026-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari

 

IV. QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH

 

74-maqsad: Aholi farovonligini taʼminlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari oʻrtasidagi “tayanch koʻprik”ka aylantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev) va Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

 

240.

Har bir mahallaning 3D raqamli modelini joriy etish.

Har bir mahallada infratuzilma obyektlarida avariyalarni oldindan hisoblash, taʼmirlashni rejalashtirish va resurslarni manzilli taqsimlash imkonini yaratish maqsadida kommunal tarmoqlar (suv, gaz, elektr), yoʻllar va qurilishlarni simulyatsiya va prognoz qiladigan 3D raqamli modelni mahalla darajasida ishlab chiqish.

2026-yil noyabrdan boshlab reja-grafikka asosan

Ijrochilar mablagʻlari

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,

“Hududgaztaʼminot” AJ

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov)

 

241.

Ijara bazasini toʻliq shakllantirish va soliq-ijara-mahalla platformalarini integratsiya qilish boʻyicha takliflarni

Profilaktika ishlarini oldindan rejalashtirish, noqonuniy ijara va soliqdan qochish holatlarining oldini olish, xavfsizlikka oid chora-tadbirlarni belgilash maqsadida koʻp qavatli uylar boʻyicha ijara asosida yashovchilar reyestrini “mahalla yettiligi”ning boshqa vakillari tomonidan ham yuritish, ijara shartnomasi tuzilishini taʼminlash hamda ijara.uz va soliq.uz maʼlumotlarini mahalla raisi/profilaktika inspektori platformasiga integratsiya qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2026-yil may

-

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

 

242.

Mahallalarda transport harakati xavfsizligini va ichki yoʻllar sifatini taʼminlash.

Mahallalardagi ichki yoʻllarni oʻrgangan holda ularning holati va aholi zichligidan kelib chiqib, ayrimlarida ichki koʻchalarda ogʻir yuk tashuvchi transport vositalarining harakatini cheklash.

2026-yil iyundan boshlab reja-grafikka asosan

-

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev)

 

76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

 

243.

Davlat nazorat funksiyalarini fuqarolar hayoti, sogʻligi va xavfsizligini qatʼiy taʼminlashga yoʻnaltirish.

1. Davlat nazorat funksiyalarini xatlovdan oʻtkazib, ularning roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Davlat nazoratini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar

 

2. Davlat nazorat funksiyalarini fuqarolar hayoti, sogʻligʻi va xavfsizligini qatʼiy taʼminlashga yoʻnaltirish nuqtai nazaridan tahlil qilish.

2026-yil iyun

 

3. Tahlil natijasida ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil avgust

 

77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

 

244.

Ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda zarur boʻladigan hujjat va maʼlumotlarni mustaqil ravishda olish imkoniyatini yaratish, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyili asosida soddalashtirish.

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilgan 15 ta davlat xizmatlarini ulardan foydalanish uchun ariza toʻldirish jarayonlarida ortiqcha formal tartiblarni bekor qilish hamda zarur hujjatlarni davlat idoralarining elektron bazalaridan aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilmagan holda avtomatik tarzda olish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish.

2. Xizmat koʻrsatish jarayonlari soddalashtirilgan davlat xizmatlari boʻyicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga tegishli texnik oʻzgartirishlar kiritish.

2026-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

 

245.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmatlar va servislar sonini oshirish.

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmatlar va servislar sonini 880 taga yetkazish.

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining qulayliklarini ommaviy axborot vositalari va boshqa usullar orqali targʻib qilish.

2026-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

 

246.

YIDXPda fuqaro nomiga nechta bank kartasi va nechta sim-karta rasmiylashtirilganini faqat oʻzi koʻrishi hamda zarur hollarda ushbu kartalar yoki raqamlarni bevosita YIDXP orqali yopish uchun ariza yuborish imkoniyatini beruvchi xizmatni yoʻlga qoʻyish.

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida quyidagi imkoniyatlarni yaratish:

fuqarolarga oʻz nomiga nechta bank kartasi va nechta mobil aloqa raqami rasmiylashtirilganini koʻrish;

zarur hollarda portal orqali ushbu kartalar yoki raqamlarni yopish uchun ariza yuborish imkoniyatini yaratish.

2. Banklar va mobil aloqa operatorlarining axborot tizimlari bilan xavfsiz API orqali integratsiya oʻrnatish, real vaqt rejimida maʼlumot almashish imkoniyatini yaratish.

2026-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar, aloqa operatorlari, tijorat banklari

 

Ijro uchun asosiy masʼulSanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (A. Rafiqov)

 

247.

Qoʻmitaning sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish hamda texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri pasportini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlarini raqamlashtirish.

Qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlardan foydalanish maqsadida ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish jarayonini davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil iyul

Ijrochilar mablagʻlari hisobidan

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

248.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorat qilishda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish.

1. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi qoidabuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil mart

Mablagʻ talab etilmaydi

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil may

 

3. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil avgust

 

78-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

 

249.

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish ishlarini davom ettirish.

Davlatning sohalardagi ishtirokini kamaytirish maqsadida yongʻin xavfsizligi, uy-joy kommunal xoʻjaligi, avtomobil yoʻllari qurilishi, transport kabi sohalarda xususiy sektor ulushini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil may

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

79-maqsad: Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida)

 

250.

Oliy Majlis Senati qoʻmitalarining ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tahlil markazlari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

1. Senat qoʻmitalari tomonidan oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tahlil markazlari roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil mart

Mablagʻ talab etilmaydi

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

2. Senat qoʻmitalari tomonidan hamkorlik qilish mumkin boʻlgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tahlil markazlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash.

2026-yil mart

 

3. Memorandumlar asosida Senat qoʻmitalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tahlil markazlari oʻrtasida hamkorlik rejalarini tasdiqlash.

2026-yil mart

 

4. Senat qoʻmitalari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va tahlil markazlari hamkorligini tizimli tashkil qilish.

Doimiy

 

80-maqsad: Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uygʻunligini taʼminlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida)

 

251.

Norma ijodkorligi jarayonining sifati va samaradorligini oshirishda keng jamoatchilik imkoniyatlaridan unumli foydalanish.

Qonun loyihalarini koʻrib chiqish va parlament nazoratini amalga oshirishda keng jamoatchilik fikrini oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida sotsiologik tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazish, shu jumladan, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi imkoniyatidan samarali foydalanish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil aprel

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markaziga ajratilgan davlat budjeti mablagʻlari doirasida

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

252.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishning huquqiy va institutsional asoslarini yaratish.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi jarayoniga, shu jumladan, maʼlumotlarni, qonunchilik hujjatlarini, xorijiy davlatlar tajribasini tahlil qilishda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish choralarini koʻrish. Bunda:

rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotini oʻrganish;

sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishning huquqiy va institutsional asoslarni yaratish;

infratuzilma va texnologiyalarni tayyorlash;

kadrlar salohiyatini oshirish;

sunʼiy intellekt asosidagi dasturiy yechimlarni yaratish;

tajriba (pilot) loyihalarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

2026-yil iyun

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Vazirlar Mahkamasi (Sh. Sadikov)

 

253.

Qabul qilinayotgan qonunlardagi havolaki normalarning bajarilishi hamda ulardagi qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi ustidan nazoratning taʼsirchanligini yanada oshirish.

Qabul qilingan qonunlardagi havolaki normalarda nazarda tutilgan qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻliq ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi masalasini har yarim yilda bir marta Vazirlar Mahkamasining Rayosatida koʻrib chiqish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil mart

-

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

254.

Ayrim qonunchilik hujjatlaridagi amalga oshirish mexanizmlari bilan taʼminlanmagan normalar va huquqiy boʻshliqlar natijasida yuzaga kelgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Reja-grafik asosida amaldagi qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash.

2026-yil noyabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

81-maqsad: Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Boshqaruv samaradorligi agentligi (U. Xusainov)

 

255.

Davlat xizmatining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlash tizimini yaratish.

1. Iqtidorli xotin-qizlar orasida “Rahbar ayollar maktabi”ga qabul doirasida maqsadli tanlovlar eʼlon qilib, kamida 50 nafar xotin-qizlarning maxsus oʻquv dasturi asosida boshqaruvga oid koʻnikmalarini oshirish.

2. Onlayn platforma (Davlat fuqarolik xizmatchilarining oʻzini oʻzi rivojlantirish platformasi) orqali 20 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning bilimlari va kasbiy koʻnikmalarini oshirish.

2026-yil davomida

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning oʻz mablagʻlari

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

 

82-maqsad: Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida)

 

256.

Fuqarolarning jamoaviy murojaat qilishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash ishlarini yanada kuchaytirish,.

“Mening fikrim” veb-portalini quyidagilar hisobiga yangi talablar asosida ishlab chiqish:

veb-portaldan foydalanish tartibini soddalashtirish;

“Mening fikrim” veb-portaliga elektron jamoaviy murojaatni joylashtirish toʻgʻrisidagi yoki joylashtirishni rad etish haqidagi masalani dastlabki tarzda koʻrib chiqish boʻyicha ishchi komissiya faoliyatini raqamlashtirish.

2026-yil noyabr

Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar

doirasida

Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti

(A. Toshpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi (K. Rafikov)

 

257.

Mehnatkashlar ish jarayonida duch kelayotgan muammo va takliflarini Hukumat, vazirliklar, idoralar va kasaba uyushmalari vakillari bilan muhokama qilish orqali yechim topishga erishish.

1. Davra suhbatlarini oʻtkazish.

2. Dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni muhokama qilish uchun kasaba uyushmalari faollari va ish beruvchilarning Hukumat, vazirliklar, idoralar vakillari bilan jamoatchilik eshituvlarini tashkil etib borish.

2026-yil oktabr

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

83-maqsad: Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha habga aylantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida)

 

258.

Fuqarolik jamiyati institutlariga muloqot maydonini yaratish va ularning faolligini munosib ragʻbatlantirish.

1. Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlar sarhisobiga bagʻishlangan “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ni oʻtkazish.

2. Faol fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash.

2026-yil dekabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Manfaatdor vazirlik va idoralar

Fuqarolik jamiyati institutlari

(kelishuv asosida)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

 

259.

Xayriya tashkilotlari va jamgʻarmalarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirishning zamonaviy mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Xayriya tashkilotlari va jamgʻarmalarini tashkil etish tartibini soddalashtirish.

2. Ular faoliyatida majburiy audit, hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlarni joriy etish nazarda tutiladi.

2026-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

260.

Nodavlat notijorat sektorda faoliyat yuritayotgan yosh va istiqbolli kadrlarni qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.

Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasining tavsiyasi asosida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ustamalar toʻlab borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2026-yil iyun

-

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

 

Ijro uchun asosiy masʼul — “Yuksalish” umummilliy harakati (kelishuv asosida)

 

261.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan taʼsis etilgan Xalqaro demokratiya kuni (The International Day of Democracy) munosabati bilan demokratik boshqaruvda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va oʻrni mavzusida Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumini tashkil etish.

1. Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumini Samarqand shahrida tashkil etish.

2. Forumda mintaqadagi dolzarb ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishda, shuningdek, davlat boshqaruvida fuqarolik jamiyatining ishtirokini muhokama qilish, mintaqaviy birdamlik va hamjihatlik gʻoyalarini ilgari surish.

3. Forum yakunlari boʻyicha Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati vakillarining qoʻshma rezolyutsiyasini qabul qilish.

2026-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi,

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi,

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

 

262.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari uchun “Ijtimoiy taʼsirlar va notijorat tashkilotlarni boshqarish” (Social Impact & Nonprofit Management) qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini joriy etish.

1. Nodavlat notijorat tashkilotlarning kasbiy va institutsional salohiyatini oshirish, xodimlarning loyihaviy yondashuv asosida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtirokini taʼminlash nazarda tutiladi.

2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida shartnoma asosida tashkil etiladigan 3-4 haftalik maxsus kurs yoʻlga qoʻyiladi.

3. Maxsus kursda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tavsiyasiga koʻra malaka oshirish kurslari uchun 50 foizlik chegirma joriy qilinadi. Bunda ushbu chegirma kelgusida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

2026-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi,

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

 

263.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi va autsorsing mexanizmlari orqali nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarining davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Davlat organlariga respublika budjetidan mablagʻ ajratishda fuqarolik jamiyati institutlari uchun davlat ijtimoiy buyurtmasiga majburiy kvotalarni belgilash.

2. Autsorsingga oʻtkaziladigan davlat funksiyalari roʻyxatini shakllantirish.

3. Ayrim davlat funksiyalarini nodavlat notijorat tashkilotlarga autsorsing asosida oʻtkazish hajmini bosqichma-bosqich oshirib borish.

4. Nodavlat notijorat tashkilotlarga autsorsing asosida oʻtkazilgan funksiyalar ijrosining samaradorligi baholanib, natijalarga koʻra kvotalar va mexanizmlarni bosqichma-bosqich takomillashtirib borish.

2026-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi

(kelishuvga koʻra)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

 

264.

Tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy jarayonlardagi faolligini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Takliflarda oʻz faoliyatida korporativ-ijtimoiy masʼuliyat tizimini joriy qilgan va nodavlat notijorat tashkilotlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga sarmoya kiritgan (xayriya, korporativ badallar, nodavlat notijorat tashkilotlar uchun daromad keltiradigan tadbirlarni tashkil etish, xizmatlar koʻrsatish kabi usullar orqali) tadbirkorlik subyektlariga nisbatan imtiyozlarni tatbiq etish masalalari nazarda tutiladi.

2026-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Soliq qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

“Yuksalish” harakati

(kelishuvga koʻra)

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov)

 

265.

Sunʼiy idrokka asoslangan “Oʻzbekiston Milliy fotobanki”ni yaratish va arxiv fotosuratlarini raqamli formatga oʻtkazish.

1. Loyiha konsepsiyasi, texnik topshiriq va yuritish tartibini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish hamda tasdiqlash.

2026-yil may

Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi

(U. Yusupov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

2. “Oʻzarxiv” agentligida mavjud fotosuratlarni raqamli formatga oʻtkazish.

2026-yil sentabr

 

3. Sunʼiy idrokka asoslangan “Fotobank”ni ishga tushirish.

2026-yil dekabr

 

4. Davlat tashkilotlari va idoralari fotobankda oʻzlari uchun alohida sahifa ochgan holda arxividagi hamda joriy fotosuratlarni yuklab borishini tashkil qilish.

Doimiy

 

5. Fotobankni doimiy yangilab borish.

Doimiy

 

84-maqsad: Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼulInson huquqlari boʻyicha Milliy markaz (A. Saidov)

 

266.

Inson huquqlari boʻyicha V Samarqand forumini oʻtkazish.

1. Inson huquqlari boʻyicha xalqaro paktlar qabul qilinganining 60 yilligiga bagʻishlangan Forum konsepsiyasi va yakuniy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Inson huquqlari boʻyicha V Samarqand Forumini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Forumni yuqori saviyada oʻtkazish.

2026-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) (F. Eshmatova)

 

267.

Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish doirasida sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish.

1. Mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari bilan birgalikda ishchi guruh tashkil etish.

2026-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

 

2. Xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish. Jumladan:

sohani raqamlashtirish:

sohada sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish;

boshqa organlar axborot tizimlariga integratsiya qilish;

tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;

institut rolini yanada oshirish.

2026-yil aprel

 

3. Inson huquqlarini himoya qilish sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

4. Ombudsman va uning vakillarining har chorakda ommaviy ochiq hisobotlar berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

5. Hududiy vakillar faoliyatini kuchaytirish uchun mobil qabul kunlari va onlayn qabullar tizimini joriy etish.

2026-yil sentabr

 

86-maqsad: Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

 

268.

Jahon odil sudlov loyihasi tashkiloti ekspertlarini jalb qilgan holda Huquq ustuvorligi indeksida mamlakatimiz oʻrnini yaxshilash va hududlarning huquq ustuvorligi indeksini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Jahon odil sudlov loyihasi tashkiloti bilan muzokaralar oʻtkazish hamda shartnoma tuzish choralarini koʻrish.

2. Loyihani amalga oshirish uchun xalqaro donorlar hisobidan shartnomada koʻrsatilgan miqdorda va muddatlarda moliyalashtirish choralarini koʻrish.

2026-yil aprel

Sud organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi va Adliya vazirligining jamgʻarma mablagʻlari hisobidan

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov), Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

269.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotini (OYECD) jalb qilgan holda boshqaruv samaradorligi hamda odil sudlov tizimini kompleks takomillashtirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

1. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OYECD) bilan muzokaralar oʻtkazish hamda shartnoma tuzish choralarini koʻrish.

2. Loyihani amalga oshirish uchun xalqaro donorlar hisobidan shartnomada koʻrsatilgan miqdorda va muddatlarda moliyalashtirish choralarini koʻrish.

2026-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari hisobidan

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,

Boshqaruv samaradorligi agentligi

(B. Xusainov),

Oliy sud

(B. Islamov)

 

87-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Ichki ishlar vazirligi (A.Tashpulatov) va Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

 

270.

Shaxsga doir va bank kartasi maʼlumotlarini begona shaxslarga taqdim etish oqibatlarining oldini olish va “soxta qoʻngʻiroq” virusli dasturlar yordamida mobil qurilmaning boshqaruvini qoʻlga kiritish, sunʼiy intellekt yordamida tasvirlarni soxtalashtirish, mulkiy zarar yetkazish va shu kabilarning oldini olishga qaratilgan aholini barvaqt ogohlantirish orqali salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan aloqa operatorlari orqali SMS-xabarnoma yuborish hamda OAVlarining “prime time” vaqtlarida bepul eʼlon berish tartibini ishlab chiqish.

1. Shaxsga doir va bank kartasi maʼlumotlarini begona shaxslarga taqdim etish oqibatlarining oldini olish va “soxta qoʻngʻiroq” virusli dasturlar yordamida mobil qurilmaning boshqaruvini qoʻlga kiritish, sunʼiy intellekt yordamida tasvirlarni soxtalashtirish, mulkiy zarar yetkazish va shu kabilarning oldini olishga qaratilgan aholini barvaqt ogohlantirish orqali salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan OAVlarining “prime-time” vaqtlarida bepul eʼlon berish tartibini ishlab chiqish.

2. Kiberjinoyatlarning yangi turlari va shakllaridan ogohlantirib, himoyalanish boʻyicha choralarni tushuntiruvchi davlat va nodavlat teleradiokanallar orqali “prime-time” vaqtlarda tartibini jamoatchilikka yetkazishni bepul amalga oshirish tartibini joriy etish.

2026-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari hisobidan

MTRK

(A. Djurabayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Koʻchimov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev),

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi

(O. Xodjakbarov),

manfaatdor vazirlik va tashkilotlar

 

271.

Mobil qurilmalarning oʻziga xos identifikatsiya kodlarini noqonuniy oʻzgartirish hamda shaxs nomiga uning xabarisiz SIM-karta rasmiylashtirish holatlarining oldini olish boʻyicha tashkiliy-texnik choralarni amalga oshirish.

1. Xorijiy davlatlarda yoʻqotilgan, oʻgʻirlangan va noqonuniy yoʻl bilan olib kirilgan (klonlashtirilgan) mobil qurilmalardan bosqichma-bosqich respublika hududida foydalanishni texnik cheklash choralarini koʻrish.

Alohida reja asosida

-

Davlat xavfsizlik xizmati

(B. Kurbanov),

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi

(O. Xodjakbarov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O. Mirzayev)

 

2. Ichki ishlar vazirligi va Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazida mobil qurilmalarning IMEI kodlari oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida xulosa berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish va IMEI kodlarni klonlashtirish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni aniqlashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish.

2026-yil aprel

 

3. SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartadan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun) va eSIM rasmiylashtirish, almashtirishning barcha jarayoni (barcha statsionar ofislar, koʻchma shoxobchalar va elektron platformada)da jismoniy shaxsning yuz tasviri (Face-ID) tasdiqlovi asosida identifikatsiya qilish tartibini majburiy talab sifatida belgilash.

2026-yil iyun

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

 

272.

Raqamli kriminalistikani takomillashtirish.

Sohaga masʼul tashkilotlarda raqamli kriminalistika, ekspertiza va maxsus tadqiqotlar oʻtkazishga ixtisoslashgan boʻlinma tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil iyun

-

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Toshkent davlat yuridik universiteti

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev)

 

273.

Bezorilik va zoʻravonlik jinoyatlari uchun jazo choralarini kuchaytirish

Soʻnggi besh yillik statistika dinamikasiga koʻra ortib borayotgan bezorilik va zoʻravonlik elementlari mavjud jinoyatlar uchun jazo choralarini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil may

-

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov)

 

88-maqsad: Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

 

274.

Advokatlarga himoya ostidagi shaxslar bilan qamoqda saqlash joylari, tergov hibsxonalari, axloq tuzatish muassasalari, jazoni ijro etish muassasalari va boshqa maxsus muassasalarda uchrashuvlar oʻtkazish uchun elektron navbat olish imkoniyatini yaratish.

1. Elektron navbat olish imkoniyatini yaratish uchun “Yuridik yordam” axborot tizimi va Ichki ishlar vazirligining tegishli axborot tizimi bilan integratsiya qilishga qaratilgan loyihaning texnik topshiriq hujjatlarini ishlab chiqish.

2026-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi

(A. Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

Advokatlar palatasi

(kelishuv asosida)

 

2. Elektron navbat olish imkoniyatining dasturiy taʼminotini yaratish.

2026-yil avgust

 

3. Elektron navbat olish imkoniyatini ishga tushirish.

4. Elektron navbat tizimining ishonchli ishlashini taʼminlash uchun zaxira (backup) mexanizmlarini joriy etish.

5. Advokatlar uchun elektron navbat olish jarayoni boʻyicha qoʻllanma va videoyoʻriqnomalar tayyorlash.

6. Tizim orqali navbatlarni bekor qilish va oʻzgartirish imkoniyatini joriy etish.

7. Elektron navbat tizimi faoliyatini baholash uchun advokatlar fikrlarini muntazam oʻrganish.

2026-yil sentabr

 

275.

Advokatlar malakasini oshirishning zamonaviy va xalqaro standartlarga mos keluvchi va muqobillik tamoyiliga asoslangan tizimini joriy etish.

1. Malaka oshirish kursi doirasini qisqa muddatli tarzda sohalarga ajratish hamda advokat oʻzi qaysi kursda qatnashishni erkin tanlash imkoniyatini yaratish.

2. Oʻquv xonalarini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash.

3. Keyslar asosida ishlash uchun alohida oʻquv soatlarini ajratish.

2026-yil davomida

-

Advokatlar palatasi

(kelishuv asosida),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish

 

Ijro uchun asosiy masʼul — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov)

 

276.

“Open Data Challange” xakatonini oʻtkazish.

Ochiq maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda davlat idoralari faoliyati ochiqligini taʼminlash, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashishga xizmat qiluvchi dasturiy taʼminotlar, onlayn platformalar ishlab chiqish boʻyicha tanlov oʻtkazish.

2026-yil oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi

Milliy statistika qoʻmitasi

(B. Hamrayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

277.

Davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirib borish.

1. “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida 30 ming nafar davlat xizmatchisini korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitish.

Bunda oʻqitish jarayonida nazariy bilimlar bilan birga amaliy keyslar va simulyatsiyalardan foydalanish.

2. Oʻqitish jarayonlariga xalqaro ekspertlarni jalb etish, oʻquv uslubiy qoʻllanmalar va oʻquv dasturlarini takomillashtirish.

3. Oʻqitish natijalarini monitoring qilgan holda davlat xizmatchilarini belgilangan muddatda oʻqitish boʻyicha majburiy talablarga rioya etmagan tashkilotlarga taqdimnoma kiritish.

2026-yil davomida

Vazirlik va idoralar mablagʻlari,

xalqaro donorlar mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

(S. Samadov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

 

278.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaning oldini olishga doir qonunchilikdagi cheklovlar boʻyicha yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarda real vaqt rejimida maslahatlar beruvchi chat-bot ishga tushirish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy veb-sayti va “E-anticor” ochiq platformasida manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaning oldini olishga doir qonunchilikdagi cheklovlar boʻyicha yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarda real vaqt rejimida maslahatlar beruvchi “Maslahatchi” interaktiv xizmati (chat-bot) modulini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi

Manfaatdor vazirlik va idoralar

 

279.

    Davlat xaridlarida korrupsiyasiz va adolatli raqobatni taʼminlash.

    Davlat xaridlarida affillangan shaxslarning bir lotda ishtirokini avtomatik cheklab, inson omilisiz avtomatik tekshiruv va bloklash tizimini joriy etish, qoidani buzgan subyektlar uchun “insofsiz ijrochilar” reyestrini shakllantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

    2026-yil iyun

    -

    Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

    (B. Xaydarov)

     

    280.

      Davlat organlari va tashkilotlarida ichki hujjat aylanmalarini tizimli va qonuniy tashkil etish choralarini koʻrish.

      Ijro uchun asosiy masʼul — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov)

       

      1. Davlat organlari va tashkilotlarida barcha turdagi ichki buyruq va qarorlarni (shu jumladan shaxsga doir maʼlmuotlarni egasizlantirilgan tarzda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaror, Farmon va farmoyishlari bilan tashkil etilgan barcha komissiya va kengashlarning bayonnomalarini qogʻoz shaklda qabul qilishni bekor qilib, majburiy tartibda “E-qaror” tizimi orqali qabul qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish (qonuchilikka muvofiq davlat siri bilan bogʻliq masalalaridan tashqari).

      2026-yil 20-mart

      -

      Adliya vazirligi

      (A. Tashkulov),

      Raqamli texnologiyalar vazirligi

      (Sh. Shermatov)

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — barcha vazirlik va idoralar

       

      2. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan barcha turdagi ichki buyruq va qarorlarni (shu jumladan shaxsga doir maʼlmuotlarni egasizlantirilgan tarzda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaror, Farmon va farmoyishlari bilan tashkil etilgan barcha komissiya va kengashlarning bayonnomalarini qogʻoz shaklda qabul qilishni bekor qilib, majburiy tartibda “E-qaror” tizimi orqali qabul qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish (qonuchilikka muvofiq davlat siri bilan bogʻliq masalalaridan tashqari).

      2026-yil 1-aprel

      -

      -

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) va Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

       

      3. Davlat organlari va tashkilotlaridagi Komplayens va ichki nazorat xizmatlari tomonidan mazkur tartibni nazorat qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

      2026-yil 1-maydan boshlab har oyda doimiy

      -

      Raqamli texnologiyalar vazirligi

      (Sh. Shermatov)

       

      V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH

       

      90-maqsad: Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

       

      281.

      BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish.

      1. Delegatsiya tarkibini shakllantirish va oʻrnatilgan tartibda kelishish.

      2. Delegatsiyaning ishtiroki bilan bogʻliq mazmuniy jihatlarni ishlab chiqish.

      3. BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasi tadbirlarida yuqori saviyada ishtirok etish.

      2026-yil sentabr

      -

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      282.

      Oʻzbekiston Respublikasi va BMTning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.

      1. Oʻzbekistonda BMT Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasining mintaqaviy vakolatxonasini ochish.

      2026-yil sentabr-oktabr

      -

      Davlat xavfsizlik xizmati

      (B. Kurbanov),

      Ichki ishlar vazirligi

      (A. Tashpulatov),

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov),

      Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

      (E. Aripov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      2. Oʻzbekiston Respublikasi va BMTning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha 2026-2027-yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

      2026-yil mart

       

      3. BMTning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi shafeligidagi Markaziy Osiyoda reabilitatsiya va reintegratsiya masalalari boʻyicha mintaqaviy ekspertlar kengashini Xalqaro kompetensiyalar markaziga aylantirish.

      2026-yil sentabr-oktabr

       

      283.

      Oʻzbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar (SHHT, TDT, IHT va boshqalar) bilan istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlarida faol hamkorlikni davom ettirish.

      1. Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama diplomatiya yoʻnalishidagi faoliyati tizimli shaklda amalga oshirilishini taʼminlash.

      2. Tegishli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatida oʻrnatilgan tartibda ishtirok etish.

      3. Ushbu tuzilmalar doirasidagi sammit va uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik koʻrish, Oʻzbekiston hamda xalqaro hamjamiyat manfaatlariga javob beradigan yangi tashabbuslarni ishlab chiqish.

      2026-yil davomida

      -

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      Ijro uchun asosiy masʼulUrbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

       

      284.

      Aholi punktlari dasturining (BMT-Habitat) 13-Jahon urbanizatsiya forumida ishtirok etish.

      1. Delegatsiya tashrifi bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal qilish.

      2. Jahon urbanizatsiya forumida yuqori saviyada ishtirok etish.

      2026-yil may

      -

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      91-maqsad: Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish

       

      Ijro uchun asosiy masʼulOliy Majlis palatalari (kelishuv asosida)

       

      285.

      Qoʻshni davlatlar parlamentlari bilan oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish hamda parlament diplomatiyasini samarali amalga oshirish.

      Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari parlamentlari qoʻmitalari bilan Oliy Majlis palatalari qoʻmitalarining hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish.

      Bunda qoʻshni davlatlar parlamentlarining tegishli qoʻmitalari bilan qoʻshma tadbirlar oʻtkazish amaliyotini joriy etish.

      2026-yil davomida

      -

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov)

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

       

      286.

      Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlar bilan ahil qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash, oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

      1. Markaziy Osiyo davlatlari bilan oliy darajadagi muloqot va ikki tomonlama hamkorlikning barcha formatdagi mexanizmlari asosida (hukumatlararo komissiyalar, siyosiy maslahatlashuvlar, parlamentlararo hamkorlik komissiyasi va boshqalar) yigʻilishlarni doimiy tashkil etib borish.

      2. Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining navbatdagi sakkizinchi Maslahat uchrashuvida yuqori saviyada ishtirok etish.

      3. Markaziy Osiyo davlatlari doirasida ekspertlar muloqotini har tomonlama kengaytirish, jumladan, “Markaziy Osiyo+” formatida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, mintaqa davlatlari yetakchi tahliliy va tadqiqot markazlari bilan mavjud hamkorlikni mustahkamlash va chuqurlashtirish.

      2026-yil davomida

      -

      Markaziy Osiyo xalqaro instituti

      (J. Vaxabov),

      Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

      (E. Aripov),

      Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

      (X. Asadov),

      mutasaddi vazirlik va idoralar,

      Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

      (U. Abidxadjayev)

       

      Ijro uchun asosiy masʼulDavlat xavfsizlik xizmati (B. Kurbanov)

       

      287.

      Markaziy Osiyo mintaqasida kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha uzoq muddatga moʻljallangan alohida dastur ishlab chiqish.

      1. Dastur ishlab chiqish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish va hujjatning loyihasi va konsepsiyasini ishlab chiqish.

      2. Hujjat loyihasini qoʻshni mamlakatlarga yuborish, ular bilan ishlash va kelishish.

      3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      2026-yil dekabr

      -

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      Raqamli texnologiyalar vazirligi

      (Sh. Shermatov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      Ijro uchun asosiy masʼulMillatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita (K. Sariyev)

       

      288.

      Qoʻshni davlatlarning millatlararo munosabatlar sohasidagi vakolatli idoralari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash.

      Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari millatlararo munosabatlar sohasidagi vakolatli idoralari bilan Millatlararo munosabatlar qoʻmitasi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish.

      Bunda qoʻshni davlatlarning millatlararo munosabatlar sohasidagi vakolatli idoralari bilan hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha ikki tomonlama kelishuvlarga erishish, oʻzaro muloqot platformasini shakllantirish va qoʻshma madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

      2026-yil davomida

      -

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      Ijro uchun asosiy masʼulDin ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev)

       

      289.

      Qoʻshni davlatlarning diniy-maʼrifiy sohaga masʼul davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish.

      Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari diniy-maʼrifiy sohaga masʼul davlat organlari bilan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash.

      Bunda qoʻshni davlatlarning diniy-maʼrifiy sohaga masʼul davlat organlari bilan oʻzaro doimiy muloqot maydonini yaratish, diniy-maʼrifiy sohada qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, oʻzaro tajriba almashish, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi bazasida soha vakillarini oʻqitish, malakasini oshirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

      2026-yil davomida

      -

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      Davlat xavfsizlik xizmati

      (B. Kurbanov)

       

      92-maqsad: Anʼanaviy sheriklar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qoʻshilish

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

       

      290.

      Rossiya Federatsiyasi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini tizimli asosda rivojlantirish.

      1. Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlari bilan strategik sheriklik munosabatlarini muntazam ravishda mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

      2. Oʻzaro aloqalarda asosiy eʼtiborni iqtisodiy diplomatiyaga, hududlararo hamkorlikni kengaytirishga qaratish, bu borada tashkil etilayotgan tegishli tadbirlarning natijadorligini taʼminlash.

      3. MDH doirasida oʻtkaziladigan sammit va boshqa yirik tadbirlarning kun tartibi hamda dasturlarini belgilashda faol ishtirok etish, ularga puxta tayyorgarlik koʻrish.

      4. Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlari ekspert jamoalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, strategik sheriklik va mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek birgalikda tadbirlar va tadqiqotlar oʻtkazish.

      2026-yil davomida

      (tegishli tashkilot va davlatlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi-ning xalqaro faoliyat taqvimiga asosan)

      -

      Mutasaddi vazirlik va idoralar,

      Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

      (E. Aripov),

      Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

      (X. Asadov),

      Markaziy Osiyo xalqaro instituti

      (J. Vaxabov),

      Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

      (U. Abidxadjayev),

      Tashqi siyosat tadqiqotlari markazi

      (S. Valiyev)

       

      291.

      Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi hamda Janubiy-Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasining boshqa davlatlari bilan oʻzaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish.

      1. Xitoy Xalq Respublikasi bilan barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini muntazam ravishda mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

      2. Yaponiya, Koreya Respublikasi hamda Osiyo — Tinch okeani mintaqasining boshqa yetakchi davlatlari bilan keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini oʻzaro kelishuvlar asosida tizimli tarzda kengaytirib borish.

      3. Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan oʻzaro munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash. Bu yoʻnalishda oliy va yuqori darajalarda tegishli sammitlar hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

      4. Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarining tadqiqot tuzilmalari bilan aloqalarni har tomonlama rivojlantirish va ekspert muloqotini kengaytirish, birgalikda tadbirlar oʻtkazish orqali oʻzaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish.

      2026-yil davomida

      (tegishli tashkilot va davlatlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro faoliyat taqvimiga asosan)

      -

      Mutasaddi vazirlik va idoralar,

      Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

      (E. Aripov),

      Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

      (X. Asadov),

      Markaziy Osiyo xalqaro instituti

      (J. Vaxabov),

      Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

      (U. Abidxadjayev),

      Tashqi siyosat tadqiqotlari markazi

      (S. Valiyev)

       

      292.

      AQSH va Amerika qitʼasi davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirish va mazmunan boyitib borish.

      1. AQSH bilan yangi davrdagi strategik sheriklik aloqalarining uzviyligini taʼminlash hamda turli yoʻnalishlarda muntazam ravishda mustahkamlab borish choralarini koʻrish, xususan, siyosiy muloqot, parlamentlararo hamkorlik aloqalari hamda iqtisodiy sheriklik munosabatlarini kengaytirish.

      2026-yil yakuniga qadar

      -

      Oliy Majlis Senati

      (kelishuv asosida),

      Qonunchilik palatasi

      (kelishuv asosida),

      Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

      (L. Kudratov),

      Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

      (E. Aripov),

      Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

      (X. Asadov),

      Markaziy Osiyo Xalqaro instituti

      (J. Vahabov),

      Makroiqtisodiy va mintaqaviy tadqiqotlar instituti

      (U. Abidxodjayev),

      Tashqi siyosat tadqiqotlari markazi

      (S. Valiyev)

       

      2. Kanada, Meksika, Braziliya, Argentina va Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlari bilan munosabatlarda yangi yoʻnalishlarni rivojlantirish, foydalanilmagan salohiyatni amalga oshirish choralarini koʻrish.

      3. AQSH va Amerika qitʼasi davlatlari bilan ekspert muloqotini kengaytirish orqali investitsiya, texnologiya va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini izlash va amalga oshirish.

      Oʻzaro kelishilgan muddatlarda

       

      293.

      Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish, keng koʻlamli sheriklik va amaliy hamkorlikning asoslarini mustahkamlash.

      1. Yevropa mamlakatlari bilan dolzarb yoʻnalishlar, jumladan, tashqi savdo, xorijiy investitsiyalar, innovatsiyalar, yashil iqtisodiyot, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, raqamlashtirish, bank-moliya tizimini modernizatsiya qilish hamda kapital bozori va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan oʻzaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish.

      2. Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan ekspert muloqotini rivojlantirish orqali siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, uzluksiz sheriklik va amaliy hamkorlik asoslarini mustahkamlash.

      2026-yil davomida

      -

      Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

      (L. Kudratov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar,

      Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

      (E. Aripov),

      Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

      (X. Asadov),

      Markaziy Osiyo xalqaro instituti

      (J. Vaxabov),

      Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

      (U. Abidxodjayev),

      Tashqi siyosat tadqiqotlari markazi

      (S. Valiyev)

       

      294.

      Arab-musulmon dunyosi, Yaqin va Oʻrta Sharq, Janubiy Osiyo hamda Afrika mintaqasidagi yetakchi davlatlar bilan yuqori surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan oʻzaro manfaatli munosabatlarni davom ettirish, ularga muntazam tus berish.

      1. Mazkur mintaqalardagi asosiy hamkor davlatlar bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvini yuqori saviyada tashkil etish.

      2026-yil davomida

      -

      Mutasaddi vazirlik va idoralar,

      Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

      (E. Aripov),

      Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

      (X. Asadov),

      Markaziy Osiyo xalqaro instituti

      (J. Vaxabov),

      Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

      (U. Abidxodjayev),

      Tashqi siyosat tadqiqotlari markazi

      (S. Valiyev)

       

      2. “Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari” strategik muloqotining ikkinchi sammitini yuqori darajada oʻtkazish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

      3. Oʻzbekiston manfaatlarini Islom hamkorlik tashkiloti, Osiyoda hamkorlik muloqoti, “MO-KADHK” formati va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida ilgari surish.

      4. Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mintaqasidagi asosiy hamkor davlatlar bilan navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlar hamda Hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlarini tashkil etish.

      5. Yuqoridagi chora-tadbirlarni chuqur ekspert muloqoti orqali qoʻllab-quvvatlash, xalqaro va mintaqaviy ekspert jamoalari bilan birgalikda tadbirlar oʻtkazish, doimiy aloqalarni saqlash hamda investitsiya, iqtisodiy va texnologik hamkorlik imkoniyatlarini izlash orqali strategik sheriklik va amaliy hamkorlikni mustahkamlash.

      oʻzaro kelishilgan muddatlarda

       

      295.

      Strategik hamkor mamlakatlar bilan oʻzaro ishonchli aloqalarni mustahkamlash, yangi sheriklarni jalb etish orqali xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish hamda global iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirok etishni taʼminlash.

      1. Oliy darajadagi tashriflar orqali xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish.

      2. xorijiy davlatlarning istiqbolli bozorlariga eksport hajmi va nomenklaturasini oshirish.

      3. Milliy manfaatlarni ilgari surish va himoya qilishda iqtisodiy diplomatiya samaradorligini oshirish va uni faollashtirish.

      4. Anʼanaviy strategik sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirish.

      5. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, chet ellarda mamlakatimizning yangi diplomatik vakolatxonalarini ochish.

      2026-yil davomida

      Diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

      Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

      (L. Kudratov)

       

      93-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo boʻlish

       

      296.

      Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlishi boʻyicha ikki va koʻp tomonlama muzokaralarni yakunlash.

      1. Tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish boʻyicha umumlashtirilgan yakuniy jadvalni shakllantirish.

      2. Ishchi guruh hisoboti loyihasining yakuniy tahririni barcha aʼzo davlatlar bilan kelishish.

      3. Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 12-yigʻilishini oʻtkazish.

      4. JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha bayonnoma loyihasini tayyorlash.

      2026-yil sentabr

      Davlat budjeti mablagʻlari doirasida

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

      (L. Kudratov),

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      297.

      Oʻzbekistonning JSTga aʼzoligini rasmiylashtirish

      1. JSTga aʼzo boʻlish toʻgʻrisidagi yakuniy hujjatlar jamlanmasini shakllantirish va JST aʼzolari tasdiqlashi uchun taqdim etish.

      2. Hujjatlar jamlanmasi tasdiqlangandan soʻng aʼzolikni rasmiylashtirish boʻyicha ichki tartib-taomillarni amalga oshirish.

      2026-yil dekabr

      Davlat budjeti mablagʻlari doirasida

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

      (L. Kudratov),

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      298.

      Milliy qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini JSTning qoida, meʼyor va bitimlariga moslashtirish ishlarini yakunlash

      1. “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Antidemping choralari toʻgʻrisida”, “Kompensatsiya choralari toʻgʻrisida”, “Muhofaza choralari toʻgʻrisida”gi qonun loyihalarini qabul qilish.

      2. JST talablari asosida qayta koʻrib chiqilgan texnik jihatdan tartibga solish, veterinariya va fitosanitariya sohasidagi qonunchilik hujjatlari qabul qilinishini taʼminlash.

      3. Milliy qonunchilikni JST bitimlariga uygʻunlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan qonunchilik hujjatlarini qabul qilish.

      2026-yil davomida

      -

      Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

      (L. Kudratov),

      Adliya vazirligi

      (A. Tashkulov),

      Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

      (A. Jumanazarov),

      Qishloq xoʻjaligi vazirligi

      (I. Abduraxmonov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      94-maqsad: Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — “Vatandoshlar” jamoat fondi (O. Sattarov)

       

      299.

      Vatandoshlar butunjahon qurultoyini oʻtkazish.

      1. Qurultoy konsepsiyasini ishlab chiqish.

      2. Davlatlar kesimida delegatlar roʻyxatini shakllantirish.

      3. Qurultoy oʻtkazish joyini belgilash.

      4. Ishtirokchilarga taklifnomalar yuborish, Qurultoyni oʻtkazish.

      2026-yil aprel

      Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondidan ajratiladigan mablagʻlar

      Tashqi ishlar vazirligi,

      (B. Saidov),

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

      300.

      “Yosh vatandosh yozuvchi” loyihasini Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda yosh ijodkorlarning Zomin seminari doirasida tashkil etish.

      1. Tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

      2. Ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish.

      3. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

      4. Ishtirokchilar ijodiy ishlarini toʻplam shaklida chop etish.

      2026-yil davomida

      Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondidan ajratiladigan mablagʻlar

      Tashqi ishlar vazirligi,

      (B. Saidov),

      Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

      (S. Saidov),

      MTRK

      (A. Djuraboyev)

       

      301.

      Xorijdagi vatandosh maktab oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekistonda oʻzbek tili va adabiyoti fani boʻyicha xalqaro fan olimpiadasini oʻtkazish.

      1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan tashkiliy masalalarni kelishish.

      2. Xalqaro olimpiadani oʻtkazishda ishtirok etadigan komissiya tarkibini belgilash va tasdiqlash.

      3. Xalqaro olimpiadaning xorijdagi hududiy bosqichlarini oʻtkazish.

      4. Olimpiada yakuniy bosqichini Toshkent shahrida oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.

      2026-yil may

      Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondidan ajratiladigan mablagʻlar

      Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

      (E. Karimova),

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov)

       

      302.

      Uzoq yillardan buyon xorijda istiqomat qilayotgan katta biznes egalari hisoblangan, yurtimizga investitsiyaviy salohiyatini oshirishga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan vatandoshlar ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot formatidagi tadbirlarning davomi sifatida Tadbirkor vatandoshlar forumini oʻtkazish.

      1. Tadbirkor vatandoshlar forumiga taklif etiladigan xorijdagi tadbirkor, katta biznes egalari hisoblangan vatandoshlar roʻyxatini shakllantirish, Forum konsepsiyasini ishlab chiqish;

      2026-yil may

      Davlat budjeti mablagʻlari,

      Savdo-sanoat palatasi va “Vatandoshlar” jamoat fondiga subsidiya tariqasida ajratilgan mablagʻlar

      Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

      (K. Sariyev),

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      “Vatandoshlar” jamoat fondi

      (O. Sattarov)

       

      2. Tadbirkor vatandoshlar forumini yuqori saviyada oʻtkazish.

      3. Forum doirasida vatandosh tadbirkorlarning yurtimizdagi tarixiy-madaniy maskanlarga tashriflarini tashkil etish.

      4. Forum yakunlariga koʻra xorijdagi vatandoshlarning iqtisodiy salohiyatini Oʻzbekiston taraqqiyotiga yoʻnaltirish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni faol qoʻllab-quvvatlash boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish.

      5. Faol vatandoshlarni “Vatandosh guvohnomasi” bilan taqdirlash boʻyicha takliflar kiritish.

      2026-yil iyun

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — “Vatandoshlar” jamoat fondi (O. Sattarov)

       

      303.

      Xorijdagi vatandoshlar jamoat birlashmalarini qoʻllab-quvvatlash, xorijda oʻzaro birlashgan vatandoshlar tarmoqlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar natijadorligini oshirish maqsadida ular oʻrtasida turli nominatsiyalar boʻyicha tanlovlar oʻtkazib borish.

      1. Xorijdagi vatandoshlar jamoat birlashmalari oʻrtasida oʻtkaziladigan turli tanlovlar nominatsiyalarini ishlab chiqish, eʼlon qilish.

      2026-yil mart

      Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondidan ajratiladigan mablagʻlar

      Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

      (K. Sariyev),

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      2. Yil davomida ushbu nominatsiyalar boʻyicha oʻtkazilgan tanlovlarda vatandosh jamoat birlashmalari ishtirokini baholab borish.

      2026-yil noyabr

       

      3. Vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash, xorijda oʻzaro birlashgan vatandoshlar tarmoqlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalarning samarali tashkil etgan vatandoshlar jamoat birlashmalari rahbarlari va faollarini tanlovlar nominatsiyalari boʻyicha taqdirlash marosimini Toshkent shahrida tashkil etish, gʻoliblarni munosib taqdirlash.

      2026-yil dekabr

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita (K. Sariyev)

       

      304.

      Tadbirkorlik platformalarini yaratish, jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ekologik barqarorlik, sifatli taʼlim kabi masalalarda oʻzaro fikr-mulohaza almashish maqsadida ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari hisoblangan xorijdagi vatandoshlarning doimiy muloqoti koʻrinishida “Uz Global Think” forumini tashkil etish.

      1. “Uz Global Think” forumini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhni tuzish, tadbir konsepsiyasi, tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

      2026-yil mart

      Davlat budjeti mablagʻlari,

      Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondidan ajratiladigan mablagʻlar

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      “Vatandoshlar” jamoat fondi

      (O. Sattarov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      2. “Uz Global Think” forumida qatnashadigan xorijdagi vatandoshlar roʻyxatlarini shakllantirish, ularga taklifnomalar yuborish.

      2026-yil aprel

       

      3. Forumning yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash.

      4. Forumda ilgari surilgan fikrlar asosida mamlakatimizning barqaror rivojlanish maqsad va vazifalariga xizmat qiluvchi takliflarni shakllantirib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      5. Har yili ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari hisoblangan xorijdagi vatandoshlarning doimiy muloqoti koʻrinishida “Uz Global Think” forumini tashkil etish boʻyicha hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      2026-yil may

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

       

      305.

      Xorijiy davlatlarda Alisher Navoiy markazlarini tashkil etish, “Navoiy oʻquvlari” doimiy ravishda oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish.

      1. Xorijiy davlatlardagi vakolatli idoralar, shuningdek, u yerda istiqomat qiluvchi oʻzbek diaspora faollari bilan Alisher Navoiy markazlarini tashkil etish boʻyicha maslahatlashuvlar olib borish.

      2026-yil may

      Davlat budjeti mablagʻlari

      Madaniyat vazirligi

      (O. Nazarbekov),

      Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

      (K. Sariyev),

      Yoshlar ishlari agentligi

      (A. Saʼdullayev),

      Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi

      (S. Saidov),

      Alisher Navoiy jamoat fondi

      (O. Davlatov)

       

      2. Ikki tomonlama kelishuvlar natijasiga koʻra Alisher Navoiy markazlarini tashkil etish.

      Kelishuvga koʻra

       

      3. Alisher Navoiy markazlarini asosiy faoliyat yoʻnalishlarini belgilab, uni roʻyxatdan oʻtkazish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻrish.

      4. Xorijiy davlatlarda jamoatchilik faollari, masʼul davlat idoralari vakillarini taklif qilgan holda “Navoiy oʻquvlari”ni doimiy ravishda tashkil etib borish amaliyotini joriy etish.

      2026-yil martdan boshlab doimiy ravishda

       

      95-maqsad: Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (B. Musayev)

       

      306.

      Hududlardagi aholi soni va mavjud ishsizlar sonidan kelib chiqqan holda xorijda aniqlangan ish oʻrinlarini hududlar kesimida taqsimlash hamda ushbu ish oʻrinlari asosida ishga ketmoqchi boʻlgan fuqarolarni xorijiy tillarga va kasb-hunarga oʻqitishni taʼminlash.

      1. Ishga joylashtirish boʻyicha chet davlatlar bilan kelishuvlar sonini 7 taga oshirish.

      2. “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida kelishuvga muvofiq aniqlangan ish oʻrinlariga nomzodlarni saralash va jalb etish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratish.

      3. Xorijda aniqlangan ish oʻrinlariga tanlab olingan nomzodlarni chet tillariga va kasb-hunarga birlamchi oʻqitish markazlarini tashkil etish.

      2026-yil davomida

      -

      Kasbiy taʼlim agentligi

      (A. Xusanov),

      Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

      (K. Sharipov)

       

      307.

      Xususiy bandlik agentliklari va ixtisoslashtirilgan markazlarning xorijiy til va kasb-hunarlarga oʻqitish qamrovini kengaytirish.

      1. Xorijdagi hamkor tashkilotlar va xususiy ish beruvchi vakillar talablarini oʻrganish va mehnat resurslarini tahlil qilish.

      2. Zamonaviy talablarga muvofiq ehtiyoj yuqori boʻlgan kasb-hunarlar va yangi yaratilayotgan ish oʻrinlarini aniqlash.

      3. Hududlar kesimida qaysi til va kasb-hunarlarga talab yuqori ekanini oʻrganish.

      4. Chet elga ketayotgan mehnat migrantlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun test natijalari asosida vaucher tizimi orqali xorijiy til va kasb-hunar kurslariga yoʻnaltirish.

      2026-yil davomida

      -

      Kasbiy taʼlim agentligi

      (A. Xusanov),

      Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

      (K. Sharipov)

       

      308.

      Oʻzbekiston fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishlari uchun xorijiy davlatlarda 350 ming boʻsh ish oʻrinlari aniqlash.

      1. Xorijiy davlatlarning salohiyatli ish beruvchi va rekruting kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazish.

      2. Muzokaralar natijasida Oʻzbekiston fuqarolari uchun boʻsh ish oʻrinlarini aniqlash.

      2026-yil davomida

      -

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov)

       

      309.

      Tashqi mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish doirasida yangi mehnat bozorlariga chiqish va mazkur yoʻnalishdagi tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha hamkorlikni jadallashtirish.

      1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tashkillashtirilgan tarzda xorijda ishga joylashishiga koʻmaklashish maqsadida xorijiy ish beruvchilar va rekrutinglar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash.

      2. Mazkur yoʻnalishdagi hukumatlararo kelishuvlar sonini 3 taga oshirish.

      2026-yil dekabr

      Migratsiya agentligi mablagʻlari

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov)

       

      310.

      Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan 250 ming nafar fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish.

      1. Agentlik bilan xorijiy ish beruvchilar va rekrutinglar oʻrtasida hamkorlik shartnomalarini imzolash.

      2. Xorijiy ish beruvchilar va rekrutinglar talabidan kelib chiqib, hududlarda tanlovlar tashkil etish.

      3. Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni xorijda ish bilan taʼminlash.

      2026-yil davomida

      -

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

       

      311.

      Migratsiya sohasida fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni toʻliq raqamlashtirish.

      1. Mehnat migratsiyasi yoʻnalishida fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish.

      2. Xizmat turlarini raqamlashtirish boʻyicha bosqichli tadbirlarni belgilash.

      3. Xizmatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      2026-yil dekabr

      -

      Raqamli texnologiyalar vazirligi

      (Sh. Shermatov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Migratsiya agentligi (B. Musayev)

       

      312.

      “Xavfsiz va tartibli migratsiya” tamoyili asosida 22 ming nafar xotin-qizlarni xorijiy tillar va mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish orqali xorijda yuqori daromadli ish oʻrinlariga joylashtirish.

      1. Xorijda ishlash istagidagi xotin-qizlar uchun oʻquv kurslarini tashkil etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

      2. Ish beruvchilar talabidan kelib chiqib oʻquv kurs dasturlarini ishlab chiqish va xotin-qizlar uchun oʻquv kurslarini tashkil etish.

      3. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarni xorijda ular uchun maqbul keladigan xorijiy ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilish va kelgusida ishga joylashtirish choralarini koʻrish.

      2026-yil davomida

      -

      Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

      (Z. Mahkamova),

      Kasbiy taʼlim agentligi

      (A. Xusanov),

      Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

      (B. Zoxidov),

      Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

      (K. Sharipov)

       

      96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — MTRK (A. Djuraboyev)

       

      313.

      Oʻzbekiston va xorijda roʻy berayotgan voqealarni oshkoralik, haqqoniylik tamoyillariga rioya etgan holda tezkor yoritish, aholining xilma-xil, xolis va ishonchli axborotga boʻlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan teleradiodasturlar tayyorlash.

      1. Mamlakatimizda va xorijda roʻy berayotgan muhim va dolzarb voqealarning tezkor yoritilishini taʼminlash.

      2. Informatsion teleradiodasturlar orqali taʼsirchan va tahliliy reportaj, intervyular hamda teleradiolavhalar tayyorlash.

      3. Aholining xilma-xil, xolis va ishonchli axborotga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida teleradiodasturlarni efirga tizimli uzatish.

      2026-yil davomida

      Ijrochilarning oʻz mablagʻlari hisobidan

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      314.

      Mamlakatimizda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, dunyoviy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar toʻgʻrisida aholi va chet el jamoatchiligini xabardor qilishga doir teleradio mahsulotlar tayyorlash.

      1. Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish.

      2. Erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati hamda huquqiy ongini oshirishga qaratilgan teleradio mahsulotlar tayyorlash.

      3. Telemahsulotlarni telekanallarning ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirish.

      2026-yil davomida

      Ijrochilarning oʻz mablagʻlari hisobidan

      “Yuksalish” harakati

      (B. Bekmurodov),

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      315.

      Jamiyatimizda sogʻlom tafakkur, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuygʻusini shakllantirish, turli axborot xurujlariga munosib va tezkor javob berish, jadal islohotlar jarayonida uchrayotgan gʻov va toʻsiqlar haqida tahliliy-tanqidiy telemahsulotlar tayyorlash.

      1. Aholi, ayniqsa, yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini mustahkamlash orqali ularda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yuksaltirishga qaratilgan mediamahsulotlar tayyorlash.

      2. Globallashuv sharoitida yosh avlod tarbiyasida maʼnaviy tahdidlarning oldini olishga doir telemahsulotlarni efirga uzatish.

      3. Jadal islohotlar jarayonida uchrayotgan gʻov va toʻsiqlar haqida tahliliy-tanqidiy koʻrsatuv hamda eshittirishlar tayyorlash.

      2026-yil davomida

      Ijrochilarning oʻz mablagʻlari hisobidan

      Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

      (O. Hasanov),

      Yoshlar ishlari agentligi

      (A. Saʼdullayev),

      Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

      (E. Karimova)

       

      316.

      Koʻp yillik buyuk tarixga ega yurtimizning asrlar davomida jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi, Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni original teleradiomahsulotlar orqali milliy va jahon mediamakonida keng targʻib qilish.

      1. Buyuk ajdodlarimizning umumbashariy sivilizatsiya rivojiga qoʻshgan benazir hissasini keng ochib berish.

      2. Respublikamizdagi yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari, oliy taʼlim tashkilotlari akademiklari, fan doktorlari va tadqiqotchilari ishtirokida davra suhbatlari tashkil qilish.

      3. Mavzuga doir telemahsulotlarning efirga uzatilishini taʼminlash.

      2026-yil davomida

      Ijrochilarning oʻz mablagʻlari hisobidan

      Fanlar akademiyasi

      (Sh. Ayupov),

      Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

      (K. Sharipov),

      Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

      (F. Abduxalikov)

       

      317.

      Aholining madaniy va maʼrifiy saviyasini oshirish, Oʻzbekistonning qadimiy madaniyati, maftunkor tabiati va turizm salohiyatini targʻib qilishga qaratilgan teleradio dasturlar tayyorlash.

      1. Aholining madaniy-maʼrifiy saviyasini oshirishga doir telemahsulotlar salmogʻini koʻpaytirish.

      2. Oʻzbekistonning boy tarixiy merosi va madaniyati, turizm salohiyati hamda maftunkor tabiatini keng targʻib qilish.

      3. Mavzuga doir koʻrsatuvlar, tok-shou va eshittirishlar efirga uzatilishini taʼminlash.

      2026-yil davomida

      Ijrochilarning oʻz mablagʻlari hisobidan

      Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

      (O. Hasanov),

      Turizm qoʻmitasi

      (A. Akkulov),

      Madaniyat vazirligi

      (O. Nazarbekov),

       

      97-maqsad: Jahonda sodir boʻlayotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov)

       

      318.

      Axborot infratuzilmasiga nisbatan kibertahdidlarni avtomatik ravishda aniqlash va oldini olish imkoniyatiga ega sunʼiy intellektga asoslangan xavfsizlik tizimlarini joriy etish.

      1. Kibertahdidlarni avtomatik ravishda aniqlashning xavfsizlik tizimlaridan foydalanish boʻyicha milliy va xorijiy tajribani oʻrganish.

      2. Mudofaa vazirligi kiberxavfsizlik tizimini samarali shakllantirish uchun oʻrganilgan xavfsizlik tizimlarini joriy etish boʻyicha asoslangan takliflar tayyorlash.

      3. Axborot infratuzilmasiga nisbatan kibertahdidlarni avtomatik ravishda aniqlash va oldini olish vositalarining hisob-kitoblarini amalga oshirish.

      4. Sunʼiy intellektga asoslangan xavfsizlik tizimlari uchun zarur dasturiy vositalarni bosqichma-bosqich xarid qilish.

      5. Xarid qilingan dasturiy vositalarni sinovdan oʻtkazish va ishga tushirish.

      2026-yil noyabr

      Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, alohida tasdiqlanadigan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlar mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

      Raqamli texnologiyalar vazirligi

      (O. Pekos),

      “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi

      (O. Mirzayev)

       

      319.

      Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlari mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazlarini oʻquv avtotransport vositalari bilan taʼminlash, shuningdek, markazlar oʻquv avtodromlarini belgilangan talablar asosida jihozlash.

      1. Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlari mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda zarur oʻquv avtotransport vositalari bilan taʼminlash va oʻquv avtodromlarini jihozlash boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlash.

      2026-yil aprel

      Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan

      Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hokimliklari

       

      2. Tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq markazlarga oʻquv avtotransport vositalarini belgilangan tartibda xarid qilish hamda oʻquv avtodromlarini belgilangan talablar asosida jihozlash.

      2026-yil davomida

       

      320.

      Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalarini 2022 — 2026-yillar mobaynida zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika, boshqa zarur jihozlar va vositalar bilan taʼminlash, mavjud texnikalarni taʼmirlash va modernizatsiya qilish boʻyicha kompleks dasturi doirasida qoʻshinlarni zamonaviy trenajyor komplekslari bilan belgilangan tartibda bosqichma-bosqich taʼminlashni davom ettirish.

      1. Qoʻshinlarning zamonaviy kompleks trenajyorlarini yaratish boʻyicha xorijiy armiyalarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish, qoʻshinlarga joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

      2026-yil mart

      Mudofaa vazirligi boʻlinmalarini 2022 — 2026-yillar mobaynida zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika, boshqa zarur jihozlar va vositalar bilan taʼminlash, mavjud texnikalarni taʼmirlash va modernizatsiya qilish boʻyicha kompleks dasturi doirasida ajratiladigan mablagʻlar

      Mudofaa vazirligi

      (Z. Iminov)

       

      2. Zamonaviy kompleks trenajyorlarini yaratish boʻyicha malakali mutaxassislarni jalb etgan holda texnik topshiriqlar ishlab chiqish.

      2026-yil mart

       

      3. Ishlab chiqilgan takliflarga asosan zamonaviy kompleks trenajyorlarini sinovdan oʻtkazish va ular bilan qoʻshinlarni bosqichma-bosqich taʼminlash.

      2026-yil davomida

       

      321.

      “Vatan tayanchi” harakati aʼzolari bilan oʻtkaziladigan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasini buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bagʻishlab Markaziy Osiyo va turkiy davlatlarning bitiruvchi sinflar oʻquvchilarini jalb qilgan holda xalqaro musobaqa sifatida oʻtkazish.

      1. Xalqaro “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

      2. Xalqaro musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan Markaziy Osiyo va turkiy davlatlarning roʻyxatini ular bilan kelishgan holda shakllantirish.

      3. Musobaqa oʻtkaziladigan joylarni Nizom talablari asosida namunaviy jihozlash.

      4. Musobaqada ishtirok etadigan “Vatan tayanchi” harakati aʼzolari roʻyxatini shakllantirish hamda ularni musobaqaga tayyorlash.

      5. Musobaqaning ochilish va yopilish marosimida taniqlik sanʼatkorlarning ishtirokini taʼminlash.

      2026-yil iyun

      “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamgʻarmasi mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan

      Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

      (O. Xasanov),

      Madaniyat vazirligi

      (O. Nazarbekov),

      Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

      (E. Karimova),

      Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

      (K. Sharipov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      322.

      Mintaqada ishonch choralarini mustahkamlashga qaratilgan faol harbiy-siyosiy muloqotni olib borish, shu jumladan, Afgʻoniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasini koʻrib chiqish.

      1. Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan, Afgʻoniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlik boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga kiritish.

      2026-yil iyun

      Mudofaa vazirligiga

      ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov)

       

      2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Markaziy Osiyo davlatlariga hamkorlik rejalariga va afgʻon tomoniga hamkorlik oʻrnatish boʻyicha takliflarni yuborish.

      2026-yil sentabr

       

      3. Ijobiy javob olingach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati bilan kelishilgan holda xorijiy hamkorlar bilan tegishli tadbirlarni amalga oshirish.

      2026-yil oktabr — dekabr

       

      98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Ikramov)

       

      323.

      Aholini tabiiy ofatlar, jumladan, zilzilada toʻgʻri harakatlanish boʻyicha oʻquv-targʻibot materiallarini tarqatish.

      1. Targʻibot materiallarini tayyorlash va chop etish.

      2026-yil may

      Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      2. Taʼlim tashkilotlariga (maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, akademik litsey, texnikum va oliy taʼlim tashkilotlari) oʻquv-targʻibot materiallarini tarqatish.

      2026-yil iyun

       

      3. Mahalla fuqarolar yigʻinlariga oʻquv-targʻibot materiallarini tarqatish.

      2026-yil iyun

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

       

      324.

      Sanoat maqsadlarida foydalanilayotgan portlovchi materiallarning nazoratini kuchaytirish.

      1. Sanoat maqsadida foydalanilayotgan portlovchi materiallar aylanmasi bilan bogʻliq (ishlab chiqaruvchi, tashuvchi, xorijiy mamlakatlardan import qiluvchi va saqlovchi) korxona va tashkilotlarni qayta xatlovdan oʻtkazish.

      2. Portlovchi moddalarning muomalasi bilan shugʻullanuvchi subyektlar tomonidan ushbu moddalarni saqlashni belgilangan talablar asosida tashkil etish.

      2026-yil davomida

      Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

      Ichki ishlar vazirligi

      (A. Tashpulatov),

      Favqulodda vaziyatlar vazirligi

      (A. Ikramov),

      Milliy gvardiya

      (B. Tashmatov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov)

       

      325.

      Seysmik xavfsizlik sohasida ishlab chiqilgan dasturiy taʼminotlar (tizimlar) bazasida yagona “Raqamlashgan seysmik xavfsizlik” platformasini ishga tushirish.

      1. Fanlar akademiyasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tomonidan mavzu doirasida loyihani shakllantirish hamda texnik topshiriq ishlab chiqish.

      2026-yil mart

      Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

      Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

      (B. Toʻlaganov)

       

      2. Loyiha va texnik topshiriqni kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      2026-yil aprel

       

      3. “Raqamlashgan seysmik xavfsizlik” platformasini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish.

      2026-yil may

       

      4. Fanlar akademiyasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tomonidan “Raqamlashgan seysmik xavfsizlik” platformasini ishga tushirish.

      2026-yil sentabr

       

      99-maqsad: Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — DXX Chegara qoʻshinlari (S. Xusanov)

       

      326.

      Davlat chegarasi daxlsizligini taʼminlash, uni qoʻriqlash va himoya qilish tizimini mustahkamlash.

      1. Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish tizimini mustahkamlash hamda Chegara qoʻshinlari infratuzilmasini takomillashtirishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlaridagi tadbirlarni toʻliq yakunlash uchun moliyalashtirish choralarini koʻrish.

      2. Davlat chegarasini raqamlashtirish va unga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

      3. Davlat chegarasining muhandislik-texnik jihatdan jihozlanganlik darajasini oshirish.

      4. Boʻlinmalarning jangovar imkoniyati va salohiyatini yuksaltirish doirasida ularni zamonaviy harbiy texnika, qurol-aslaha, ekipirovka va shaxsiy himoya vositalari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

      5. Obyektlar infratuzilmasini takomillashtirish ishlarini jadallashtirish, bunda, birinchi navbatda olis hududlardagi boʻlinmalarning bino-inshootlarini yangidan qurish (kapital taʼmirlash).

      6. Shaxsiy tarkib va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyasi doirasida, ularni xizmat oʻtayotgan hududlarida xizmat xonadonlarini sonini koʻpaytirish hisobidan yashash sharoitlarini yaxshilash tadbirlarini izchil davom ettirish.

      2026-yil davomida

      Alohida ishlab chiqilgan qarorlar bilan belgilanadi

      Raqamli texnologiyalar vazirligi

      (Sh. Shermatov)

       

      100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi (K. Sariyev).

       

      327.

      30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Doʻstlik” festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

      1. Ishchi guruhni shakllantirish.

      2. Ishchi guruhning tashkiliy yigʻilishini oʻtkazish.

      3. 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Doʻstlik” festivalini oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      4. 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Doʻstlik” haftaligini oʻtkazish.

      2026-yil iyun-iyul

      Vazirlar Mahkamasining zaxira mablagʻlari

      Madaniyat vazirligi

      (O. Nazarbekov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar,

      Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

      (E. Aripov)

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita (K. Sariyev).

       

      328.

      “Oʻzbekiston — yagona Vatan!” shiori ostida yurtimizdagi barcha millat va elatlar vakillarining oʻzaro tengligi, birdamligini, ularning Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasini eʼtirof etuvchi anjuman tashkil etish.

      1. Yurtimizdagi turli millat va elatlar vakillarini, milliy madaniy markazlar faollarini jalb qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Oʻzbekiston — yagona Vatan!” anjumanini tashkil etish boʻyicha konsepsiya hujjatlarini ishlab chiqish.

      2026-yil iyul

      Davlat budjeti mablagʻlari, Oliy Majlis huzuridagi Fonddan ajratilgan mablagʻlar

      Madaniyat vazirligi

      (O. Nazarbekov),

      Yoshlar ishlari agentligi

      (A. Saʼdullayev),

      Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

      (O. Xasanov),

      Vatandoshlar” jamoat fondi

      (O. Sattarov),

      Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

      (F. Ermanov)

       

      2. Anjumanni yuqori saviyada tashkil etish, unda yurtimizdagi barcha millat va elatlar vakillarining oʻzaro tengligi, birdamligini, ularning Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasini eʼtirof etish.

      3. Anjumanga qoʻshni davlatlardagi vatandoshlarimizni, millatlararo munosabatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan vakolatli idoralar vakillarini taklif qilish.

      2026-yil sentabr

       

      329.

      Samarqand shahrida “Birodar shaharlar xalqaro forumi”ni tashkil etish va oʻtkazish.

      1. “Birodar shaharlar xalqaro forumi”ni Samarqand shahrida yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.

      2026-yil mart

      Vazirlar Mahkamasining zaxira mablagʻlari

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      Turizm qoʻmitasi

      (A. Akkulov),

      Samarqand viloyati hokimligi

      (A. Boboyev),

      “Birodar shaharlar alyansi” NNT

      (Z. Abidov),

      mutasaddi vazirlik va idoralar

       

      2. Forum doirasida:

      “Birodar shaharlar — barqaror rivojlanish va xalq diplomatiyasining yangi modeli” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish;

      “Shaharlar imkoniyatlari koʻrgazmasi” tashkil etish;

      “Birodarlik shartnomalari va memorandumlar” imzolash;

      Panel sessiyalar va B2B uchrashuvlar;

      “Forum rezolyutsiyasi”ni qabul qilish kabi masalalar amalga oshiriladi.

      2026-yil aprel

       

      3. Forumni oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda kelishish.

      4. Forumni yakuni boʻyicha hisobot va amaliy takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

      2026-yil iyun

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov)

       

      330.

      Ellikqalʼa tumanida “Aqchakoʻl ilhomlari” ijodiy tanlovlarini oʻtkazish.

      1. Tanlovlar konsepsiyasini ishlab chiqish.

      2. Ishtirokchilarni saralab olish.

      2026-yil mart

      Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari

      Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

      (A. Nuridinov),

      Madaniyat vazirligi

      (O. Nazarbekov),

      Yoshlar ishlari agentligi

      (A. Saʼdullayev),

      Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

      (O. Xasanov),

      Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

      (F. Ermanov)

       

      3. Tanlovning yuqori saviyada oʻtkazilishini tashkil etish.

      2026-yil aprel

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

       

      331.

      Oʻzbekistonning barcha hududlaridan ijodkor yoshlarni jalb qilgan holda Toʻrtkoʻl tumanida “Esar Jayhun shamollari” nomli anʼanaviy qoʻshiqchilik tanlovini oʻtkazish.

      1. Tanlov konsepsiyasini ishlab chiqish.

      2. Ishtirokchilarni saralab olish.

      2026-yil mart

      Ijrochilarning mablagʻlari

      Madaniyat vazirligi

      (O. Nazarbekov),

      Yoshlar ishlari agentligi

      (A. Saʼdullayev),

      Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

      (O. Xasanov),

      Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

      (F. Ermanov)

       

      3. Tanlovning yuqori saviyada oʻtkazilishini tashkil etish.

      2026-yil may-iyun

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — MTRK (A. Djuraboyev)

       

      332.

      Oʻzbekistondagi turli millat va elatlar vakillari hayoti va bugungi kunda yagona xalq boʻlib, yurtimizning barqaror rivojlanishiga qoʻshayotgan hissasi haqida hikoya qiluvchi yangi filmlar va turkum koʻrsatuvlar yaratish.

      1. Oʻzbekistondagi turli millat va elatlar vakillarining hayoti va bugungi kunda yagona xalq boʻlib, yurtimizning barqaror rivojlanishiga qoʻshayotgan hissasi haqida hikoya qiluvchi yangi filmlar ssenariysini ishlab chiqish, hisob-kitoblarga asosan filmlarni suratga olish ishlarini olib borish.

      2. Televideniyeda turli millat va elatlar vakillarining Oʻzbekistonning yagona xalqi sifatida hayot tarzi, mushtarak maqsadlar yoʻlida yurtimiz taraqqiyotiga hissasini yoritib beruvchi yangi turkum koʻrsatuvlarni tayyorlab efirga uzatish.

      2026-yil davomida

      Ijrochilarning mablagʻlari

      Kinematografiya agentligi

      (Sh. Rizayev),

      Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

      (K. Sariyev)

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Toshkent shahri, viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

       

      333.

      Mamlakatimizga ishlash, taʼlim olish maqsadida uzoq muddatga kelgan xorijiy fuqarolarning mahalliy shart-sharoitlarga va ijtimoiy-madaniy moslashuvini taʼminlash va umumiy manfaatlarni roʻyobga chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

      1. Har bir hududda ishlash, taʼlim olish maqsadida uzoq muddatga kelgan xorijiy fuqarolarning mahalliy shart-sharoitlarga va ijtimoiy-madaniy moslashuvini taʼminlash va umumiy manfaatlarni roʻyobga chiqarishga qaratilgan namunaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

      2026-yil mart

      Ijrochilarning mablagʻlari

      Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

      (K. Sariyev),

      Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi,

      (K. Sharipov)

       

      2. Namunaviy chora-tadbirlar asosida har bir hududning bu boradagi dasturini tasdiqlash va viloyat hokimligi birinchi rahbari tomonidan amalga oshirilishini taʼminlash.

      2026-yil mart — noyabr

       

      334.

      Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan koʻchalarni barcha millat va elatlarning madaniyati, urf-odatlari va anʼanalarini, oʻzaro uygʻunlashgan millatlararo munosabatlarni ifodalagan “Oʻzbekiston madaniy boyligi” nomli koʻchalar sifatida tashkil etish ishlarini yakunlash va ushbu koʻchalarda madaniy-gastronomik tadbirlarni oʻtkazish.

      1. Mamlakatimizdagi turli millat va elatlarning madaniyati, urf-odatlari va anʼanalarini, oʻzaro uygʻunlashgan millatlararo munosabatlarni ifodalagan “Oʻzbekiston madaniy boyligi” nomli koʻchalarni tashkil etish ishlarini yakunlash.

      2026-yil avgust

      Mahalliy budjet mablagʻlari

      Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

      (Q. Sariyev),

      Turizm qoʻmitasi

      (A. Akkulov),

      Din ishlari boʻyicha qoʻmita

      (D. Toshboyev)

       

      2. Ushbu “Oʻzbekiston madaniy boyligi” koʻchalarida turli millatlar vakillarini jalb qilgan holda madaniy-gastronomik tadbirlarni tashkil etish.

      3. Tadbirlarga xorijlik turistlarni keng jalb qilish orqali yurtimizdagi millatlararo munosabatlar sohasidagi oqilona siyosatni targʻib qilish.

      2026-yil sentabr-oktabr

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

       

      335.

      “Madaniy muloqot va bagʻrikenglik” yoshlar oromgohlarini tashkil etish.

      Yoshlar oʻrtasida oʻzaro hurmat, bagʻrikenglik va madaniy muloqotni rivojlantirish maqsadida turli millat va elat vakillari istiqomat qiladigan hududlarda yoshlar uchun qoʻshma dam olish oromgohlarini tashkil etish. Bunda mazkur oromgohlarda:

      yosh avlodda boshqa madaniyat va anʼanalarga nisbatan hurmat va ochiq munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi;

      turli millat vakillariga mansub faol va bilimdon yoshlarning yozgi bolalar lagerlarida birgalikda dam olishi, jamoaviy faoliyatlarda ishtirok etishi hamda oʻzaro tajriba almashishi uchun shart-sharoit yaratiladi.

      2026-yil iyun-avgust

      Respublika budjeti, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

      Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

      (E. Karimova),

      Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi

      (K. Sharipov),

      “Vatandoshlar” jamoat fondi

      (O. Sattarov)

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

       

      336.

      Qoʻshni davlatlar yoshlarining Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlariga kirishlari uchun alohida kvotalar ajratish.

      Oʻzbekistonning chegaradosh davlatlari bilan doʻstona munosabatlarini mustahkamlash, madaniy almashinuvni rivojlantirish va mintaqada taʼlim orqali xalq diplomatiyasini kengaytirish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida qoʻshni davlatlar yoshlari uchun alohida qabul kvotalarini joriy etish hamda ularni qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini yoʻlga qoʻyish. Bunda ushbu talabalarni taʼlim jarayoni, madaniy-maʼrifiy tadbirlar va jamoat hayotiga faol jalb etish orqali oʻzaro anglash, ishonch va doʻstlik muhitini shakllantirishga erishiladi.

      2026-yil avgust

      Respublika budjeti mablagʻlari

      Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

      (K. Sariyev),

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      Yoshlar ishlari agentligi

      (A. Saʼdullayev),

      “Vatandoshlar” jamoat fondi

      (O. Sattarov)

       

      Ijro uchun asosiy masʼul — Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov)

       

      337.

      Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini chuqur oʻrganish, keng targʻib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

      1. Buxoro shahrida Ibn Sino xalqaro oʻqishlarini oʻtkazish.

      2026-yil avgust

      Ijrochilarning mablagʻlari

      Sogʻliqni saqlash vazirligi

      (A. Xudayarov),

      OʻzMTRK

      (A. Djuraboyev),

      Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

      (O. Xasanov),

      Buxoro viloyati hokimligi

      (B. Zaripov),

      Ibn Sino jamoat fondi

      (N. Maxmudov)

       

      2. “Ibn Sino — Gʻarb va Sharq falsafiy tafakkurining buyuk namoyandasi” mavzusida Toshkent shahrida xalqaro konferensiya tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish.

      2026-yil oktabr

       

      3. Sharqshunoslik institutidagi Ibn Sino ilmiy merosiga oid qoʻlyozmalarni tadqiq qilish.

      4. Allomaning “Al-Ishorat va at-tanbihot”, “Donishnoma”, “Kitob ash-Shifo”, “Sharq falsafasi” kabi falsafaga oid asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish, akademik nashrlar yaratish.

      5. Xorijda Ibn Sino ilmiy merosiga bagʻishlangan ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish, allomaning dunyo fondlarida saqlanadigan qoʻlyozmalarini yigʻish.

      6. Allomaning falsafiy taʼlimoti, uning jahon ilm-fan taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi haqida mediamahsulotlar yaratish, keng namoyish etish.

      2026-yil davomida

       

      Izoh: Amaliy tadbirlar rejasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalariga hamda tadbirlarni amalga oshirish muddatlariga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga
      7-ILOVA
      “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida ishlab chiqiladigan
      NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARI ROʻYXATI

      T/r

      Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

      Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar

      Ijro muddati

      Hamijrochilar

      I. HAR BIR INSONGA OʻZ SALOHIYATINI ROʻYOBGA CHIQARISH UCHUN MUNOSIB SHAROITLAR YARATISH

      Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

      1.

      Kasbiy taʼlim tizimi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi nizom;

      kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

      kasbiy taʼlim tashkilotlariga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

      kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari bilimini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutiladi.

      2026-yil iyun

      Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

      (E. Karimova),

      Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

      Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

      2.

      Magistraturada sifatli va diversifikatsiyalashgan taʼlimni yoʻlga qoʻyish maqsadida ishlab chiqarish (amaliy) va ilmiy-pedagogik dasturlarni joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

      oʻquv jarayoniga ishlab chiqarish (amaliy) va ilmiy-pedagogik dasturlarni joriy etish;

      magistrlik dissertatsiyasi himoyasi boʻyicha talablarni belgilash;

      magistrlik dissertatsiyasining mavzusi oliy taʼlim tashkiloti veb-saytida eʼlon qilinishini taʼminlash;

      oʻquv rejada belgilangan fanlarni oʻzlashtirgan hamda amaliyotlarni oʻtagan, ammo magistrlik dissertatsiyasini himoya qilmagan talabalarga mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish amaliyotini joriy etish.

      2026-yil iyun

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Kasbiy taʼlim agentligi (A. Xusanov)

      3.

      Boshlangʻich xorijiy til koʻnikmalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijiy til oʻrgatuvchi va kasbiy taʼlim muassasalarida oʻqish, shuningdek yetakchi xorijiy universitetlarga kirish uchun tayyorgarlik koʻrish imkoniyatlarini yaratish maqsadida imtiyozli taʼlim krediti ajratish tizimini joriy etish.

      Loyihada:

      xorijiy til va kasbiy taʼlim uchun moʻljallangan imtiyozli taʼlim krediti ajratish mexanizmlari;

      taʼlim krediti ajratiladigan xorijiy davlatlar va taʼlim muassasalariga qoʻyiladigan asosiy talablar;

      xorijiy til va kasbiy taʼlim uchun taʼlim krediti ajratish tartibi nazarda tutiladi.

      2026-yil 1-sentabr

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

      4.

      Shakar miqdori yuqori boʻlgan alkogolsiz ichimliklarni belgilash va nazorat qilish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada 100 ml mahsulot tarkibidagi shakar miqdoriga qarab tabaqalashtirilgan majburiy “Shakar miqdori yuqori” mazmunidagi turli kontrastdagi va koʻzga tashlanadigan ogohlantiruvni belgilash nazarda tutiladi.

      2026-yil dekabr

      Qishloq xoʻjaligi vazirligi

      (I. Abdurahmonov),

      Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

      (L. Kudratov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

      5.

      Bolalarni boshqa mamlakatlarga oʻgʻirlab olib ketishning fuqarolik jihatlari toʻgʻrisidagi Gaaga konvensiyasini (1980-yil 25-oktabr, Gaaga) qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Bolalarni boshqa mamlakatlarga oʻgʻirlab olib ketishning fuqarolik jihatlari toʻgʻrisidagi Gaaga konvensiyasi talablari va qoidalarini qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirish bilan bogʻliq jarayonlarni tartibga soluvchi nizomni tasdiqlash nazarda tutiladi.

      2026-yil aprel

      Ijtimoiy himoya milliy agentligi

      (M. Olloyorov),

      Bolalar ombudsmani

      (S. Raxmonova),

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov),

      boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov)

      6.

      Pensiyalardan chegirma qilingandan soʻng pensionerga toʻlanadigan pensiya miqdori rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlmasligini nazarda tutuvchi qonun loyihasi.

      Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritish:

      har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emasligi;

      chegirma qoʻllangandan soʻng pensionerga toʻlanadigan pensiya miqdori rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasligi.

      2026-yil iyul

      Ijtimoiy himoya milliy agentligi

      (J. Abruyev),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov)

      7.

      Mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish hamda uning oqibatida yetkazilgan zararni toʻlash tartibini ilgʻor xalqaro tajriba asosida takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

      1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizom hamda uning oqibatida yetkazilgan zararni toʻlash qoidalarini unifikatsiya qilib, yangi tahrirda ishlab chiqish.

      Bunda baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish, tekshirish va hisobini yuritishni maxsus elektron tizim orqali amalga oshirishni nazarda tutish.

      2. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

      3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      2026-yil mart

      Sogʻliqni saqlash vazirligi,

      Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi,

      Oʻzbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi,

      Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi,

      Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi,

      Oʻzenergoinspeksiya,

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov)

      8.

      Buyuk tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning yubiley sanasini munosib nishonlash va allomaning ilmiy merosini chuqur oʻrganishni keng targʻib qilishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

      Loyihada:

       Abu Ali ibn Sino ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish;

       Ibn Sino jamoat fondi faoliyatini qayta tashkil etish;

       allomaning dunyo fondlarida saqlanayotgan qoʻlyozmalarini yigʻish, oʻzbek tiliga tarjima qilish va ularning elektron platformasini yaratish;

       ijtimoiy fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgan olimlarni ragʻbatlantirish uchun Ibn Sino xalqaro mukofotini taʼsis etish;

       Ibn Sinoning ilmiy merosiga bagʻishlangan xalqaro simpoziumlar, konferensiyalar, kongresslarni doimiy ravishda oʻtkazish kabi masalalarni nazarda tutish.

      2026-yil aprel

      Sogʻliqni saqlash vazirligi

      (A. Xudayarov),

      Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

      (K. Sariyev),

      Ibn Sino jamoat fondi

      (N. Maxmudov)

      II. BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH YOʻNALISHI

      Ijro uchun asosiy masʼul — Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (D. Li)

      9.

      Xorijiy elektron xizmat koʻrsatuvchi platformalar faoliyatini tartibga soluvchi alohida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

      1. Loyihada mamlakatimizda xorijiy elektron xizmat koʻrsatuvchi (EXK) subyektlarning belgilangan muddatda soliq idoralaridan roʻyxatdan oʻtishi, ularni qonunchilik hujjatlari asosida faoliyat koʻrsatishi tartibini belgilash.

      2. Xorijiy EXKlar hisob raqamiga jismoniy shaxslar tomonidan elektron xizmatlar uchun amalga oshirgan tranzaksiyalar toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish.

      2026-yil davomida

      Soliq qoʻmitasi

      (F. Poʻlatov),

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Markaziy bank (T. Ishmetov)

      10.

      Fuqarolarning bank hisobvaraqlari haqidagi maʼlumotlarni bir bank muassasasidan ikkinchisiga mijoz roziligisiz taqdim etish natijasida mijozning boshqa bankdan boʻlgan qarzini uning hisobvaraqlaridan yechib olish amaliyotini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonun va Mehnat kodeksi normalariga muvofiqlashtirish nuqtai nazaridan takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi

      1. Mijozning JSHSHIR maʼlumotlarini toʻlov operatsiyalari markazlashgan bazasiga kiritish orqali uning istalgan bank karta hisobvaraqlaridagi pullarini boshqa bankdan boʻlgan kredit, mikroqarz yoki kafillik toʻlovlarini undirish uchun toʻligʻicha yechib olish amaliyotini qayta koʻrib chiqish.

      2. Mijozning boshqa bankdan boʻlgan qarzini uning hisobvaraqlaridan avtomatik tarzda yechib olish amaliyotini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonun va Mehnat kodeksi normalariga muvofiqlashtirish.

      2026-yil avgust

      Ichki ishlar vazirligi

      (A. Tashpulatov),

      Adliya vazirligi

      (A. Tashkulov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

      11.

      Nodavlat notijorat tashkilotga davlat mulki sifatida foydalanishga topshirilgan koʻchmas mulk obyektlaridan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Nodavlat notijorat tashkilotga davlat mulki sifatida foydalanishga topshirilgan koʻchmas mulk obyektlaridan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      Bunda loyihada quyidagilarni nazarda tutish:

      nodavlat notijorat tashkilotga davlat mulki sifatida biriktirilgan koʻchmas mulk obyektlarini ular baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotish;

      nodavlat notijorat tashkilotlar sotib olishni rad etganida yoki bir oy muddatda ular tomonidan munosabat bildirilmagan taqdirda, “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ommaviy savdolarga chiqarish.

      2026-yil avgust

      Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi

      (Sh. Kudbiyev),

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

      12.

      Mualliflik huquqiga oid normalarni, xususan, xizmat asariga oid qonunchilikni takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Fuqarolik kodeksi va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

      Loyihada muallifning xizmat asaridan foydalanish uchun mualliflik haqini olish huquqining oʻn yildan soʻng tiklanishi, muallifning xizmat asaridan cheklovlarsiz foydalanish huquqini bekor qilish nazarda tutiladi.

      2026-yil may

      Madaniyat vazirligi

      (O. Nazarbekov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov)

      13.

      Hududlarda yer resurslarini boshqarish va yerdan foydalanishning samarali tizimini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi

      Loyihada:

      yer resurslarini samarali boshqarish va rejalashtirishga qaratilgan tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasida hududiy boʻlimlarni tashkil etish;

      hududiy (fazoviy) strategiya va rejalarni ishlab chiqish hamda yaxlit yondashuvlar asosida hududlarda yer maydonlari egalari hamda ijarachilarning yerdan foydalanishdagi muammolarini oʻrganish va bartaraf etish;

      ijara muddatlarini uzaytirish;

      yer resurslarini iqtisodiy aylanmaga kiritishda tadbirkorlarga amaliy koʻmak berishning aniq mexanizmlari nazarda tutiladi.

      2025-yil mart

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov),

      Qishloq xoʻjaligi vazirligi

      (I. Abdurahmonov),

      Adliya vazirligi

      (A. Tashkulov),

      Kadastr agentligi

      (M. Mirmaksudov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzoqov)

      14.

      “Oʻzbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

      1. Qonun loyihasini ishlab chiqish.

      2. Qonun loyihasini Oliy Majlis palatalari, Hukumat, vazirlik va idoralar bilan kelishish.

      3. Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

      2026-yil aprel

      Oliy Majlis palatalari

      (kelishuv asosida)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov)

      15.

      Tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      tuproq unumdorligi va hosildorligini oshirish maqsadida gumusga boy oʻgʻitlarni qoʻllash uchun BHMning 3 barobari miqdorida Davlat budjetidan subsidiya ajratish;

      gumus bilan kam taʼminlangan 1,2 million gektar maydonni keyingi 5 yilga taqsimlangan holda subsidiyalar ajratish dasturini tumanlar kesimida tasdiqlash nazarda tutiladi.

      2026-yil sentabr

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov),

      Suv xoʻjaligi vazirligi

      (Sh. Xamrayev),

      Oʻzbekiston fermerlari kengash

      (A. Xaitov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov)

      16.

      Oʻlchash vositalarini verifikatsiya qilish faoliyati bilan shugʻullanish uchun metrologiya xizmatlarini avtorizatsiyadan oʻtkazish tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

      1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻlchash vositalarini verifikatsiya qilish faoliyati bilan shugʻullanish uchun metrologiya xizmatlarini avtorizatsiyadan oʻtkazish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

      2. Qaror loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

      3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      2026-yil dekabr

      Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

      (X. Turaxujayev),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      17.

      Verifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatini tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

      1. Vazirlar Mahkamasining “Verifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

      2. Qaror loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

      3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      2026-yil dekabr

      Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

      (X. Turaxujayev,

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      18.

      Mahsulotlarni sertifikatlash hamda muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlash amaliyotini bekor qilish va davlat xizmatlari roʻyxatidan chiqarish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      1. Tegishli idoraviy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

      2. Hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

      3. Qaror loyihasini Adliya vazirligiga kiritish.

      2026-yil dekabr

      Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

      (A. Jumanazarov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (X. Turaxujayev)

      19.

      Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari va ularning affillangan shaxslari ayni bir lotda ishtirok etishining oldini olish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

      xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari va ularning affillangan shaxslari, shu jumladan, bir xil taʼsischilar, rahbarlar, benifitsiarlar yoki oʻzaro bogʻliq tadbirkorlik subyektlarining ayni bir lotda ishtirok etishini cheklovchi mezonlarni belgilash;

      xarid qilish tartib-taomillarida affillangan shaxslarning ishtirokini nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan, avtomatik tekshiruv va xavf indikatorlarini ishlab chiqish orqali raqobatni kuchaytirish

      2026-yil may

      Hisob palatasi

      (M. Abdullayev)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

      20.

      Respublika manzillar reyestri tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

      Respublika manzillar reyestri tizimini yaratish va yuritishning zamonaviy amaliyotini joriy etishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

      2026-yil dekabr

      Kadastr agentligi

      (M. Mirmaksudov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

      21.

      Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

      Loyihada:

      Raqamli texnologiyalar xalqaro markazining maxsus hudud sifatidagi maqomini va uning hududida amal qiladigan maxsus huquqiy rejimni belgilash;

      raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarni ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha “Tartibga solish qumdoni”ni joriy etish;

      raqamli texnologiyalar sohasida investitsiyalarni jalb etish va eksport faoliyatini ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;

      bojxona ishi va soliqqa tortish, mehnat munosabatlari, moliya va bank faoliyati, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va himoya qilish, intellektual mulkni himoya qilish va boshqa masalalar nazarda tutiladi.

      2026-yil aprel

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

      III. SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

      Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (A. Abduxakimov)

      22.

      “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-son qaroriga 50-ilova bilan tasdiqlangan Ozonni buzuvchi moddalarning hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import yoki eksport qilish uchun ruxsatnoma pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasi.

      Loyihada:

      ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi modda boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti yuzasidan nazorat Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda amalga oshirilishi;

      Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ozonni buzuvchi moddalarni foydalanish boʻyicha hisobotlarni tayyorlash hamda Kotibiyatga taqdim etish Bojxona qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi modda boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti haqidagi jamlanma maʼlumotlar asosida amalga oshirilishi;

      eksport qiluvchi mamlakatning vakolatli organlaridan, arizachining ishtirokisiz, ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi modda boʻlgan mahsulotlarning arizachi tomonidan taqdim etilgan ariza va bitimdagi (shartnomada, invoysda va h.k.) maʼlumotlarga mosligi haqida qoʻshimcha hujjat va maʼlumotlar olish;

      ozonni buzuvchi modda boʻlmagan yoki tarkibida ozonni buzuvchi modda boʻlmagan mahsulotga, import yoki eksport qilinadigan moddalarga ruxsatnoma talab etilmasligi haqidagi xulosa berilishi nazarda tutiladi.

      2026-yil noyabr

      Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

      (L. Kudratov),

      Bojxona qoʻmitasi

      (A. Mavlonov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (S. Eshquvvatov)

      23.

      “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini olib borishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.

      Loyihada oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻiga normadan yuqori darajada ifloslantirilgan oqova suvlarni oqizib yuborganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini qonunchilikda belgilangan tartibda hisob-kitob qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslardan undirish faqat ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini belgilash nazarda tutiladi.

      2026-yil noyabr

      Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

      (Sh. Xidoyatov),

      “Oʻzsuvtaʼminot”AJ

      (A. Suvankulov)

      IV. QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH

      Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Senati (kelishuvga koʻra)

      24.

      Mahalliy Kengash raisi oʻrinbosari lavozimini, mahalliy Kengash rayosati institutini joriy etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      mahalliy Kengash raisi oʻrinbosarining vakolatlarini;

      mahalliy Kengash rayosatining huquqiy maqomini va faoliyat yuritish tartibini;

      mahalliy Kengash rayosati tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar doirasini aniq belgilash masalalari nazarda tutiladi.

      2026-yil mart

      Adliya vazirligi

      (A. Tashkulov)

      25.

      “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasi.

      Qonun loyihasida “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasida belgilangan ayrim hollarda deputatning vakolatini muddatidan ilgari tugatish tegishincha hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan amalga oshirish nazarda tutiladi.

      2026-yil dekabr

      Adliya vazirligi

      (A. Tashkulov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

      26.

      Voyaga yetmagan shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      voyaga yetmagan shaxsni emansipatsiya qilish tartibini elektron shaklda amalga oshirish. Bunda emansipatsiya qilish boʻyicha arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizmi, davlat xizmatlari markazlari yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali qabul qilish;

      voyaga yetmagan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgani yoki mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotganini axborot tizimlari vositasida aniqlash;

      bolani xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish uchun Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining roziligini olish tartibini maʼmuriy reglament shakliga oʻtkazish va arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish nazarda tutiladi.

      2026-yil avgust

      Raqamli texnologiya vazirligi

      (Sh. Shermatov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      27.

      Ayrim davlat xizmatlarini aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatisiz (proaktiv) vakolatli organlarning tashabbusi asosida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada ayrim davlat xizmatlarini aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatisiz (proaktiv) vakolatli organlarning tashabbusi asosida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish nazarda tutish. Xususan:

      pensiya yoshiga yetgan shaxslarga shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarni berish;

      davlat oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan quyidagi toifadagi talabalarga talabalar turarjoyiga qabul qilinganligi boʻyicha yoʻllanma berish:

      yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;

      Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari;

      I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar.

      2026-yil sentabr

      Raqamli texnologiya vazirligi

      (Sh. Shermatov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      28.

      Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tugatish tartib-taomillarini takomillashtirish boʻyicha qonun loyihasi.

      Qonun loyihasida:

      tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

      ularni ixtiyoriy hamda majburiy tugatish asoslari va tartiblarini belgilash;

      barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik subyektlari uchun tugatishning aniq mexanizmlari va oʻziga xosliklarini kiritish;

      reyestrga kiritish va reyestrdan chiqarish tartiblarini aniqlashtirish nazarda tutiladi.

      2026-yil noyabr

      Soliq qoʻmitasi

      (F. Pulatov),

      Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

      Savdo-sanoat palatasi

      (D. Vaxabov),

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov),

      Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

      Ijro uchun asosiy masʼul — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

      29.

      Sud hujjatlari boʻyicha “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotilgan mol-mulklarni auksion gʻoliblari nomiga rasmiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      “Sud hujjatlari boʻyicha “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotilgan mol-mulklarni auksion gʻoliblari nomiga rasmiylashtirish jarayonlarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      Bunda:

       auksion gʻoliblari tomonidan obyektni oʻz nomiga rasmiylashtirish jarayonida barcha vakolatli organlar tomonidan qoʻyilgan taqiqlarni yechish va avtomototransport vositalariga eʼlon qilingan qidiruvlarni bekor qilish, bunda sud tomonidan ijro hujjati yoki auksion obyekti boʻyicha nizolar yuzasidan toʻxtatilgan ijro hujjatlari mustasno;

       “E-auksion” platformasini Kadastr agentligi, Majburiy ijro byurosi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, banklar, ichki ishlar, soliq, sud, tergov va notarius organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

       auksion natijasi tasdiqlanishi bilan bir paytda elektron

      tizim orqali barcha vakolatli organlarga avtomatik xabarnoma yuborilishi va qoʻyilgan taqiqlarni yechish hamda avtomototransport vositalariga eʼlon qilingan qidiruvlarni bekor qilish mexanizmini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

      2026-yil sentabr

      Kadastr agentligi

      (M. Mirmaksudov),

      Bosh prokuratura

      (N. Yoʻldoshev),

      Markaziy bank

      (T. Ishmetov),

      Adliya vazirligi

      (A. Tashkulov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

      30.

      Patentlarning amal qilishini saqlash uchun muddatini uzaytirishda huquq egalari uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish choralarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Patentlarning amal qilishini saqlash uchun toʻlanadigan bojlarni optimallashtirish maqsadida har besh yilda bir marotaba toʻlash tizimini joriy etish masalasini xorijiy tajribalar va xalqaro standartlar asosida oʻrganish hamda qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

      2026-yil may

      Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

      (K. Sharipov),

      Qishloq xoʻjaligi vazirligi

      (I. Abdurahmonov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov)

      31.

      Muqaddam kommunal xizmatlarga ulangan hamda ushbu xizmatlar boʻyicha hisoblagichi mavjud boʻlmagan va oylik sarf meʼyorlari boʻyicha hisoblanadigan isteʼmolchilar tomonidan hisoblagich oʻrnatish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      ilgari kommunal xizmatlarga ulangan, ammo ushbu xizmatlar boʻyicha hisoblagichi mavjud boʻlmagan va oyma-oy sarf meʼyorlari asosida toʻlovni amalga oshirib kelayotgan isteʼmolchilar uchun hisoblagich oʻrnatish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash;

      hisoblagich oʻrnatish uchun ariza berish tartibi, xarajatlarni qoplash manbai hamda muddat va javobgarlik mexanizmlarini yagona huquqiy asosda belgilash nazarda tutiladi.

      2026-yil dekabr

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida)

      32.

      Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari tomonidan davlat organlari rahbarlari axborotini eshitish institutini yanada kengaytirish boʻyicha qonun loyihasi.

      Qonun loyihasida Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari tomonidan davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish boʻyicha tadbirlar nafaqat amaldagi qonunchilikda keltirilgan asoslar, balki jamoatchilik eʼtiborini tortgan, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻlgan masalalar yuzasidan ham oʻtkazilishi mumkinligini belgilash nazarda tutiladi.

      2026-yil sentabr

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

      33.

      Davlat organlari mansabdor shaxslarining xalq vakillari oldidagi masʼuliyatini hamda Qonunchilik palatasi deputatining soʻrovi instituti taʼsirchanligini yanada oshirishga qaratilgan qonun loyihasi.

      Qonun loyihasida Qonunchilik palatasi deputatining soʻroviga davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻz vaqtida javob yuborilmaganligi holati boʻyicha prokuraturaga taqdimnoma kiritish amaliyotini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

      2026-yil iyun

      Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti

      Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

      34.

      Masofadan moliyaviy xizmatlarni koʻrsatish tizimlari orqali sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      masofaviy xizmatlarni koʻrsatish tizimlari (mobil ilova, veb-sayt va boshqalar) orqali kiberjinoyatlar sodir etilishi natijasida fuqaroga moddiy zarar yetkazilgan taqdirda, kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari, toʻlov operatorlari va ularning agent va subagentlari tomonidan yetkazilgan moddiy zararni qoplab berish;

      firibgarlik bilan rasmiylashtirilgan onlayn kredit (mikroqarz) boʻyicha qarz, foiz ustama, penya va neustoykalarni jinoyat qurbonidan undirmaslik;

      banklar, toʻlov tashkilotlari va toʻlov tizimi operatorlari bank kartalari orqali oʻtkazmalari tahlili asosida shubhali oʻtkazmalarni aniqlash hamda ular haqida toʻgʻridan-toʻgʻri elektron maʼlumotlar almashinuv platformasi orqali prokuratura organlariga xabar berish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

      2026-yil sentabr

      Ichki ishlar vazirligi

      (A. Tashpulatov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

      35.

      Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini qayta koʻrib chiqish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      “aqlli tartibga solish” modeli doirasida zamonaviy tartibga solish usullarini keng qoʻllash;

      norma ijodkorligi jarayoniga zamonaviy IT texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, sunʼiy intellektni qoʻllash;

      muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan maqsadli koʻrsatkichlar asosida tizimli monitoringni amalga oshirish;

      idoraviy hujjatlar bilan huquqiy tartibga solish amaliyotini kengaytirish orqali soha regulatorlarining mustaqilligini va javobgarligini kuchaytirish;

      normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda jamoatchilik ishtirokini manzilli kengaytirishga qaratilgan muqobil mexanizmlarni joriy etish nazarda tutiladi.

      2026-yil may

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

      36.

      Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      qonunlarda moddalarning tarkibiy qismlarini aniq ajratish imkoniyatini yaratish;

      qonun loyihalari matnida tegishli soha boʻyicha vakolatli davlat organlari rasmiy nomlarini koʻrsatmasdan, ushbu yoʻnalishda yagona yondashuvni taʼminlash;

      bir martalik va vaqtinchalik ijro etish xarakteriga ega boʻlgan, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan masalalar bajarilishi bilan oʻz ahamiyati va dolzarbligini yoʻqotadigan hujjat loyihalarida bevosita uning oʻz kuchini yoʻqotishi muddati aniq sana bilan koʻrsatish amaliyotini joriy qilish nazarda tutiladi.

      2026-yil iyul

      Oliy Majlis palatalari

      (kelishuv asosida),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      37.

      Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida normativ-huquqiy hujjatlarni sohalar kesimida tizimlashtirishni yanada takomillashtirish, aniq statistik maʼlumotlar yuritilishini taʼminlash, proaktiv qonunchilikni ilgari surish va sunʼiy intellekt imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatorini qayta koʻrib chiqish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatorini qaytadan koʻrib chiqib, klassifikatorni qonunchilikdagi oʻzgartirishlardan kelib chiqib yangilash, yangi atamalar bilan toʻldirish hamda takrorlanuvchi va bir-biriga mos boʻlmagan kodlarni ajratish orqali Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida tizimlashtirishning amaliy ahamiyatga yoʻnaltirilgan yangicha yondashuvini joriy qilish nazarda tutiladi.

      2026-yil avgust

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

      38.

      Qonunchilik hujjatlarida turlicha qoʻllangan bir xil maʼnodagi atama va tushunchalarni birxillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      amaldagi qonun hujjatlarida bir xil maʼnoni anglatuvchi turli atamalar qoʻllanishi oqibatida huquqni qoʻllash amaliyotida kelib chiquvchi tushunmovchiliklarni bartaraf etish;

      bir sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlarida turlicha qoʻllangan bir xil maʼnodagi atama va tushunchalarni birxillashtirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

      2026-yil iyul

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

      39.

      Tadbirkorlik faoliyati erkinligining asoslari va kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha qonun loyihasi.

      Tadbirkorlik faoliyati erkinligining asoslari va kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish orqali tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan taqdim etilayotgan zamonaviy qoʻllab-quvvatlash choralari va mexanizmlari hamda bu borada yagona davlat siyosatini yurituvchi vakolatli organni belgilashni nazarda tutuvchi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining asoslari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi yangi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

      2026-yil may

      Biznes-ombudsman

      (A. Buriyev),

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov),

      Savdo-sanoat palatasi

      (D. Vaxabov)

      Ijro uchun asosiy masʼulTransport vazirligi (I. Maxkamov)

      40.

      Transport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      qonunchilik hujjatlarida takrorlanish, kolliziya, huquqiy boʻshliqlarni aniqlash va bartaraf etish;

      byurokratik maʼmuriy toʻsiqlarni qisqartirish;

      ijtimoiy munosabatlarni tarqoq holda tartibga solayotgan qonunchilik hujjatlarini birlashtirish nazarda tutiladi.

      2026-yil sentabr

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Boshqaruv samaradorligi agentligi (U.Xusainov)

      41.

      Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari rahbarlarini rotatsiya qilish tartibini ishlab chiqish boʻyicha qaror loyihasi.

      Loyihada:

      rotatsiya qilinadigan lavozimlar roʻyxatini tasdiqlash;

      rotatsiya qilish asoslari va tartibi;

      rotatsiya qilishda qoʻshimcha ijtimoiy-huquqiy kafolatlarni taʼminlash nazarda tutiladi.

      2026-yil sentabr

      Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

      (A. Burxonov),

      Adliya vazirligi

      (A. Tashkulov),

      Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi,

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

      42.

      Oʻzini oʻzi tartibga solish sohasini takomillashtirish boʻyicha qonun loyihasi.

      Loyihada:

      oʻzini oʻzi tartibga solish va uning subyektlari tushunchasi va turlari;

      oʻzini oʻzi tartibga solishning maqsadi va prinsiplari, sohada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash qoidalari, vazifalari, tartiblari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari va vositalari;

      oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotga aʼzolikka qabul qilish va aʼzolikni toʻxtatish shartlari va tartibi;

      oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotning faoliyatini tashkil etish;

      davlat organlari va oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar vakolatlarining aniq chegaralari, shuningdek, ular oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli yaqin hamkorligini qamrab olish nazarda tutiladi.

      2026-yil may

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

      43.

      Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;

      fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmaklashish hamda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash samaradorligi oshirish;

      fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun “hamkorlikka asoslangan boshqaruv” tamoyili asosida zarur shart-sharoitlar yaratish;

      nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish;

      fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan munosabatlarini toʻliq raqamlashtirish, byurokratiyaga qarshi choralar belgilash nazarda tutiladi.

      2026-yil may

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi

      44.

      Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasining oʻrni va nufuzini mustahkamlash, uning institutsional ahamiyatini oshirish maqsadida uyushma faoliyatini zamon talablari asosida tubdan yangilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      vazirlik va idoralardan maʼlumot olish soʻrovlarini qonun doirasida tezlashtirilgan tarzda koʻrib chiqish tartibini joriy etish;

      Uyushma aʼzolari uchun ijtimoiy kafolatlarni belgilash;

      Uyushmaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

      jurnalistlarning ijodiy va kasbiy tadbirlarini moliyalashtirish tartibini belgilash;

      Uyushma loyihalari uchun davlat subsidiyasini ajratish va uning mintaqaviy infratuzilmasini shakllantirish boʻyicha takliflar nazarda tutiladi.

      2026-yil iyun

      (Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga moʻljallab)

      Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

      45.

      Yetkazilgan zararni qoplash institutini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni, shu jumladan, huquqbuzarliklar natijasida yetkazilgan zararni (moddiy va maʼnaviy zarar) oʻrnini qoplashda zarar summalarini hisoblash asoslarini takomillashtirish hamda tovon toʻlash institutini rivojlantirish;

      aybsiz zarar yetkazish natijasida yetkazilgan zararni qoplash institutini takomillashtirish;

      maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni sudlarda koʻrib chiqishda huquqbuzarliklar natijasida yetkazilgan zarar masalasini koʻrib chiqishning protsessual tartib-taomillarini aniqlashtirish nazarda tutiladi.

      2026-yil dekabr

      Oliy sud

      (B. Islamov),

      Bosh prokuratura

      (N. Yoʻldoshev),

      Ichki ishlar vazirligi

      (A. Tashpulatov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

      46.

      Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining hududiy boʻlimlarida oʻtkaziladigan ekspertiza turlarini koʻpaytirish orqali sud-tergov organlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazidagi ekspertiza turlarining 70 foizigacha boʻlgan qismini hududiy boʻlimlarida joriy etish;

      Markazning tashkiliy tuzilmasi takomillashtirilib, hududiy boʻlimlarda ekspertlar sonini oshirish orqali sud-tergov organlarining sud ekspertlariga boʻlgan talabini qanoatlantirish nazarda tutiladi.

      2026-yil noyabr

      Ichki ishlar vazirligi

      (A. Tashpulatov),

      Bosh prokuratura

      (N. Yoʻldoshev),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Milliy gvardiya (B. Tashmatov)

      47.

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi.

      Farmon loyihasida:

      Milliy gvardiyani mamlakatda jamoat xavfsizligini taʼminlash vazifalarini tezkorlik bilan va yuqori darajada bajaradigan professional tuzilma sifatida yangi bosqichga olib chiqish;

      Milliy gvardiyaning boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilmalari mavjud shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida qoʻshimcha jangovar boʻlinmalarni tashkil etish;

      Milliy gvardiya faoliyatiga innovatsion gʻoyalar asosida raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalarini hamda raqamlashtirish, kiberxavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiyalarini keng joriy qilish;

      jangovar boʻlinmalarni zamonaviy qurol-aslaha va texnikalar bilan taʼminlash hamda ushbu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash orqali boʻlinmalarning jangovar salohiyatini yanada oshirishni koʻzda tutish.

      2026-yil sentabr

      Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

      (K. Sharipov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

      48.

      Intellektual mulk obyektlarini roʻyxatga olish boʻyicha davlat ekspertizasi natijalari ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga murojaat qilish imkoniyatini yaratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”, “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”, “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida” hamda “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi qonunlarga talabnoma topshirilgan shaxsning davlat ekspertizasi natijalaridan norozi boʻlganda, ular ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga ariza bilan murojaat qilish huquqini berishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

      2026-yil iyun

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Konstitutsiyaviy sud (M. Abdusalomov)

      49.

      Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi.

      Loyihada:

      Konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga konstitutsiyaviy qonuniylik holati toʻgʻrisidagi axborotida berilgan tavsiyalarni mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan majburiy koʻrib chiqishni joriy qilish;

      referendumga chiqarilayotgan masalaning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berishni soʻrab Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega boʻlgan subyektlarni alohida belgilash masalasini qonunchilikda nazarda tutish;

      murojaatlarning Konstitutsiyaviy sud tomonidan koʻrib chiqilishini tegishli protsessual sud hujjati bilan rasmiylashtirish va murojaatni dastlabki tarzda oʻrganish tartiblarini aniq belgilab qoʻyish nazarda tutiladi.

      2026-yil avgust

      Oliy sud

      (B. Islamov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy sud (B. Islamov)

      50.

      Tashqi savdo kontrakti boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi sud ishlarida jarima miqdorini xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan koʻrilgan choralarga mutanosib qiymatga kamaytirish vakolatini sudlarga taqdim etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlari sud orqali ishonchli himoya qilinishiga erishish maqsadida tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda insofli faoliyat yuritgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllashda sud ishining real holatidan kelib chiqib, qaror qabul qilish mexanizmini yaratish, bunda iqtisodiy sudlarga jarima miqdorini xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan koʻrilgan choralarga mutanosib qiymatga kamaytirish vakolatini berish nazarda tutiladi.

      2026-yil iyun

      Adliya vazirligi

      (A. Tashkulov),

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

      51.

      Nizolarni sudga qadar muqobil hal etish institutlari faoliyatini takomillashtirish, mediatorlarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi — Oʻzbekiston mediatorlar palatasini tashkil etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      mediatorlarning oʻzini oʻzi boshqarish organi — Oʻzbekiston mediatorlar palatasini tashkil etish;

      Oʻzbekiston nizolarni hal etish markazi faoliyatini takomillashtirish;

      sudlarga koʻrib chiqayotgan ishlar doirasidan kelib chiqib taraflarni mediator bilan majburiy axborot uchrashuviga yuborish;

      “Nizolarni muqobil hal etish” (ADR) axborot tizimini ishga tushirish nazarda tutiladi.

      2026-yil iyun

      Manfaatdor vazirlik va idoralar

      52.

      Mediatsiya sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada nizolarning mediatsiya orqali hal etish darajasini oshirish maqsadida sudlarga murojaat etish uchun undiriladigan davlat bojlari miqdorlari hamda ular boʻyicha imtiyozga ega toifalarni maqbullashtirish nazarda tutiladi.

      2026-yil noyabr

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxonov)

      53.

      Davlat organida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni ikki yil ichida oʻzi bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasidan xulosa olishning aniq tartibini belgilash boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan xulosa berish asoslari, tartibi va muddatlari;

      xulosaning namunaviy shakli;

      xulosa natijasi boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar;

      xulosa boʻyicha berilgan shikoyat berish tartibi nazarda tutiladi.

      2026-yil may

      Hisob palatasi

      (M. Abdullayev),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH

      Ijro uchun asosiy masʼul — Jahon savdo tashkiloti boʻyicha vakil (A. Urunov)

      54.

      Jahon savdo tashkiloti (JST) qoidalari va JSTga aʼzolik majburiyatlaridan kelib chiqqan holda “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunni qayta koʻrib chiqib, uni takomillashtirish boʻyicha qonun loyihasi.

      Loyihada qonun tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi barcha qonunchilik hujjatlari uchun umumiy asos sifatida belgilanadi, unda JSTning asosiy tamoyillari, jumladan, eng koʻp qulaylik berish rejimi va milliy rejim tamoyillari mustahkamlanadi, tovarlar va xizmatlar savdosi, bozorga kirish, tarif va notarif choralarni tartibga solish masalalari nazarda tutiladi.

      2026-yil dekabr

      Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

      (L. Kudratov),

      Adliya vazirligi

      (A. Tashkulov),

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (B. Musayev)

      55.

      Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga koʻrsatilayotgan huquqiy yordamlar koʻlamini oshirib borish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      Migratsiya agentligining Bolgariya davlatidagi vakolatxonasini ochish

      Bolgariya, Italiya, Portugaliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya davlatlarida Migratsiya agentligining faxriy vakillarini tayinlash tizimini (faxriy konsul tajribasi asosida) joriy etish nazarda tutiladi.

      2026-yil oktabr

      Tashqi ishlar vazirligi

      (B. Saidov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

      56.

      Huquqiy axborotni tarqatishga oid qonunchilik va manzilli targʻibot mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Qonun loyihasida:

      sohada zamonaviy axborot texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlarning rolini mustahkamlash;

      huquqiy axborot tarqatishga oid qonunchilik ustidan nazorat mexanizmlarini belgilash;

      huquqiy axborot tarqatishning raqamli shakllarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

      2026-yil mart

      Raqamli texnologiyalar vazirligi

      (Sh. Shermatov)

      Ijro uchun asosiy masʼul — Davlat xavfsizlik xizmati (B. Kurbanov)

      57.

      Respublikamizda raqamlashtirish jarayonlari qamrovining kengayishi bilan birga kiberhujumlarning shakl va usullari koʻpayishi, axborot tizimlari va resurslariga nisbatan sodir etilayotgan kiberxavfsizlik hodisalari haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibini belgilash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada:

      kiberxavfsizlik hodisalari toʻgʻrisida oʻz vaqtida vakolatli davlat organini xabardor qilish va uni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;

      sodir boʻlgan kiberhujumlarning salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda davlat idora va tashkilotlarida kiberxavfsizlikni taʼminlashga masʼul xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish bilan ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash;

      muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlashga masʼul xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish yuzasidan vakolatli davlat organini xabardor etish;

      qonunchilikda belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, ularning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan masʼuliyatini oshirish nazarda tutiladi.

      2026-yil noyabr

      Raqamli texnologiyalar vazirligi

      (Sh. Shermatov),

      Ichki ishlar vazirligi

      (A. Tashpulatov),

      Adliya vazirligi

      (A. Tashkulov),

      manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxammedov)

      58.

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 35 yilesdalik nishoni bilan mukofotlash boʻyicha farmoyishi loyihasi.

      Loyihada:

      “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 35 yil” esdalik nishonini taʼsis etish;

      “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 35 yil” esdalik nishoni toʻgʻrisidagi nizom, esdalik nishoni va guvohnomasining tavsiflarini tasdiqlash;

      esdalik nishoni hamda uning guvohnomasini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarning moliyaviy manbalarini belgilash nazarda tutiladi.

      2026-yil noyabr

      Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

      Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

      59.

      Sanoat maqsadlarida foydalanilayotgan portlovchi materiallarning nazoratini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

      Loyihada sanoq maqsadida foydalanilayotgan portlovchi materiallar aylanmasi bilan bogʻliq (ishlab chiqaruvchi, tashuvchi, xorijiy mamlakatlardan import qiluvchi, saqlanuvchi) korxona va tashkilotlar nazoratini yanada kuchaytirish orqali ushbu turdagi moddalarning belgilangan talablar asosida saqlanishini (davlat va xususiy subyektlar) tashkil etish orqali turli favqulodda holatlar kelib chiqishining oldini olishni hamda ularning noqonuniy muomalaga chiqib ketishini cheklash nazarda tutiladi.

      2026-yil dekabr

      Ichki ishlar vazirligi

      (A. Tashpulatov),

      Favqulodda vaziyatlar vazirligi

      (A. Ikramov),

      Milliy gvardiya

      (B. Tashmatov)

      Izohlar:
      Roʻyxatda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
      Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida roʻyxatda belgilangan chora-tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
      Roʻyxatda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish muddatlariga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi — Bosh vazir tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
      Mazkur roʻyxatdagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va kelishish jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga
      8-ILOVA
      “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida ishlab chiqiladigan
      STRATEGIK ISLOHOTLARNI NAZARDA TUTUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARI ROʻYXATI

      T/r

      Strategik islohot yoʻnalishi

      Amalga oshirish mexanizmi

      Muddat

      Hujjat shakli

      Masʼul ijrochilar

      I. Iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

      1.

      Aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy himoyasini sugʻurta mexanizmlari orqali kengaytirish, sugʻurta xizmatlari ommabopligi hamda sifatini oshirish, sugʻurtalovchilarning moliyaviy barqarorligini va investitsiyaviy jozibadorligini kuchaytirish.

      Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

      iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohada hayot, sogʻliq hamda mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida oʻndan ortiq yangi yuklatilgan sugʻurta turlarini joriy qilish;

      sugʻurtalovchilarning kapitali yetarliligi va toʻlov qobiliyatiga talablarni zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;

      fuqarolarning sugʻurta himoyasini mustahkamlash hamda shaxsiy jamgʻarmalarini shakllantirish orqali moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida hayot sugʻurtasi sohasini rivojlantirishni ragʻbatlantirish;

      qayta sugʻurta faoliyatini yanada isloh qilish, shuningdek, qayta sugʻurta operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarini raqamlashtirish.

      2026-yil aprel

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

      Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

      (D. Li)

      2.

      Uzoq muddatli iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda kapital bozorining institutsional ahamiyatini oshirish maqsadida uni normativ-huquqiy tartibga solishning fundamental asoslarini takomillashtirish.

      1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

      moliyaviy instrumentlar, shu jumladan, muqobil qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk bilan bogʻliq vositalar, barqaror rivojlanish maqsadlari, investitsiyalashning jamoaviy shakllari va boshqalar hisobiga yanada kengaytirish;

      birlamchi va ikkilamchi bozorlarni rivojlantirish;

      proaktiv, mutanosib va xavf-xatarlarga yoʻnaltirilgan tartibga solishni (suptech) joriy etish;

      tartibga solish, nazorat qilish va axborotni oshkora qilishning yagona prinsiplarini belgilash hisobiga tartibga soluvchi vakolatli davlat organining vakolatlarini, shuningdek, kapital bozori ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini mustahkamlash;

      mahalliy kapital bozorini mintaqaviy va xalqaro bozorlar bilan integratsiyalash.

      2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish:

      investitsiya fondlarining shakllari va modellarini aniqlash;

      funksiyalarni chegaralash va infratuzilmani kuchaytirish;

      fondlar aktivlarini himoya qilish;

      investorlarni himoya qilishda regulator siyosatining moslashuvchanligini taʼminlash;

      fondlar faoliyatining shaffofligini oshirish.

      3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

      biznes uchun mulkchilikning aksiyadorlik shaklining jozibadorligini, shu jumladan, ommaviy va noommaviy jamiyatlarga tabaqalashtirilgan yondashuv hisobiga oshirish;

      minoritar aksiyadorlarning himoyasini kuchaytirish;

      boshqaruv organlarining javobgarlik va ragʻbatlantirish choralarini takomillashtirish;

      korporativ tartib-taomillarning zamonaviy mexanizmlari.

      2026-yil oktabr

      Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari

      Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

      (D. Li)

      3.

      Oʻzbekistonning turistik jozibadorligini oshirish orqali mamlakatga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar sonini oshirish.

      Tibbiyot turizmini jadal rivojlantirish uchun 80 dan ortiq sanatoriy va sogʻlomlashtirish obyektlarining turistik salohiyatini oshirish.

      Bunda kelgusi 5 yilda modernizatsiya qilinadigan va yangitdan barpo qilinadigan sanatoriy-kurort zonalarni belgilash boʻyicha dasturni qabul qilish.

      2026-yil mart

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov),

      Turizm qoʻmitasi

      (A. Aqqulov)

      Sogʻliqni saqlash vazirligi

      (A. Xudayarov),

      Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

      (Q. Rafikov)

      4.

      Respublikada muqobil moliyalashtirishning ilgʻor mexanizmlarini joriy etish.

      Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Muqobil investitsiya jamgʻarmalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

      venchur fondlar, startaplar, fintex kabi yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, bu sohadagi barcha ishtirokchilar huquqlarini qonun bilan kafolatlash;

      startaplarni iqtisodiy oʻsishning muhim drayveriga aylantirish;

      innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan grantlar, subsidiyalar, soliq imtiyozlari va venchur kapital bozorini shakllantirish choralarini tizimlashtirish;

      startaplar faoliyatida maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirish, startaplarni roʻyxatdan oʻtkazish, litsenziyalash va soliqqa tortish jarayonlarini soddalashtirish.

      2026-yil aprel

      Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

      Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

      (L. Kudratov),

      Oliy Majlis palatalari

      (kelishuv asosida),

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (S. Sadullayev)

      5.

      Qishloq xoʻjaligi sohasida suv tanqisligining oldini olish tizimini joriy qilish.

      Quyidagilarni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy asoslangan suv tanqisligining oldini olishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish:

      genetik tadqiqotlar orqali suvsizlikka chidamli navlarni yaratish (sholi, bugʻdoy, paxta, makkajoʻxori, mosh, loviya va boshqalar) va seleksiya ishlarini kuchaytirish;

      Biotexnologiyalar va gen injeneriyasi ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish;

      tomchilatib sugʻorish, yer namini saqlovchi texnologiyalarni joriy etish va lazerli tekislash orqali sugʻorish samaradorligini oshirish;

      suv tanqis hududlarda suv kam talab qiladigan ekinlarga oʻtish;

      qishloq xoʻjaligi sohasida uchuvchisiz uchish qurilmalari va sunʼiy intellektdan foydalanishni jadal rivojlantirish.

      2026-yil mart

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

      Qishloq xoʻjaligi vazirligi

      (I. Abdurahmonov),

      Raqamli texnologiyalar vazirligi

      (Sh. Shermatov)

      6.

      Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni liberallashtirish.

      Respublika hududida iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda rivojlantirish maqsadida yuridik shaxslarga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kirish, ishlab chiqarish, foydalanish va xizmat koʻrsatishga ruxsat berish. Bunda:

      uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi qismlari va ehtiyot qismlarini olib kirish, ishlab chiqarish, ulardan foydalanish, sotish, shuningdek, tegishli xizmatlar koʻrsatishni tartibga solish (litsenziyalar, sertifikatlar);

      havo hududida “yashil”, “sariq” va “qizil” zonalarni yaratgan holda dronlardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash, parvozlarni nazorat va monitoring qilish maqsadida yagona avtomatlashtirilgan raqamli infratuzilmani joriy etish;

      sohada kadrlarni tayyorlash, shu jumladan, qurilmalarni boshqarish guvohnomalarini joriy etish mexanizmlarini yaratish.

      2026-yil iyun

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

      Transport vazirligi

      (I. Maxkamov),

      Raqamli texnologiyalar vazirligi

      (Sh. Shermatov),

      Mudofaa vazirligi

      (Sh. Xalmuxamedov),

      Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

      II. Ekologik xavfsiz iqtisodiyotni taʼminlash boʻyicha strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

      7.

      Texnika va uskunalarni utilizatsiya qilishning milliy tizimini joriy etish.

      Foydalanish muddati oʻtgan transport vositalari, maishiy va boshqa elektrotexnika buyumlari hamda quyosh panellarini utilizatsiya qilish tizimini joriy qilish maqsadida davlat utilizatsiya dasturini ishlab chiqish.

      Bunda:

      20-25 yil davomida foydalanilgan eski transport vositalarini zamonaviy xavfsizlik va ekologiya talablariga javob beradigan transport vositalariga almashtirishni ragʻbatlantirish choralarini;

      utilizatsiya dasturi doirasida fuqarolarni yangi transport vositasi sotib olganda tenglik asosida moliyaviy ragʻbatlantirish mexanizmlarini (narxda chegirmalar, soliq imtiyozi va boshqa moliyaviy afzalliklar);

      eskirgan panellar, texnika buyumlarini qabul qilish punktlari tarmogʻini tashkil etish orqali qayta ishlash uchun yaxlit infratuzilmani yaratishni;

      elektron qurilmalarni utilizatsiya qilish mexanizmlarini qonun darajasida belgilash;

      ehtiyot qismlarni qayta ishlash zanjirini tashkil etishni nazarda tutish.

      2026-yil sentabr

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

      Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

      (A. Abduxakimov),

      Energetika vazirligi

      (J. Mirzamahmudov),

      “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

      (M. Yunusov)

      8.

      “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini “Yashil Oʻzbekistonmassivlariga transformatsiya qilish.

      100 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini “Yashil Oʻzbekiston” massivlariga transformatsiya qilish boʻyicha kompleks dasturni ishlab chiqish.

      Bunda massivlarning master rejalarini qayta ishlab chiqish va quyidagi maqsadli koʻrsatkichlarni belgilashni nazarda tutish:

      yashil maydonlar hajmi kamida 50 foizni tashkil qilishi;

      jon boshiga 15 m2 yashillik toʻgʻri kelishi va vertikal yashillik tizimini joriy etish;

      har bir bino yaqinida 500 metr radiusda 0,5-1 gektar maydonda ommaviy yashil hudud (park, bogʻ, xiyobon) hamda dam olish va sport maskani mavjudligini taʼminlash;

      maishiy chiqindilarning 100 foiz yigʻilishi hamda 70 foizi qayta ishlanishini taʼminlash;

      100 foiz yashil qurilish standartlariga (yashil arxitektura hamda binolarda qayta tiklanuvchi energiyani qoʻllash boʻyicha) javob berishini belgilash;

      havo sifati tasdiqlangan milliy standartlarga javob berishini belgilash;

      uylar boshqaruvi raqamlashtirilishi hamda real vaqt rejimida monitoring yuritish darajasi 100 foiz boʻlishini taʼminlash;

      arzon uy-joylarning ulushi kamida 20 foizni tashkil etishini taʼminlash.

      2026-yil avgust

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

      Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

      (Sh. Xidoyatov),

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (I. Norqulov),

      Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

      (A. Abduxakimov)

      III. Ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

      9.

      Ilgʻor xorijiy tajriba asosida davlat pensiya taʼminoti tizimining samaradorligini oshirish.

      Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat pensiya tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi kompleks dasturni ishlab chiqish:

      amaldagi jamgʻarib boriladigan pensiya tizimini qayta koʻrib chiqish

      pensiya jamgʻarmalarini kapitallashtirishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;

      pensiya jamgʻarma mablagʻlarini samarali safarbar qilish va uzoq muddatli investitsiyaga yoʻnaltirish mexanizmlarini joriy qilish orqali kapital bozorini rivojlantirish;

      barqaror pensiya tizimini yaratish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida xalqaro konsultantlardan iborat boʻlgan loyiha ofisini tashkil qilish.

      2026-yil dekabr

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (A. Xaydarov)

      10.

      Xalqaro taʼlim standartlari asosida integratsiyalashgan oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim dasturlarini joriy etish.

      Quyidagilarni nazarda tutuvchi integratsiyalashgan oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim dasturlarini joriy etish tizimini ishlab chiqish:

      xalqaro darajada tan olinadigan taʼlim dasturlarini integratsiya qilish boʻyicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Xalqaro texnologiyalar institutini hamda uning qoshida xalqaro akademik litseyni tashkil etish;

      Buyuk Britaniya, Avstraliya, Malayziya va boshqa rivojlangan davlatlarning yetakchi universitetlari bilan taʼlimni uzluksiz davom ettirish imkoniyatini yaratish;

      Buyuk Britaniyaning taʼlim standartlari asosida “A-Level” kvalifikatsiyasiga ekvivalent boʻlgan Xalqaro malakalar va baholash markazi tomonidan ishlab chiqilgan 3-darajali (“Level 3”) taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish;

      Institut, akademik litsey hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va 1+3 taʼlim modeli asosida stipendiatlar uchun taʼlimning dastlabki 1 yilini respublikada, keyingi bosqichlarini Buyuk Britaniya va boshqa rivojlangan davlatlarning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlarida uzluksiz davom ettirish imkoniyati yaratish.

      2026-yil mart

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

      Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,

      Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

      (K. Sharipov)

      Iqtisodiyot va moliya vazirligi

      (O. Fazilkarimov)

      IV. Qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

      11.

      Huquqbuzarlik profilaktikasining huquqiy asoslarini takomillashtirish orqali huquqbuzarliklarga olib keluvchi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa salbiy omillarning barvaqt oldini olish tizimini joriy qilish.

      Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish:

      huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha fuqarolar savodxonligini oshirishga qaratilgan aniq tartiblar;

      idoralararo hamkorlik mexanizmlarini aniq belgilash;

      profilaktik tadbirlarining samaradorligini baholash mexanizmlari, shu jumladan, profilaktika tadbirlari natijadorligi asosida ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish;

      huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi idoralar vakolatlarining aniq mexanizmlarini belgilash;

      ishsizlik, migratsiya va ijtimoiy holatni sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish va profilaktika rejalarini raqamlashtirilgan maʼlumotlar asosida ishlab chiqish mexanizmlari;

      kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olish mexanizmlari.

      2026-yil sentabr

      Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

      Ichki ishlar vazirligi

      (A. Tashpulatov),

      Bosh prokuratura

      (N. Yoʻldoshev),

      Adliya vazirligi

      (A. Tashkulov),

      Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti,

      Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

      masʼul vazirlik va idoralar

      12.

      Insonparvarlik prinsipi asosida maʼmuriy jazo tizimini liberallashtirish.

      Quyidagilarni nazarda tutuvchi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish:

      maʼmuriy jazo qoʻllanishidan oldin huquqbuzarliklar profilaktikasi choralarini ustuvor ravishda qoʻllash;

      insonparvarlik prinsipi asosida maʼmuriy jazo tizimini liberallashtirish, jazo turlari va miqdorlari sodir qilingan maʼmuriy huquqbuzarlikka nisbatan mutanosibligini taʼminlash;

      maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik prinsiplarining mazmunini yoritish, shuningdek, aybsizlik prezumpsiyasi, shaxsning daxlsizligi, shaxs shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, shaxsiy hayot daxlsizligi va sirlarni muhofaza qilish va malakali yuridik yordam olishni taʼminlash kabi prinsiplarni kiritish;

      voyaga yetmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish masalalarini toʻliq yoritish, xususan, ushbu shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari va tarbiyaviy choralarni belgilash.

      2026-yil noyabr

      Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

      Adliya vazirligi

      (A. Tashkulov),

      Bosh prokuratura

      (N. Yoʻldoshev),

      Ichki ishlar vazirligi

      (A. Tashpulatov),

      Oliy sud

      (B. Islamov),

      Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti

      Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan mazkur roʻyxatga zaruratga koʻra oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
      (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2026-y., 06/26/22/0146-son)